O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI
NAMANGAN VILOYATI XALQ TA’LIMI xodimlarini qayta tayyorlash va ularningmalakasini oshirish
hududiy markazi
informatika fanini o’qitish huquqini berish yo’nalishi
qayta tayyorlov guruhi
TIZIMLARGA XIZMAT KO’RSATISH fanidan
TOPSHIRDI: B.HAYDAROV
QABUL QILDI: D.IBRAGIMOV
NAMANGAN-2020
Tizimlarga texnik xizmat ko’rsatish fanidan
Tajriba ishi №1
Mavzu: Kompyuter qurilmalari. Sichqoncha, klavitura va ularning turlari. Monitor. Axborotni saqlash qurilmalari. Ma’lumotlarni kiritish va chiqarish qurilmalari.
Shaxsiy kompyuterlarning tuzilishi.
Monitor Sistemalar bloki
Klaviatura
Shaxsiy kompyuterlar quyidagi asosiy qurilmalardan tashkil topgan: - sistemalar bloki – ichki qurilmalar joylashadi.
- Klaviatura – belgini kompyuterga kiritadi. (
- Monitor (displey) – ma’lumotlarni matnli va tasvirli tasvirlash imkonini beradi.
Kompyuterlar imkoniyatlarini oshirish maqsadida unga turli qo`shimcha qurilmalar ulanishi mumkin. Bular:
Sichqoncha – ma’lumotlar kiritilishini yengillashtiruvchi manipulyator. Printer – ma’lumotlarni qog`ozga chiqaradi.
Skaner – qog’ozdagi ma’lumotni kompyuterga tasvirli yoki matnli ravishda kiritadi.
Modem – telefon tarmog`i orqali boshqa kompyuter bilan ma’lumot almashish imkoniyatini va internet tarmog`iga ulanishga yordam beradi. Plotter – turli tasvirni va grafiklarni bosmaga chiqarish qurilmasi.
Strajer – kompyuterning venchesteridagi ma’lumotlar nusxasini zaxiraga olish uchun mo`ljallangan qurilma bo`lib , ma’lumotlarni magnit lentali kassetaga (kartridjga) yozishga mo`ljallangan.
Kompakt disklar – 610 Mgbaytgacha ma’lumatlarni saqlay oladi. Ular asosan o`qish uchun ishlatiladi.
Trekbol – shar shaklidagi manipulyator. Kompyuter o`yinlarida foydalaniladi. Tarmoq qurilmasi – bir necha kompyuterlarni tarmoqqa birlashtirilib, kompyuter o`zi axborot almashish imkonini beruvchi qurilma.
Har bir qurilma – sistema blokida joylashgan mos ulagichga ulanadi yoki o`rnatiladi.
Qo`shimcha qurilmani ulashdan avval kompyuterni o`chirish zarur , aks holda kompyuter ishdan chiqishi mumkin.
MONITOR. (Displey)
Kompyuter bilan bo`ladigan bevosita muloqatni Ekranda ko`rish uchun monitor xizmat qiladi. Monitor ikki xil rejimda: matn yoki grafik ma’- lumot chiqaradi.
Matnli rejimda displey ekrani shartli ravishda 80 ta ustunga, 25 satrga bo`linadi. Xar bir belgi joyga 256 simvoldan biri mos kelishi mumkin. Grafik rejimda axborotlar nuqtalar to`plami- dan iborat bo`lib, xar bir nuqta rangga egadir.
(ranglar jilosi 16 rangdan 16,8 mln. ranggacha). Nuqtalar soni qancha oshsa, tasvirlar sifati shuncha oshadi.
Monitorlar quyidagi imkoniyatli bo`lishi mumkin. 640 x 200 nuqtalardan 1600x1280 nuqtalarni hosil qilishi mumkin. Monitorlar monaxrom (oq-qora) va razmerlari (14 dyumdan – 21, 24 dyumgacha) bilan farqlanadi.
Ekrandagi minimal (nuqtaviy) tasvirning ko`rinishi piksel ( picture element) deyiladi. Odatda EGA adapteri to`rtburchakli piksel tashkil qilsa, 640x350 nuqtalar hosil qila oladi. VGA – 640x480, SVGA – 640x480, 800x600, 1024x768 – kvadratni hosil qiladi.
Kompyuterga monitor ulash uchun videoadapter zarur. Videoadarter – tasvir to`g`risidagi ma’lumotlar saqlanadigan xotiraning muayyan qismini monitorda aks ettiruvchi signalni, hamda sinxronizasiya signallarini gorizontal (satrli) va vertikal (ustun )taqsimlab, shakllantirishdan iborat.
Monitor sifati bo`yicha : ekrandagi kadrlar chastotasi – 75 Gs ni tashkil etishi lozim. Bu holda monitor sekundiga 80, yaxshi monitorlar 100 kadrni o`tkazishi mumkin.
Notebook kompyuterlari monitori suyuq kristalli monitorlardir.
K L A V I A T U R A .
Klaviaturada foydalanuvchi tomonidan ma’lumotlarni kompyuterga kiritishga mo`ljallangan qurilmadir. IBM PS XT kompyuterlarida 83 ta tugmachali klaviatura IBM PS AT 101 tugmachali klaviaturalar mavjud. Hozirda, asosan 101, 105 tugmachaliklari chiqariladi.
Klaviaturadagi tugmachalarni bajaradigan vazifaga qarab quyidagi bo`lakka bo`lamiz.
1. Alfavit – raqamli , maxsus belgilar kiritiladigan klavishalar (tugmachalar) ( probel, 0-9 bo`lgan sonlar , lotin xarflar A - Z , kirill xarflari , A – YA , xizmatchi simvollar va x.k.)
2. Funksional klavishalar F1- F12
3. Xizmatchi klavishlar ENTER, EXC, yo`nalish tugmachalari. TAB, LEFT, Up , DOWN, RIGHT, PgUp, PgDn,
4 . Yordamchi klaviatura.
Ayrim xizmatchi klavishalarni ko`rib chiqamiz.
ENTER – satr kiritilishi tugaganligini bildiradi;
EXC – (inglizcha qochish) buyruqni bekor qilish , dasturdan chiqish uchun foydalaniladi;
HOME – kursorni qator boshiga qo`yadi. END - kursorni qator oxiriga qo`yadi PgUp – matnni orqaga varaqlaydi.
PgDn - matnni oldinga varaqlaydi.
Delete [ Del ] – kursor ko`rsatayotgan belgini olib tashlash.
Ins [ Insert ] – simvol kiritayotgan vaqtida bosilsa , kursor ko`rsatayotgan pozitsiyadagi mavjud simvol o`rniga yangisi uriladi. Agar mazkur klavish bosilmasa, bor simvol bir pozitsiyaga, o`ngga surilib oraga yangi simvol kiritiladi.
Baskspace – kursordan chapdagi belgini o`chiradi.
Print Screen – ekrandagi tasvirni qog`ozga printer orqali bosib chiqaradi, undan tashqari faylga va Windows buferiga nusxa ko`chirishga xizmat qiladi.
[ Break ] – programma ishini to`xtatadi.
[ Scroll Lock ] – blokirovka rejimi surishni saqlaydi. Kursor ekranga o`z xolatini mustaxkamlash ishini bajaradi.
Tab – matnlar bilan ishlanayotganda keyingi qator navbatdagi maxsus ko`rsatilgan nuqtaga (pozitsiyaga) suradi (o`ngga – chapga).
Ctrl (boshqarish) + Alt (o`zgartiruvchi) + Shift (surish ) – boshqa tugmachalarning vazifalarini o`zgartirish uchun ishlatiladi.
Numlock – bosilsa raqamlar kiritish, aks holda kursorni boshqaruvini klavishlar vazifasini o`taydi.
[ Caps Lock ] – bosma xarflarni kiritish yana bossangiz yozma (kichik) xarflarga o`tish mumkin.
[ Shift] + [Ctrl] – alfavitni o`zgartirishimiz mumkin.
[Ctrl]+[Alt]+[Del] – baravariga bosilsa, kompyuter qayta yuklanadi.
[Ctrl] + [Break] – bajarilayotgan programma yoki buyruq tugatilishini ta’minlaydi. Kursor – bu o`chib yonib turadigan vertikal chiziqcha. Agar shu chiziqcha ekranda ko`rinsa, demak, siz alfavit raqamli axborotlarni kiritishingiz mumkin. Grafik holatda esa kursor o`z ko`rinishini o`zgartirishi mumkin.
© ООО «Знанио»
С вами с 2009 года.