5-Mavzu. Turistik jamoalar va ularning faoliyatlarini tashkil qilish Reja
1. Turistik jamoa haqida tushunchalar.
2. Turistik klublar va seksiyalarning faoliyati.
3. Jamoatchi faollarni tayyorlash.
1. Turistik jamoa haqida tushunchalar.
Turistik jamoa deganda sayohatchilarning boshlang„ich tashkiloti yoki uyushmasi tushuniladi. YA‟ni ta‟lim muassasalari va ishlab chiqarish korxonalarining tarkibida jamoatchilik asosida mazkur jamoa tuziladi. Jamoalarning yirik shaklidagi birlashmalarni (uyushma) klubga aylantirish mumkin. Turistik jamoani tashkil qilish mumkin bo„lmagan jamoalarda (o„quv yurti va ishlab chiqarish), ya‟ni ular kichik va sharoitlari etarli darajada bo„lmasa, to„garak (seksiya) yoki jamoa (5-10 kishi) tuzish ham mumkin bo„ladi.
Ta‟kidlash lozimki, oldingi davrda markaziy kasaba uyushmalari tomonidan maxsus “Nizom” (polojeniya) ishlab chiqilib va tasdiqlanib, yirik korxonalar va oliy ta‟lim muassasalari qoshida alohida turistik klublar, seksiyalar tashkil etilgan edi.
Nizomga ko„ra jamoalardagi jismoniy madaniyat jamoasi (fizkultura kollektivi) tarkibida turizm seksiyasi yoki mustaqil ravishda turistik klub tashkil qilishga keng imkoniyatlar yaratilgan edi. Ular o„zlarining nizomlari va ish rejalarini tuzib o„quvchi-yoshlar va mehnatkashlarni turizm bilan shug„ullantirish ishlarini olib borar edi. bunday klublar ko„pincha mustaqil ravishda ish olib borib, ko„plab havaskor turistlarni o„ziga jalb etar edi.
Respublika va viloyatlar miqiyosidagi “Spartak” sport jamiyati qoshida turizm seksiyalari mavjud bo„lib, ular boshlang„ich tashkilotlarda turizm to„garaklari, jamoalarni tashkil qilib, ommaviy piyoda yurish sayohatlarini uyushtirishiga muvaffaq bo„lgan edi.
Boshida ta‟kidlanganidek, mustaqillikka erishish arafalari davrida (19891991 yil) va keyingi vaqtlarda turizmga bo„lgan e‟tibor ancha susaydi. Bu tashkiliy, iqtisodiy, siyosiy, madaniy islohotlar bilan bog„langanligini-ng sababidir. Lekin ijtimoiy-madaniy turmush, aholining har sohadagi e‟ti-qodi, ehtiyoji va boshqa bir qator sabablar bilan mamlakatda turizm ishlari-ni olib borishga qaratildi. Bu yo„lda “Turizm to„g„risida”gi Qonun (1999 yil) va turizmni rivojlantirish hamda kadrlar tayyorlash haqidagi hukumat qaror-lari (1999 yil) muhim bosqich bo„lib hisoblandi. Bu asosan tarixiy shaharlar, madaniy-arxitektura yodgorliklariga sayr (ekskursiya) uyushtirish, xalqaro tu-rizmni rivojlantirishga qaratildi. Piyoda yurish sayohati esa deyarli e‟tibordan chetda qolmoqda. O„quvchi-yoshlar va mehnatkashlarning sayr-sayohatlarini tashkil qilish asosan har bir jamoaning (o„quv va mehnat) rahbarlari, kasaba uyushmalari, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati kabi tashkilotlar tomonidan uyushtirilmoqda. Ularni boshqaruvchi turizm jamoasi tashkil qilingan emas.
SHu sababdan har bir jamoada (o„quv va mehnat) turizm jamoasi yoki to„garagini (seksiya) tashkil etishga doir ba‟zi bir takliflar tavsiya etilmoqda (avvalgi nizomlar asosida):
1. Jamoa rahbarlarining roziligi va ruxsati bilan turizmga qiziquvchilarning
(maxsus e‟lon asosida) umumiy yig„ilishini o„tkazish. Bunda turizmning ahamiyati haqida ma‟ruza o„qish (rahbar yoki taklif etilgan mutaxassis). Yig„ilishda to„garak rahbariyatining kengashini (sovet 9-11 kishi) saylash. Kengash esa seksiya yoki turistik klubning raisini saylab, qolgan a‟zo-larning burchi va vazifalarini belgilash.
2. Har 1-2 oyda kengash yig„ilishini o„tkazib, unda rejalarni ishlab chiqish, tasdiqlash, a‟zolarning hisobotini eshitish.
3. Faol o„quvchi, talabalardan (mehnatkash) turizm bo„yicha yo„riqchi
(metodist-instruktor) tayyorlash. Bunda seminar mashg„ulotlarni o„tkazish yoki marka-ziy turizm seksiyalariga safarbar etib, u erda maxsus tayyorgarlik amalga oshi-rish.
4. Dam olish kunlari, ta‟til paytlari va ulug„ sanalarga bag„ishlab bir kunlik, tunab kelish (2-3 kun) va ko„p kunlik (6-8 kun) sayohatlarni o„tkazish.
5. Tarixiy yodgorliklar, madaniy obidalar, xotira maydonlari, ilg„or ishlab chiqarish korxonalari, muzey, teatr, sport inshootlari va hokazo joylarga sayr (ekskursiya) tashkil etishda faol ishtirok etish.
6. Jamoada (o„quv va mehnat) turistik burchak yoki muzey tashkil qilish, unda kitoblar, plakatlar, nodir topilmalar, turistik jihozlar, videotasvir tasmalari, rasm-suratlar va hokazoni to„plash hamda saqlash.
7. Ilg„or tajribalar bilan tanishib borish, o„z tajribalarini matbuot, teleradiolarda yoritib borish.
8. SHahar (tuman), viloyat va respublika turizm anjumanlari, musobaqalarida (slyot) faol ishtirok etish.
9. O„quvchi-yoshlarning yozgi oromgohlari, talabalarning sog„lomlashtirishsport maskanlari va mehnatkashlarning dam olish uylari, sanatoriya, kurortlardagi sayohat ishlarida qatnashish, amaliy yordam berish.
YUqoridagilardan ma‟lumki, jamoalarda turistik klub yoki seksiya larni tashkil qilishning ijtimoiy-madaniy va tarbiyaviy jihatdan afzalliklari ehtiyojlarga juda kattadir. SHu sababdan havaskor turistlarning sonini ko„paytirish, ommaviy sayr va sayohatlarni tashkil qilish bugunning muhim vazifalaridan biri bo„lib hisoblanadi.
2. Turistik klublar va seksiyalarning faoliyati.
Mamlakatimiz mustaqilligi, olib borilayotgan turli xil tub islohotlar barcha sohalar kabi turizmda ham ishlarni aniq rejalashtirish, shart-sharoitlarni hisobga olish, ijroni amalga oshirish, nazorat qilish va tek-shirish kabi eng zarur vazifalarni o„z ichiga oladi.
Ta‟lim muassasalari, ishlab chiqarish (qo„shma) korxonalar, aholi istiqomat joylarida tashkil etilgan (yoki tashkil etiladigan) turistik klublar yoki seksiyalar
(to„garaklar) o„z ish faoliyatlarini rejalashtirish va yuritishda quyidagilarga (namunaviy ish rejasi) asoslanish maqsadga muvofiq bo„ladi. YA‟ni:
1. Boshqaruv (tashkiliy) faoliyatlar:
- umumiy (ta‟sis) majlisni o„tkazish. Bunda hisobot berish va yangi boshqaruv kengashini saylash. SHuningdek, yillik ish rejasini tasdiqlash;
- kengash (sovet yoki byuro) yig„ilishlarini har oyda o„tkazib borish;
- bunda a‟zolarning hisoboti, rejalarni ishlab chiqish, ehtiyojga zarur bo„lgan ishlarni amalga oshirish;
- yuqori turistik tashkilotlar faoliyati bilan aloqador bo„lish, ularning ko„rsatma va topshiriqlarini bajarish;
- jamoatchi kadrlar tayyorlash, ularning malakalarini oshirish, seminar mashg„ulotlarini o„tkazib borish; 2. Ommaviy tadbirlarni o‘tkazish:
- dam olish, ta‟til kunlari va ulug„ sanalarga bag„ishlab sayr-sayohatlar o„tkazish.
- sayohat yo„llarini (marshrut) ishlab chiqish va tasdiqlatish;
-“Ajdodlar merosi”, “Tarixiy obidalar”, “Zamonaviy qasr va koshonalar” mavzusida sayr o„tkazish;
-“O„zbekiston sayohatchisi”, “Alpomish” va “Barchinoy” maxsus testlaridagi turizm normatavlarini (talablar) bajarish uchun ommaviy sayohatlar tashkil qilish;
-Xotira maydonlariga sayr uyushtirish; -turistik texnika bo„yicha jamoa birinchiligi uchun musobaqalar o„tkazish. 3. Targ‘ibot ishlari:
- jamoaning “Sayohatchi” devoriy (nashrli) gazetasini tashkil etish, uning sifatiga e‟tibor berish;
- turizm mavzusida ma‟ruzalar tashkil etish va unga mutaxassislar,
faxriylarni jalb etish;
- “Mening vatanim”, “Tabiatni asra” (ekologiya), “Jismoniy chiniqish” kabi mavzularda muloqotlar, davra suhbatlarini o„tkazish;
- videotasvirlarga olingan eng namunali tabiat manzaralari va
sayohatchilarning faoliyatlarini doimiy ravishda namoyish qilib borish;
- matbuot va teleradiolarda chiqishni tashkil qilish;
- faol sayohatchilarning fotosuratlari va faolliyati haqida eksponatlar, vitrinalar tashkil qilish;
- turizm bo„yicha musobaqalarda g„olib chiqqanlarni taqdirlab borish, rag„batlantirish;
- kasb-hunar bilan bog„langan sayohatlar, jismoniy chiniqishlar haqida tashviqotlar olib borish;
4. Moliyaviy-xo‘jalik ishlari:
- klubning (seksiya) moliyaviy smetasini tuzish. Bunda kirim manbalarini
(a‟zolik badallari, xomiylik, shaxsiy yordam, tijorat, pullik xizmat-ijara va hokazo) aniqlash va mablag„larni to„plash;
- smetaga asosan turistik jihozlarni xarid qilish, ularni ijaraga berish, ommaviy tadbirlar va musobaqalar (slyot)uchun moddiy-texnik manbalarni belgilash;
- o„quvchi-yoshlar va talaba-sayohatchilarning turli xil xizmatlarda (bo„sh vaqtlarda) ishtirok etishi va mablag„ topishlarini yo„lga qo„yish, ya‟ni ishlab chiqarish, savdo, bozor va hokazoda mehnat qilishlarini ta‟minlash. Ularning topgan mablag„laridan bir ulushini klub (seksiya) xazinasiga (qonuniy asosda) o„tkazish.
5. Rasmiylashtirish va hisobot ishlari.
5.1. Hujjatlarni rasmiylashtirish:
- sayohatchilar va ularning faoliyatlarini ko„rsatuvchi kartalar (hujjat);
- tadbirlarni ro„yxatga olish daftari;
- kirim-chiqim qog„ozlar ro„yxati;
- seksiya jurnali;
- rejalar papkasi;
- yo„nalish (marshrut) varaqalari to„plami;
- qonun, qaror, nizomlar to„plami;
- moliyaviy hujjatlar;
- jihozlar ro„yxati;
5.2. Hisobot ishlari.
- davriy (oylik, kvartal, yarim yillik) va yillik hisobotlar;
- moliyaviy hisobotlar;
- mutasaddi rahbar tashkilotlarga hisobot, ma‟lumotnomalar (spravka); Eslatma: yuqoridagi rasmiy hujjatlarning ba‟zi bir namunaviy nusxalari ilova qilindi.
3. Jamoatchi faollarni tayyorlash.
O„zbekiston Davlat Jismoniy Tarbiya instituti va viloyatlardagi jismoniy tarbiya fakultetlarida turizm fan sifatida o„qitilsa-da, maxsus kadrlar tayyorlanmayotir. Turizm fakulteti (TDIU) va viloyatlardagi turizm kollejlarida asosan sayyohlarga madaniy xizmat ko„rsatish o„rgatilmoqda. Piyoda yurish turizmi bo„yicha mutaxassis kadrlar hech erda tayyorlanmaydi. Faqat maxsus kurs, seminar-kengashlardagina yo„riqchi-instruktorlar tayyorlanmoqda. Demak, har bir o„quv yurti va mehnat jamoasi o„z faollarini yuqori kurslarni seminarlarga yuborishlari lozim. SHu asosda o„z jamoalarida ham maxsus dastur va rejalar asosida (namuna ilovada) jamoatchi faollarni tayyorlashga to„g„ri keladi. Bunda mutaxassislar, tajribali turistlarni jalb etish maqsadga muvofiqdir.
Xulosa qilib aytganda turizm harakati va uning ommaviyligi asosan boshlang„ich turistik tashkilotlar (klub, seksiya) faoliyatiga bog„liqdir. SHu sababdan sayr va sayohatlarni ta‟lim muassasalari, mehnat jamoalarida ommalashtirishda turistik klub va seksiyalarni tashkil qilish, ularga amaliy yordam qilish lozimdir.
Ta‟kidlash lozimki, kasb-hunar kollejlarining o„quvchi-yoshlari, talabalar va mehnatkash faollar jamoalarda (kollektiv) turistik klublar va seksiyalarni tashkil qilish, ularning faoliyatlarini maqsaddagidek yuritishda har bir jamoaning bosh rahbari, etakchi mutaxassislari asosiy rol o„ynashi hamda kasaba uyushmalari qo„mitalari (profsoyuz), “YOshlar ittifoqi” harakati hamda turli xil xayriya jamg„armalari, xomiylarning amaliy yordamlari muhim ahamiyatga ega ekanligini tushunish lozim. SHu asosda bo„lajak ish, mehnat joylarida turizm ishlarini yo„lga qo„yish yo„llarini o„rganishlari lozim bo„ladi. Buning uchun turistik klublar, markaziy seksiyalar, jamoatchi tashkilot hamda uyushmalarning nizomlari bilan yaqindan tanishish zarurdir.
5-МАЪРУЗА МАШҒУЛОТИНИНГ ТАЪЛИМ ТЕХНОЛОГИЯСИ
5-мавзу |
Туристик жамоалар ва уларнинг фаолиятларини ташкил қилиш. |
5.1. Таълим бериш технологиясининг модели
Машғулот вақти-2 соат |
Талабалар сони: та |
|
Машғулот шакли |
Кириш-ахборотли маъруза |
|
Маъруза режаси |
1. Туристик жамоа ҳақида тушунчалар. 2. Туристик клублар ва секцияларнинг фаолияти. 3. Жамоатчи фаолларни тайёрлаш.
|
|
Ўқув машғулотининг мақсади: Туристик жамоа ҳақида тушунчалар. Туристик клублар ва секцияларнинг фаолияти. Жамоатчи фаолларни тайѐрлаш тадбирлари, туризм бўйича разрядлар ва категориялар қийинчилиги ҳақида маълумотларга эга қилиш. |
||
Педагогик вазифалар: Туристик жамоа ҳақида тушунчалар (саѐхатини) ташкил қилиш ва ўтказиш ҳамда йўлда юриш қоидалари ҳақида маълумотлар бериш. Туристик клублар ва секцияларнинг фаолиятини ташкил қилиш ва уни якунлашда ўқитувчининг роли. Жароҳатланганда биринчи тиббий ѐрдамини кўрсатиш тадбирлари ҳақида маълумотлар бериш.
|
Ўқув фаолияти натижалари: Туристик жамоа ҳақида тушунчалар туризмини (саѐхатини) ташкил қилиш ва ўтказиш ҳақида маълумотларга эга бўлиши керак. • Туристик клублар ва секцияларнинг фаолиятини ташкил қилиш ва уни якунлашда ўқитувчининг роли ҳақида маълумотларни ўзлаштирадилар. • Туризм бўйича разрядлар ва категориялар қийинчилиги тўғрисида маълумотларга эга бўладилар. |
|
Таълим бериш усуллари |
Кўргазмали, маъруза, суҳбат |
|
Таълим бериш методлари |
Маъруза, тушунтириш, Бумеранг, кластер услуби, суҳбат |
|
Таълим бериш воситалари |
Ўқув қўлланма, проектор, электрон ишланма |
|
Таълим бериш шароити |
ЎТВ билан ишлашга мослаштирилган аудитория |
|
Мониторинг ва баҳолаш |
Оғзаки назорат: савол-жавоб, мустақил иш |
|
|
бажариш |
|
5.2. « Туристик жамоалар ва уларнинг фаолиятларини ташкил қилиш.» маъруза машғулотининг технологик харитаси
Иш босқич лари ва вақти |
Фаолият мазмуни |
|
Таълим берувчи |
Таълим олувчилар |
|
Тайёргар лик босқичи. |
1. Мавзу бўйича ўқув мазмунини тайѐрлаш. 2. Кириш маърузаси учун тақдимот слайдаларини тайѐрлаш. |
|
1. Мавзуга кириш (15 дақиқа) |
1.1.Маърузанинг мавзуси, режасини эълон қилади, ўқув машғулотининг мақсади, педагогик вазифалар ва ўқув фаолияти натижаларини тушунтиради. (1 илова). |
Тинглайдилар, ѐзиб оладилар
|
2-босқич Асосий босқич (55 дақиқа) |
Power Point дастури ѐрдамида слайдларни намойиш қилиш ва изоҳлаш билан мавзу бўйича асосий назарий жиҳатларини тушунтириб беради. 2.1. Мавзу режасининг биринчи пункти режаси бўйича маъруза қилади (2-илова) Маъруза бўйича «Бумеранг» усулидан фойдаланган ҳолда талабаларга қуйидаги савол билан мурожаат қилади: “Пиѐда юришнинг афзаллик ва салбий томонларини кўрсатинг? (3-илова) 2.2. Мавзу режасининг иккинчи пункти бўйича маъруза қилади (4-илова). Маъруза бўйича «Кластер» усулидан фойдаланган холда талабаларга қуйидаги савол билан мурожаат қилади: Сайрни ташкил қилишда ўқитувчининг роли? (5-илова) 2.3. Мавзу режасининг 3 пункти бўйича маъруза қилади (6-илова). Маъруза бўйича Бумеранг усулидан фойдаланган холда талабаларга қуйидаги савол билан мурожаат қилади: |
Тинглайдилар, ѐзадилар. Ўтилган ахборотни анализ-синтез қилиб, тизимлаштира дилар.
Саволлар билан мурожаат этадилар, аниқ тасаввурлар тизимига эга бўлишади. Тинглайдилар, ѐзадилар. Талабалар берилган саволларга жавоб берадилар. |
3. Якуний босқич (10 дақиқа) |
3.1. Мавзу бўйича талабаларда юзага келган саволларга жавоб беради, якунловчи хулоса қилади. 3.2. Мустақил ишлаш учун Ўзбекистон Давлат жисмоний тарбия институтида тайѐрланган «Туризм ва уни ўқитиш |
Саволлар берадилар. Вазифани ѐзиб оладилар. |
|
методикаси» номли ўқув қўланмани 21 – 40 бетларидаги мавзу ўқув материаллари мазмунини ўрганиб келишларини тавсия этади. |
|
© ООО «Знанио»
С вами с 2009 года.