Тенг ва тобе боғланиш
Оценка 4.7

Тенг ва тобе боғланиш

Оценка 4.7
Презентации учебные
pptx
русский язык
8 кл
07.01.2020
Тенг ва тобе боғланиш
Тенг ва тобе боғланиш
Гулмира 8-''B''sinf viloyat seminar dars ona tili.pptx

Тенг ва тобе боғланиш

Тенг ва тобе боғланиш

Sana: 18-oktabr  Sinf: 8-“B”sinf Dars: ona tili Mavzu:Teng va tobe bog`lanish

Тенг ва тобе боғланиш

Тенг ва тобе боғланиш

T\r

Dars bosqichlari

Vaqt taqsimoti

1.

Tashkiliy qism

9 daqiqa

2.

O`tilgan mavzuni mustahkamlash

10 daqiqa

3.

Yangi mavzu bayoni

4.

Yangi mavzuni mustahkamlash

13 daqiqa

5.

O`quvchilar bilimini baholash

2 daqiqa

6.

Uyga vazifa berish

1 daqiqa






Darsning maqsad :
Ajdodlar merosin doim etib yod,
Ularning ruhini aylaylik obod

Darsning shiori :
Ko’ngil maxzanining qulfi til
Va ul maxzanning kalitin so’z bil


Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti

Тенг ва тобе боғланиш

Тенг ва тобе боғланиш

Darsning borishi: Dars tashkiliy lahza bilan boshlanadi.
O`qituvchi: Assalomu-alaykum aziz ustozlar, hurmatli mehmonlar sizning e’tiboringizga 8-“B”-sinf o`quvchilari ishtirokida ona tili fanidan “Teng va tobe bog`lanish” mavzusida tayyorlangan ochiq darsimizni havola etamiz.Biz bugungi darsimizni guruhlar bellashuvi asosida olib boramiz. 1-guruh “Yosh tilshunoslar”; 2-guruh “Avloniy vorislar”; 3-guruh “Navoiy izdoshlari” nomlari bilan bellashadilar.
O`qituvchi: Bugun sinfda kim navbatchi?






O`qituvchi: Avval aytgin sanani,
So`ng boshla boru yo’qni.
O`quvchi: Bugun sanamiz oktabr oyining 18-kuni, darsimiz ona tili.
Bugun darsda hamma bor hammamiz darsga tayyor.
O`qituvchi: Aziz o`quvchilar, biz oktabr oyining qanday muhim sanalarini bilamiz?
1-oktabr - Ustoz va murabbiylar kuni.
4-oktabr – Butun jahon hayvonlarni himoya qilish kuni .
21-oktabr – “Davlat tili to`g`risida”gi qonun qabul qilingan kun.
23-oktabr - O`zbekiston Respublikasi Yuneskoga a’zo bo`lgan kun.
O`qituvchi: Ayting bugun qanday kun,
Qanday bayramdir bugun.
1-o`quvchi: Biz bugun o`zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 29 yilligini nishonlamoqdamiz.
2-o`quvchi: Jamiyat oilalardan tashkil topganidek, tillar ham turli-tuman oilalarga bo`linadi.Til oilalari shu tilga asos bo`lgan til nomi bilan yuritiladi. Hozirgi barcha turkiy tillar uchun qadimgi turkiy til bobo til sanaladi.
3-o`quvchi:O`zbek adabiy tilining taraqqiyot bosqichlar:
1.Qadimgi turkiy til miloddan oldingi davrdan X asrgacha qo`llangan. Bu davrda O`rxun-Enasoy yodgorliklari va zardushtiylikning muqaddas kitobi - Avesto yaratilgan.










Navbatchi o`quvchi:
Navbatchi menman ustoz , har so`zingiz dilga mos.
So`rang javob beraman, hurmatim bildiraman.

Тенг ва тобе боғланиш

Тенг ва тобе боғланиш


4-o`quvchi: 2.Eski turkiy til XI-XII asrlarda amalda bo`lgan.Aynan bu davrga kelib, Turkiy tillarning fonetikasi, leksikasi, grammatikasi, dialektal xususiyatlari haqida to`la ma’lumot beruvchi qimmatli manba Mahmud Koshg`ariyning “Devonu lug`otit turk” va Yusuf Xos Hojibning “Qutadg`u bilig” asarlari yaratildi.
5-o`quvchi:Eski o`zbek adabiy tili XII-XIII asrlardan XX asr boshlarigacha bo`lgan davrni o`z ichiga olib, bu jarayonda juda katta yozma manbalarni mujassamlashtiradi.O`zbek tilining takomillashuvida XIV asrdan XIX asrning ikkinchi yarmigacha bo`lgan tarixiy davr muhim rol o`ynaydi. Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Turdi Farog`iy, Mashrab, Furqat, Muqimiyning eski o`zbek tilining yangi taraqqiyot bosqichiga olib chiqishdagi xizmatlari beqiyosdir.
6-o`quvchi:O`zbekiston Respublikasi oliy kengashining 1989-yil 21oktabrda bo`lib o`tgan sessiyasida ona tilimizga davlat tili maqomini berish to`g`risidagi Qonun qabul qilindi. 1995-yil 21 -dekabrida Ozbekiston Respublikasining yangi tahrirda “Davlat tili haqida”gi Qonuni qabul qilindi.
O`qituvchi: Yaxshi, til haqida ma’lumotga ega ekanmiz, ona tilimizni madh etuvchi she’rlar ham bilamizmi?
7-o`quvchi: Kelib ketdi necha dunyolar,
Kuldi hayot, yig`ladi o`lim.
Sen deb qurbon bo`ldi bobolar
Ular ketdi sen qolding tilim.
Belanchaging uzra Koshg`riy
Kuylab o`tdi qadim navoni
Va navqiron yaproqlaringga
Dil qonini berdi Navoiy
8-o`quvchi:Samarqanddan Bobur ketarkan
Dilda bo`g`ib hasrat sasini
Olib ketdi ona yurtidan
Turkiy tilim birgina seni
Mashrabmas, sen osilding dorga,
Nodiramas sensan so`yilgan
Hoziqningmas, sening, ey tilim,
Boshing ayru, ko`zing o`yilgan.






Тенг ва тобе боғланиш

Тенг ва тобе боғланиш

9-o`quvchi:Ammo dushman o`ldirgan botir
Tirilgandek yana qasosga,
Mangu borsan va mangu qodir
To`ldirmoqqa yerni ovozga.
Vatan uchun baxsh etib jonni,
Kechib olov, kirib daryoga,
Farzandlaring to`kkan har qonni
Shimirding sen o`xshab giyohga.
Ona tilim omon bo`l mangu
Sen borsan-ku men ham o`lmayman,
Tildan qolsam, seni Oybekday
Men ko`zlarim bilan so`ylayman.








O`quvchi: Biz o`tgan ona tili darsimizda “So`z birikmasida so`zlarning o`zaro birikish usullari” mavzusini o`rgangan edik, uyga vazifa qilib 64-mashq topshirilgan.
O`qituvchi: 1.Hamma uyga vazifani tayyorlaganmi? Uyga vazifani o`qitib, baholayman.
O`qituvchi: 2. O`tgan mavzuni mustahkamlab olish uchun test sinovini o`tkazamiz. (Testlarni monitor orqali ko`rsatib boriladi)
1. Boshqaruv yo`li bilan bog`langan so`z birikmalari qatorini toping.
A. Ilmda o`tkir, derazani ochmoq, sahroga hujum B. Ko`chaning chetida, chelakka solish, Sharifani ko`rish
S. Bog` tomonga yurish, kitob o`qish, keng uy D.Paxta uchun kurash, daraxt bargi, onam uchun olmoq
2. Qaysi qatorda tobe so`z bilan hokim so`zning moslashuvli birikishi berilgan?
A.Do`stga sadoqat B. Chiroyli yozuv S. Maktab hovlisi D.Suv bilan to`ldirmoq




O`qituvchi: Qani, aziz o`quvchilar, biz o`tgan darsimizda qaysi mavzu bilan tanishgan edik?

Тенг ва тобе боғланиш

Тенг ва тобе боғланиш

3.Boshqaruvli bog`lanishda kelishik qo`shimchalari va ko`makchilar odatda qaysi so`z tarkibida bo`ladi?
A.Hokim so`z tarkibida B. Tobe so`z tarkibida S. Hokim so`z yoki tobe so`z tarkibida
D.Birikma oxiridagi so`z tarkibida
4.Bitishuv munosabatidagi birikmalar berilgan qatorni aniqlang.
A.Yolg`ondan gapirmoq, tezda qaytmoq B. O`lkamiz chiroyli, maqtab bordi,
S.Xat yozdi, meva terdi, so`z sehri D.Ko`klam quyoshi, bahor tonggi
5.Yomondan qoch, yaxshiga quchoq och. Ushbu maqolda so`zlarning o`zaro aloqasi qanday yo`l bilan
amalga oshgan?
A.Teng va tobe bog`langan B. Boshqaruv va moslashuv yo`li bilan
S. Faqat boshqaruv yo`li bilan D.Bitishuv va boshqaruv yo`li bilan
6. Bitishuv yo`li bilan hosil bo`lgan so`z birikmasini aniqlang .
A.Zilol suv B. Maktab hovlisi S. Gapirishga oson D.Bolalar haqida g`amxo`rlik
O`qituvchi: Hamma o`quvchilar bajarib bo`lganidan so`ng, “Yosh taqlidchi” usulidan foydalanib testlarni tekshirib olamiz.







O`qituvchi: Yangi mavzumizni nomini aniqlab olish uchun turli fanlardan tezkor savol-javob o`tkazib, har bir savolning boshlanuvchi harfini sinf taxtasiga joylashtirib, shu tariqa, yangi mavzuni aniqlab olamiz.
Savollar: 1. O`zbekistonning poytaxti? Toshkent
2.Dunyodagi eng baland cho`qqi? Everest
3. 9999 probali oltin chiradigan joy? Navoiy viloyati
4.Yet yuzidagi eng katta orol? Grilandiya
 
5.Kulgu ustasi? Valijon Shamsiyev
6.So`z mukining sultoni? Alisher Navoiy

7.O`tmish ma’nosini bildiruvchi fan? Tarix
8.Zarifa Saidnosirovaning turmush o`rtog`i? Oybek
9.Yordanchi so`z turkumi? Bog`lovchi
10.Qullar orasidan yetishib chiqqan msalchi? Ezop






Savol

1

2

3

4

5

6

Javob

A

S

B

D

S

A

Тенг ва тобе боғланиш

Тенг ва тобе боғланиш


11.Hamza tug`ilgan yurt? Buxoro
12.Atash ma’nosiga ega bo`lmagan so`z turkumi? Olmosh
13.Bu kim? G`afur G`ulom
14.Shifobaxsh o`simlik yaprog`i? Lavr
15.Markazlashgan davlat asoschsi? Amir Temur
16.Inkor bog`lovchisi? Na… na
17.Mustaqil O`zbekiston asoschsi? Islom Karimov
18.Kimgadir yaxshi bo`lishi uchun qilingan ish? Savob
19.Yozma nutqning eng kichi bo`linmas qismi? Harf

“Teng va tobe bog`lanish” –mavzusi kelib chiqadi. Gapda so`zlarning o`zaro bog`lanishi 2 xil: teng va tobe bog`lanish. Bu mavzu bizga notanish emas, chunki 5-sinfda biz bu mavzu bilan tanishganmiz, endi mavzuga chuqurroq yondashamiz. Mavzu hammaga uyga vazifa qilib berilgan. Tayyormizmi? “Har kim, har kimga o`rgatadi” usuli (o`quvchilarga o`rgatuvchiga aylanish, ma’lum bilimlarni o`zlashtirgach, o`rtoqlari bilan baham ko`rish imkonini beruvchi o`qitish usuli)dan foydalanamiz. Qani kim boshlab beradi.
1-o`quvchi: O`zaro teng huquqli so`zlarning, biri iikinchisiga bo`ysunmay bog`lanishi – teng bog`lanishni hosil qiladi. Masalan, misol va masala - so`z qo`shilmasida so`zlar deyarli bir so`roqqa javob bo`ladi.
2-o`quvchi:Teng bog`lanishni quyidagi ishoralar bilan ifodalash mumkin:
-sanash ohangi yordamida hosil bo`lgan teng bog`lanish
-ammo, lekin, va, ham, bilan, hamda, -u(-yu), da- teng bog`lovchilari yordamida hosil bo`lgan teng bog`lanish
3-o`quvchi:Tobe bog`lanishda esa bir so`z, ya’ni tobe so`z boshqa bir so`zga, ya’ni hokim so`zga bo`ysunishi orqali bog`lanishidir.Bu bog`lanishda so`zlarga yordamchi sifatida kelishik qo`shimchalari, ko`makchilar va boshqa qo`shimchalar yordamga keladi? M: Navoiyning asarlari, o`qishni tugatmoq

Тенг ва тобе боғланиш

Тенг ва тобе боғланиш











4-o`quvchi:So`zlarning tobe bog`lanishi so`z birikmalarini hosil qiladi. So`z birikmasi ikki yoki undan ortiq so`zdan iborat bo`lishi mumkin, lekin bitta tushunchani ifodalaydi.
Robort tashrif buyuradi:
Robort: Assalomu alaykum ustoz, mumkinmi?
O`qituvchi: Va alaykum assalom keling, mehmon.
Robort: Salom bolalar, o`ho` mehmonlar ham borku! Men, sizlarni bugungi ayyom bilan tabriklagani keldim. Menga ham o`zbek tilining jarangdor ohangi juda yoqadi.Sizning tilshunos olimlaringiz Madrim Hamroyev, Nargiza Erkaboyevalarni o`zimga ustoz deb bilaman.Bugungi mavzuda mavjud bilimlarimni siz bilan bo`lishaman.
Teng bog`lanishda bir so`z boshqasiga tobe bo`lmaydi. Masalan Sohibqiron ayol qadriga, go`zaligiga ichki muhabbat bilan qaragan. Bu yerda qadriga, go`zaligiga.
Tobe bog`lanishda bir so`z boshqa bir so`zga tobe bo`lib keladi. Masalan, qizil gul.
Darsda qatnashganimdan men ham juda xusandman. Hammaga kelgusi o`qish va ishlarida omad tilab qolaman, xayr.
O`quvchilar: Xayr, sog` bo`ling.

O`qituvchi: Yangi mavzuni “misol orqali qoida” usuli orqali tushuntirib beraman. So`zlar siz aytgandek, bir-biriga ikki xil teng va tobe yo`l bilan bog`lanadi.
Misol va masala – so`z qo`shilmasiga e’tibor qaratamiz. Misol- nima ?, masala-nima ? so`rog`iga javob bo`lyapti, bu ikki so`zi ham teng huquqli so`z bo`lib va bog`lovchisi yordamida teng bog`lanishni hosil qilyapti. So`z qo`shilmalarida so`zlar bir-biri bilan sanash ohangi (yozuvda vergul) yoki teng bog`lovshilar yodamida birikadi.
Masalani yechmoq- so`z birikmasiga qaraymiz. Masalani so`zi nimani? so`rog`iga javob bo`lib, yechmoq hokim so`ziga tobelanmoqda. Tobelikning asosiy belgisi: bir so`z boshqa bir so`zni izohlab keladi. Bunda ham ikkita qism bo`ladi. So`roq hokim so`zga qarab beriladi, so`roqqa javob bo`luvchi so`z tobe qism sanaladi.

Тенг ва тобе боғланиш

Тенг ва тобе боғланиш

Endi o`quvchilar darslikdagi mashqlarga o`tamiz: 65-mashqni o`qiymiz .1-topshiriq. Berilgan juftliklarni qiyoslab, so`z qo`shilmasi va so`z birikmasiga ajratamiz. “Kim chaqqon va zukko” usulini qo`llab, birinchi bajargan 10 nafar o`quvchini baholaymiz.
So`z qo`shilmasi: Karimjon va akasi; aytdi, chiqdi, men bilan otam; gazeta va maqola, onasi va qizi.
So`z birikmasi: Karimjonning akasi, aytib chiqdi, mening otam, gazetadagi maqola, onasining qizi.
1.Karimjonning akasi - so`z birikmasida tobe qism qaratqich kelishigi(-ning ) yordamida bog`langan; Karimjon va akasi - so`z qo`shilma esa va bog`lovchisi yordamida bog`langan…
2-topshiriq.Juftliklardagi so`zlarning tartibini o`zgartiramiz. Masalan:Akasi Karimjonning - akasi va Karimjon…
66-mashq. 1-topshiriq.Berilgan misollardagi so`zlar qanday vosita bilan birikkanligini og`zaki tahlil qilamiz.
1)Abdusattor, Qahramon- sanash ohangi(vergul) bilan; Botir va men - va bog`lovchisi yordamida; 2) yer-osmon; oy-u quyosh -u bog`lovchisi yordamida birikkan…
2-topshiriq. Yuqoridagi so`z qoshilmalarini qo`llab og`zaki gaplar tuzamiz. To`g`ri tuzilgan gaplar rag`batlantiriladi. Namuna: 1.Qaysi sinfda Abdusattor, Qahramon degan bolalar bor? 2. Botir va men kutubxonaga bordik.
O`qituvchi: Bu mashq orqali “Kim chaqqon” o`yinini tashkil qilamiz, eng avval bajargan 6 nafar o`quvchini baholaymiz. Sinf taxtasi yoniga bahosi yo`q o`quvchilardan chiqarib, topshiriqni doskada bajartiramiz…
O`qituvchi: Endi 67-mashqni o`qiymiz va shartiga ko`ra bajaramiz. Har bir guruh a’zosi 2 ta so`z qo`shilmasini va
2 ta so`z birikmasini qatnashtirib, o`zimiz o`qigan badiiy asarlarning qahramonlari ishtirokida gaplar tuzamiz, she’riy matnlardan ham foydalansak bo`ladi.
So`z qo`shilmasi: Kumushning ido-yu hayosi yuz-ko`zidan bilinib turardi.
So`z birikmasi: Garchi shuncha mag`rur tursa ham
Piyolaga egilar choynak…




O`quvchilar bilimini baholash:
Guruhlar to`plagan rag`batlarni
hisoblab, g`olib guruhni aniqlayman va darsda faol qatnashgan o`quvchilarni baholayman.

Тенг ва тобе боғланиш

Тенг ва тобе боғланиш

Uyga vazifa: 68-mashq. Rasmni kuzatib, undagi tasvir asosida 5-6 ta gapdan iborat matn tuzib, uni nomlaysiz. Gapdagi so`z qo`shilmalarini va so`z birikmalarini aniqlab, ostiga qalam bilan chizasiz.

Тенг ва тобе боғланиш

Тенг ва тобе боғланиш

Zarafshon shahar 8-umumta’lim maktabi ona tili va adabiyoti fani
o`qituvchisi
Xoliqova Gulmira
Xolmurotovnaning
8-“B”sinfda “Teng va tobe bog`lanish”
mavzusida tayyorlagan ochiq dars
ishlanmasi


Материалы на данной страницы взяты из открытых истончиков либо размещены пользователем в соответствии с договором-офертой сайта. Вы можете сообщить о нарушении.
07.01.2020