Захириддин Мухаммад Бобур 538 лет
Оценка 4.9

Захириддин Мухаммад Бобур 538 лет

Оценка 4.9
Мероприятия
docx
воспитание +1
Взрослым
05.07.2021
Захириддин Мухаммад Бобур 538 лет
Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 538 yilligiga bag'ishlangan tadbir ishlanmasi
Bobur 532 yoshda.docx

Описание: Описание: C:\Documents and Settings\Admin\Рабочий стол\Rasmlar\L04cover.jpg

 

O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi

Xalq ta’limi markazi

 

 

Buxoro viloyati hokimligi xalq  ta’limi boshqarmasi

                                                                                                  

 

 

 

 

 

        Buxoro shahar 35-umumiy o’rta  ta’lim

       maktabi  boshlang’ich ta’lim o’qituvchisi

Shodiyeva Dilshodaning Zahiriddin

Muhammad Bobur tavalludining

       538 yilligiga bag’ishlab tayyorlagan

             tadbir senariysi

 

   Shoh va shoir bobomiz

                                                                                                                                          

 

 

Описание: C:\Users\ПК\Desktop\documents\fleshka 1909-1\qo'shimchalar\internet-mal\ФОТКИ\rasmlar\22.jpeg

 

Buxoro

 

 “Shoh va shoir bobomiz” nomli  Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 532 yilligiga bag’ishlab tashkil qilingan tadbir senariysi

 

    Sahna chiroyli qilib bezatilgan. To’rda Zahiriddin Muhammad Bobur portreti. Uning ilm olishga da’vat, Vatanga muhabbat va yaxshilikka chorlovchi ruboiylaridan namunalar yozilgan plakatlar qo’yilgan. Kompyuterda  shoirning  “Yaxshilig” g’azali mayin kuylar ostida ijro etilmoqda.

 

Kim ko’ribdur, ey ko’ngil, ahli jahondin yaxshilig’,

Kimki ondin yaxshi yo’q, ko’z tutmoq oldin yaxshilig’.

 

     1-boshlovchi: Ha. Ushbu g’azalni eshiganimiz on ko’z oldimizda temuriylar avlodining iste’dodli vakili, atoqli shoir, buyuk sarkarda Zahiriddin Muhammad Bobur hazratlari namoyon bo’ladi.

      2-boshlovchi:   Shoh va shoirning suronli hayot yo’li? Uning hayot yo’li Hind tuprog’ida amalga oshirgan buyuk ishlari, jahon adabiyotiga qo’shgan ulkan hissasi birin-ketin gavdalanadi.

      3-boshlovchi:     Assalomu alaykum hurmatli mehmonlar, aziz ustozlar va o’quvchilar. Bugun biz, siz azizlarning e’tiboringizga atoqli davlat arbobi, buyuk sarkarda, jahon adadbiyotida o’zining “Boburnoma”, “Xatti Boburiy” kabi mukammal asarlari, go’zal ruboiy va g’azallari bilan mashhur bo’lgan Zahiriddin Muhammad  Bobur tavalludiga bag’ishlangan “Shoh va shoir bobomiz” nomli tadbirimizni havola etamiz.

       4-boshlovchi:    Andijon bag’ridan uchib bir yulduz,

                                 Hindiston tog’iga gavhardek qo’ndi,

                                 Otash yuragida aylanar bir so’z .

                                 Anda jon qoldiki, anda jon qoldi.

       5-boshlovchi:                       Dunyo charxpalagi tinmay aylanar,

                                                     Talato’p zamonlar o’taveradi.

                                                     Asrlar qa’ridan so’z ingranar,

                                                     Anda jon qoldiki, anda jon qoldi.

 

  O’quvchilar ijrosida milliy raqslarimizdan tanovvor ijro etiladi.

 

        6-o’quvchi:   Zahiriddin Muhammad  Bobur 1483-yil 14-fevralda Andijonda Umarshayz Mirzo xonadonida tavallud topdi.  Otasi temuriylar avlodidan bo’lgan Umarshayx Mirzo o’sha davrda Far’ona viloyati hokimi edi.

Sahna ko’rinishi “Ism qo’yish marosimi”

        Saroy kabi bezatilgan sahnada beklar, saroy amaldorlari, shariat peshvolari tizilib o’tirishibdi. Keyingi xonada chetda Qutlugnigorxonim, bobosi, momosi beshik yonida.

O’tirganlar, – Farzand muborak bo’lsin, shohim!

Umarshayx Mirzo, – Rahmat, qulluq, qulluq, – dedi va u Munirxo’jaga  qarab: – So’zingizga intizormiz, – deydi.

Munirxo’ja Marg’iloniy  ta’zim qilib: – Go’dakka Zahiriddin Muhammad deb nom bermoq lozim, – deb aytadi. O’tirganlarni barchasiga bu ism ma’qul tushadi.

Umarshayx Mirzo: – Xo’p ma’qul! – deb ularning fikrini tasdiqlaydi.

Yunusxon: – Ko’z tegmasin, bahodir o’g’lon tug’ilibdi, ismi ne bo’ldi? – deb so’raydi.

Umarshayx Mirzo: – Zahiriddin Muhammad, – deydi.

 Yunusxon: – Qutlug’ bo’lsin, ulug’larning ismi, –kulimsirab, – Nasib etsa insholloh, yo’lbarsdek bahodir bo’lgusidir. Shunday ekan “Bobur yo’lbars” deb chaqirsak ham bo’ladi – deydi, faxr bilan.

Umarshayx Mirzo: – Yo’lbars? – deb hayron qaraydi.

Yunusxon: – Xon ota yoqsa ismini “Zahiriddin Muhammad Bobur” deb ataylik, – deydi hayajonlanib.

 O’tirganlar: – G’oyat go’zal ism, maqbul! – deb uning fikrini tasdiqlashadi.

Yunusxon beshik ustidan bir hovuch tilla tanga sochadi. Kanizaklar talashib-tortishib terib olishadi.

Bobosi: – Bahodir sarkarda bo’lsin!

Otasi: – Olamgir podshoh bo’lsin!

Momosi: – Nuridiydam olim bo’lsin!

Onasi: – Bolaginam shoir bo’lsin!

Hammalari: – Ollohu akbar, – deb duo qilishadi.

 

7-o’quvchi:  1495-yil Umarshayz Mirzo fojiali ravishda vafot etadi. Viloyatni boshqarish 12 yoshli Bobur zimmasiga tushadi.

8-o’quvchi: Toju taxt saltanat ishlari, jangu jadallar, amirlar o’ratsidagi tortishuvlar, bularning bari, uning murakkab hayotidan dalolat beradi.

9-o’quvchi:  Bobur Shayboniyxon qo’shinlari qamal qilgan Samarqandni tashlab, Afg’oniston orqali Hindistonni egallaydi va umrining oxirigacha Hindistonda yashab ijod qiladi, saltanatni boshqaradi.

10-o’quvchi:  O’g’li Humoyun, nabirasi Akbarlar uning faoliyatini davom ettiradi.

11-o’quvchi:  Boburiylar sulolasi bir necha yuz yillar davomida Hindistonda hukmronlik qilib kelishadi.

12-o’quvchi:                             Davlatga yetib, maehnat elin unutma,

                                                 Bu besh kun uchun o’zingni asru tutma.

                                                 Borg’onni kel emdi, yod qilmay ey do’st,

                                                 Borish-kelishingni lutf etib o’ksutma.

13-o’quvchi:           Eshitsa kishi bu sho’ru shevar ne degay,

                              Doim bu tariq ichguni ko’rgan ne degay.

                                Dushman so’ziga kirma, eshit do’st so’zin.

                                Eshitmasa so’zni do’st, dushman ne degay.

 

14-o’quvchi:  O’zbek adabiyotining atoqli namoyandalaridan biri Zahiriddin Muhammad Bobur o’zining qisqa, murakkab hayoti davomida sermahsul ijod qila olgan buyuk iste’dod sohibi edi. Uning barcha asarlari bizgacha to’liq yetib kelgan emas.

15-o’quvchi:  Shoirning to’liq bo’lmagan bir devoni, “Mubbayin” nomli she’riy risolasi, “Volidiya” deb nomlanuvchi kichik kitobi, Bobur tuzgan “Xatti Boburiy” nomi bilan mashhur bo’lgan alifbo hamda yirik me’muar asar “Boburnoma” ana shular jumlasidandir.

16-o’quvchi: “Boburnoma” asarining mazmuni rang-barang bo’lib, O’rta Osiyo, Afg’oniston, Hindiston, Eron xalqlari tarixi, geografiyasi va etnografiyasiga oid muhim tarixiy ma’lumotlarni o’z ichiga olgan.

17-o’quvchi:   Asarni o’qir ekanmiz, o’sha davrdagi Afg’oniston va Hindistonga taaluqli bo’lgan ko’plab geografik atamalar, o’simlik va hayvonot olami, tarixiy shaxslari bilan tanishamiz.

 

 O’quvchilar ijrosida “Ona Vatan” qo’shig’i ijro etiladi.

18-o’quvchi: 20-asr o’zbek romanchiligida adibimiz Primqul Qodirovning “Yulduzli tunlar” , “Bobur, Humoyun va Akbar”, “Avlodlar dovoni”  kabi tarixiy asarlari muhim rol o’ynaydi.

19-o’quvchi: Asarni o’qir ekanmiz, buyuk siymo Zahiriddin Muhammad Boburning dastlab Andijondagi hayoti va ijodi bilan mukammal tanishamiz.

20-o’quvchi:  Bobur o’zbek adabiyotida lirik janrlar rivojiga katta hissa qo’shgan xassos shoirdir. Uning lirikasini go’zal ruboiy, qit’a, tuyuq, masnaviy va muammolar tashkil etadi. Bobur she’riyatida ona yurtga muhabbat, Vatanni qo’msash motivlari katta o’rin egallaydi. U ushbu kechinmalarini, ayniqsa, ruboiylarida keng ko’lamda ifoda etadi.

21-o’quvchi:                              Davron meni o`tkardi  saru samondin,

Ayirdi meni bir yo`la xoni mondin.

Gax boshima toj, gax baloyi ta'na,

Nelarki boshimga kelmadi davrondin.

22-o’quvchi:         Har ishda shitob qilmagaysan,

Bu demak murodga yetmagaysan.

23-o’quvchi:                                      Birovnikim birovdin ko`ngil qolur,

Kishi yuz so`z birla ko`nglin olur.

24-o’quvchi:         Hijron qafasida jon qushi dam qiladur,

                             G’urbat bu aziz umrni kam qiladur.

                             Ne nav bitay firoqu g’urbat sharhin,

                            Kim ko’z yoshi nomaning yuzin nam qiladur.

25-o’quvchi:                                      Ko’pdin berikim yoru diyorim yoqdir,  

                                                         Bir lahza-u bir nafas qarorim  yo’qdir.

                                                         Keldim bir sori o’z ixtiyorim birla,

                                                         Lekin borumda ixtiyorim yo’dir.

26-o’quvchi:         Yod etmas emish kishini  mehnatda kishi,

                                       Shod etmas emish kishini g’urbatda kishi.

                                       Ko`nglim bu g`ariblikda shod o’tmadi oh,

                                       G`urbatda sevinmas emish albatta kishi.

27-o’quvchi:                                      Necha nafing`a bo`lursan tobe,

Necha umringni qilursan zoye.  

28-o’quvchi:         Harkimki vafo qilsa vafo topqusidir,

                            Harkimki jafo qilsa, jafo topqusidir.

Yaxshi kishi ko’rmagay yomonlik hargiz,

Har kimki yomon bo’lsa jazo topqusidir.

 

Sahna ko’rinishi:

      Bobur  taxtda o`tiribdi. Atrofidagi uch-to`rt mulozimlari bilan mamlakatdagi siyosiy ahvol, soliqlar to`g`risida subatlashmoqda. Shunda sog`chi kirib kelib, bir kishi Boburning huzuriga kirish uchun izn so`rayotganini aytadi.

Bobur: – Ruxsat, huzurimga olib kelingiz, – deb ruxsat beradi. Notanish kishi qo`lida qovun bilan kirib keladi va ta'zim qiladi.

Kishi: – Assalomu alaykum, hazratim – ta'zim keltiradi, – Men savdogarman. Sizning huzuringizga kelishimdan maqsad Andijondan keltirilgan qovunni olib kelesh edi. Ona yurtimizdan olib kelingan bu ne'matdan tatib ko`ring, hazratim. Zora sog`inchingizga malham bo`lsa – dev, qo’lidagi qovunni Bobur qo’liga tutqazadi. Bobur sekin taxtdan tushib kelib, titroq qo`llari bilan qovunni oladi. Uni uzoq hidlab yuz-ko`zlariga surtadi va o`ta g`amgin holda gapiradi.

Bobur: – Rahmat, sizga. Vatanimning xushbo`ylarini olib kelgan bu qovunda Andijon shamoli-yu , musaffo havosini, tabarruk tuprog`ining isini, beqiyos ekinzorlarining go`zalligini, bolaligim o`tgan go`zal vodiylar manzarasini, dilkash xalqimning nafasini, ota-onam mehrini tuydim. Kindik qonim to`kilgan Vatan – mening beshigim, sog`inchim va tuganmas armonlarimdir.

     Tole yo`qki jonimga balolig’ bo`ldi,

     Har ishniki ayladim, xatolig’ bo`ldi.

     O`z yerni qo`yib, hind sori yuzlandim,

     Yo, rab, netayin, ne yuz qarolig’  bo`ldi.

       1-Boshlovchi:   Buyuk shoir Zahiriddin Muhammad Bobur she'riyati o`zining nodir va badiiy  qimmati bilan ham adabiyotimizda katta o`rin egallagan.

2 - Boshlovchi:  Bobur iymoni butun inson bo`lgan, ana shu e'tiqod, uning o`z iqroriga ko`ra, uni doimo turli balo-qazolardan muhofaza qilgan.

     Dunyoning tilagi, samari ham biz,

     Aql ko`zin qarosi, javhari ham biz.

     To`garak jahonni uzuk deb bilsak,

     Shaksiz, uning ko`zi, gavhari ham biz.     

1-boshlovchi:   Shoir buyuk mutafakkir Alihsher Navoiy an’analarini ham davom ettirib, Vatanga muhabbat, insonparvarlik, ma’rifatparvarlik, yorga muhabbat g’oyalari bilan sug’orilgan ajoyib asarlarni bitdi.

2-boshlovchi:      U odob-axloq mavzusiga asosiy e’tiborni qaratdi. Yaxshilikni ulug’ladi. Xalq manfaatini o’ylab, odamlarni kamtarin, ko’rkam fazilatlar egasi bo’lihshga  da’vat etdi.

 

Shoir Muahammad Yusufning “Bobur nidosi” she’ri o’quvchilar tomonidan aytiladi.

(Sahnada past ovozda “Yaxshilig” qo’shig’i ohista yagray boshlaydi)

1-boshlovchi:   O’zining qisqa 47 yillik umri davomida naqadar buyuk ishlarni amalga oshirgan, qudratli davlat barpo etgan, ajoyib asarlari bilan dunyo ahliga tanilgan bobomiz qancha faxrlansak, arziydi.

2-boshlovchi:  Uning asarlari dunyoning ko’plab tillariga tarjima qilingan. Vatanimizning eng diqqatga sazovor joylari shoir nomi bilan ataladi. Bu kun uning haykali poyida anvoyi gullar yashnab turibdi.

3-boshlovchi: Mana, azizlar! Shu bilan ulug’ sarkarda, iste’dodli shoir Zahiriddin Muhammad Bobur ijodiga bag’ishlangan kechamiz o’z nihoyasiga yetdi. Xayr, omon bo’ling.

Описание: 9


 

O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi

O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi

Shoh va shoir bobomiz” nomli

Shoh va shoir bobomiz” nomli

Onasi: – Bolaginam shoir bo’lsin!

Onasi: – Bolaginam shoir bo’lsin!

Yod etmas emish kishini mehnatda kishi,

Yod etmas emish kishini mehnatda kishi,
Материалы на данной страницы взяты из открытых истончиков либо размещены пользователем в соответствии с договором-офертой сайта. Вы можете сообщить о нарушении.
05.07.2021