Zahriddin Muhammad Boburning hayoti va ijodi.
Оценка 4.6

Zahriddin Muhammad Boburning hayoti va ijodi.

Оценка 4.6
Библиография +2
doc
библиотека
5 кл—7 кл
17.07.2018
Zahriddin Muhammad Boburning hayoti va ijodi.
Z.M.Bobur O`rta asr Sharq madaniyati, adabiyoti va she`riyatida o`ziga xos o`rin egallagan adib, shoir, olim bo`lishi bilan birga yirik davlat arbobi va sarkarda hamdir. U 1483-yil 14-fevralda Andijonda Farg`ona usuli hokimi Umarshayx Mirzo oilasida dunyoga kelgan. Barcha temuriy shohzodalar singari otasi saroyida tahsil oladi.Лекция на узбекском языке
Zahriddin Muhammad Boburning hayoti va ijodi. Boburnoma asari.doc
Zahriddin Muhammad Boburning hayoti va ijodi.  “Boburnoma” asari Reja: 1. Z.M.Boburning hayot yo`li.  2. Bobur  lirikasi, shoir devonlari. 3. “Boburnoma” –badiiy­memuar asar.  4. Bobur ijodining o`zbek adabiyotidagi o`rni. “Biz   Bobur     Mirzoni   ulkan   davlat   arbobi   sifatidagina   emas,   qomusiy alloma, mumtoz shoir sifatida ham cheksiz qadrlaymiz. Bobur o`zbek xalqining buyuk farzandi, milliy g`ururidir”.  Islom  Karimov.  Z.M.Bobur O`rta asr Sharq madaniyati, adabiyoti va she`riyatida  o`ziga xos o`rin egallagan adib, shoir, olim bo`lishi bilan birga yirik davlat arbobi va sarkarda hamdir.   U   1483­yil   14­fevralda   Andijonda   Farg`ona   usuli   hokimi   Umarshayx Mirzo oilasida dunyoga kelgan. Barcha  temuriy shohzodalar singari otasi saroyida tahsil oladi. 12 yoshida   shiddatli   saroy kurashlari girdobida   qolib, biron­bir madrasani   ham   tugatishga   imkon   va   fursati   bo`lmasa­da,   adabiyot,   nafis san`atining   chinakam   shaydosi   bo`lib   yetishadi.   Andijon     taxti   uchun   ukasi Jaxongir Mirzo, amakasi  Sulton Ahmad Mirzo, tog`asi  Sulton Mahmudxon va boshqa raqiblarga qarshi kurashadi. Samarqand  taxti uchun bir necha  yil shiddatli janglar olib boradi, ammo samarasiz kechgan bu janglardan keyin Bobur janubga qarab yo`l oladi. 1503­yilda Qobul va G`aznani jangsiz qo`lga kiritadi. 1505­1515­ yillarda bir necha bor Markaziy Osiyoga qaytishga   urinib ko`radi, ammo hech qanday   natijaga   erisha   olmaydi.   1519­1525­yillarda   Hindistonni   qo`lga   kiritish uchun   jang   olib   boradi.   1526­yilning   aprel   oyida   Ponopatda   Hindiston   sultoni Ibrohim   Lo`di bilan va 1527­yili mart oyida Chitora hokimi Rano Sango bilan bo`lgan janglarda Boburning qo`li baland keladi. Tarixiy ma`lumotlarning  bayon qilishicha,   Boburning   Hindistonga   yurishida   Dehli   hukmdori   Ibrohim     Sulton siyosatidan norozi bo`lgan Panjob hokimlari ham Boburni qo`llaganlar va Sikri jangidagi bu g`alaba Boburga  Hindistonga o`z hukmronligini  uzil­kesil o`rnatish va Boburiylar sulolasini barpo etish imkoniyatini berdi. Yangi mustahkam davlat “Buyuk mug`ul imperiyasi” nomini oladi va 300 yildan ortiq  hukmronlik qiladi. 1526­yilning 21­dekabrida Bobur zaharlanadi, tasodif tufayli omon qoladi. 1530­ yilda   Agrada   vafot   etadi.   Keyinroq   vasiyatiga   ko`ra,   farzandlari   uning   xokini Qobulga olib kelib, dafn etadilar.  Bobur   qisqa   vaqt   ichida   Hindistonda   siyosiy   muhitini   barqarorlashtirish, Hindiston   yerlarini   obodonlashtirib,   birlashtirish,   savdo­sotiq   ishlarini   to`g`ri   qo`yish,   bog`­rog`lar   yaratish   ishlariga   rahbarlik   qildi.   Madaniy yo`lga   yodgorliklar qurish, karvonsaroylar barpo qilish, kutubxonalar qurish Bobur va uning   o`g`illari   davrida   keng   miqyosda   yoyildi.   Hindiston   me`morchiligiga Markaziy Osiyo   uslubi kirib kela boshladi. Bobur va uning hukmron avlodlari huzurida   o`sha   davrning   ilg`or   va   zehni   o`tkir   olimlari,   shoirlari, musiqashunoslarini     mujassam   etgan   mukammal   bir   ma`naviy­ruhiy     muhit vujudga keldi.  Bobur Hindistonda katta hajmdagi davlat ishlari bilan bir qatorda o`zining adabiy­badiiy faoliyatini ham davom ettirdi. 1503­yilda “Xatti Boburiy” ni yaratdi. 1521­yilda   “Mubayyin   al­zakot”,   1523­25­yillarda   “Muxtasar”,   “Xarb   ishi”, “Musiqa   ilmi”   (topilma),   “Volidiyya”   asarlarini,   1519­yilda   1­devon   “Qobul devoni” ni, 1528­29­yillarda 2­devon “Hind devoni” ni  yaratdi. “Tuzuki Boburiy”, “Voqeoti Boburiy”, “Voqeanoma”, “Boburnoma” nomlari bilan mashhur bo`lgan asarni 1525­1530­yillarda yozdi.  Boburning tarixiy, ilmiy va adabiy merosini o`rganish va  ommalashtirishda O`zbekiston, Tojikiston va Rossiya olimlarining faoliyatlari diqqatga sazovordir. XIX­XX asrlar davomida Georg Ker, N.Ilminskiy, O.Senkovskiy, M.Sale, Porso   R.Nabiyev, Shamsiyev,   Sodiq   Mirzayev,   V.Zohidov,   Ya.G`ulomov, S.Azimjonova, A.Qayumov kabi olimlarning harakatlari tufayli “Boburnoma” bir necha bor nashr  qilindi. (o`zbek va rus tillarida).  Bobur ikki tilda –o`zbek va forsiy tillarida erkin ijod qilgan bo`lsa­da, faqat o`zbekcha she`rlarini to`plab 2 ta devon tuzgan. 1519­yilda Qobulda, 1529­yilda Hindistonda tuzilgan bu devonlar o`sha joylar nomi bilan  yuritiladi. Qobul devoni topilmagan. Hind devonidagi  she`rlarining umumiy  miqdori 400 dan ortiq. 119 tasi   g`azal,   231   tasi   ruboiy,   boshqalari   turli     janrdagi   she`rlardir.   Bobur she`rlarining ma`lum bir qismi hasbi hol xususiyatiga ega bo`lgan g`azaldir. Bobur g`azallari   orasida   hayotga   qaynoq   mehr   aks   etgan,   jo`shqin   g`azallar,   afsus­ nadomat ohanglari bilan to`lgan g`azallarni ham  uchratish mumkin.  Bobur –podshoh, shoir va olim. Ammo Boburning betimsol shaxsi   shohlik, balki shoirlik va olimlikdan ham teranroqda turadi. Shuning uchun uning latif ruhi va   darveshvash   ko`ngli   andak­mundak   narsalarni   pisand   qilmaydi,   aniqrog`i arzitmaydi. Shunday ekan, qaysi xon yoki sulton:  Qilmoq umidu biym ila xizmat shah olida  Darbonining  so`kunchu tayoqig`a arzimas, ­ deydi. Insonga xos qanaqa  tabiiy fazilat va sof  tuyg`ular bo`lsa, Bobur hayotda ham,   ijodda   ham   asosan     ana   shularga   suyangan.   U   o`z   davlati   va   saltanati manfaati  yuzasidan she`riyatiga  bir siyosiy rang, targ`ibot ohanglarini olib  kirsa bo`lardi. Yo`q Bobur she`riyatida topolmaysiz bunday ohanglarni.  Mohiyatan toju taxt, hukmronlikka borib tarqaladigan murod­maqsadlarini ham   u   nihoyatda   oddiylashtirib,   oddiy   odamlarning   yuragiga     uyg`unlashib ketadigan mazmunda aks ettiradi:  Ko`ngli tilagan murodig`a yetsa kishi Yo barcha murodlarni tark etsa kishi,  Bu ikki ish muyassar o`lmasa olamda,  Boshni olib bir sorig`a ketsa kishi.  Bu fikrlar aynan shoh va shoir Boburga tegishli  ekanini  bilamiz, ammo ko`ngli   bir   murodga   intilib,   yetolmagan,   “bu   ikki   ish   muyassar”   bo`lmasa­da, boshini olib qayonlargadir ketishning  ham uddasidan  chiqolmagan har bir kishiga daxldorligini ham inkor etolmaymiz. Shuning uchun Boburning ma`naviy­ruhiy shohu   gadoni   o`ziga   jalb   etaveradi.   Ko`ngilni   sehrlash,   ruhni dunyosi qanoatlantirishdan to`xtamaydi.  Bobur tasavvuf ta`limoti bilan maxsus   shug`ullanmagan bo`lsa­da, ayrim she`rlarida tasavvufiy  g`oyalar aks etgan. Shoirning quyidagi she`rlarida dunyoi dundan   chekinayotgan,   siyrati   darveshvash,   Bobur   bilan   yuzma­yuz   kelganday bo`lamiz:  Arzimas g`am  yemakka bu dunyo,  Bal otin demakka bu dunyo.  Tama` uzgil bu eski dunyodin,  Xotiringdin chiqar bu dun yodin.  Davlat uchun o`zungni zor etma,  Izzat uchun o`zungni  xor etma.  Bobur bir masnaviysida Husni  Mutlaqqa murojaat etib shunday deydi:  Go`shu  hushimni so`zing sori qil,  Jonu ko`nglimni  o`zung sori qil.  G`amlaring birla ovut ko`nglimni,  Ma`rifat  birla yorut ko`nglimni.  Bobur ruboiylaridan birida “Har ishniki ayladim xatolig` bo`ldi”, ­ deydi. Aslida  Bobur  qilgan  ishlar  xato   bo`lmagan.  Birgina  “Boburnoma”   asarini   olib   hali   bu   darajada   har   tomonlama   yetuk   asar qaraydigan     bo`lsak   ham   yaratilmaganligining guvohi bo`lamiz. Bu asar butun   jahon ommasiga mashhur bo`lgan  shoh  asardir. “Boburnoma” da Bobur  yashagan davrdagi Movarounnahr, Xuroson, Eron va  Hindiston   xalqlari tarixi yoritilgan. Asar uch qismdan iborat bo`lib, 1­qismi­ XV   asrning ikkinchi yarmida Markaziy Osiyoda ro`y   bergan voqealarga, 2­qismi   XV   asrning oxiri, XVI asrning birinchi yarmida Qobulda ro`y   bergan   voqealarga,   3­qismi   XVI   asrning     birinchi   choragidagi     Shimoliy Hindiston xalqlari tarixiga bag`ishlangan. “Boburnoma” ning mavjud to`liq  matni 1857­yilda turkolog  N.Ilminskiy  tomonidan Qozonda tipografiya yo`li bilan nashr qilingan.   1905­yilda   ingliz   olimasi   A.Beverigi   xonim   “Boburnoma”   ning Haydaroboddagi qo`lyozma nusxasini  chop ettirdi. Ana shu 2 ta nusxaga asoslanib 1948­49­yillarda asarning ikki qismdan iborat to`liq matni P.Shamsiyev, Sodiq Mirzayevlar tomonidan nashr qilindi. 1960­1989­yillarda yana qayta  nashr etildi. “Boburnoma” dagi ma`lumotlar o`sha  davrda yaratilgan boshqa tarixiy manbalar: Mirxond, Xondamir, Muhammad Solih, Binoiy, Muhammad   Haydar, Farishta, Allomiy   kabi   tarixchilarning   asarlarida   bu   darajada   oshiq   va   mukammal yoritilmagan.   Muallif   “Boburnoma”   da   Alisher   Navoiy,   Abdurahmon   Jomiy, Behzod, Mirzo Ulug`bek va boshqa allomalar haqida o`zining eng yuqori fikr va mulohazalarini bildiradi. Kamoliddin   Binoiy, Behzod, Mirak   naqqosh, Husayn Udiy   singari   adabiyot   va   san`at   arboblari   haqida   qimmatli   ma`lumotlar   va mulohazalarni keltiradi.  Bobur  nima haqda va kim haqda yozmasin, g`oyat samimiydir. O`zining quvonchini ham, g`amini ham hech  kimdan yashirmay, ro`y­rost aytadi.  Do`sti haqida ham, dushmani haqida  ham ko`nglidagini so`zlaydi.  Bobur   butun   umri     jangu   jadallarda     kechishiga   qaramasdan     tabiatan nihoyatda   ziyrak   va   sinchkov,   g`oyat   fahmli   va     idrokli,   hamma     narsaga qiziquvchan bir zot edi.   U qaerga bormasin, o`sha yerning geografik tuzilishi, joylashishi  o`rindan tortib, o`simlik va hayvonot dunyosigacha, qishu yozining ob­ havosidan,   elining   tili­yu,   urf­odatlarigacha   hamma­hammasi   bilan   qiziqadi   va yozib qoldiradi.  “Boburnoma”   da   Boburning   ilk   she`riy   mashqlaridan   tortib   yirik asarlarigacha yozilish tarixi, ular bilan bog`liq voqealar haqida ma`lumot berilgan. Alisher Navoiy bilan xatlashgani, “Boburiy xat” ni   ixtiro etgani, musiqa bilan shug`ullangani, turkiy tilning sofligi va ravnaqi uchun kurashganlari haqida ham batafsil ma`lumot beradi.  “Boburnoma” Bobur kezgan yurtlar haqida o`ziga xos qomusdir. Lekin  bu faqat     sinchkov   emas,   badiiy   zavqi   ham   baland   bo`lgan   ijodkor   tomonidan yozilgan. Asarda turli fanlarga oid ma`lumotlar bilan bir qatorda   go`zal ijodiy kuzatishlar,   chiroyli badiiy lavhalar ham bor. Ayniqsa, Xuroson va Hindiston manzaralarini     chizganda,   xususan,   o`zbek   o`quvchisiga   notanish   urf­odatlar, o`simlik va hayvonlar haqida   hikoya qilganda   Boburning badiiy iste`dodi   ish beradi. Masalan, u xurmoni shunday tushuntiradi:  “Yana   xurmodir.   Agarchi   xurmo   Hindiston   maxsusi     emas.   Chun   ul viloyatlarda   yo`q edi, mazkur bo`ldi. Xurmo daraxti Lamg`onda ham bordur, shoxlari   daraxt   kallasida   bir   yerda­o`q   bo`lur.   Barglari   shoxlarining     tubidin uchig`acha ikki tarafida bo`lur, tanasi nohamvor (notekis) va badrang (ko`rimsiz) dir. Mevasi uzumning xo`shasidek bo`lur, xo`shasidin  xili  ulug`roq bo`lur. Derlarkim,   nabotat   orasida   xurmo   daraxtining   ikki   ishi   hayvonotqa o`xshar: biri ulkim, nechukkim  hayvonot boshini kesarlar­hayoti munqati` bo`lur (uzilur). Xurmo daraxtining ham boshi kesilsa, daraxti   qurur. Yana biri ulkim, nechukkim hayvonottin benar natija hosil   bo`lmas, xurmo daraxtig`a   ham nar xurmo shoxini kelturub, tegurmasalar, yaxshi bar   bermas. Bu so`zning haqiqati ma`lum ermas”.  “Boburnoma”   o`zbek   nasri   taraqqiyotiga     juda   katta   ta`sir   ko`rsatdi. Buning  yorqin namunasi Abulg`ozi Bahodirxonning  “Shajarai turk” va “Shajarai takorima” asarlaridir. “Boburnoma”ning tasvir va bayon usuli   tarjimalar orqali boshqa   adabiyotga     ham   o`tdi.   G`arb   va   Sharqning   fan   va     davlat   arboblari Boburning tarix va madaniyat oldidagi  xizmatlarini  belgilashda  bu kitobga asosiy manba sifatida qaradilar.  Hindiston tarixini  yoritishda esa, mutaxassislar fikricha, hali   xam   buyuk     bobomiz   Beruniyning   “Hindiston”   idan   keyingi   muhim   asar “Boburnoma” bo`lib  turibdi.  Bobur  o`zining ma`lum  va mashhur  asarlari bilan tarixnavis adib, lirik shoir   va   ijtimoiy     masalalar     yechimiga   o`z   hissasini   qo`shgan   olim   sifatida xalqimiz  ma`naviy  madaniyati tarixida munosib o`rin egallaydi. Foydalanilgan  adabiyotlar:  1. Z.M.Bobur “Mahrami asror topmadim”. T., 1998.  2. Z.M.Bobur “Boburnoma”. T., 1989. 3. V.Abdullayev. O`zbek adabiyoti tarixi. T., 1976. 4. I.Haqqul. Tasavvuf va she`riyat. T., 1990. 5. Ma`ruza matnlari. II qism. N­2000. 6. I.Haqqul. “Davlatqa yetib mehnat elin unutma”. “Ishonch” gazetasi. 2006­  yil  14­fevral.  7. www.tuit.uz

Zahriddin Muhammad Boburning hayoti va ijodi.

Zahriddin Muhammad Boburning hayoti va ijodi.

Zahriddin Muhammad Boburning hayoti va ijodi.

Zahriddin Muhammad Boburning hayoti va ijodi.

Zahriddin Muhammad Boburning hayoti va ijodi.

Zahriddin Muhammad Boburning hayoti va ijodi.

Zahriddin Muhammad Boburning hayoti va ijodi.

Zahriddin Muhammad Boburning hayoti va ijodi.

Zahriddin Muhammad Boburning hayoti va ijodi.

Zahriddin Muhammad Boburning hayoti va ijodi.

Zahriddin Muhammad Boburning hayoti va ijodi.

Zahriddin Muhammad Boburning hayoti va ijodi.

Zahriddin Muhammad Boburning hayoti va ijodi.

Zahriddin Muhammad Boburning hayoti va ijodi.

Zahriddin Muhammad Boburning hayoti va ijodi.

Zahriddin Muhammad Boburning hayoti va ijodi.

Zahriddin Muhammad Boburning hayoti va ijodi.

Zahriddin Muhammad Boburning hayoti va ijodi.
Материалы на данной страницы взяты из открытых истончиков либо размещены пользователем в соответствии с договором-офертой сайта. Вы можете сообщить о нарушении.
17.07.2018