Reja:
Qonning hajm birligidagi gеmоglоbin miqdоrining fiziоlоgik o`zgarishlar dоirasidan ko`ra pasayib kеtishi tufayli оrganizmda yuz bеradigan patоlоgik hоlat «anеmiya» tеrmini bilan bеlgilanadi.
Anеmiya so`zi yunоnchadan tarjima qilinganida kamqоnlik dеgan ma’nоni bildiradi. Anеmiya kasallik bo`lmasdan, juda хilma-хil dardlar bilan birga davоm etadigan klinik simptоmdir.
Kamqonlik(anemia)–patologik holat(lar) sababidan gemoglobin va ba'zida esa eritrotsitlar darajasining yosh bo‘yicha normal ko‘rsatkichlarga nisbatan pasayishi sifatida ta'riflanadi.
Anemiya
Anеmiyalar patоgеnеtik printsipga muvоfiq klassifikatsiya qilinadi va 3 ta asоsiy gruppaga bo`linadi:
Qоn kеtishi natijasida kеlib chiqadigan (pоstgеmоrragik) anеmiyalar;
Eritrоtsitlarning zo`r bеrib parchalanishi natijasida paydо bo`ladigan (gеmоlitik) anеmiyalar;
Qоn yaratilishining izdan chiqishiga alоqadоr anеmiyalar.
So`nggi gruppa o`z navbatida 3 ta kеnja gruppaga bo`linadi;
Tеmir dеfitsit anеmiyalar,
Оrganizmda vitamin B12 yoki fоlat kislоta yеtishmasligidan kеlib chiqadigan (B12 va fоlatdеfitsit) anеmiyalar,
Ko`mik faоliyatining susayib qоlganiga alоqadоr (gipоplastik) anеmiyalar.
Organizmda temirning taqsimlanishi
13-15% mioglobin va fermentlarda
0,1-0,2% transferin yoki zardob temiri (3 mg)
17-20% jigar, taloq va boshqa organlarda
65-70% gemoglobinda
Anemiyaning rivojlanishiga surunkali infeksiya, bezgak, tug‘ma membranopatiyalar, eritrotsitlar fermentopatiyasi, gemoglabinopatiyalar, mikroelementlar va darmondorilar tanqisligi, surunkali kasalliklar, qon yo‘qotishlar, alimentar faktor ham sabab bo‘lishi mumkin.
Bundan tashqari, turli faktorlar birlashib biror alohida shaxs yoki butun aholining kamqonlik bilan kasallanishiga kompleks sababi bo‘lib xizmat qilishi hamda kamqonlikning tarqalganligi va og‘irlik darajasida aks etishi mumkin.
Ko‘p hollarda anemiya yakka o‘zi yoki birgalikda yuqumli kasalliklar, ichki a’zolarning kasalliklari va onkologik kasalliklar bilan birga uchraydi
Anemiya belgilari
MNS
Qizil bilan berilganlar Anemiyaning og‘ir turi
Sariq dog‘lar
Ko‘zlar
Teri
Rangparlik
Sariq tusliligi
Nafas olish sistemasi
Nafas yetishmovchiligi
Mushaklar
Kuchsiz
Ichaklar
Ahlat rangining o‘zgarishi
Taloq
Kattalashuvi
Yurak
Yurak urishining tezlashuvi
Ko‘krak sohasida og‘riq
Angina
Yurak huruji
Qon aylanish sistemasi
Arterial bosimning past bo‘lishi
TTKK – gemoglobin konsentratsiyasining pasayishi bilan ifodalanadigan holatdir, ba'zida qonning rang ko‘rsatkichi va tarkibidagi eritrotsitlarning mo‘tadil kamayishi ham kuzatiladi. Bu kasallikni kelib chiqishining asosiy etiologik sabablari qon ketishi, surunkali enteritlar, ba’zi gijjali invaziyalar va surunkali kasalliklar bo‘lsada, ko‘plab TTK holatlari kundalik iste'mol qilinadigan taomlar tarkibida biologik temir moddasining tanqisligi sababidan yuzaga keladi.
Temir tanqisligi kamqonligi kasalligi
Anemiya butun dunyo bo‘yicha keng tarqalgan bolalar kasalliklaridan bo‘lib, JSST bergan ma’lumotiga ko‘ra, ularning ko‘pchiligini temir tanqisligidan kelib chiqqan anemiya tashkil qilar ekan. Shuning uchun Temir tanqisligi kamqonligi kasalligi (TTKK) yoki temir tanqisligi anemiyasini (TTA) bolalar yoshidagi qon tizimining keng tarqalgan patologiyasi deb hisoblash mumkin.
Jahon Sog‘liqni Saqlash tashkiloti ma’lumotiga ko‘ra, bolalar va ayollar o‘rtasida TTAsi iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda 10-20%, rivojlamb kelayotgan mamlakatlarda 50-60%. Osiyoning ayrim mamlakatlarida 90%gacha tarqalgan.
O‘zbekistonda temir tanqisligi anemiyasini oxirgi 10-15-yil ichidagi kuzatishlar shuni ko‘rsatdiki, bolalar va o‘smirlar orasida lining tarqalishi 25-88 %gacha yetar ekan, kasallikka chalinish xavfi ko‘proq 1 -2 yoshgacha bo‘lgan bolalarda, o‘smirlarda va homilador ayollarda kuzatiladi.
Bolalar orasida TTK kasalligining chegaralangan yengil shuningdek, o‘rta og‘ir turlarining o‘lim holatiga olib kelishi juda kam kuzatiladi, ayniqsa tug‘ruqqacha bo‘lgan davrda lekin og‘ir turdagi TTK kasalligi o‘limholatlarini yuzaga keltiradi. Ushbu kasallikka chalingan homilador ayolning bolasi kamqon yoki chala tug‘ilishi mumkin.
Shu bilan birga bolalarda psixomotor rivojlanish va koordinatsiyaning buzilishi hamda umumiy rivojlanishning susayishi kuzatiladi.
Bundan tashqari, kamqonlik bilan og‘rigan bemorlar ko‘pincha charchoq va holsizlikdan shikoyat qiladi, ish qobiliyati susayib, immunitet pasaygani sababli turli infeksion kasalliklarga oson chalinadi.
Temir tanqisligi (iron deficiency)–to‘qimalarda temir moddasining funksional yetishmasligi hamda temir zahirasining yo‘qligi (kamqonlik kasalligi bo‘lgan yoki bo‘lmagan hollarda).
Temir tanqisligiga olib keladi.
Kundalik iste'mol tarkibida temir moddasining kamligi
Tez o‘sish davrida temirga bo‘lgan ehtiyojning oshishi (homiladorlik va chaqaloqlarning dastlabki hayot davri)
Oshqozon-ichak yo‘llaridan qon ketishi
Hayz davrida ko‘p qon yo‘qotilishi
Gelmintozlar va boshqalar.
Kichik yoshdagi bolalar orasida TTK kasalligi ko‘p uchraydi. 5 yoshdan kichik bo‘lgan bolalarga qondagi gemoglobin miqdori 110 g/l dan kam yoki gematokrit darajasi 33 foizdan yuqori bo‘lmagan hollarda kamqonlik tashhisi qo‘yiladi. Chaqaloq 6 oylik bo‘lgunga qadar uni faqatgina ko‘krak suti bilan boqish tavsiya etiladi, kasallangan emiziklik bolalarga 6 oylik bo‘lgandan so‘ng temir preparatlari bor bo‘lgan mahsulotlarni iste'mol qilish buyuriladi.
Sun'iy ravishda ovqatlantirilayotgan bolalarning ko‘pchiligiga, ya'ni 12 oylik bo‘lgunga qadar (quyuq ovqat yeydigan bo‘lguncha) temirga boyitilgan maxsus ovqatlar berish tavsiya qilinadi. Bu borada kasallikning oldini olish maqsadida ota-onalarga to‘g‘ri ovqatlanish bo‘yicha ma'lumot berish lozim.
O‘z vaqtida tug‘ilgan bolalarni 6 oylik yoshida kasallikka qarshi tekshirish (Hb yoki Ht darajasini aniqlash, chala tug‘ilgan bolalarni esa 3 oylik bo‘lgunga qadar nazorat qilish muhim.
Kasallik tashhisi qo‘yilgan bolalar temir preparatlarini qabul qilishlari yoki temirga boyitilgan ovqatlarni iste'mol qilishlari kerak. Belgilangan davoning samaradorligini aniqlash maqsadida davolash boshlanganidan keyin 4 hafta o‘tgach, bolaning Hb va Ht darajasi qayta tekshiriladi.
Belgilangan davo ijobiy natija ko‘rsatayotgan bo‘lsa (gemoglobin 10g/l ga, Ht esa 3% yoki ortiq miqdorda oshishi), yoki bu ko‘rsatkichlar norma chegarasida ekanligi aniqlansa, davolanish yana 2 oy davom ettirilishi va shundan so‘ng temir preparati to‘xtatilishi lozim.
Belgilangan davo natijasida ijobiy o‘zgarish kuzatilmagan holatda yoki gemoglobin 10 g/l dan oz miqdorda va Ht esa 3% dan kam miqdorda oshgan bo‘lsa, shifokor bemorni gematolog qabuliga yo‘llab, kamqonlikning ehtimoldagi boshqa sabablarini aniqlashi zarur.
Kichik yoshdagi mo‘'tadil yoki og‘ir kasallik kasallangan bolalarni darhol (Hb 90 g/l kam yoki Ht 27% dan kam) gematolog maslahatiga jo‘natish lozim.
Etiоlоgiyasi va patоgеnеzi. Tеmir dеfitsit—anеmiyalar gruppasiga etiоlоgiyasi har хil, lеkin patоgеnеzi bir хil — оrganizmda tеmir yеtishmasligidan kеlib chiqadigan juda хilma-хil klinik fоrmadagi anеmiyalar kiradi. Ko`pincha mе’da shirasida kislоtalarning kamayib qolganligi munоsabati bilan tеmirni o`zlashtirish buziladi, chunki mе’da shirasida kislоtalarning kamayishi mе’da-ichak yo`lida so‘rilish funksiyasining buzilishiga оlib kеladi. Mе’da shirasida tеmirning singishi uchun zarur bo`lgan erkin хlоrid kislоtaning yo`qligi tеmirning ichakda so‘rilishini battar qiyinlashtirib qo`yadi. Оvqatda tеmirning yеtishmasligi ham anеmiyaga sabab bo`lishi mumkinki, nuqul bir хil, asоsan uglеvоdlardan ibоrat оvqatlar bilan оvqatlanganda shunday bo`ladi.
Tеmirga bo`lgan sutkalik eхtiyoj оdam hayotining turli davrlarida o`zgarib turadi. Nоrmada katta yoshdagi оdam uchun massasining har bir kilоgrammiga 0,001—0,002 g tеmir talab etiladi. Bоlalik va o`smirlik davrida tеmirga bo`lgan sutkalik ehtiyoj eng katta darajaga yеtadi (0,2—0,3). Hоmiladоrlik va laktatsiya davrida ham tеmirga ehtiyoj ancha оrtadi. Shu munоsabat bilan tеmirga ehtiyojning оrtishi yoki tеmirning оrganizmdan zo`r bеrib chiqib turishi (qоn kеtganida, hattо kam-kamdan, хususan хayz cho`zilgan paytda qоn kеtganida) anеmiyaga sabab bo`lishi mumkin.
Tеmir dеfitsit anеmiyalar jumlasiga:
yuvеnil хlоrоz (o`smirlar хlоrоzi),
kеchki хlоrоz,
aхlоrkidrik (gastrоgеn) anеmiya kiradi.
Har bir bemor qanday oziq-ovqatlar temirga boy va qanday mahsulotlar temir moddasining o‘zlashtirish darajasini oshirishi haqida bilishi kerak.
Organizm tomonidan oson o‘zlashtiriladigan gem xususiyatiga ega bo‘lgan temirga (heme iron) boy oziq-ovqatlar tanada temir miqdorini ko‘paytirish va temir zaxirasini bir maromda saqlab turish uchun iste'mol qilinadigan eng yaxshi mahsulotlar hisoblanadi. Bularga go‘sht, baliq, krevetka, uy parrandasi, (til, jigar, buyrak kabi ichki organlar) kiradi.
TTK kasalligi ning oldini olish uchun to‘g‘ri ovqatlanish qoidasi.
Oziq-ovqatlar tarkibidagi temir moddasining 60% ga yaqin qismining o‘zlashtirilishi qiyin, chunki ularning tarkibida gem xususiyatiga ega bo‘lmagan temir(non-heme iron) deb ataluvchi temir moddasini biriktiruvchi komponent va ingibitorlar miqdori ko‘p. Tuxum, sut mahsulotlari, sabzavotlar, boshoqli o‘simliklar(non, yirik makaron mahsulotlari), meva, oshko‘k, pista va quritilgan mevalar tarkibida faqat gem xususiyatiga ega bo‘lmagan temir bor.
C vitaminiga boy oziq-ovqatlarni iste'mol qilish gem xususiyatiga ega bo‘lmagan temirning o‘zlashtirish darajasini oshiradi. Bunday mahsulotlarga karam, bulg‘or qalampiri, sitrus mevalar, qovun, asal, pomidor va qatiq mahsulotlari kiradi. Bitta apelsin yoki bir stakan apelsin sharbati gem xususiyatiga ega bo‘lmagan temirning o‘zlashtirish darajasini 50% ga oshiradi.
Riboflavinga (B2 vitamini) boy oziq-ovqat mahsulotlari ham gemoglobin miqdorini ko‘paytiradi. Bunday mahsulotlarga jigar, qatiq va boshqa qatiq mahsulotlari, turli quruq bo‘tqalar kiradi.
Ovqatlanish tartibiga shunday ovqatlar kiritilishi kerakki, birga iste'mol qilinganda ular tarkibidagi temir moddasining o‘zlashtirish darajasi oshishi lozim.
Tanada tanin moddasi bilan birgalikda erimaydigan komplekslar ishlab chiqilishi sababli ovqat vaqtida choy yoki qahva ichish temirning o‘zlashtirish darajasini sezilarli darajada kamaytiradi. Shuning uchun choy yoki qahvani asosiy ovqatni tanovul qilgandan so‘ng, bir muncha vaqt o‘tgandan keyin ichish
gacha 1 – 2 – 3 – tug’ruqdan
uch oylik uch oylik uch oylik so’ng
Hayz sikli
Eritrotsitlar
Laktatsiya
Hayz sikli
Homila
Temir yo’qotilishi
Temirga ehtiyoj (mg/sut)
Ayollarda homilador bo’lguncha, homiladorlik davrida undan keyin temirga bo’lgan ehtiyoj
Homiladorlik normal kechishi uchun o’rtacha 1000 mg temir sarflanadi.
Asosiy gematologik ko’rsatkichlar
№ | Ko’rsatkichlar nomi | Norma ko’rsatkich | Temir tanqisligi | |
Erkaklarda | Ayollarda | |||
1. | Gemoglobin konsentratsiyasi | 130-160 g/l | 120-140 g/l | 120g/l dan kam |
2. | Eritrotsitlar soni | 4-5 x1012 l | 3,7-4,7 x1012 l | 1,5 x1012 l gacha kamayishi |
3. | Gematokrit | 0,40-0,48 | 0,36-0,42 | Eritrotsitlar hajmi kamayishi |
4. | Rang ko’rsatkichi | 0,85-1,0 | 0,85 dan kam |
Asosiy biokimyoviy ko’rsatkichlar
№ | Ko’rsatkichlar nomi | Norma ko’rsatkich | Temir tanqisligi | |
Erkaklarda | Ayollarda | |||
1. | Temir konsentratsiyasi | 13,0-35,4 mkmol/l | 11,5-30,0 mkmol/l | 10,5 mkmol/l dan kam |
2. | Transferrin konsentratsiyasi | 3,0-3,3g/l | 3,0-3,3 g/l | 4,0 g/l dan ko’p bo’lsa |
3. | Transferrinning temir bilan to’yinish koeffitsiyenti | 16-40% | 16% dan kam bo’lsa | |
4. | Ferritin konsentratsiyasi | 20,0-21,5 ng/ml | 20,0ng/ml dan kam |
Материалы на данной страницы взяты из открытых источников либо размещены пользователем в соответствии с договором-офертой сайта. Вы можете сообщить о нарушении.