Telekommunikatsiya tarmoqlarini ishonchliligini baxolash
Оценка 4.7

Telekommunikatsiya tarmoqlarini ishonchliligini baxolash

Оценка 4.7
Компьютерные программы +2
docx
информатика
Взрослым
18.05.2022
Telekommunikatsiya tarmoqlarini ishonchliligini baxolash
Telekommunikatisya tarmoqlari ishonchliligini baxolash
1.Matsapayev Jamshidbek Tezis 1 (4).docx

MULTISERVIS TARMOQLARNING ISHONCHLILIGI VA YASHOVCHANLIGINI TA’MINLASHNING
NAZARIY ASOSLARI.

Matsapayev Jamshidbek Sodiqjon o‘g‘li.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Urganch filiali magistranti.

jamshidbek.matsapaev@ubtuit.uz

Annotatsiya: Multiservis aloqa tarmoqlarini qurishning umumiy yondashuvlari keyingi avlod tarmoqlari – NGN texnologiyasi aks ettirilgan. Shuning uchun, NGN ga o‘tish davrida aloqa tarmoqlarining ishonchliligi va yashovchanligi konsepsiyasini ko‘rib chiqamiz. Multiservis tarmoqlari ko‘p yillar davomida tarmoq barqarorligi uning uchta xususiyatlari jamlanmasi: ishonchlilik, yashovchanlik va xalaqitbardoshlik parametrlari sifatida tushunilgan. Aloqa operatorlarini xizmat ko‘rsatish sifati (Quality of Service, QoS) haqida o‘ylash ko‘proq tashvishga solmoqda.

Kalit so‘zlar: multiservis tarmoq, ishonchlilik, yashovchanlik, QoS, NGN.

Multiservisli aloqa tizimlari (MSS) kabi murakkab aloqa tizimlari (tarmoqlari) ishlashining ishonchliligi bevosita ularning axborot yukiga, ya'ni tizimga kiruvchi ilovalar oqimi parametrlariga bog'liq.

1.1.-rasm.Mutiservis tarmoq arxitekturasi.[1]

Biror obektning (tizim, inshoot, jihoz, apparat, asbob
ularning qismlari yoki alohida detali) ishonchliligi deb ishlatishning malum
sharoitida real masalalarni (vazifalar) bajarish qobiliyatidan iborat bolgan
xususiyatiga aytiladi. Meyoriy texnik xujjatlarda ornatilgan asosiy parametrlar
qiymatini saqlab, berilgan vazifalarni bajarishga qodir bolgan obekt holati, uning
ishonchliligi deyiladi.

Tarmoqning yashovchanligi deyilganda boglanishlar soni juda kop bolganda tarmoqning oz hususiyatlarini saqlab qolishi va bunda barcha yoki
kopchilik, hech bolmasa sifati pasaygan punktlar ortasida boglanishi taminlanishi tushuniladi.[2]

Yashovchanlik deganda mavjud tarmoq texnik xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, tarmoq foydalanuvchilariga xizmat korsatish va ekstrimal sharoitlarda xizmat sifatini barqaror ushlab turish tushuniladi.

Multiservisli tarmoqlar ishonchliligini oshirish:

Berilgan punktlar orasida aloqa ishonchliligini oshirishga quyidagi choralar
qabul qilish orqali erishiladi:

- apparatura yoki yuqori ishonchli liniyalar (masalan, havo liniyalaridan
kabelliga otish) tanlash, bu tarmoqning ayrim tugunlarini (uchastkalar)
ishonchlililigini oshirishga imkon beradi;

- tarmoqning ayrim uchastkalarida kanallar, traktlar va liniyalar boyicha
rezervni qollash, bu qovurgalar mustaxkamligini oshirishga olib keladi;
- rezerv aylanma yollarni (issiq rezervi rejimida) qollash, bu aloqada
ishlatilishi mumkin bolgan mustaqil yollar sonini kopayishiga olib keladi;
- mavjud yollar orasidaulagichdeb nomlangan kondalang ulanishni tashkil
qilish, bu qaram yollar sonini kopayishiga olib keladi;

- nazorat qilish va tiklash xizmatlarini tashkil qilish, shu jumladan qisman
hajmda aloqani vaqtincha tiklash imkonini beruvchi, shikastlangan uchastkalarni
aylanib otish, krossirovkani almashtirish (marshrutni ozgartirish) va boshqa
choralarni tashkil qilish uchun xarakatchan yoki suniy yoldlosh aloqasini ishlatish,
bu tiklash vaqtini kamaytiradi, binobarin qovurgalar ishonchliligi kopayadi;
- kanallar va traktlarni amaliy qayta ulash, xabarlar oqimini qayta taqsimlash va
chegaralashni taminlovchi xar xil darajalarning muvofiq tizimlarini tashkil qilish; [3]

NGN (keyingi avlod tarmoqlari) ko'p servisli aloqa tarmoqlari bo'lib, ularning yadrosi ovozli, ma'lumotlar va multimedia xizmatlarining to'liq yoki qisman integratsiyasini qo'llab-quvvatlaydigan asosiy IP-tarmoqlardir. [4]

pic

1.2-rasm.NGN tarmoq tuzilishi. [5]

NGNlarning ishonchliligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan yana bir muhim omil – chaqiriqlarni xizmat ko‘rsatish jarayonlarini boshqarishni markazlashtirilishidir. Strukturaning xal qiluvchi asosiy elementi shlyuzlar kontrolleri yoki chaqiriqlar serveri bo‘ladi.

Bunda, shunday bitta kontroller yoki server bir nechta shlyuzlarni boshqaradi, shuning uchun uning raddiyasi katta hududdagi tarmoqni ishlashini to‘xtashiga olib kelishi mumkin. O‘xshash vaziyat nafaqat tarmoq ishonchliligiga, shuningdek tarmoq yashovchanligia ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Ushbu holat va u bilan bog‘liq xatarlar aloqa operatorlari tomonidan e’tiborga olinmoqda.

QoS (Xizmat ko’rsatish sifati) - telefoniya yoki kompyuter tarmog'i yoki bulutli hisoblash xizmati kabi xizmatning umumiy samaradorligini tavsifi yoki o'lchovidir, xususan, tarmoq foydalanuvchilari tomonidan ko'riladigan samaradorlik.[6]

Xulosa:

          Xulosa qilib aytganda ishonchlilikni oshirishni eng maqbul yo’li bu tarmoqni rezervlash (nusxalash) hisoblanadi. Agar ishchi tarmoqda (aperture, liniya, aloqa muhitida) qandaydir uzulish sodir bo’lsa, rezerv ya’ni ikkinchi tarmoq liniyasi orqali ma’lumotlarni uzatish va qabul qilish davom etadi. Rezervlash 2 xil usulda amalga oshiriladi:

- sovuq rezervlash rejimi.

- issiq rezervlash rejimi.

Sovuq rezervlash negiziga asosan bir-birini o‘zaro quvvatlovchi ikki uskuna
har xil joylarda joylashtirilishi mumkin. Lekin ular 1 ta tizimga qarashli va ishlovchi
rezerv rejimida ishlaydi. Ishlovchi va rezerv uskunalar bir xil tizimli parametrga ega bo’lishi lozim. Bu rejim 1+N sxemasiga asoslangandir.Quyidagi rasmda (draw.io dasturida) sovuq rejim ishlash prinsipi keltirilgan.

Issiq rezervlash negizi bo‘yicha 2 ta uskuna ular bir-birini quvvatlashi va har
xil joyda joylashtirilishi mumkin. Lekin ular 1 ta tizimga qaram va ishlovchi/rezerv
rejimida ishlaydi. Ishlovchi va rezerv uskunalar bir xil tuzilish parametrlariga ega. Bu rejim 1+1 sxemasiga asoslangandir. Quyidagi rasmda (draw.io dasturida) issiq rejim ishlash prinsipi keltirilgan.

 

Multiservis tarmog’i elementlarini boshqarish barqaror ishlashini  ta’minlash uchun 3 ta usul ko’zda tutilgan.

— statistik parallel ulanish bilan;

— dinamik parallel ulanish bilan;

— dinamik parallel ulanish va umumiy yuklanish bilan.

Tahlil ko’rsatadiki, mustahkamlikni oshirish, texnik xizmat ko’rsatish sifatini yaxshilash va tizimni ishlatish darajasini oshirish uchun umumiy yuklanishdagi dinamik rejimda ishlash samaralidir.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.                 1.1.rasm.https://s0.slideshare.ru/s_slide/514e3d770c48c6494853769a199b89ec/2232d220-f2d1-4c03-a1f2-085fb862f8f2.jpeg

2.                 Gulturaev N.X., Bayjonova L.E., Davletova X.R.// Telekommunikatsiya tarmoqlarining ishonchliligi.// 5A350104 – Telekommunikatsiya tizimlari va tarmoqlarida axborot xavfsizligi mutaxassisligi talabalari uchun darslik. // Toshkent 2018 С.160-163.

3.                 Gulturaev N.X., Bayjonova L.E., Davletova X.R.// Telekommunikatsiya tarmoqlarining ishonchliligi. // 5A350104 – Telekommunikatsiya tizimlari va tarmoqlarida axborot xavfsizligi mutaxassisligi talabalari uchun darslik. // Toshkent 2018 С.163-164.

4.                 Next Generation Network - Wikipedia 17:52,07.04.2022y.

5.          1.2. rasm. http://uz.infocom.uz/wp-content/img_dir/ngn_8_1_2008_3.jpg

6.            Quality of service - Wikipedia 17:52,07.04.2022y.

7.     // The impact of mobile communication power supply systems on communication reliability and viability and their solutions. // U.K.Matyokubov, D. A. Davronbekov - International Journal of Advanced Science and …, 2020.

8.     // RELIABILITY RESEARCH IS URBAN OPTICAL NETWORK //

D. Davronbekov, O. Matyokubov, T. Matqurbanov - CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION AND …, 2022

 


 

Скачано с www.znanio.ru

MULTISERVIS TARMOQLARNING ISHONCHLILIGI

MULTISERVIS TARMOQLARNING ISHONCHLILIGI

Biror ob ’ ektning ( tizim , inshoot , jihoz , apparat , asbob ularning qismlari yoki alohida detali ) ishonchliligi deb ishlatishning ma ’…

Biror ob ’ ektning ( tizim , inshoot , jihoz , apparat , asbob ularning qismlari yoki alohida detali ) ishonchliligi deb ishlatishning ma ’…

NGN (keyingi avlod tarmoqlari ) ko ' p servisli aloqa tarmoqlari bo ' lib , ularning yadrosi ovozli , ma ' lumotlar va multimedia xizmatlarining…

NGN (keyingi avlod tarmoqlari ) ko ' p servisli aloqa tarmoqlari bo ' lib , ularning yadrosi ovozli , ma ' lumotlar va multimedia xizmatlarining…

QoS (Xizmat ko’rsatish sifati) - telefoniya yoki kompyuter tarmog'i yoki bulutli hisoblash xizmati kabi xizmatning umumiy samaradorligini tavsifi yoki o'lchovidir, xususan, tarmoq foydalanuvchilari tomonidan ko'riladigan…

QoS (Xizmat ko’rsatish sifati) - telefoniya yoki kompyuter tarmog'i yoki bulutli hisoblash xizmati kabi xizmatning umumiy samaradorligini tavsifi yoki o'lchovidir, xususan, tarmoq foydalanuvchilari tomonidan ko'riladigan…

Multiservis tarmog’i elementlarini boshqarish barqaror ishlashini ta’minlash uchun 3 ta usul ko’zda tutilgan

Multiservis tarmog’i elementlarini boshqarish barqaror ishlashini ta’minlash uchun 3 ta usul ko’zda tutilgan
Материалы на данной страницы взяты из открытых истончиков либо размещены пользователем в соответствии с договором-офертой сайта. Вы можете сообщить о нарушении.
18.05.2022