Amaliy:
Tennis koptogini uloqtirish. Tennis koptogini turgan joydan uloqtirsa ham bo'ladi,
lekin yugurib kelib uloqtirilsa, yaxshiroq natijaga erishish mumkin (5—10 metrga).
Maktabda, asosan, 70— 80 grammli tennis koptogi uloqtiriladi.
To'pni uloqtirishda bajariladigan asosiy holat — yugurib kelish va uloqtirish.
To'pni barmoqlar bilan ushlash lozim, u kaftda turishi kerak emas. To'pni uloq-
tirishdan avval 10—12 qadam o'lchab, o'sha joyni belgilab qo'ying. Aynan shu
joy boshlang'ich yugurish joyi hisoblanadi. Kevin bir oyog'ingizni oldinga qo‘-
yib, to'p ushlab turgan qo'lingizni boshning tepasiga ko'taring. Tezlikni o'rta-
cha olgan holda yuguring va chiziqqa 2—3 metr qolganda chap oyog'ingiz
bilan keng qadam tashlang (o'ng qo'lda uloqtirish uchun) va to'pni uloqtiring.
Yugurish vaqtida qo'l sekin-asta orqaga ketaveradi. Chap oyoqni chiziqqa
qo'ygan holda yelkalarni oldinga tashlab, qo'lni tepaga-oldinga qilib, kuchli
harakat bilan to'p uloqtiriladi. To'pni uloqtirib bo'lganingizdan so'ng,o'ng oyog'ingizni oldinga qo'yib, tezlik bilan to'xtang.
Bu mashqda, asosan, quyidagilarni eslab qoling: a) tayanchoyoqni oldinga qo'yayotganingizda bukmaslikka harakat qiling (aksholda to'p pastga va kuchsizroq uchishi mumkin); b) chiziqdanbiroz orqaroqda uloqtiring, chunki chiziq ustini bosib olish yokichiziqdan o'tib ketish xavfi bor; d) balandroq va kuchliroq uloqtirishuchun o'zingizga ko'rsatma bering (masalan, daraxt uchiga, uytomiga va h. k.); e) to'pning uchishini va yerga tushishini oxirigachakuzating; 0 to'pni uloqtirgach, chiziqdan oldinga chiqib ketmang.
To'pni uloqtirish bo'yicha o'quv me'yorini topshirishda liarbir qatnashchiga ketma-ket 3 ta imkoniyat beriladi. Imkoniyatlarningeng yaxshisi tanlab olinib, hisobga olinadi.
To'pni uloqtirishdagi me'yorlar:
O'g'il bolalar: 45 m — a'lo; 40 m — yaxshi; 33 m — qoniqarli.
Qizlar: 28 m —a'lo; 23 m —yaxshi; 18 m —qoniqarli.