REJA:
KIRISH.
I.BOB.Guruh rahbari faoliyatini tashkil etishning ilmiy-pedagogik asoslari
1.1. Guruh rahbarining o’quvchilarni o’rganishga yo’naltirilgan faoliyati pedagogik muammo sifatida
1.2.Guruh rahbarining vazifalari va shaxsiy sifatlari
II. BOB. Guruh rahbari shaxs va jamoani o’rganishi, tarbiyaviy ishlarni tashkillashtirishning amaliy asoslari
2.1.Guruh jamoasini tashkil etish va tarbiyalashga qo’yilgan talablar
2.2. Guruh jamoasi bilan ishlash va unga rahbarlik qilish
XULOSA
Guruh rahbari o’quvchi va o’qituvchi munosabatiga alohida e’tibor bilan qarashi va uni obdon o’rganishi lozim. «O’quvchi va o’qituvchi» tizimidagi o’zaro harakat o’quvchilarga samarali ta’lim berishning hal qiluvchi omilidir. Bunday o’zaro harakatning shiddati va o’ziga xos xususiyati o’qituvchining pedagogik mahorati darajasiga uning ta’lim beruvchi tarbiyalovchi va rivojlantiruvchi har bir o’quvchini puxta bilish faoliyatiga jalb etish mahoratiga bolik.Pedagogik jarayonining majburiy tusda bo’lishi o’quvchi bilan o’qituvchi o’rtasidagi o’zaro munosabatlarda tanglikni vujudga keltiradi. Agar guruhda odatdagi ruxiy–pedagogik sharoitlar yaratilmas ekan, hech narsaga erishib bo’lmaydi. Insonparvarlikka zid uslub bolalarda o’qishga bo’lgan havasini sindiradi, ularni qo’rqoq, o’qituvchini yo’qtirmaydigan qilib qo’yadi, ularda maktab hayotidan norozilikh hissini keltirib chikaradi, ularni faol bo’lish quvonchidan mahrum qiladi. Guruh rahbari tarbiyaviy ishlarni amalga oshirish jarayonida o’qish nafakat har kimning shaxsiy ishi, balki ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lgan ish ekanligini o’quvchilarga tushuntirib boradi.
Bitiruv malakaviy ishning maqsadi: Guruh rahbari tarbiyaviy faoliyatining samaradorligini oshirish.
Bitiruv malakaviy ishning vazifalari:
- Guruh rahbarining o’quvchilarni o’rganishga yo’naltirilgan faoliyatining maqsad va mohiyatini o’rganib chiqish
-Guruh rahbarining vazifalari va shaxsiy sifatlarining ahamiyatini yoritish
Guruh jamoasini tashkil etish va tarbiyalashning o’ziga xos xususiyatlarini ahiqlash
Guruh jamoasi bilan ishlash va unga rahbarlik qilishning amaliyotdagi axvolini o’rganish;
Tadqiqot natijalari asosida ilmiy metodik tavsiyalar ishlab chiqish.
Bitiruv malakaviy ishning obekti : Ta’lim muasssasalarida guruh rahbarining tarbiyaviy ishlarning sifat va samaradorligi rivojlantirish jarayoni
Bitiruv malakaviy ishning predmeti: Ta’lim muassasalarida tarbiyaviy soat mashulotlari
Bitiruv malakaviy ishning metodlari: Taqqoslash va umumlashtirish, so’rovnoma,mavzuga doir mavjud adabiyotlarni o’rganish
Bitiruv malakaviy ishning amaliy ahamiyati: Ta’lim muassasalarida guruh rahbarining o’quvchilarni o’rganishga yo’naltirilgan tarbiyaviy tarbiyaviy ishlarning sifat va samaradorligini oshirish, amaliyotda keng joriy etishda bitiruv malakaviy ish materiallari boy nazariy amaliy manba bo’lib xizmat qiladi.
Bitiruv malakaviy isning tuzilishi: Bitiruv malakaviy ish kirish, ikki bob,to’rt fasl, umumiy xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan tashkil topgan.
I.BOB.Guruh rahbari faoliyatini tashkil etishning ilmiy-pedagogik asoslari
1.1. Guruh rahbarining o’quvchilarni o’rganishga yo’naltirilgan faoliyati pedagogik muammo sifatida
Guruh rahbarining faoliyati ko’p qirrali va sermazmundir.U o’zi rahbarlik qilayotgan guruh o’quvchilarini tarbiyalash bilan bir qatorda o’quv yili davomida nimalar qilish kerakligi,talabalar hayotining nima bilan band qilish va tanlangan ish turini amalga osh9iroishini bexato aniqlash kabi ancha murakkab muammoni uechadi. Bu borada guruh rahbariga turli xil manbalar yordam beradi.Guruh rahbarining ish faoliyatda «Talabalarni tarbiyalash ishining mazmuni» bo’lishi kerak.
Guruh rahbarining pedagogik faoliyati va mahorati o’quv faoliyatida ham, o’qishdan tashqari faoliyatda ham zarur bo’lgan umumiy pedgogik malakalar majmuidan tashkil topadi.Avvalo, pedagogik texnikaning tarkibiy qismi sifatida pedagogning nutq malakalarini, ya’ni savodli gapirish, o’z fikr va his tuyg’ularini so’zda aniq ifodalash malakalari muhimdir.
Pedagogik texnikaning boshqa tarkibiy qismi guruh rahbarining mimik va pantomimik ifodaliligidir. Aniq imo – ishora, ma’noli qarash, rag’batlantiruvchi yoki istehzoli tabassum pedgogik ta’sir ko’rsatishda ko’p so’zli tushuntirish yoki e’tiroz bildirishga qaraganda ancha samarali muomala vositalari bo’ladi.Pedagogik o’zaro ta’sir ko’rsatishda guruh rahbarining o’z hissiy holatini boshqarish, o’zida eng qulay hissiy jiddiylik darajasini va umidbaxshlik, xayrixohlik kayfiyatini saqlash, o’zining hissiy dam olishini tashkil etish mahorati muhim rol o’ynaydi. Bu mahorat pedagogning kasbiy jihatdan o’z – o’zini nazorat qilishni ta’minlaydi. Ko’p yillar davomida sog’lom asab sistemasini saqlab qolish, asabiy buzilishlardan, hissiy va aqliy zo’riqishdan o’zini tiyishga yordam beradi.
Guruh rahbarining pedagogik texnikasi – bu shunday bir malakalar yig’indisidirki, u guruh rahbariga tarbiyalanuvchilar ko’rib va eshitib turgan narsalar orqali ulaga o’z fikrlari va qalbini etkazish imkonini beradi. A.S.Makarenko shularni nazarda tutib, «Tarbiyachi tashkil etishni, yurishni, hazillashishni, quvnoq, jahldor bo’lishini bilishi lozim, u o’zini shunday tutishi kerakki, uning har biri harakati tarbiyalasin”, deb yozgan edi. Pedagogik texnikani egallashning asosiy yo’llari pedagog rahbarligidagi mashg’ulotlar (pedagogik texnikani o’rganish) va mustaqil ishlash (kasbiy jihatdan o’z – o’zini tarbiyalash) dir. Pedagogik texnika malakalrining individual – shaxsiy tusda ekanligini hisobga olib, pedagogik texnikani egallashda va uni takomillashtirishda kasbiy jihatdan o’z – o’zini tarbiyalash, ya’ni talabaning o’zida mohir pedagog shaxsiy fazilatlarini va kasbiy malakalarini shakllantirishga qaratilgan faoliyat etakchi rol o’ynaydi, deb aytish mumkin.
1.2. Guruh rahbarining vazifalari va shaxsiy sifatlari.
Hozirgi davrda ta’lim muassasasi va undagi o’quv, tarbiya jamoa oldiga juda katta ijtimoiy axamiyatga molik vazifalar quyilmoqda.
Guruh rahbarining vazifalari:
1.Anatomik, fiziologik va psixologik xususiyatlarini o’rganish.
2.Talabalarning kundalik davomati odob, xulqi va jamoat ishlariga qatnashishini tekshirib borish.
3.Talabalarning rejimga rioya qilishlari va uyga berilgan vazifalarni tayyorlab borishlarini kuzatish.
4.Guruhda ishlaydigan fan o’qituvchilari bilan majlis o’tkazish
5.Darsda talabalarning davomatini ta’minlash, guruhda va o’quv yurtida navbatchilikni tashkil etish , xonani jihozlash, xonadagi o’quv asboblarini saqlashga o’rtgatish, talabalarning qiyinchiliklarini nazorat qilib ular bilan suhbat o’tkazish
6.Guruh majlichlarini tizimli va tartibli o’tkazish
7.«Kamolot» tashkiloti bilan ish rejalariga muvofiq darsdan tashqvari ishlarini tashkil etish.
8.Talabarlarning darsdan ashqari o’kishlari va anjumanlarini o’tkazish
9.Guruh talabalari bilan sport, harbiy vatanparlik tarbiyasi borasida tadbiriy choralar ko’rish, talabalar sog’lig’ini muntazam nazorat qilish, jismoniy tarbiya o’qituvchilari, harbiy ta’lim o’qituvchilari bilan doimiy aloqada bo’lish
10.Talabalarni rag’batlantirish va zarur vaqtlarda ularga nisbatan chora ko’rish.
11.Talabalarning ota-onalari bilan tarbiya borasida doimiy aloqada bo’lish va ular bilan individual suhbatda bo’lish.
12.Talabalarning shaxsiy va guruhga oid hujjvtlarni tartibli olib borish.
Guruh rahbaridan madaniyat darajasining kengligi, pedagogik odob talablariga rioya kilish, har bir talaba shaxsini inson sifatida hurmat qilish bilan unga nisbatan talabchanlikni unutmaslik, tashkilotchilik malakalariga ega bo’lish, o’z malakasini tinimsiz oshirib borish bilan ishga ijodiy yondoshish talab qilinadi. Muhimi shundaki, guruh rahbarining o’z bolalarda tarbiyalamoqchi bo’lgan g’oyaviy-axloqiy goyaga mos bo’lishi kerak.
II. BOB. Guruh rahbari shaxs va jamoani o’rganishi, tarbiyaviy ishlarni tashkillashtirishning amaliy asoslari
2.1.Guruh jamoasini tashkil etish va tarbiyalashga qo’yilgan talablar
Guruh rahbari nixoyatda ma’suliyatli va murakkab vazifani bajaradi. U guruhdagi tarbiyaviy ishlar tashkilotchisi, talabalarning murabbiysi, guruhni tashkil etadi xamda kamolot tashkilotchilari, o’qituvchilar, oila, keng jamoatchilik ahli bilan birga ish olib boradi.
1. Guruh tavsiyanomasi. guruh rahbari tarbiyaviy ish rejasining asosi hisoblanadi. Amalda guruh rahbarining kiritiladigan tarbiyaviy ishlari xilma-xildir. Mamlakatimizning turli tumanlarida, shahar va qishloqlarda joylashgan o’quv yurtlarining o’ziga xos tarbiyaviy an’analarini hisobga olmasak, tarbiyaviy ish rejalariga kiritiladigan masalalar bir-biriga juda o’xshab ketadi.
2. Tarbiyaviy rejalarni tuzishda qo’yiladigan asosiy talablar. Guruh rahbarining tarbiyaviy ish rejasi haqiqiy hujjat bo’lishi uchun u bir qator pedagogik psixologik talablarga javob berishi lozim. Bu talablar quyidagilardan iboratdir:
A. Rejaning ma’lum maqsadli bo’lishi lozim. Tarbiyaviy ish rejasi agar o’z g’oyaviyligi jihatidan maqsadli va mukammal bo’lsa, asosli va to’g’ri deb hisoblanadi. Rejaning qismida g’oyaviy-siyosiy ishlarga va ijtimoiy foydali mehnatga o’quvchilarni jalb qilish diqqat markazida bo’lishi lozim.
B. Guruh rahbarining tarbiyaviy ish rejalari shakli, metodlari va mundarijalari aksariyat bir xil mazmunga ega. Bu o’xshashliklar ko’pincha quyidagilardir: seminarlar, siyosiy axborotlar, yuqori kurslarga sirtdan sayohat va boshqalar tarbiyaviy ish rejalarida keng aks ettiriladi.
V. Talabalarni ketma-ket tizimli tarbiyalashini ta’minlash. Guruh tarbiyaviy ish rejasiga kiritilgan chora-tadbirlar tarbiya jarayonining asosiy qismi hisoblanadi. Har bir ijro etilgan chora-tadbirlar oldindan rejalashtirilgan chora-tadbirlar bilan uzviy boglangan bo’lishi lozim. O’quv choraklarida tuzilgan rejalar, qishki va yozgi ta’tillarda amalga oshirilishi lozim bo’lgan ishlar aks ettiriladi. Ikkinchi yarim yilda talabalarning yozgi dam olish vaqtlarida bajaradigan tarbiyaviy ishlarini oldindan qayd etish lozim.
G. Rejaning real bo’lishi. Rejani tartibga solishda unga ijro etilishi qiyin bo’ladigan masalalar kiritilmasligi lozim. Reja aniq va ijro qilib bo’ladigan bo’lsin. Masalan, guruh rahbaridan biri, birinchi yarim yillik uchun tarbiyaviy ish rejasida quyidagi chora-tadbirlarni o’tkazish: talabalar orasida do’stlik va o’rtoqlik tarbiyasini amalga oshirish uchun ijtimoiy foydali mehnatni birgalikda o’tkazish, jamoa bo’lib sayohatlar uyushtirish; guruh devoriy gazetasini birgalikda siqarib o’zaro uyushtirish, san’at havaskorlarning kechalarini o’tkazish, do’stlik va o’rtoqlik mavzusidagi davra suhbatlari o’tkazish kabilarni amalga oshirish talabalarni bir-biriga yaqinlashtiradi, o’z navbatida ular o’rtasida do’stlik va o’rtoqlikni mustahkamlaydi.
D. Guruh tarbiyaviy ish rejasining o’quv yurti tarbiyaviy ish rejasi bilan muvofiqligi. Guruh tarbiyaviy ish rejasini tuzishdan oldin guruh rahbari guruhning tarbiyaviy ish rejasi bilan tanishib chiqish lozim.
E. Tajribalar shuni ko’rsatadiki, guruh tarbiyaviy ish rejalariturli tartibda tuzilgandir, chunki har bir guruh turli xil sharoitlarda ishlaydilar. O’quv yurti ish tajribalarini o’rganib, ularni umumlashtirish asosida guruh rahbarini tarbiyaviy ish rejalarining taxminiy chizmasini tavsiya qilishni lozim topdik. Tavsiya etayotgan guruh rahbarining tarbiyaviy ish rejasi respublikamizning oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tavsiya etilgan buyruqlar va tavsiyalar asosida tuzilgandir.
Tashkilotchilik funkstiyasi bir necha elementlarga bog’liqdir:
A. O’tgan ishlarni tashkil qilish, uning muvaffaqiyati yoki muvaffaqiyatsizligi sabablarini belgilab olish.
B. Guruhda o’tkaziladigan barcha ishlar tarbiyaviy xaakterga ega bo’lib, ma’lum maqsadni ko’zlab o’tkazilishi va guruh rahbari turli tarbiy ishlarni o’tkazishda oldin shu ishning modelini tuza bilish lozim.
D. Guruh rahbari oldiga qo’yilgan maqsadga etishish uchun o’z oldiga aniq vazifa qo’ya bilish lozim.
E. Guruh rahbari har bir tarbiriy choralarni amalga oshirishda o’qituvchi va talabalarning qobiiliyatlariga qarab, vazifalarni taqsimlash, ma’lum reja asosida tarbiyaviy tadbirlarning o’tazish o’rni, vaqti, soati, javobgar shaxslar va tizimligini aniqlash lozim.
F. Ma’lumki tarbiyaviy ish bajarishda bajaruvchi kishilarni to’g’ri taqsimlash, ishga boshqa o’qituvchilarni, ota-onalar, talabalar, otalik tashkilotlari va ish obektini aniqlash lozim.
Guruh rahbarining asosiy faoliyati esa quyidagilarni bilishni talab etadi.
Har bir talabani shaxs sifatida o’rganish.
Talabalarning guruhda tarbiyalashni tashkil etish.
Talablarning bilim-tarbiyasini oshirish va ularning tartib intizomini mustahkamlash.
Guruhda darsdan tashqari ishlarni tashkil etish va o’tkazish.
Fan o’qituvchilarning tarbiyaviy ishlarni ( koordinatsiyalash) irlashtirish.
Talabalarning oa-onalari bilan ishlash.
Demak yuqoridagilarga tayangan holda guruh rahbarining faoliyatiga nisbatan qo’yilgan talablar quyidagilardan iborat.
1.Yuqori g’oyaviylik va onglilik.
2. Guruh rahbari katta obro’ga ehtiromga va hurmatga ega bo’lishi
3. Pedagogik mahorat
4. Madaniy qobiliyatning mavdudligi
5. Pedagogik odobga ega bo’lish
6. Yosh avlodga nisbatan hurmat va ehtirom bo’lish
7. Tashkilotchilik malakasi va mahoratiga ega bqlish
8. Tarbiya ishlariga nisbatan ijodiy munosabatda bo’lish
9. Guruh rahbari kasbini yuqoriga ko’tarish mustaqil bilim olish qobiliyatiga ega bo’lish.
Talabaning o’rganishning tahminiy dasturi.
Talabalari to’g’risida umumiy ma’lumot.
Talaba qaerda yashaydi?
Ota-onasining kasbi va ish joyi.
Oila a’zolarining va ularning moddiy ta’minlanganligi
Oilada ota-ananing o’zaro munosabatlari
Oilada talabanri tarbiyalash harakteri
Talabaning rejimi
Oilaning xo’jalik ishlarida talabaning ishtiroki
Talabaning hayotida eng muhim voqealar
Talabaning sog’ligi to’g’risida ma’lumot
Talaba shaxsining asosiy xususiyatlari
1.Jamoatchilik dunyo qarashi
2.Talabaning ma’naviy sifatlari, vatanni sevish, do’stlik, insoniylik, baynalminallik.
3.Irodalilik harakteri va xususiyatlari. (maqsadli bo’lish, faollik, botirlik tashkilotchilik mustaqillik intizomlik, bandlik, kamtarlik va hokazo)
4. Talaba mijozining xususiyatlari va uning ruhiy jarayoni (nutq, diqqat , xotira xayol ruhiy holatlar)
Guruhni o’rganishning dasturi.
I. Guruh xayoti.
Guruhdagi talabalarning yoshi, ruxiy, fiziologik va gigienik xolatlari.
Talabalarning shaxsiy taraqqiyoti, ma’rifatchilik jixatlari.
Guruhdagi jamoatchilik ishlari.
II. Guruhning xamjixatligi va uyushqoqligi
Talabalarning o’zaro munosabati.
Talabalarning birgalikda mexnat qilishlari va uning vaqti.
Qizlar va o’g’il bolalarning do’stligi xamda xamfikrligi.
Jamoa a’zilarini ximoya qilish.
Guruh jamoasi bilan ishlash va unga rahbarlik qilish
Jamoaga quyiladigan umumiy talablar majmui ishlab chiqilgan.
Jamoa a’zolari:
-o’zaro munosabatlardan;
-o’qish va mehnat jarayonidan;
-rahbarlikdan;
-uyushqoqlikdan;
-ongli intizomdan;
-oqilona va foydali faoliyatdan;
-xotirjamlikdan;
-o’z qadr-qimmatini saqlashdan;
-jamoa bilan faxrlanishdan;
-himoyalanganlikdan-qoniqish hosil qilishlari kerak.
Jamoa a’zolariga:
-ixtiyoriylik;
-demokratik faoliyat;
-so’z erkinligi;
-tashabbuskorlik;
-mustaqillik;
-faollik;
-ijodiy faoliyatko’rsatishlari uchun imkoniyat yaratilishi kerak.
Guruh jamoasini jipslashtirish va shakllantirish yo’llarini qarab chiqamiz.
1.Jamoatchilik topshirii.
2.Guruh faollarini aniqlash.
3.O’quvchilarni istiqbolga chorlash.
4.Guruhda ijobiy an’analarni qaror toptirish.
5. O’quvchilarga yagona talablar qo’yish.
O’z o’rnini belgilash. O’z o’rnini belgilash hammaning orasida «men o’zim kimman» degan savolga javob topish istagida ifodalanadi.
Mustaqillik. Yoshlarning tabiiy intilishi, o’z mavqeini qaror toptirish jarayoni ifodalarining biridir.
Yoshlarga xos dadillik.
Biz quyida ota-onalar bilan ishlashning asosiy shakllari bilan tanishib chiqamiz :
1. Talabalarining uylariga borish – bu oila bilan alo’a qilishning eng samarali shakllaridan biridir. Bunda guruh rahbari talabaning ota-onasi, uning yashash sharoiti, moddiy imkoniyatlari bilan tanishishga imkon topada.
2. Ota-onalarni o’quv yurtiga cha’irish. Bundan maqsad, faqatgina talabalarining xul’i, sabodliligi va boshqa xususiyatlari bilan ota-onani tanishtirish emas, balki shu bilan birgalikda ota-onalarga pedagogik va ruhiy maslahatlar berib, ularga talabani oilada Tarbiyalashlariga yordam ham qilishdir.
3. Ota-onalar bilan ishlash. Bu esa talabaga cha’iri’lar yoki maxsus da’vatnomalar orkali amalga oshiriladi.
4. Ota-onalar guruh majlisini o’tkazish. Bu shakldagi alo’a maxsus ish rejasi orkali amalga oshiriladi.
5. Ota-onalarni maxsus pedagogik va psxologik bilimlar bilan ‘urollantirish maqsadida ular bilan suhbat va ma’ro’zalar o’tkaziladi.
6. Sabol-javoblar kechasi. Ishning bu shakli guruh talabalarining xususiyati, harakterini yaxshiro’ o’zlashtirish imkonini beradi.
7. Ota-onalarning Tarbiya borasidagi ilor tajrivalar bilan fikr almashish, o’rto’lashish.
XULOSA
1. Guruh rahbari jamiyat ijtimoiy hayotida ro’y berayotgan o’zgarishlar, olib borilayotgan ijtimoiy isloxotlar mohiyatini chuqur ahglab etishi hamda bu borada o’quvchilarga to’ri, asosli ma’lumotlarni berib borishi lozim.
2. Guruh rahbari ilm-fan, texnika va texnologiya yangiliklari va yutu’laridan xabardor bo’lishi talab etiladi.
3. Guruh rahbari o’z mutaxasisligi bo’yicha chuqur, puxta bilimga ega bo’lishi, o’z ucida tinimsiz ishlashi va izlanishi lozim.
4. Guruh rahbari tarbiyaviy ishlar metodikasi va psxologiya fanlari asoslarini puxta bilishi, ta’lim-Tarbiya jarayonida o’quvchilarning yosh va psxologik xususiyatlarini inobatga olgan holda faoliyat tashkil etishi kerak.
5. Guruh rahbari ta’lim-Tarbiya jarayonida eng samarali shakl, metod va bositalardan unumli foydalana olishi imkoniyatiga ega bo’lmoo’i darkor.
6. Guruh rahbari ijodkor, tashabbuskor va tashkilotchilik qobiliyatlariga ega bo’lishi shart.
7. Guruh rahbari yuksak darajadagi pedagogik mahoratga, chunonchi, kommunikatiblik layo’atiga ega bo’lishi, pedagogik texnika nutq, yo’z, qo’l-oyo’ va gabda harakatlari (mimika, jest, pantomimika) konuniyatlarini chuqur o’zlashtirib olishga erishishi lozim.
8. Guruh rahbari nutq madaniyatiga ega bo’lishi uning nutqi quydagi xususiyatlarini o’zida aks ettira olishi kerak.
a) nutqning rabonligi;
b) nutqning aniqligi va mantiqiyligi;
v) nutqning ifodabiyligi;
g) nutqning sofligi uning turli sheva so’zlaridan holi bo’lib, faqat adabiy tilda ifoda etilishi: jargon (muayyan kasb yoki soha mutaxasislariga xos so’zlar), bixivarizm (muayyan millat tilida bayon etilayotgan nutqda o’ziga millatlarga xos so’zlarning o’rinsiz qo’llanilishi), bul’garizm (haqorat qilish, so’kishda qo’llaniladigan so’zlar) hamda kontselyarizm (o’rin bo’lmagan vaziyatlarida rasmiy nutqda so’zlar) so’zlaridan holi bo’lishi, O’qituvchi nutqi sodda, rabon va tushunarli bo’lishi kerak;
d) nutqning rabonligi;
j) nutqning boyligi (so’zlash jarayonida maqsadga muvofiq tarzda hikmatli so’zlar maqollar hamda ko’chirma gaplardan foydalana olish).
9. Guruh rahbari kiyinish madaniyatiga (sodda, ozoda, bejirim kiyinish; ta’lim-Tarbiya jarayonida O’qituvchining turli xil di’’atni tez jalb etuvchi bezaklar (oltin, kumush ta’incho’lar) dan foydalanmasligi, fasl, yosh, gabda to’zulishi, yo’z qiyofasi, Hatto, soch rangi va turmagiga muvofiq ravishda kiyinishni o’zlashtirishga erishish) ega bo’lishi lozim.
10. Guruh rahbari shaxsiy hayotda pok, atrofdagilarga o’rnak bo’la olishi lozim.
Guruh rahbarining mazkur talablarni o’zida aks ettira olgan qiyofasi uning o’quvchilar, hamkasblar hamda ota-onalar o’rtasida obro’-e’tibor qozonishini ta’minlaydi.
© ООО «Знанио»
С вами с 2009 года.