“Yengil atletika musobaqasi o’tqaziladigan joylarga qo’yiladigan talablar. ”
M U N D A R I J A
KIRISH
I-BOB. Yengil atletika mashg‘ulotlarini tashkil qilish va o‘tkazish usullari
1.1. Yengil atletika mashg‘ulotlari shakllari
1.2. Mashg‘ulotlarning maqsadi va vazifasi
II-БОБ. Yengil atletika mashg‘ulotlarida qo‘llaniladigan metodlarni o‘rgatish.
2.1. So‘z metodi
2.2. Ko‘rsatish metodi
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi - Yengil atletika bo‘yicha mutaxassislar o‘zlarining har kungi faoliyatida mashg‘ulot paytida tashkilotchilik ishlarini, boshqarish faoliyatini doimo hal qilishlariga to‘g‘ri keladi. Buning uchun ular o‘z bilimlarini yangilab turishlari va boyitishlari, masalani qabul qilishda ularning faol hayotga tadbiq etishda tashabbuskor, javobgar, bir so‘zli bo‘lishlari kerak.
Agar mutaxassis ilmiy tafakkurga ega bo‘lsa, musobaqa mashg‘ulot, dam olish vaqtida kelgan har xil ma’lumotlarni tahlil qilishni bilsa, bularni amalga oshirish mumkin.
Talabalar oliy o‘quv yurtlarida o‘qish jarayonida iloji boricha to‘liq bilimlarni, ilmiy metodlarni egallashlari, tekshirish masalalarini mustaqil echishni o‘rganishlari kerak. Talabalarni o‘quv – tekshirish ishlari o‘quv programmasini majburiy qismi hisoblanadi va dars paytida yoki darsdan tashqari vaqtlarda o‘tkaziladi. Bu tekshirish elementlarini ma’ruza, seminar, amaliyot va laboratoriya mashg‘ulotlarida ishlatish, pedagogik amaliyot vaqtida o‘quv vazifalarini tekshirish xarakterida, yengil atletika metodikasi va nazariyasidan referatlar yozishda qo‘llaniladi.
Talabalarni ilmiy – tekshirish ishlari o‘quv programmasining majburiy qismi bo‘lib hisoblanadi va darsdan tashqari vaqtda bajariladi. Talabalarning ilmiy to‘garaklarda, konferenstiya va konkurslarda, ilmiy-texnik ko‘rgazmalarda qatnashishi, shuningdek, davlat byudjeti va xo‘jalik kelishish tematikasi bo‘yicha ilmiy-tekshirishlarni bajarish, terma jamoalarni ilmiy-metodik ta’minlash bo‘yicha guruhlar ishida qatnashishi mo‘ljallanadi.
I-BOB. Yengil atletika mashg‘ulotlarini tashkil qilish va o‘tkazish usullari
Yengil atletika darsining mazmuni umum ta’lim maktabida yengil atletika bilan shug‘ullantirish dars formasida bo‘ladi. O‘rgatish etaplari quyidagilardan iborat:
1.Kirish.
2.O‘qitish.
3.Takrorlash.
4. Takomillashtirish.
5.O‘tilgan materiallarni mustahkamlash.
Darsni o‘zlashtirish, bilish, malaka hosil qilish, jismoniy tayyorgarlik texnik tayyorgarlik va oxirgisi aralash darslar. Darslarni tiplariga qaramay quyidagi qismlarga bo‘linadi 1. Kirish, tayyorlov, asosiy va yakunlov darsi (asosan dastlabki qismi biriktirilib o‘tiladi).
Kirish qismiga qo‘yiladigan vazifalar: Saflanish, raport, asosiy vazifani ma’lum qilish. O‘quvchilarni darsga tashkillash.
Tayyorlov qismi: o‘quvchilarni asosiy vazifani bajarish holatiga olib kelishdir. Bunda asta sekin yugurish va umuman rivojlantirish mashq berish asosiy qismda yangi bilim o‘rgatiladi. Bunda yengil atletika turlari o‘rgatiladi, malaka hosil qilinadi va takomillashtiriladi.
Yakunlov qismida dars yuklamasi pasaytiriladi, o‘tilgan darsga yakun yasaladi va uyga vazifa beriladi.
45 minutlik dars quyidagicha taqsimlanadi. Kirish qismi 3 minut, tayyorlov qismi 12 minut, asosiy qismi 25-27 minut, yakunlov qismiga 3 minut vaqt sarflanadi. Darsning asosiy hujjat konspekt hisoblanadi. Bunda o‘tiladigan dars davomiyligi ifodalangan bo‘ladi.
Yengil atletika mashg‘ulotlarini o‘rgatish, yugurish, sakrash va uloqtirishlarni o‘zlashtirish va ularni takomilliga yetkazishga qaratilgan.
5- sinfdan boshlab darslarga yosh yengil atletkachilar uchun zarur bo‘lgan fazilatlardan tezkorlikni, kuch va chidamkorlikni rivojlantirish yordam beruvchi mashqlar kiritiladi.
O‘quvchilar programmasiga muvofiq chuqurroq o‘rganish mashg‘ulotlarida qisqa masofalarga yugurish, o‘rta masofalarga yugurish, g‘ovlar osha va estafetali yugurish, «hatlab o‘tish» va «peryokidnoy» usullarida balanddikka sakrash, «oyoqlarni yig‘ib» va «qaychi» usullarida uzunlikka sakrash texnikalarini o‘rganadilar. Granata va nayza hamda yadro otish texnikalarini o‘zlashtirib boradilar.
Mashgulotlarining maqsadi
Faqat shundan keyingina shuning maqsadii shakllanadi va uning asosida o‘quvchilarning kutilayotgan nazariy, jismoniy va texnik tayyorgarliklari holati darajasi loyihalashtiriladi.
Kutilayotgan jismoniy holatga maktab o‘quv dasturida nazarda tutilgan nazariy ma’lumotlarni o‘zlashtirish, jismoniy mashqlarni o‘rganish va jismoniy sifatlarni tarbiyalash bo‘yicha bir qator aniq vazifalarni qo‘yish bilan erishiladi. Shunday ekan, rejalashtirishning navbatdagi texnologik operatsiyasi sifatida ta’lim va tarbiyaning aniq vazifalarini qo‘yishni hisoblash mumkin.
Qo‘yilgan vazifalarni hal qilish uchun o‘qituvchi o‘quvchilarga pedagogik ta’sir ko‘rsatish tizimini aniqlaydi. U vositalar, uslublar va ish sharoitlarini uz ichiga oladi. Bu operastiya, xuddi oldingidek, o‘quvchilarning faol ishtiroklari natijasida amalga oshirilishi mumkin. Bu vaqtda jismoniy tarbiya jarayonini to‘g‘ri tashkil qilishga halaqit beruvchi yuz berishi mumkin bo‘lgan noqulay omillarni hisobga olish lozim.
Pedagogik jarayonning to‘g‘ri borishini tekshirish uchun maxsus tanlab olingan ekspress-testlar yordamida bosqichma-bosqich nazorat o‘tkazish quyi tizimi yaratiladi. Agar har bir bosqich nazoratida olingan natija rejalashtirilgan talabga javob bersa, bu vaqtda barcha operastiyalarning to‘g‘ri rejalashtirilganligiga xulosa qilsa bo‘ladi. Mobodo rejalar vijdonan amalga oshirilgan sharoitda nazorat natijalari rejalashtirilgan maqsadlardan jiddiy farq qilsa, demak rejalashtirish texnologiyasida xatolar borligidan dalolat beradi. Bu xatolarni uchta zvenodan qidirish kerak bo‘ladi. Birinchi navbatda rejalashtirish davrida barcha noqulay omillar hisobga olinganligi yoki olinmaganligini tekshirib ko‘rish lozim. Ikkinchi navbatda pedagogik ta’sir tizimi taftish qilinadi. Agar bu yerda ham kamchiliklar topilmasa pedagogik vazifalarning amaliyligi baholanadi.
Agar xatolar birinchi zvenodan topilsa va aynan yana shular natijalarning bajarilmasligiga sabab bulganligiga o‘qituvchi qat’iy ishonsa, zarur choralar ko‘riladi va boshqa zvenolar tekshirilmaydi. Odatda o‘qituvchi faoliyatining birinchi yillarida rejalashtirish texnologiyasining turli operastiyalarida yo‘l qo‘yilgan ko‘zga tashlanib turmaydigan xatolar umumlashgan holda ishning natijasiga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun yosh o‘qituvchilar o‘zining barcha faoliyatini doimiy tahlil qilishlari. O”zlari uchun talabchan qozi bo‘lishlari kerak. Bu kelajakda muvaffakiyat garovidir.
Rejalashtirish yakuniy hisobga olish bilan tugallanadi. Hisobga olish natijasida olingan ma’lumotlar kelgusi stikl (darslar seriyasi, o‘quv choragi, o‘quv yili)ni rejalashtirish uchun asos qilib olinadi.
Mashgulotlarining tuzulishi
Mashg‘ulotning tuzilishi, shakllari va mazmuni. Hamma yengil atletikachilar uchun mashg‘ulot protsessining asosiy tashkiliy shakli gruppa bo‘lib, individual 2 soat yoki undan ko‘proq davom etadigan trenirovka mashg‘uloti o‘tkazishdir. Ozroq davom etadigan mashg‘ulotlar bo‘lishi ham mumkin. Asosiy mashg‘ulotlarni har kuni ko‘p kuch ketmaydigan ertalabki trenirovka mashg‘ulotlarini to‘ldiruvchi uy vazifalarini esa kunning boshqa vaqtida bajarish mumkin. Mashg‘ulotlarning hamma shakllarida quyidagi asosiy qoidalarga rioya qilish kerak. Mashg‘ulotni asta-sekin boshlab, keyin asosiy ish o‘tkaziladi.
Mashg‘ulot oxirida kuch berish kamaytiriladi. Kuch kelishni bu tarzda o‘zgartira borishi, mashg‘ulot qaysi tarzda o‘tkazilishdan qat’iy nazar, har qanday trenirovka mashg‘uloti uchun shartdir.
Trenirovka mashg‘ulotlari qabul qilingan umumiy struktura bo‘yicha tuzilib 4 qismdan yoki 3 qismdan iborat. Mashg‘ulotning maqsadi va mazmuniga, trenirovka davriga va asosan yengil atletikachilarning tayyorgarlik darajalariga qarab 1 yoki 2 variant qo‘llaniladi.
O‘quv-trenirovka darsi ayrim qismlarning vazifasi va mazmuni.
Mashg‘ulotning kirish qismi. Kirish qismining vazifasi o‘quvchilarni u yushtirishdan, ya’ni gruppani saflash, raport qabul qilish, davomatni tekshirish, dars vazifasi va mazmunini tushuntirish gruppani mashq bajarish uchun qayta saflashdan iborat. Kirish qismi 3-10 minut davom etadi.
Mashg‘ulotning tayyorlov qismi:
Tayyorlov qismining vazifasi shug‘ullanuvchilarda umuman badanni qizdirib olish va ularni bo‘ladigan kuch kelishga tayyorlash-razminka, muskul kuchini va egiluvchanligini rivojlantirshp, harakatni boshqara olish qobiliyatini yaxshilash va yengil atletika turlari, texnika elementlari bilan tanishtirish.
Darsning tayyorlov qismiga mashg‘ulotning tayyorlov davrida ko‘proq va musobaqa davrida ozroq vaqt ajratiladi. Razminka sportchi organizmini bo‘ladigan trenirovka ishiga tayyorlaydi. U kuch kelish asta-sekin oshib boradigan qilib maxsus tanlangan jismoniy mashqlar kompleksidan iboratdir. Agar razminka noto‘g‘ri tanlansa, uning foydali ham bo‘libgina qolmasdan, balki salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Trenirovka mashg‘ulotlarida o‘tkaziladigan razminkada kuch kelish juda ham oz bo‘lmasligi shart.
Razminka quyidagi qismlardan iborat bo‘ladi. Birinchi qismning vazifasi vegetativ funksiyalarni qizdirish hisobiga organizmning umumiy ish qobiliyatini oshirishdir. Ikkichi qismda sportchi o‘zida bo‘lajak ishga moyillik hosil qilib olish kerak. Razminkadan badan qismi qizdirilib atletning butun organizmi qatnashadigan, ancha davom etadigan, o‘rtacha kuch oladigan jismoniy mashqlar yordamida amalga oshiriladi. Odatda bu goho-goho yengilgina tezlanish qo‘shadigan oxista suratda yugurishdan iborat bo‘ladi.
Ter chiqa boshlashi oldidan badan zarur darajada qizigan bo‘ladi, degan fikr bor. Qizdiruvchi mashqlarning qancha davom etishi ko‘p jihatdan atletikaning tayyorlik darajasiga, ayniqsa uning umumiy chidamlilik darajasiga bog‘liqdir. Qizdirish qancha davom etishi havoning haroratiga ham bog‘liqdir. Issiq paytlarda razminka uchun yugurishi, razminkaning butun bir qismi singari kamaytirish kerak. Razminka hammasi bo‘lib 30-40 daqiqa davom etadi.
Mashg‘ulotning asosiy qismi.
Ketma-ketlik quyidagicha bulgani ma’qulroq texnikani o‘rganish va uni takomillashtirishga mo‘ljallangan mashqlarga, 2) tezkorlikni yoki chaqqonlikni rivojlantiradigan mashqlar, 3) kuchni rivojlantiradigan mashqlar, 4) chidamlilikni rivojlantiradigan mashqlar.
Texnikani o‘rganish va takomillashtirishga mo‘ljallangan mashqlar razminka ketidan, yengil atletikachi hali charchamagani holda bajariladi,
Ko‘proq tezkorlikni oshirishga mo‘ljallangan maxsus mashqlar, yugurish, sakrash va uloqtirish odatda qisqa vaqtli, lekin juda jadal bo‘lib, atletdan bor kuchini ishga solishni so‘raydi. Texnikani o‘rganish va tezkorlikni rivojlantirishga qaratilgan mashqlardan keyin har bir og‘irliklar bilan og‘irliksiz gimnastika asboblarda va shu kabi kuchni rivojlantiradigan maxsus mashqlar kiritiladi.
Mashgulotlarining vazifalari
Maktab jismoniy tarbiya o‘qituvchisining vazifalari juda ham ko‘p, shuning uchun maktabdagi yengil atletikaning o‘rnini ko‘tarishda asosan maktab faoli yordamida foydalaniladi. Maktabda ko‘rgazmali foto – gazeta plakat, e’lonlar, radiogazeta va boshqa axborotlar yaxshi qo‘yilgan bo‘lishi kerak. " Jismoniy tarbiya burchagi" sport zali yonida joylashgan bo‘lishi kerak. Har qaysi yangi axborotlar o‘z vaqtida yetkazilishi lozim.
O‘quvchining familiyasi va ismi to‘g‘ri yozilishi shart, agar e’londa adashilgan bo‘lsa shu o‘quvchi xafa bo‘lishi mumkin.
Musobaqa protokollari shu onda doskaga osilishi lozim, ma’lumotlar aniq va chiroyli yoziladi.
Stendlar "Musobaqa natijalari". "Chempionlar", "Eng yaxshi sinflar" protokollar va komanda g‘oliblari eritilish kerak. Eng yaxshi 10 sportchi deb alohida bo‘limda yoritilishi mumkin. "Maktab rekordchilari" stendida albatta asosiy maktabda qo‘yilagan va ommaviy musobaqalarda o‘tkaziladigan turlar olinishi shart.
Maktabda maxsus stendda chempionlarni su’rutlari sport yutuqlari aks etadigan suratlar bo‘lishi diqqatga sazovor.
Stend bir qismida musobaqa kalendari 1 yilga mo‘ljallangan bo‘lishi kerak, unda qachon va qanday shartlar berilgan bo‘lishi kerakligi yozilishi zarur.
Stendda yengil atletika musobaqa qoidalari berilib turilishi kerak. Mustaqil tayorgarlik materiallari yoritilishi kerak. "Nima qilsam kuchli bo‘laman", "Yozgi ta’tilda nima bilan shugillanish kerak". Stendda "Maktab spartakiadasining natijalari" yoritilib borishi kerak.
Har qaysi qatoriga uni egallagan o‘rni, bali, o‘tkazilgan musobaqadan so‘ng darrov yozilishi zarur!
Yana bir stend "Maktab jismoniy tarbiya dasturining talablari" deb unda dastur talabi, mashqlar tarkibi eritiladi.
Maktab radiouzeli orqali doimiy davlat miqyosidagi chempionlarni, rekordchilarni tarixini, biografiyasini berib borilsa qiziqarli bo‘ladi.
Yuqori sport mahoratiga ega bo‘lgan sportchilar bilan uchrashuvlar tashkil qilinsa, sport qirolicha maktabda egallagan o‘rni yuqoriroq bo‘ladi. Qiziquvchi o‘quvchilar ko‘payadi.
Mashg‘ulotlarning normativ va talab meyorlari
Bolalar tayyorlov tibbiy guruhiga o‘tkazilganda, ular asosiy guruh bilan hamkorlikda o‘quv dasturi bo‘yicha normativlar topshirib, jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanadilar. Biroq tayyorlov tibbiy guruhidagi o‘quvchilar yuklamalarning ayrim chegaralanishlariga va harakat ko‘nikmalar majmuini bir muncha sekinroq o‘zlashtirishga hamda organizmga, ayniqsa qo‘shimcha talablar qo‘yilishi bilan bog‘liq jismoniy fazilatlarni tarbiyalashga muhtoj bo‘ladilar. Yuklamalar, chidamli bo‘lishga chorlovchi mashqlarni asta-sekin ko‘paytirib borish orqali aniq ifodalangan mashq samarasiga erishiladi. Chiniqish ortib borgani sayin o‘quvchilarning sog‘ligi mustahkamlanib, bunda ular organizmining himoya kuchlari faollashadi.
Yuklamalarning kun, hafta va yil davomidagi tarkibi va me’yorlari
Kun mobaynida yukamalarning 3 varianti farqlanadi.
Birinchi variant. Rivojlantiradigan yoki quvvatlab turadigan yuklamalari bo‘lgan ish kuni. Tayyorlov, rag‘batlantiruvchi yuklamalar, ertalabki badantarbiya va darslardan oldingi mashg‘ulotlarda (jami 15-20 daqiqa) bajariladi; tiklovchi yuklamalar jismoniy tarbiya daqiqalari shaklida va mustaqil mashg‘ulotlarda (15-30 daqiqa), maktabdan so‘ng sayr, havoda o‘ynash (1-3 soat), serharakat tanaffus (30-60 daqiqa), uxlashdan oldingi sayr qilish (20-30 daqiqa).
Rivojlantiradigan yoki quvvatlaydigan yuklamalar jismoniy tarbiya darslari, mustaqil mashqlar, sport seksiyalari, salomatlik guruhlari shaklida bajariladi (bitta mashg‘ulot davomiyligi 45-90 daqiqa).
Maqsadga yo‘naltirilgan jismoniy mashqlar (tayyorlov rag‘batlantiruvchi, tiklovchi va rivojlantiruvchi yuklamalar)dan tashqari, jismoniy yuklamalar o‘quv va maishiy faoliyat jarayonida ham bajariladi, hamda ularga tomorqada ishlash, tomoshalar, faol dam olish kabilar kiradi.
Ikkinchi variant. Rivojlantiruvchi yuklamalarsiz ish kuni. Tayyorlov va tiklaydigan yuklamalar bunda birinchi variantdagi kabi bajariladi.
Uchinchi variant. Dam olish kuni. Tayyorlov rag‘batlantiruvchi yuklamalar faqat ertalabki badantarbiya shaklida, tiklovchi yuklamalar shahar tashqarisidagi faol dam olish ko‘rinishida, rivojlantiruvchi va quvvatlovchi yuklamalar mustaqil mashqlar, sport seksiyalari, salomatlik guruhlari, sport musobaqalari shaklida bajariladi.
Bir kun mobaynida rivojlantiruvchi yuklamalar bo‘ladigan 2 shakldagi mashg‘ulotlarda qatnashish tavsiya etilmaydi. Masalan, jismoniy tarbiya darsiga sport seksiyasidagi mashqni qo‘shish mumkin emas. Mashq ta’sirini tiklash va o‘zlashtirish uchun yuklamalar o‘rtasidagi oraliq yetarlicha uzun bo‘lmaydi.
Rivojlantiruvchi va quvvatlovchi yuklamalarga umumiy vaqt sarfi 4-6 soat, tiklovchi (dam olish kuni shahardan chetga chiqmay), tayyorlov rag‘batlantiruvchi va faollashtiruvchi yuklamalarga 12 soat vaqt ketadi.
Bir yo‘nalishdagi rivojlantiradigan yoki quvvatlovchi yuklamalar haftasiga kamida ikki marta takrorlanishi kerak. STE me’yorida bo‘lgan haftasiga 3-4 marta takrorlanadigan yo‘naltirilgan yuklamada samaraga erishiladi. 2, 3, 4 martalik yuklamada oraliq taxminan bir xil bo‘lishi kerak. Masalan, 3 martalik takrorlashda yuklama dushanba, chorshanba, juma yoki seshanba, payshanba, shanba kunlarida bajarilishi lozim. Bu tiklanish davrlarining bir tekis bo‘lishi uchun kerak. Mazkur yuklamaga bioritmlar reaksiyasi ishlanishiga imkon beradi. Bioritmik reaksiya uchun doimo yuklamalarni kunning muayyan vaqtida bajarish zarur. Bunda vaqtga nisbatan refleks paydo bo‘lib, yuklama bilan aloqador bo‘lgan biokimyoviy jarayonlar reflektori faollashadi. Organizm yuklamaga tayyorgarlik ko‘radi va mashq samarasi ko‘tariladi hamda yuklamaning bevosita ta’sirida reflektor faollik bilan jamlanadi.
Yillik sikl, asosan haftalik bloklardan tashkil topadi, yil fasli va ob-havo o‘zgarishi bilan jismoniy tarbiya hamda sog‘lomlashtiruvchi jismoniy tarbiya vositalari o‘zgaradi, biroq yuklamalar barqarorligicha qoladi.
Kasallik yoki boshqa sabablar bilan bog‘liq jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlaridagi tanaffuslarda rivojlantiradigan yuklamalar hajmini kamaytirish lozim. Ularni asta-sekin shifokor nazorati ostida amalga oshirish kerak.
Talab va miyorlar
Shaxsiy o‘rinni aniqlash uchun o‘tkaziladigan qayta musobaqa musobaqalarning davomi hisoblanib, uning o‘tkazilishi bayonnomasida aks etishi, ko‘rsatilgan natijalar esa rekordlar sifatida tasdiqlanishi, shuningdek, toifa me’yorlarini bajarish uchun hisobga o‘tishi lozim.
Qo‘l sekundomerlaridan foydalaniladigan musobaqalarda barcha masofalarda vaqt 0,1 sekund aniqlik bilan o‘lchanadi. Yugurish yoki yurish bo‘yicha masofani tugatgan har bir ishtirokchining vaqti alohida sekundomer bilan o‘lchanadi, birinchi bo‘lib kelgan ishtirokchi ko‘rsatgan vaqt uchta vaqt o‘lchovi tomonidan hisobga olinadi. Ularning sekundomerlari turlicha bo‘lsa, bir xil vaqtni ko‘rsatgan ikkita sekundomer bergan ma’lumot qabul qilinadi yoki uchala sekundomerning ko‘rsatmalari turlicha bo‘lgan hollarda “o‘rtacha” vaqt hisobga olinadi. Agar vaqtni faqat ikkita sekundomer o‘lchagan bo‘lsa (uchunchisi to‘xtab qolgan), pastroq ko‘rsatma qabul qilinadi.
Agar sekundomer mili ikkita bo‘linma orasida to‘xtagan bo‘lsa, yuqoriroq ko‘rsatma olinadi. Agar sekundomerning yuzdan bir bo‘lagini ham hisoblaydigan qurilma yoki raqamli indeksastiyasi bo‘lgan elektron qo‘l sekundomeri qo‘llanilayotgan bo‘lsa, unda sekundomer ko‘rsatmalari vaqtni kattalashtirib, ya’ni o‘lchami jihatidan kattaroq bo‘lgan sekundning keyingi undan bir bo‘lagigacha yaxlitlanadi.
Ikkinchi va uchunchi darajali musobaqalarda o‘rta va uzoq masofalarga yugurirish hamda yurish musobaqalarida sekundomerni faqat g‘olib uchun to‘xtatib vaqt o‘lchashga ruxsat beriladi, qolgan ishtirokchilarning vaqtini yo‘l – yo‘lakay sekundomerni to‘xtatmay o‘lchash mumkin. Ommaviy krosslar va poygalarda masofaning uzunligi hamda ishtirokchilarning soniga qarab ularni vaqtiga ko‘ra kattaroq oraliqlarda, masalan: sport toifalari (razryadlari) chegaralarida qabul qilib olishga ruxsat etiladi.
1000 m undan qisqa masofalarga avtomatlashtirilgan elektron o‘lchash aparatlaridan foydalanilganda natija 0,01 sekund aniqlik bilan o‘lchanib hisobgaolinadi. 1000 m dan ortiq masofalarda 0,01 sekund aniqlik bilan o‘lchangan vaqt 0,1 sekundgacha yaxlitlanadi. Masalan 20000 m uchun 59,26,32 natija 59,26,4 ko‘rinishida yaxlitlanib yozilishi kerak.
To‘la yoki qisman stadiondan tashqarida o‘tkazilayotgan 5000 m va undan ortiq masofalarda vaqt keyingi butun sekundgacha yaxlitlanadi. Masalan: marafon yugurishida 2:09, 44,32 natija 2:09, 45 ko‘rinishida yaxlitlanib yozilishi lozim.
II-БОБ. Yengil atletika mashg‘ulotlarida qo‘llaniladigan metodlarni o‘rgatish.
Yengil atletika bo‘yicha mutaxassislar o‘zlarining har kungi faoliyatida mashg‘ulot paytida tashkilotchilik ishlarini, boshqarish faoliyatini doimo hal qilishlariga to‘g‘ri keladi. Buning uchun ular o‘z bilimlarini yangilab turishlari va boyitishlari, masalani qabul qilishda ularning faol hayotga tadbiq etishda tashabbuskor, javobgar, bir so‘zli bo‘lishlari kerak.
Agar mutaxassis ilmiy tafakkurga ega bo‘lsa, musobaqa mashg‘ulot, dam olish vaqtida kelgan har xil ma’lumotlarni tahlil qilishni bilsa, bularni amalga oshirish mumkin.
Talabalar oliy o‘quv yurtlarida o‘qish jarayonida iloji boricha to‘liq bilimlarni, ilmiy metodlarni egallashlari, tekshirish masalalarini mustaqil echishni o‘rganishlari kerak. Talabalarni o‘quv – tekshirish ishlari o‘quv programmasini majburiy qismi hisoblanadi va dars paytida yoki darsdan tashqari vaqtlarda o‘tkaziladi. Bu tekshirish elementlarini ma’ruza, seminar, amaliyot va laboratoriya mashg‘ulotlarida ishlatish, pedagogik amaliyot vaqtida o‘quv vazifalarini tekshirish xarakterida, yengil atletika metodikasi va nazariyasidan referatlar yozishda qo‘llaniladi.
Talabalarni ilmiy – tekshirish ishlari o‘quv programmasining majburiy qismi bo‘lib hisoblanadi va darsdan tashqari vaqtda bajariladi. Talabalarning ilmiy to‘garaklarda, konferenstiya va konkurslarda, ilmiy-texnik ko‘rgazmalarda qatnashishi, shuningdek, davlat byudjeti va xo‘jalik kelishish tematikasi bo‘yicha ilmiy-tekshirishlarni bajarish, terma jamoalarni ilmiy-metodik ta’minlash bo‘yicha guruhlar ishida qatnashishi mo‘ljallanadi.
Yengil atletikada tekshirish uslubiyoti
Institut va universitetlarning jismoniy tarbiya fakultetlari uchun yengil atletika bo‘yicha o‘quv programmasiga muvofiq talabalar o‘qish jarayonida asosiy tekshirish usullarini o‘rganishlari kerak. Ilmiy tekshirishlar bajarilayotganligi to‘g‘risida ma’lumotlar, shuningdek, sport sohasida ham yil sayin ko‘paymoqda. Faqat respublikamizda mustaqillik davrida dissertastiyalargina yengil atletika bo‘yicha 10 dan ortiq yozilgan. Ularda yengil atletlarning tayyorgarligi, yoshiga nisbatan jismoniy rivojlanish darajasi, harakatlanish qobiliyati va boshqa turli savollar ko‘rib chiqilgan. Bajarilgan tekshirishlar natijalari, chunonchi, chet el nashrlarida ham o‘z aksini topmoqda. Bizning mamlakatda va chet elda tizimli ravishda ilmiy tekshirishlar natijalari ilmiy-uslubiy va ilmiy konferensiyalarda (anjuman), simpoziumlarda keng muhoqama qilinadi. Talabalar uchun tekshirishlar uslubidan biri adabiyotni tahlil qilishdir (albatta birinchi o‘rinda yengil atletika bo‘yicha, keyin esa bilimning boshqa sohalari bo‘yicha).
Nashrlar bilan tanishib, talabalar adabiyotni xronologik tartibda yig‘ib olishlari kerak, ya’ni avval oldingi davr nashrlari, keyin hozirgi davr nashrlari. U bu material qanday usul bilan olinganligi, natijalarni qanchalik ishonchliligi, bitta savolni har xil nuqtai nazardan qarab chiqishni, mashhur murabbiylar tajribasini yoki mashhur sportchilarning tayyorgarlik sistemasini o‘rganish va analiz qilishga e’tibor berishi kerak. Keyingi tekshirish metodi hujjatli materiallarni analiz qilish, mashg‘ulotlarni shaxsiy kundaligini, musobaqalar natijalarini, kuchli yengil atletlarni mashg‘ulot kundaliklarini va boshqalarni analiz qilishga mo‘ljallangan. Mashg‘ulotlar kundaligini analiz qilishni to‘g‘ri bajarishdan oldin uni to‘g‘ri to‘ldirish lozim. Yengil atletikaning har bir turida asosiy mashg‘ulot choralari tasnifiga muvofiq mashg‘ulotlar yuklamalari dinamikasini musobaqalar natijalari bilan taqqoslash, mashg‘ulotlar jarayonini tashkil qilish samarasini baholashga ijozat beradi. Mashg‘ulotlar yuklamalarini tahlilidan olingan natijalar grafigiga muvofiq mikro yoki mezostikl holatida berilishi kerak.
Pedagogik kuzatish. Bunga reja asosida tahlil qilish va o‘quv-tarbiya jarayonini tashkil qilish usuli bahosi kiradi, bunda kuzatuvchi bu jarayonni kuzatilayotganda qatnashadi.
Pedagogik kuzatishning har kungi kuzatishdan farqi shundaki, unda kuzatish fanini aniq belgilanganligi va kuzatilayotgan omillarni ishlab chiqilgan tizimini qayd qilib borilishidir.
Pedagogik kuzatishning asosiy kamchiligi shundaki, unda aniq sub’ektni bahoviy ko‘rinishi va kuzatilayotgan pedagogik jarayonlarni aniq ro‘yxatga olishning qiyinligidadir. Shuning uchun kuzatuvchiga boshqa tekshirish usullaridan foydalanilgan holda ma’lum bir yordam beriladi, ya’ni xronometriyasi olinadi, kinosyomka qilinadi, pulsometriya va boshqalar qilinadi.
Ochiq kuzatish deb, o‘qituvchi va talaba kuzatuv olib borilayotganligiga aytiladi.
Yashirin kuzatuvda esa, o‘qituvchi va talaba kuzatuv olib borilayotganligini bilishmaydi va ularning xatti-harakatlari tabiiyligicha qolaveradi. Pedagogik kuzatishlar vaqt belgisiga qarab uzluksiz va bo‘lingan bo‘ladi. Bunda hodisalarning asosiy xususiyatlari o‘rganiladi. Pedagogik kuzatish jarayonida bir nechta mustaqil kuzatuvchilar bilan birgalikda olib borilsa, aniq ma’lumotlar olish mumkin. Jismoniy tarbiya jarayonini shunday tomonlarigina, ya’ni o‘qitish va tarbiya jarayonini buzmasdan qayd qilish pedagogik kuzatish ob’ekti bo‘lishi mumkin.
O‘quv rejasida yengil atletika bo‘yicha pedagogik analizni o‘quv praktikasini vaqtida bajarish ko‘zda tutilgan. Bu topshiriqni bajarishda o‘quv gruppasi 3-4 kuzatuvchidan iborat guruhlarga bo‘linadi. Guruhlar faoliyatining taxminiy yo‘nalishi shunday bo‘linadi:
Guruh A – darsni boshlanishida, asosiy va oxirgi qismlarida topshiriqni bajarilish tahlili.
Guruh B – o‘qituvchi va o‘quvchini mashqni bajarilishini kuzatish.
Guruh V – darsda qo‘llaniladigan usul va vositalarni tahlili, maxsus va umumrivojlangan mashqlardan maqsadga muvofiq foydalanish, darsda gruppali, individual metodlardan foydalanishning to‘g‘riligi va boshqalar.
Guruh G – darsning umumiy va motor zichligi tahlili.
Guruh D – 2 ta bajaruvchining qiyshiq pulsi tahlili.
Guruh e – darsning emostional bahosi, gruppa bilan aloqa, xatolarni topish va tuzatish.
Dars tugagandan so‘ng talabalar olingan materialni tizim-lashtiradilar, kattalar guruhlarda qisqa axborot qiladilar. O‘qituvchi pedagogik kuzatishdan olingan natijalarni umumlashtirib, differensiyalashgan bahoni aniqlaydi.
Pedagogik tajriba ilmiy-tekshirish uslubiga o‘xshab, tekshiruvchiga ikkinchi darajali ta’sirlarni bartaraf qilishda zarur sharoitni tug‘dirish ko‘zda tutiladi.
Tajriba o‘tkazish jarayonida shartlarni tekshirish jarayonida tekshiruvchini to‘g‘ridan-to‘g‘ri aralashishi mumkinligi ko‘zda tutiladi. Uning shartlari esa ko‘p yoki kam darajada jismoniy tarbiya jarayonini o‘ziga xos sharoitidan farq qiladi. Darajasiga bog‘liq bo‘lgan holda shart-sharoitlar o‘zgarishini shunday farqlanadi: tabiiy, modelli va laboratoriya sharoitidagi tajribalar.
Tajriba ayrim faktlarni aniqlashga yoki biron-bir ko‘rsatkichlarni taqqoslashga qaratilishi mumkin. Tajriba oxirida jismoniy tayyorgarligi, yoshi, jinsi o‘xshash gruppalar qatnashadi, lekin mashg‘ulotlarni biron-bir faktlari bilan (ya’ni yuklama-ning hajmi, mashg‘ulotlarning yo‘nalishi va boshqalar) farq qiladi. Umumiy qabul qilingan qo‘llanma bo‘yicha shug‘ullanadigan guruhlarni nazorat guruhlari deb, boshqalarni esa tajribali guruhlari deb ataladi. Tajribani yakunlash uchun matematik statistika usullardan foydalaniladi.
Yengil atletika mashqlari texnikasini tahlil qilish
Amaliy mashg‘ulotlarda har bir talaba sakrash, yugurish, irg‘itish va itqitish texnikasi elementlarini baholash mahoratini egallamog‘i kerak.
Texnikaning eksport bahosi. Mashqlar texnikasini eksport bahosi bo‘yicha mashg‘ulotlarni tashkil qilishda mashqlanayotganlar 3 ta guruhga bo‘linadi – A, B, V. Hamma talabalar bilan o‘tkazilgan mashqlarni umumiy qismidan keyin A guruh masofaga yugurish texnikasini ko‘rsatishga tayyorlanadi. B Guruh va V guruh mashg‘ulot uchun joy tayyorlash, tajriba olib boruvchilar joylashishini aniqlash bilan shug‘ullanadilar. Keyin A guruhdagi har bir talaba 60-10 m ga bo‘lgan yugurishni bajaradi, tajriba olib borayotganlar texnikani bahosini o‘tkazadilar. Undan keyin A guruh tajriba olib boruvchilar gruppasiga o‘tadilar va B guruhsi bilan birgalikda uzunlikka sakrash texnikasi bahosini o‘tkazadilar. So‘ngra V guruhsi yadroni otishni ko‘rsatadilar, A va B guruhlari tajriba qiluvchilar holida chiqadilar. Texnikaning har bir elementi 5 ball tizimida baholanadi. Yaqin masofaga yugurishda start, start olib yugurish, masofa bo‘yicha yugurish va marraga etib kelish baholanadi. Uzunlikka sakrashda dastlabki holat, tez yugurish, zarb bilan itarilish, sakrash, erga tushish baholanadi.
Ballarni jamini chiqarishda o‘rta arifmetik baho aniqlanadi, bundan tashqari, juda yaxshi bajarilgan mashqlar ballarining jami 100 ga ko‘paytiriladi. Shundan keyin, mashqlarni bajarilish texnikasiga muvofiq foizi belgilanadi.
Shunga o‘xshash tarzda yengil atletikaning qolgan turlari texnikasining eksport bahosi o‘tkaziladi.
Texnikani tahlil qilishda asboblar ishlatish usullari orqali tekshirish
Bu tekshirish yanada ob’ektivroq va ishonchliroq ma’lumotlar olishga imkon beradi.
Yengil atletikada juda ko‘p ishlatiladigan usullar quyidagilar: kinematografiya (kinosyomka, stereofotogrammetriya, videyozuv) jismni uzunligini ko‘chirish tahlilida, vertikal va uzunasiga UOM jismni va uning zvenolarini ko‘chirish aniqlanadi; tenzodimografiya o‘zaro harakatning tayanchi yoki «snaryad-otuvchi» sistemasida dinamikani o‘zgarishlarini analiz qilishda; podometriya – tanyach va fazaviy pallalar vaqtini tahlili qilish uchun va boshqalar. Silliq va to‘siqli yugurishlar texnikasini tahlili qilish, instrumental usul yordamida aniqlanadi: masofa va masofa chizig‘ini yengishda vaqt va tezlik. (Masalan: 100 m yugurishda birinchilar 30 m, 30-60 m, 60-80 m va oxirgilari 20 m masofa); qadamlar sur’ati va uzunligi, tayanch va faza vaqtidagi vaqt, tayanch oyog‘ini rostlash va amortizastiya fazasi; tayanch oyog‘ini o‘rnatish va itarilish, ko‘p amortizastion bukish momentida tizza bo‘g‘inida burchak, tayanch bilan o‘zaro harakatda dinamik xarakteristika va boshqalar.
Yengil atletikada itqitish texnikasini tahlil qilish jarayonida juda zarur tavsif shulardan iborat: tezlik va snaryadning uchish burchagi, burchakli tezlik va snaryadni aylanish radiusi (burilishdan itg‘itishga); asosiy jism zvenolarini fazoga oid tasnifni (masalan otishdan oldin); tayanchli va tayanchsiz fazalarni uzoqligi va boshqalar.
Yengil atletikada sakrashlarni tahlili qilish texnikasida quyidagi tasnif qayd qilinadi: ritmi, tezligi, uzunligi va yugurishda qadam tezligi; tezlik va UOM uchish burchagi; oyoqni o‘rnatish va itarilish burchagi, tizza bo‘g‘inini amortizatsion bukish hajmi; itarilishni dinamik tasnifi va boshqalar.
Tahlil natijasida olingan tasnifda kvalifikatsiyaga muvofiq sportchilar texnik mahorati me’yoriy ko‘rsatkichlar bilan solishtiriladi. Olingan ma’lumotlarga binoan texnikaning samaraliligi to‘g‘risida, uning yo‘nalishlarini takomillashtirish va jismoniy sifatlarini rivojlantirish haqida xulosa qilinadi.
Yengil atletlarni pedagogik tekshirishlar o‘tkazishda talabalarni amaliy ishlar malakasini egallashning muhim bo‘limi hisoblanadi va sportchilar tayyorlash tizimining ajralmas qismidir. O‘quv-mashg‘ulot jarayonini boshqarishda o‘z ichida quyidagi bosqichlarni oladi: ma’lumot yig‘ish, uni tahlili qilish va qaror qabul qilish.
Ma’lumot yig‘ish kompleks nazorat jarayonida amalga oshiriladi, bunda sportchini musobaqalashish faoliyati, musobaqalashish va mashg‘ulot yuklamalar dinamikasi, sportchini o‘zgarish holati ob’ekti bo‘lib hisoblanadi. Yengil atletikani kompleks kontrol jarayonida qo‘llaniladigan asosiy tekshirish usullari qo‘llaniladi.
Musobaqalashish faoliyati
Musobaqaning asosiy funksiyalaridan biri rag‘batlantirish, o‘quv sport natijalarini va sportchilar bilan tarbiyaviy ishlarni tekshirish musobaqada olingan ob’ektiv bahodan, tashkilot va mutaxassislarning keyingi ishlari natijalariga bog‘liq.
Musobaqani quyidagilarga ajratish mumkin:
a) tayyorlovchi va yana nazorat, asosiy maqsadi tayyorgarlik darajasini aniqlash;
b) keltiruvchi, asosiy maqsadli musobaqalarga sportchilarni baland tayyorgarlikka olib kelish;
v) tanlov, maqsadli katta musobaqalarda qatnashishga sportchilarni tanlash;
g) asosiysi, (shahar, mamlakat chempionatlari, katta xalqaro musobaqalar).
Musobaqa sharoitida yengil atlet sportchini o‘rganishda, uning shaxsini ko‘p tomonlarini, sifatlarini funksional imkoniyatlarini baholash mumkin, garchi shu vaqtda musobaqalar shakllanish vositasi bo‘lib xizmat qiladi.
Musobaqalashish faoliyatini tekshirish jarayonida sport texnikasini samaraligini aniqlash, sportchi xulqi taktikasini nazorat qilish, organizmni bioximik va fiziologik reaksiyalari baholanadi, musobaqa vaqtida qanday tekshirilsa, musobaqadan so‘ng ham shunday tekshiriladi. Vaqtni o‘tish oralig‘iga bog‘liq holda bir holatdan ikkinchi holatga o‘tish zarurligini sportchilarni 3 ta holati ajratilgan:
1. Bosqichli holati sportchi muvaffaqiyatlarini ko‘rsatishda imkoniyatlarini aks ettiradi va bular birmuncha uzoq vaqt saqlanadi.
2. Odatdagi holat bir yoki bir nechta mashg‘ulotlar ta’sirida o‘zgaradi.
3. Operativ holat bir marta bajarilgan jismoniy mashqlar ta’sirida o‘zgaradi.
Sportchilarni bu tip holatlarida muvofiq holatni 3 ta asosiy pedagogik nazorat belgilanadi.
Operativ nazorat – jarayonda tez vaqt ichida sportchini holati jismoniy mashqlarni bajarishdan keyin seriyalarni mashqlar bajarishda yoki mashg‘ulot vaqtida baholanadi.
Operativ nazorat natijalari orqali mashqlar va seriyali mashqlar orasidagi eng qulay dam olish tanaffuslari aniq belgilanadi, mashg‘ulotlar yuklamasining hajmi jismoniy mashqlar seriyalarida ifodalanadi. Masalan: mashg‘ulot jarayonida yuguruvchi sportchi 6x150 m dan yugurib o‘tishi kerak, tezlik bilan 89-90% 3 minut dam olish tanaffusi bilan.
Berilgan dam olish rejimida sportchi tezlik bilan yugurishni 3-masofasidan keyin zarur tezlik bilan vazifani bajarishdan holi bo‘lmaydi. Bu holatdan chiqishni bir necha yo‘llari mavjud:
1. Mashg‘ulotni seriyali o‘tkazish, ya’ni ikki yoki uch marta yugurish, bunda seriyalar orasidagi dam olish vaqtini uzaytirish;
2. Mashg‘ulotni ikki qismga bo‘lish (ertalab va kechqurun);
3. Ishni tezligi keskin ravishda tushganda mashg‘ulotlarni to‘xtatish.
4. Mashqlarni berilgan tezlik bilan bajarish sharti bilan dam olish vaqtini to‘liq tiklangunga qadar uzaytirish.
Kundalik nazorat – ma’lumot yig‘ish vazifasini hal qiladi, mashg‘ulot yuklamalarini bajarish ta’siri ostida sportchi holatini har kungi tebranishlarini baholashga imkon beradi. Kundalik nazorat mashg‘ulotigacha va mashg‘ulotdan keyin o‘zini tizimli baholash asosida amalga oshiriladi.
Bosqichli nazorat – tugallangan tayyorlanish stikliga nisbatan ko‘pgina mashg‘ulotlarni jamlash tufayli tushishda sportchilar holatini o‘zgarish bahosini vazifalarini hal qiladi.
Qayd qilingan ko‘rsatkichlar yengil atletlarni ko‘pincha sport-texnik mahorati darajasini aniqlashda texnik mahoratini va yetakchi jismoniy sifatlarni rivojlantirish darajasini baholash kerak. Bosqich nazoratini vaqti-vaqti bilan o‘tkazish 4-6 haftada bir martadan iborat va tayyorlanishni o‘rta siklining oxirida (mezosikl) o‘tkaziladi. Bosqichli nazoratning natijalari asosida bajariladigan mashg‘ulot yuklamasini kumulyativ samarasi to‘g‘risida xulosa qilinadi va juda zarur sharoitda kelgusi mezostiklda mashg‘ulot rejasini tuzatilishi o‘tkaziladi. Bunda qayd qilinadigan tayyorgarlik ko‘rsatkichlari kvalifikatsiyaga muvofiq sportchilarni maxsus jismoniy, texnik, taktik, funksional tayyorgarligini ko‘rsatkichlarini me’yorlari bilan solishtiriladi.
Yengil atletika turi bo‘yicha turli kvalifikatsiyali sportchilar tayyorgarlik ko‘rsatkichlarini me’yorlari darslikning tegishli bo‘limlarida keltirilgan. Me’yoriy ko‘rsatkichlari tayyorgarlik tasnifi bilan solishtirganda, mashg‘ulotni bajarilish samaraligini har bir sportchini kuchli va zaif tomonlarini baholash mumkin, individual kamolotga yetkazishda eng afzal yo‘nalishlarini aniqlash mumkin.
Masalan: 100 m va 200 m ga yugurish natijasi 10-22 sekundda maksimal tezlikni saqlash sportchi qobiliyatiga bog‘liq. Bu qobiliyat turli ko‘rsatkichlar bilan belgilanadi: bioenergetik, kuch tezligi, texnikasi va boshqalar.
Shuning uchun har qanday test natijasi shu ko‘rsatkichlarga bog‘liqligi, sprinterni bosqichli nazorati uchun ishlatish mumkin.
Masalan: 60 m + 300 m gacha bo‘lgan masofada bir marta yugurish, har mashqqa yaqinlashishdir.
Irg‘ituvchini bosqichli nazorati uchun musobaqa natijalariga yaqin bo‘lgan natijani bajarishda yengillashtirilgan yoki og‘irlashtirilgan snaryad ishlatiladi.
Tekshirish mavzusini tanlashda ilmiy fikr va oldingi amaliyotni tahlil qilish, adabiyotni manba’sini o‘rganishdan bevosita kelib chiqishi kerak. Tekshirish mavzusi avvalombor aktual bo‘lishi kerak, nazariya va amaliyotni aniq savollarini yechishda uning ahamiyatini bahosi nazarda tutiladi. U qoida bo‘yicha ilmiy-tekshirish ishlarini yo‘nalishlari bilan bog‘liq bo‘lishi kerak va kollektiv tekshirish sharoitida ayrim savollarni individual yechilishini nazarda tutadi. Mavzuni tanlashda tekshiruvchini moddiy imkoniyatlarini hisobga olish zarur (tekshiruvchilar tarkibini, apparatlarning mavjudligini), ularni nazariy tayyorgarlik darajasini tekshirish o‘zining qat’iy chegaralari bo‘lishi kerak, negaki juda keng mavzu bir tekshiruvchiga uning hamma aloqalardagi voqealarini o‘rganishiga yo‘l qo‘ymaydi. Tekshirish vazifalarini belgilashda ifodalanishi ko‘zda tutadi va shunday savollar tanlanadiki, ilmiy ishning fikrini, uning asosiy aspektlarini aks ettirishi kerak. Vazifalarning soni uning murakkabligiga bog‘liq, bajaruvchilar soniga, tekshirishni davomiyligiga va boshqa omillarga bog‘liq.
Tekshirish vazifalari odatda ularning o‘zaro aloqadorligi mo‘ljallanadi, ya’ni bir vazifani yechmay, ikkinchisiga o‘tib bo‘lmaydi. Tekshirishni hamma vazifalarini yechish butun tekshirishni tamomlanishi mo‘ljallanadi. Qandaydir hodisalarni tushuntirish uchun oldinga suriladigan ilmiy taxminni gipoteza deb atash qabul qilingan.
Gipotezani ishlab chiqish manbalari shulardan iborat:
- pedagogik tajribani umumlashtirish;
- mavjud bo‘lgan ilmiy faktlarni analiz qilish;
- ilmiy nazariyani keyingi rivojlanishi.
Gipoteza oqilona fikr va intuitsiya asosida tug‘iladi. Gipotezani mustaqilligi quyidagi vaziyatlarda aniqlanadi: (Ashmarin B.A., 1987):
1. Gipoteza prinstipial teshirishga ega bo‘lishi kerak;
2. U oldin belgilangan ilmiy faktlarga ziddiyatlik qilmasligi va prinstipial sodda bo‘lishi kerak;
3. Gipoteza o‘rganilayotgan hodisalarni mohiyati tashkil qiluvchi savollar doirasini tushuntirishi kerak, nazariy va amaliy tajribali dalillarga ega bo‘lmagan tushunchalarni kiritishi kerak emas.
4. Gipoteza taxmin sifatida ehtimollik xarakteriga ega, lekin bunday ehtimollik mantiqiy dalillarga ega bo‘lishi kerak.
Tekshirish rejasi – tekshirish uslubiyoti asosiy savollarni ichiga oladi, harakat dasturini, vazifasini, tekshirish usuli va tashkil qilish, ishni taqvimli bosqichi, xarajat smetasini va boshqalarni xarakterlaydi. Ishni borishida reja albatta detallashtiriladi va aniqlanadi.
Tekshirish usullarini tanlash – ilmiy ishni aniq vazifalari aniqlanadi.
Usullarni yaroqliligini tekshirish ishini aniq vazifalarini yechishda quyidagi asosiy talablar orqali xarakterlash mumkin (B.A. Ashmarin 1978):
- usul harakat omillari birgalikda aniq bir mustahkamlikka ega bo‘lishlari kerak, ya’ni tekshirish ob’ektini shunday holini aks ettirishi kerakki, u tajriba omillar harakati orqali chaqirilgan bo‘lsin.
- usul boshqacha holatlarga nisbatan aniq tanlash qobiliyatiga ega bo‘lishi kerak, ya’ni aks ettirilishi kerak bo‘lgan narsani tekshirish topshirig‘iga muvofiq qayd qilinishi kerak.
- usul hajmga ega bo‘lishi kerak, ya’ni maksimal ma’lumot berishi kerak.
- usul unumli va ishonchli bo‘lishi kerak, ya’ni o‘xshash natijalar berish qobiliyatiga ega bo‘lishi kerak. Quyidagi shartlarda ularni ko‘rish mumkin:
a) eksperementator bir necha bor faqat bir guruh shug‘ullanuvchilar bilan tekshirish o‘tkazish;
b) bir eksperementator o‘xshash guruh shug‘ullanuvchilar bilan tekshirish o‘tkazish;
v) turli eksperementatorlar bir guruh shug‘ullanuvchilar bilan tekshirish o‘tkazish.
Tekshiruvchilarni tanlash va tekshirish usulini tanlashdan keyin yordamchlarni tayyorlash zarur. Hujjatlarni tayyorlab qo‘yish, tekshirish shartlarini tashkil qilish kerak.
Tekshirish natijalarini imkoni boricha tamom bo‘lishi bilan ishlab chiqish zarur. O‘rnatilayotgan hodisalarni sonini baholashda matematik statistika usulini ishlatish kerak.
Tekshirish adabiy-grafik bezatishda qo‘lyozma tuzishni umumiy qonunlarini va standartlarga muvofiqligini albatta hisobga olish kerak, illyustrativli material va adabiy matn bir-birini to‘ldirib turishi kerak, lekin takrorlanishi mumkin emas.Material shaklini tanlashda umumiy talab – uning aniqligi va o‘quvchilar uchun tushunarli bo‘lishidir. Ishda boshqa mualliflarni nashr qilingan asarlaridan: jadval, rasm, stitatalarni aralashtirish nojoizdir. Adabiyotlar ro‘yxatida hamma manbalar keltirilishi kerak
X U L O S A
Institut va universitetlarning jismoniy tarbiya fakultetlari uchun yengil atletika bo‘yicha o‘quv programmasiga muvofiq talabalar o‘qish jarayonida asosiy tekshirish usullarini o‘rganishlari kerak. Ilmiy tekshirishlar bajarilayotganligi to‘g‘risida ma’lumotlar, shuningdek, sport sohasida ham yil sayin ko‘paymoqda. Faqat respublikamizda mustaqillik davrida dissertastiyalargina yengil atletika bo‘yicha 10 dan ortiq yozilgan. Ularda yengil atletlarning tayyorgarligi, yoshiga nisbatan jismoniy rivojlanish darajasi, harakatlanish qobiliyati va boshqa turli savollar ko‘rib chiqilgan. Bajarilgan tekshirishlar natijalari, chunonchi, chet el nashrlarida ham o‘z aksini topmoqda. Bizning mamlakatda va chet elda tizimli ravishda ilmiy tekshirishlar natijalari ilmiy-uslubiy va ilmiy konferensiyalarda (anjuman), simpoziumlarda keng muhoqama qilinadi. Talabalar uchun tekshirishlar uslubidan biri adabiyotni tahlil qilishdir (albatta birinchi o‘rinda yengil atletika bo‘yicha, keyin esa bilimning boshqa sohalari bo‘yicha).
Nashrlar bilan tanishib, talabalar adabiyotni xronologik tartibda yig‘ib olishlari kerak, ya’ni avval oldingi davr nashrlari, keyin hozirgi davr nashrlari. U bu material qanday usul bilan olinganligi, natijalarni qanchalik ishonchliligi, bitta savolni har xil nuqtai nazardan qarab chiqishni, mashhur murabbiylar tajribasini yoki mashhur sportchilarning tayyorgarlik sistemasini o‘rganish va analiz qilishga e’tibor berishi kerak. Keyingi tekshirish metodi hujjatli materiallarni analiz qilish, mashg‘ulotlarni shaxsiy kundaligini, musobaqalar natijalarini, kuchli yengil atletlarni mashg‘ulot kundaliklarini va boshqalarni analiz qilishga mo‘ljallangan. Mashg‘ulotlar kundaligini analiz qilishni to‘g‘ri bajarishdan oldin uni to‘g‘ri to‘ldirish lozim.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. SH.Mirziyoyev. “Qonun ustuvorligi va inson mafaatlarini taminlash yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi” .Toshkent “O’zbekiston” 2017
2. SH.Mirziyoyev. “Erkin vafaravon,demakiratik O’zbekiston davlatni birgalikda barpo etamiz”. Toshkent “O’zbekiston” 2017-y
3. Karimov I.A. O'zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida. – T. O’zbekiston. 2011.
4. Kasb – hunar kollijlari Davlat ta'lim standarti, jismoniy tarbiya o’quv dasturi. O’zbеkiston Rеspublikasi xalk ta'limi vazirligi axborotnomasi 6 –maxsus son. «Sharq» nashriyoti-matbaa konsеrni. 1999 yil.
5. Gandbol. Sh.Pavlov, F.Abduraxmonov, J.Akramov. Jismoniy tarbuya institutlari uchun darslik. Toshkеnt, «O’qituvchi», 2005 yil.
6. Jismoniy tarbuya nazariyasi va metodikasi.A. D Novikov. T. 1975.
7. Sh.Pavlov. Qo’l to’pi. Jismoniy tarbuya institutlari uchun darslik. Toshkеnt, «O’qituvchi», 1990 yil.
8. Sh.Pavlov. Qo’l to’pi. Musoboqa qoidalari. Toshkеnt, 1997 yil.
9. Akramov R. A. Yosh gandbolchilarni tanlab olish va tayyorlash. Toshkent. 1999 yil.
10. Айрапетьянц Л.Р., Годик М.А. Спорт ўйинлари ва уни ўқитиш услубийти. Тошкент., 1991йил.
11. Клещев Ю.Н., Айрапетьянц Л.Р., Паткин В.Л. Волейбол. Мураббий кундалиги. Т., 1995йил
12. Пўлатов А. А. ҳаракатни аниқ ижро этишда вестибуляр анализаторнинг ўрни. «ЖТ, спорт ва маънавият» тўплами. Т., 1995 йил.
13. Пўлатов А.А. Ўргатиш услубиятига ноанъанавий ёндошиш масалалари. В сб. науч. конф. преподавателей и студентов. Т., 1994.
14. Жисмоний тарбия назарияси ва методикаси. Тошкент. 2005 йил.
© ООО «Знанио»
С вами с 2009 года.