Yozef Gaydn – buyuk avstriyalik kompozitor. U Vena klassik maktabi namoyonlaridan biri. Gaydn juda katta, mashaqqatli ijod yo’lini bosib o’tdi va juda ko’p asarlar muallifi sifatida tanildi. U simfoniya va kvartet janrining asoschisi deb hisoblaydilar. Bunday asarlar Gaydngacha ham ko’plab yozilgan. Lekin aynan Gaydn ijodida bular klassik (namunali) janrlarga aylandi. O’z asarlarida kompozitor xalq kuylaridan keng foydalandi. Ularga yorqinlik, hayotga muhabbat kabi xarakterli xos. Ularning shakli ham mukkamaldir. Shu xususiyatlar Gayn musiqasini klassik musiqa (namunali) deb atalishiga huquq beradi. O’z asarlarida kompozitor o’sha davr kishilarning his tuyg’ulari, uy-fikrlari va kayfiyatini ko’rsatib berdi. Bizning davrimizda ham kompozitor asarlari nihoyatda katta qiziqish va tinglanadi.
Yozef Gaydn 1732 –yilning 31 – martida Quyi Avstriya va Vengriya bilan chegaradosh bo’lgan Rorau qishlog’ida aravasoz oilasida tug’ildi. Dastlabki savodini uyida o’rgandi, chunki ota-onasi musiqa san’atidan bohabar kishilar bo’lishgan. Gaydn juda yoshligidan boshlab xalq kuylari va xilma-xil qo’shiqlar ta’sirida tarbiyalandi. Bu narsa keyinchalik uning ijodini turli xalqlar musiqasi bilan bog’liqligini belgiladi. Bolalik chog’larida Gaydn Venadagi muqaddas Stefan cherkovi xorida kuyladi, musiqadan darslar oldi, skripka va fortepiano chalishni o’rgandi. Ammo 13 yoshida ovozi yo’gonlashib buzila boshlagach, cherkov xoridan chiqarildi. Gayn Vena ko’chalarida uysiz, joysiz og’ir hayot kechirishga majbur bo’ldi.
Ko’chalarda skripka chaldi, arzimagan haq evaziga musiqa darslar berdi.Bu qiyinchilarga qaramay tinimsiz o’qib o’rgandi va o’z mahoratini oshirdi, mashhur kompozitorlar asarlarini tahlil qilib o’rgandi. Vena ko’chalarida kezib yurib vender, chex, xorvat, ukrain va boshqa xalqlarni yozib oldi va o’rgandi. Shuning uchun Gayn asarlarida bu quvnoq va hayotga muhabbat ruhi bilan sug’orilgan qo’shiqlarga xos xususiyatlarlarning sezilib turishi bejiz emas.
1761-yilda yosh ammo taniqli kompozitorga aylangan Gaydnni boy knyaz Estergazi o’z xizmatiga taklif qildi. Gaydn kapelmestr (dirijyor) bo’lib ishlashi, orkestr va xonandalarga rahbarlik qilishi, knyaz talabi bo’yicha opera, kvartet, simfoniya va boshqa asarlar yozishi kerak edi. O’jar knyaz ertanggi kunga yanggi asar yozib tayyor qilishni buyurar edi. Shunda o’tkir qobilyat va mehnatsevarlik Gaynga yordam berdi. Shu taxlitda kompozitor 30 yil xizmat qildi. Gaydn mahorati shu yillar mobaynida yetuklikka erishdi. Kompozitor nomi butun Yevropa mamlakatlariga tanildi va mashhur bo’ldi. Ammo Gaydnga ozodlik yetishmasdi va knyazga tobe edi. 1791-yilda knyaz vafot etdi. Uning vorisi orkestrni tarqatib yubordi, ammo 60 yoshli Gaydnga pensiya (nafaqa) tayinladi. Chunki taniqli kompozitor uning ixtiyor bo’lishini xoxlardi. Bu Yevropaga bu holat kompozitorga ozodlik berdi va u konsert faoliyatini boshladi. Butun Yevropa mamlakatlari bo’ylab dirijyor sofatida konsertlar berdi. Ingliz qirolichasi uni Angliyaga taklif qildi va kompozitor Angliyaga borib katta muvaffaqiyatlar bilan konsertlar berdi.
Shu davrda yozilgan 12 simfoniya “London simfoniyalari” deb nom olgan. Venaga qaytayotib Gayn yosh Betxoven bilan uchrashadi va muloqotda bo’ldi. Keyinchalik unga Venada kompozitsiyadan darslar berdi. Hayotining so’nggi yillarida Gaydn oratoriya janrida ijod qildi va ”Yil fasllari” va “Olamning yaratilishi” nomli 2 ta oratoriya yozdi. “London simfoniyalari” va oratoriyalar Gayn ijodining cho’qqisi hisoblanadi. Kompozitor 1809 –yilda Venada vafot etdi. Gaydn ijodiy merosi juda keng. U barcha mavjud janrlar va shakllarda asaralar yozgan. Uning o’lmas, umrboqiy asarlari hozirgi kunda ham o’z qimmatini yo’qotgan emas. Ular ko’pchilik musiqa ijrochilari repertuarlaridan va millionlab musiqa ixlosmandlarining qalbidan munosb joy egallagan. Gaydn ijodi o’zidan keyingi ijodkor avlodi uchun mahorat maktabi bo’lib qoldi.
Buyuk avstriyalik kompozitor Motsartning hayot va ijodiy yo’li o’ziga xos. Uning yorqin iste’dodi, g’ayritabiiy musiqiy qobiliyati va ijodga intilishi nihoyatda ajoyib va hozirgi kungacha yagona natijalarni berdi. Motsart bor yo’g’i 36 yil umr ko’rdi. Olti yoshida boshlangan tinimsiz kontsert faoliyatiga qaramay doim ijod bilan shug’ullandi. Motsart 41 ta simfoniya, 15 ta opera, sonatalar, kvartetlar, kvintetlar, «Rekviem» va boshqa ko’plab turli janrlardagi asarlarni yaratdi.
V.A.Motsart 1756 yilda avstriyaning Zalcburg shahrida tug’idi. Bolaligidanoq o’zining g’ayritabiiy iste’dodi bilan hammani qoyil qoldirdi. Uch yoshida klavesin chaldi. To’rt yoshida birinchi asarini yozdi. Olti yoshga kirganda skripka va organ chalishni puxta egalladi. Shu davrda otasi va opasi bilan Yevropa mamlakatlari bo’ylab kontsert sayohatiga ketdi. Hamma erda ularning kontsertlari kattta muvaffaqiyatlar bilan o’tdi va Motsartni «XVIII asr mo’jizasi», «g’aroyib bola» deb atay boshladilar. Sayohat davomida u tinimsiz ijod bilan shug’ullandi. Parijda skripka va fortepiano uchun sonatalar, Londonda simfoniyalar yozib ijro etdi. To’rt yildan so’ng 1766 yilda oila Zalcburgga qaytib keldi va Motsart kompoziciya borsidagi bilimlarini mustahkamlash uchun o’qishga berilib ketdi. Shu davrda u o’zining birinchi operasini («Mnimaya prostushka») yozdi. O’g’lining bilimlarini yanada oshirish uchun otasi uni Italiyaga olib bordi. Uch yil (1770-1773) davomida kompozitor Italiyada o’qidi, koncerlar berdi, yangi operalar yaratdi va Bolonya shahridagi musiqa akademiyasiga a’zo qilib saylandi.
«Seraldan o’g’irlash», «Figaroning to’yi», «Don Juan», «Sehrli nay» operalari bunga misoldir. Shu davrda Motsart cholg’u musiqasi borasida ham yuksak natijalarga erishdi. 1788 yil yozida u oxirgi uch simfoniyasini yozib tugatdi. Musiqasi turli xarakterdagi bu asarlar har tomonlama yetuk va umriboqiydir. Kamer cholg’u musiqasi soxasida ham kompozitor ajoyib asarlar yozdi. Uning trio va kvartetlarda Gaydnning kuchli ta’siri sezilib turadi. Motsart bu buyuk kompozitorni juda hurmat qilar, uni ustoz hisoblar edi. Shuning uchun oltita kvartetni Gaydnga bag’ishladi.
Venada Motsart klavesin uchun sonatalar va kontsertlar yaratishga ham katta e’tibor berdi va bu asarlarni doim o’zi kontsertlarda ijro etdi. Motsartning shaxsiy hayoti ham shu davrda iziga tushdi. U musiqadan boxabar Konstanca Veber ismli qizga uylandi, to’rt farzand ko’rdi va baxtli oilaviy hayot kechirdi. Ammo bechorahol turmush kechirish, muhtojlik, etishmovchilik doimiy hamroh edi. Bu narsa kompozitorning sog’lig’iga salbiy ta’sir ko’rsatdi, u kasal bo’lib qoldi. Shunga qaramay o’zining so’nggi asari – «Rekviem» ni yozishga kirishdi. Rekviem inson vafot etganda ijro etiladigan fojiali asardir. Qattiq betob Motsart bu asarni o’zining dafn marosimi uchun yozilayotganligini sezdi. U Rekviemni tugata olmadi, 1791 yilda Venada vafot etdi.
To’rt yoshga kirganidayoq, boladagi qobiliyatni sezmaslikmumkin emas edi. Otasi bu hodisaga birdaniga yangi daromad manbai sifatida qaraydi. Ludvigning o’sishi, qobiliyatli o’qituvchi bilan mashqlar qilishi zarur edi, otada esa majbur qilish va kal-taklashdangina iborat yagona usul mavjud bo’lgan, xolos.
1782-yilda Betxoven 12 ga kiradi. Bu yoshda u klavesin, skripka, organni bemalol chalar, nota varaqlarini osonlik bilan o’qirdi. Xuddi shu yili yosh Betxovenning bundan keyingi hayoti va faoliyatini belgilab bergan muhim voqealar ro’y beradi.
Ludvig 13 yoshidan boshlab, ishlashga majbur bo’lgan. Amalda oilani boqish uning zimmasiga tushgan edi. U kapellada organchining yordamchisi vazifasida, teatrda ishlaydi, bu yerda qo’shiqchilar bilan partiyalarni yodlaydi, repetitsiyalarda ularga qo’shilib turadi. Bunday mashaqqatli va ko’p qirrali ishlar jarayonida Betxoven shaharning musiqiy dunyosida sezilarli san'atkorga aylana boradi. Yosh musiqachi buyuk san'atkorlarning e'tiborini tortish va, ay-niqsa, Motsartning mashg’ulotlarida ishtirok etishni orzu qilardi.
1795-yildan 1802-yilgacha Betxoven o’n to’qqizta fortepiano uchun sonatalari, uchta fortepiano va orkestr uchun konsert, ikkita simfoniya, oltita torli kvartet op. 18, fortepiano va torli trio, shuningdek, ko’plab boshqa asarlarini yaratadi. Ushbu asarlarning barchasini Uchinchi «Qahramonnoma» simfoniyasi bezab turadi. U Betxoven yetukligining inkor qilib bo’lmaydigan dalilidir.
Musiqachi va inson fojiasi. O’z san’atini tasdiqlash uchun keskin kurash yillarida Betxoven daxshatli baxtsizlikka uchraydi — uning eshitish qobiliyati yo’qoladi. Karlikning birinchi belgilari uning 28 yoshida sezila boshlaydi. Bu qadar achinarli holatga tushganiga qaramasdan, Betxoven sog’lom aqlini saqlab qola biladi.
Uchinchi simfoniya («Qahramonnoma) yaratilar ekan, xuddi shu davrda, Beshinchi simfoniyaning hamda «Ap-pasionata»ning qoralamasi ham paydo bo’lgan edi. «Qahramonnoma» simfoniyasi va «Avrora» sonatasi oxiriga yaqinlashib qol-ganda Betxoven «Fidelio» operasi ustidagi ishlarni ham allaqa-chon boshlab yuborgan edi. Bu operadan keyin yana Beshinchi simfoniya ustidagi ishlar jonlanadi. Ammo bu ham uzoqqa cho’zilmaydi, chunki endi To’rtinchi simfoniya boshlanib ketadi. 1806— 1808-yillar oralig’ida To’rtinchi, Beshinchi va Oltinchi («Pastoral») simfoniyalar, «Koriolan» uverturasi, fortepiano, xor va orkestr uchun fantaziya yaratiladi.
Uchinchi simfoniyadan keyin «Fidelio» operasi dunyoga ke-ladi. U Betxoven yaratgan yakka-yu yagona operadir. Uni muallifningo’zi ham juda yaxshi ko’rardi. U fransuz dramaturgi Buyining «Leonora yoki er-xotin sadoqati» asari asosida yaratilgan.
© ООО «Знанио»
С вами с 2009 года.