Ta’rif. Agar bir tekislikka tegishli o‘zaro kesishuvchi ikki to‘g‘ri chiziqlar ikkinchi tekislikka tegishli o‘zaro kesishuvchi ikki to‘g‘ri chiziqlarga mos ravishda parallel bo‘lsa, bu tekisliklar ham o‘zaro parallel bo‘ladilar.
Agar Q tekislikka tegishli aÇb kesishuvchi to‘g‘ri chiziqlar ikkinchi P tekislikka tegishli a1Çb1 kesishuvchi to‘g‘ri chiziqlarga mos ravishda o‘zaro parallel bo‘lsa, bu tekisliklar ham o‘zaro parallel bo‘ladi. Ya’ni aÌQ, bÌQ bo‘lib, aÇb bo‘lsa va a1ÌP va b1ÌP bo‘lib a1Çb1 bo‘lsa hamda a || a1, b||b1 bo‘lganda Q || P bo‘ladi (95-rasm).
95-rasm
Agar fazodagi ikki tekislik bir-biriga parallel bo‘lsa, chizmada bu tekisliklarning bir nomli izlari ham o‘zaro parallel bo‘ladi, ya’ni: Q∥P bo‘lsa QH∥PH, QV∥PV va QW || PW bo‘ladi (96-rasm).
96-rasm 97-rasm
Chizmada profil proyeksiyalovchi tekisliklar uchun ularning gorizontal va frontal izlari parallel bo‘lishi yetarli bo‘lmaydi. Masalan, 97-rasmda berilgan G va G1 tekisliklarda GH||G1H va GV||G1V bo‘lib, GW∦G1W bo‘lgani uchun G∦G1 bo‘ladi. Bu tekisliklarning o‘zaro vaziyatini tekisliklarga tegishli a va b to‘g‘ri chiziqlar yordami bilan ham aniqlash mumkin, bunda aÌG1 va bÌG bo‘lgan holda a″||b″ bo‘lsa, a′∦b′ bo‘lgani uchun a∦b va G∦G1 bo‘ladi.
Fazodagi ixtiyoriy nuqta orqali berilgan tekislikka faqat bitta parallel tekislik o‘tkazish mumkin.
1-masala. A (A′, A″) nuqtadan Q (QH, QV) tekislikka parallel P(PH, PV) tekislik o‘tkazish talab qilinsin (98-a, rasm).
Echish. Tekisliklarning parallellik xususiyatlariga ko‘ra P tekislikning izlari PH || QH va PY || QY PW || QW bo‘lishi shart. Misolni yechish uchun to‘g‘ri chiziq va tekislikning parallellik shartlaridan foydalanib, A nuqtaning A′ va A″ proyeksiyalaridan Q tekislikka parallel qilib ixtiyoriy to‘g‘ri chiziq, jumladan h (h′, h″) gorizontali o‘tkaziladi (4.31-b, rasm).
a) b)
98-rasm
Bu gorizontalning frontal izi h″V yasalib, undan izlangan P tekislikning PV izini berilgan tekislikning QV iziga parallel qilib o‘tkaziladi. So‘ngra PVÇOx=PX nuqtasidan Q tekislikning QH iziga parallel qilib izlangan tekislikning PH izi o‘tkaziladi.
2-masala. E(E′, E″) nuqtadan a(a′, a″) va b(b′, b″) parallel chiziqlar bilan berilgan tekislikka parallel tekislik o‘tkazish talab qilinsin (99-a, rasm).
a) 99-rasm b)
Echish. Berilgan (a∥b) tekislikka tegishli ixtiyoriy c(c′, c″) to‘g‘ri chiziqni o‘tkazib, so‘ngra E nuqtaning E′ va E″ proyeksiyalaridan a va s chiziqlar proyeksiyalariga mos ravishda parallel qilib o‘tkazilgan m′Çn′, m″Çn″ kesishuvchi chiziqlar proyeksiyalari izlangan tekislik proyeksiyasi bo‘ladi.
Tekislikka tegishli bo‘lmagan nuqtadan mazkur tekislikka parallel bo‘lgan cheksiz ko‘p to‘g‘ri chiziqlar o‘tkazish mumkin. Bunday to‘g‘ri chiziqlar to‘plami berilgan tekislikka parallel bo‘lgan tekislikni ifodalaydi.[1]
Скачано с www.znanio.ru
[1] Sh.Murodov va boshqalar “Chizma geometriya” darslik “Iqtisod-moliya”.2006 yil, 67-68 betlar
Материалы на данной страницы взяты из открытых источников либо размещены пользователем в соответствии с договором-офертой сайта. Вы можете сообщить о нарушении.