Umumiy o’rta ta’lim maktablarida informatika va axborot texnologiyalari kurslarini o’qitish maqsadi va vazifalari
Оценка 4.9

Umumiy o’rta ta’lim maktablarida informatika va axborot texnologiyalari kurslarini o’qitish maqsadi va vazifalari

Оценка 4.9
docx
20.02.2020
Umumiy o’rta ta’lim maktablarida informatika va axborot texnologiyalari kurslarini o’qitish maqsadi va vazifalari
Umumiy o'rta ta'lim maktablarida informatikaning vazifalari.docx

Umumiy o’rta ta’lim maktablarida informatika va axborot texnologiyalari kurslarini o’qitish maqsadi va vazifalari

 

Umumiy o’rta ta’lim maktablarida informatika va axborot texnologiyalari kurslarini o’qitish maqsadi

Respublikamizda,  yosh avlodning o’z  faoliyatini rejalashtirishi, qo’yilgan masalani yechishga zarur bo’lgan axborot topa olishi, o’rganilayotgan ob’ekt yoki jarayonni informatsion modelini qura olishi va yangi texnologiyalardan unumli foydalana olishi kabi malakalarga ega bo’lishi uchun zarur sharoitlar yaratib berilmoqda.

Zamonaviy kompyuterlarni boshqara olish malakasiga ega bo’lish  har bir yosh avlodga zarurdir. SHuning uchun, o’rta maktab Informatika fanining birinchi va muhim vazifalaridan biri o’quvchilarda aniq bir fikrlash usulini shakllantirishdir.

O’qitish shakli va usuli yosh o’quvchilarning fikrlashini va ijodiy qobiliyatini rivojlantirishga yo’naltirilgan bo’lishi lozim. Masalaning qiyin tomoni shundaki, bir tomondan o’quvchining fikrlashini va ijodiy qobiliyatini rivojlantirish bo’lsa, ikkinchi tomondan ularga zamonaviy kompyuterlar olami haqidagi bilimlarni qiziqarli va uyg’un ko’rinishda berishdir.

Informatika fanining yoshlik darajasidagi dolzarblik jihatlari quyidagilarda akslanadi:

- O’quvchilarda axborotlarni qayta ishlash jarayonida fikrlash tartibotlarini, jumladan, mantiqiy va abstrakt fikrlashni shakllantirish. 

- Kompyuterdan o’quv vositasi sifatida foydalanishni ta’minlash maqsadida, uning yordamida axborot ustida amaliy ishlar olib borish, zamonaviy dasturiy ta’minot bilan tanishish.

- Kompyuterdan foydalanish ko’nikmasini shakillantirish o’quvchilarda uni o’rganilayotgan jarayonda hisoblash, tasvirlash, tahrirlash ishlarini bajarishda vosita  sifatida qo’llash tajribasiga ega bo’ladilar.  

- Yoshlarda hisoblash texnikasiga nisbatan uning samarali vosita sifatidagi ijobiy munosabatlarni shakllantiradi.

- Yoshlarda turli o’quv kurslarida olayotgan axborot va ma’lumotlarni kompleks ravishda o’rganish  hamda ularning uzviyligini ta’minlash ko’nikmasini shakillantiradi.     

Kompyuter o’quvchilarning ijodiy va abstrakt fikrlash darajasini yaxshiroq tushunish, o’z navbatida keng va chuqur rivojlantirish imkonini beradi. Ma’lumki, bunday fikrlash uyg’unligi matematika va boshqa fanlarni o’zlashtirishga katta ta’sir ko’rsatadi.

Informatika fanining boshqa fanlarga o’xshamasligi o’quvchilarda yoqimli o’yin kabi tasavvur qoldirishi bilan birga, o’z ijodiy qobiliyatlarini ochishlariga turtki bo’lib xizmat qiladi.

O’quvchilar kompyuterda ishlab izlanuvchi va tadqiqotchiga aylanishadi. Bunda o’z tajribalariga tayangan holda ular hulosa chiqarish va umumlashtirishga o’rganadilar.

informatika va axborot texnologiyalari kurslarini o’qitishning maqsad va vazifalari

  Informatika» fanining pedagogik vazifalari insonning umumiy ta’lim olishidagi asosiy vazifalarini hal etishda qo’shadigan o’ziga hos xissasi bilan aniqlanadi.

  O’quvchilarda informatika xaqidagi bilimni shakllantirish va ular tafakkurini rivojlantirish.

  Ilmiy dunyoqarashni shakllantirish. Bu muhim vazifani hal etishda butun pedagogik jamoa barcha o’quv predmetlarini o’qitish jarayonida ishtirok etadi.

  Milliy mafkura ruhida tarbiyalash.

  o’quvchilarni amaliy faoliyatga, mehnatga, ta’lim olishni davom ettirishga tayyorlash.

Yuqoridagi masalalardan hech biri boshqalaridan ajratilgan holda, alohida hal etilmasligi lozim. Ular bir butunlikda bir-biri bilan chambarchas bog’liq holda amalga oshirilishi lozim. o’quvchilar informatika asoslarini mustahkam egallashlari asosidagina ularning tafakkurini tarbiyalash va ilmiy dunyoqarashni yaratish mumkin. Ikkinchi tomondan, mantiqiy fikrlashga o’rgatish bilangina, o’quvchilarning informatikani fan sifatida uning o’ziga xos tomonlarini chuqur tushunishlariga erishish mumkin. Bundan tashqari, informatikani o’qitish jarayonida amaliy faoliyatga tayyorlash vazifasini to’g’ri hal etishga erishish uchun informatika kursining ilmiyligini oshirish lozim. Faqatgina to’g’ri va chuqur xulosalar qila olsagina, o’quvchilar har bir masalani yechishga tanqidiy va ijodiy yondasha oladilar, yangi muammolar oldida o’zlarini yo’qotib qo’ymaydilar va turli shart-sharoitlarda unumli faoliyat ko’rsata oladilar.

 

Informatika va axborot texnologiyalari kurslarini o’qitishning metodik tizimi haqida tushuncha

O’quv-metodik ta’minot sohasida informatika o’qitish metodikasi o’z oldiga o’quvchilar uchun qiziqarli darsliklar va o’quv qo’llanmalarini, o’qituvchilar uchun esa uslubiy ishlanmalarni yaratishni maqsad qilib qo’yadi.

         O’quv-metodik ta’minot o’quv dasturlari, darsliklar, o’quv va uslubiy qo’llanmalarni o’z ichiga oladi. Bunda asosiy o’rin darslik va o’quv qo’llanmalariga ajratilgan. Qolgan o’quv-metodik ta’minot asosiy darslik bilan yaqindan bog’langan bo’lib, darslikdagi g’oyalarni tushuntirish va rivojlantirishga xizmat qilishi lozim.

         O’quv-metodik ta’minot tarkibiga davriy nashrlardagi, oliy va o’rta maxsus ta’lim va xalq ta’limi vazirliklari nashrlaridagi uslubiy materiallarni va me’yoriy hujjatlarni kiritish mumkin.

          O’quv-metodik ta’minotning hozirgi davrdagi muhim bir bo’lagi bu, elektron o’quv- metodik materiallardir.

 

Informatika  kursining asosiy maqsadi – o’sib kelayotgan avlodni kompyuter yordamida mustaqil fikrlashga, tasavvurini rivojlantirishga va o’zining ijodiy rejalarini hayotda tadbiq etishga o’rgatish.

 

Umumiy o’rta ta’lim maktablarida informatika va axborot texnologiyalari kurslarining mazmuni.

 

Misоl sifаtidа 5-9-sinflаr uchun mo’ljаllаngаn «Infоrmаtikа vа hisоblаsh tехnikаsi аsоslаri» fаnining mаzmunini to’liq ko’rib chiqаmiz.

5-SINF

(Ikki haftada 1 soatdan, jami 17 soat, bundan 1 soati nazorat uchun)

Kompyuter bilan tanishuv (16 soat)

Mazmun.Kompyuter honasi uchun Texnika xavfsizligi qoidalari va sanitariya – gigiena talablari. Kompyuterning asosiy qurilmalari, ularning vazifalari. Kompyuterni boshqarish dasturi. Kompyuterning ba’zi qo’shimcha qurilmalari, vazifalari. Klaviaturada ishlashning boshlang’ich saboqlari. Sichqoncha bilan ishlash ko’nikmalari. Kompyuter hisoblash vositasi sifatida. Kompyuterda sodda rasmlar hosil qilish. Fikrlashni rivojlantirishga va kompyuter qurilmalari (klaviatura, sichqoncha) bilan ishlash ko’nikmalarini chuqurlashtirishga yo’naltirilgan kompyuter o’yinlari bilan tanishish.

 

6-SINF

(Ikki haftada 1 soatdan, jami 17 soat, bundan 1 soati nazorat uchun)

Hujjatlarni qayta ishlash texnologiyalari (16 soat).

Mazmun: Matn muharriri va uning vazifalari. Matn ko’rinishidagi axborotlarni qayta ishlash texnologiyalari. Hujjatlarning asosiy parametrlari. Belgi, so’z, satr, abzats, matn, blok va hujjat haqida tushuncha. Hujjatlarni vujudga keltirish. Hujjatlarni tahrirlash. Hujjatlarda rasm, shakl va chizmalar bilan ishlash. Jadvallar. Hujjatlarda jadvallar bilan ishlash. Matnda formulalar yozish. Hujjatni chop etish.

6 - sinf   informatika fanidan  mavzuviy  rejalashtirish.(haftasiga 0,5 soatdan, jami 17 soat)

7-SINF

(Haftasiga 0,5 soatdan, jami 17 soat)

 

I. Axborot (8 soat)

Mazmun:Axborot va u bilan bajariladigan jarayonlar. Axborot turlari va xususiyatlari. Axborotlar bilan ishlashga oid buyuk yurtdoshlarimizning qarashlari haqida. Axborot bilan ishlashga aloqador vositalar. Sanoq sistemasi haqida. Axborot miqdori va uzatish tezligining o’lchov birliklari. Ma’lumotlarni kompyuterda tasvirlanishi va kodlash haqida.

 

II.  Internetda ishlash asoslari (8 soat+1soat nazorat)

Mazmun:: Axborot texnologiyalari. Axborotli olam mummolari va Internet. Internetda ishlashni ta’minlovchi dasturlar haqida va dasturning imkoniyatlari. Internet Explorer dasturining vazifalari; Internet yordamida ma’lumotlarni olish usullari. Axborotlarni ximoyalash va antiviruslar haqida.

8-SINF

(Haftasiga 1 soatdan, jami 34 soat)

1. Zamonaviy kompyuterlar (7 soat)

Mazmun: Hisoblash texnikasi taraqqiyoti davrlari. EHM avlodlari. SHaxsiy kompyuter va uning asosiy qurilmalari. Mantiqiy amallar va mantiqiy elementlar.

2. Dasturiy ta’minot (10 soat + 1 soat nazorat ishi)

Mazmun: Dasturiy ta’minot va uning turlari haqida tushuncha. Operatsion sistema va uning vazifalari. Fayl va kataloglar haqida tushuncha.Kompyuterning tashqi xotirasi turlari va xususiyatlari. Interfeys va uning turlari.

2. Elektron jadvallar (15 soat+ 1 soat nazorat ishi)

Mazmun: Elektron jadval va uning vazifalari. Elektron jadvalning elementlari. Formulalar bilan ishlash. Diagramma va grafiklarni hosil qilish. Ma’lumotlarni saralash.Elektron jadvalda mantiqiy elementlarni qo’llash.

 

9 - sinf

(Haftasiga 2 soatdan, jami 68 soat, bundan 4 soati nazorat uchun)

1. Algoritmlash asoslari (10 soat+ 1 soat nazorat ishi)

Mazmun:Kompyuterda masala yechish bosqichlari. Model va uning ko’rinishlari. Algoritm, uning xossalari, tasvirlash usullari, turlari.

2. Dasturlash (36 soat+ 2soat nazorat ishi)          Mazmun: Dasturlash    tillari va ularning vazifalari.   Dasturlash tilining asosiy  elementlari. Dasturlash  tilining asosiy operatorlari. Miqdorlar. CHiziqli, tarmoqlanuvchi va takrorlanuvchi dasturlar. SHakl yasovchi va fayllar bilan ishlash operatorlari. Qism dasturlar.

3. Web–sahifa (18 soat + 1 soat nazorat ishi)

Mazmun: HTML haqida tushuncha va Web–brauzerlar. Web–sahifaga matn joylashtirish. Web–sahifaga jadval va ro’yxat joylashtirish. Web– sahifada gipermurojaat. Web–sahifaga rasm joylashtirish. Web–sahifada rasm yordamida o’tish. Boshqa Web–sahifalar bilan aloqa va tarkibiy Web–sahifalar. Web–sahifada formalar.Interaktiv Web–sahifa.

Test savollari

 

1.     Informatika  kursining asosiy maqsadinimadan iborat?

A.   O’sib kelayotgan avlodni kompyuter yordamida mustaqil fikrlashga, tasavvurini rivojlantirishga va o’zining ijodiy rejalarini hayotda tadbiq etishga o’rgatishdan.

B.    o’quvchilarni amaliy faoliyatga, mehnatga, ta’lim olishni davom ettirishga tayyorlashdan.

C.    O’quvchilarda informatika xaqidagi bilimni shakllantirish va ular tafakkurini rivojlantirishdan.

D.   Ilmiy dunyoqarashni shakllantirishdan.

 

2.     Algoritmlash asoslari mavzusi nechanchi sinfda va qancha soat o’qitiladi?

 

A.   7-sinfda, 14 soat

B.    9-sinfda, 10 soat

C.    9-sinfda, 14 soat

D.   8-sinfda, 10 soat

 

10-mavzu: Umumiy o’rta ta’lim maktablarida informatika va axborot texnologiyalari kurslarini o’qitish shakli va uslublari

 (2 soat amaliy).

Reja

Informatika o’qitishning tashkiliy shakllari

1.     O’qitishning guruhli shakli

2.     Informatikadan laboratoriya mashulotlarini o’tkazish

 

Informatika o’qitishning tashkiliy shakllari

 

         Informatika didaktikasi va o’qitish metodikasida o’qitishning tashkiliy shakllari markaziy o’rinlardan birini egallaydi.

         O’qitishning tashkiliy shakllari deganda o’qituvchi va o’quvchining o’zaro munosabatlarini tashkil etish yo’llari tushuniladi.

         O’qitishning tashkiliy shakllari bir qator mezonlar bo’yicha tasniflanadi: o’quvchilar soni, o’qish joyi va boshqalar. Birinchi mezon bo’yicha tasnifni ko’rib chiqamiz.

         O’quvchi faoliyati ta’lim jarayoni qatnashchilari orasidagi o’zaro munosabatlarning bir bo’lagidir. O’quvchilarning individual faoliyatini nazarda tutuvchi shakllar ham mavjuddir. Boshqa shakllar esa, masalan EHMda amaliy mashg’ulot, guruhda ishlashni talab etadi. O’qitishning tashkiliy shakllari ko’pligi frontaldir.

                  

 

 

 

 

 

 

 

4-rasm. O’qitishning tashkiliy shakllari

Выноска-облако: O’qibo’rganilganharbittahunar, hunarmandgabirkunfoydakeltirar.
NizomiyGanjaviy
O’qish olib boriladigan joyiga qarab maktaba va maktabdan tashqari shakllarga ajratiladi. Birinchilarga ustaxonada, laboratoriyada ishlash shakllari kirsa, ikkinchisiga uy, ekskursiyalar va boshqalar kiradi.

O’qitishning guruhli shakli

         «AQSHda ta’lim bo’yicha instrukturalar guruhli ish olib borishni tavsiya etadilar. Zamonaviy tadqiqotlar, o’qitishning ushbu shakli o’quvchilar orasidagi dushmanlik munosabatlarining oldini olishning samarali taktikasi ekanligini ko’rsatmoqda. Guruhda ishlash tajribasi tafakkur uslubini «biz va ular»dan «biz» ko’rinishiga o’zgartiradi. Guruhda ishlaganda avvalo sinfning o’quv makoniga e’tibor berish lozim. Kichik guruhlarda ishlash yuzma-yuz ishlashni taqozo etadi. SHu sababli o’tirish joylarini an’anaviy, ya’ni o’quvchilar o’zidan oldingi o’quvchi boshining orqa tomonini va o’qituvchining yuzini ko’radigan holatda joylashtirliishi maqsadga muvofiq emas. O’tirish joylarining o’rnini o’zgartirish, guruhda muomala qilish imkonini beradigan kichik zonalar tashkil etish kerak bo’ladi. Bunda kichik guruhlar va har bir guruhdagi o’quvchilar sonini hisobga olish lozim (uch, to’rt, yetti va hokazo). Guruh bilan ishlash usuliga bog’liq holda o’tirish joylarini joylashtirishning quyidagi variantlari mavjud:

 

 

 

 

 

 

 

 

 

5-rasm. Guruhlar usuliga bog’liq holda o’tirish joylari

 

         E’tibor berilishi lozim bo’lgan navbatdagi masala kichik guruhlarni shakllantirish jarayonini yaxshilab o’rganib chiqishdan iborat. O’quvchilar guruhlarda nafaqat o’quv masalasini yechishi, balki kommunikativ ko’nikmalarni ko’rsata olishi va mustahkamlashlari ham kerakligini yodda saqlash lozim. SHuning uchun avval boshdan bir-birining boshlagan ishini qo’llab quvvatlashga xohishi borligi va tayyor ekanligi o’z aksini topadigan guruhning emotsional iqlimi to’g’risida ham qayg’urish kerak bo’ladi.

Выноска-облако: Bilagi zo’r birni yiqar, bilimi zo’r – mingni.
«AmirTemuro’gitlari»
         Kichik guruhlarga birlashishda o’quvchilarning o’z istaklariga qarash mumkin. Bunda yondashishning ijobiy tomoni o’quvchilarning o’zaro shaxsiy xayrixohliklarini hisobga olinishidir. Lekin salbiy tomonlari ham bor. Natijada kuch bo’yicha bir-biriga teng bo’lmagan guruhlar tashkil qilinishi mumkin va hamkorlikda olib borilgan faoliyat natijalari ham keskin farq qilishi mumkin. Bundan tashqari, guruhda do’stona, lekin o’zibo’larlikka asoslangan muhit yuzaga kelib, o’zaro muloqotda bo’lishga qiziqish, o’quv masalasini yechish jarayonini siqib chiqarishi mumkin.

         Guruhlarni shakllantirganda yechiladigan masalaning mazmunini ham e’tiborga olish lozim. Masalan, o’qituvchi har bir guruhga masalaga qarama-qarshi nuqtai nazarda bo’lgan o’quvchilarni kiritishi mumkin. Natijada


 

Скачано с www.znanio.ru

Umumiy o’rta ta’lim maktablarida informatika va axborot texnologiyalari kurslarini o’qitish maqsadi va vazifalari

Umumiy o’rta ta’lim maktablarida informatika va axborot texnologiyalari kurslarini o’qitish maqsadi va vazifalari

Informatika» fanining pedagogik vazifalari insonning umumiy ta’lim olishidagi asosiy vazifalarini hal etishda qo’shadigan o’ziga hos xissasi bilan aniqlanadi

Informatika» fanining pedagogik vazifalari insonning umumiy ta’lim olishidagi asosiy vazifalarini hal etishda qo’shadigan o’ziga hos xissasi bilan aniqlanadi

Umumiy o’rta ta’lim maktablarida informatika va axborot texnologiyalari kurslarining mazmuni

Umumiy o’rta ta’lim maktablarida informatika va axborot texnologiyalari kurslarining mazmuni

SINF (Haftasiga 1 soatdan, jami 34 soat) 1

SINF (Haftasiga 1 soatdan, jami 34 soat) 1

A. 9-sinfda, 14 soat B. 8-sinfda, 10 soat 10-mavzu:

A. 9-sinfda, 14 soat B. 8-sinfda, 10 soat 10-mavzu:

Guruhda ishlash tajribasi tafakkur uslubini «biz va ular»dan «biz» ko’rinishiga o’zgartiradi

Guruhda ishlash tajribasi tafakkur uslubini «biz va ular»dan «biz» ko’rinishiga o’zgartiradi

masalaga qarama-qarshi nuqtai nazarda bo’lgan o’quvchilarni kiritishi mumkin. Natijada

masalaga qarama-qarshi nuqtai nazarda bo’lgan o’quvchilarni kiritishi mumkin. Natijada
Материалы на данной страницы взяты из открытых истончиков либо размещены пользователем в соответствии с договором-офертой сайта. Вы можете сообщить о нарушении.
20.02.2020