Ўзбекистон Республикасида шахсий ҳуқуқ ва эркинликларнинг кафолатлари
Оценка 5

Ўзбекистон Республикасида шахсий ҳуқуқ ва эркинликларнинг кафолатлари

Оценка 5
docx
06.06.2021
Ўзбекистон Республикасида шахсий ҳуқуқ ва эркинликларнинг кафолатлари
шахсий хуқуқ.docx

X bob. Inson huquqlari va erkinliklarining kafolatlari

43-modda.

Davlat fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlangan huquqlari va erkinliklarini ta’minlaydi.

44-modda.

Har bir shaxsga o‘z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalarining g‘ayriqonuniy xatti-harakatlari ustidan sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlanadi.

https://lex.uz/image/favicon.gif LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksining 184 — 189-moddalari.

45-modda.

Voyaga yetmaganlar, mehnatga layoqatsizlar va yolg‘iz keksalarning huquqlari davlat himoyasidadir.

46-modda.

Xotin-qizlar va erkaklar teng huquqlidirlar.

https://lex.uz/image/favicon.gif LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida”gi Qonunining 2-moddasi, Mehnat kodeksi 6-moddasining birinchi qismi, Oila kodeksining 2-moddasi.

XI bob. Fuqarolarning burchlari

47-modda.

Barcha fuqarolar Konstitutsiyada belgilab qo‘yilgan burchlarini bajaradilar.

48-modda.

Fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga rioya etishga, boshqa kishilarning huquqlari erkinliklari, sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilishga majburdirlar.

49-modda.

Fuqarolar O‘zbekiston xalqining tarixiy, ma’naviy va madaniy merosini avaylab asrashga majburdirlar.

Madaniyat yodgorliklari davlat muhofazasidadir.

https://lex.uz/image/favicon.gif LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risida”gi va “Arxeologiya merosi obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risida”gi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 132-moddasi, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 46-moddasi.

50-modda.

Fuqarolar atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishga majburdirlar.

https://lex.uz/image/favicon.gif LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonuni 12-moddasining uchinichi qismi, O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining VIII bobi (“Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlik”), O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi maxsus qismining to‘rtinchi bo‘limi (“Ekologiya sohasidagi jinoyatlar”).

51-modda.

Fuqarolar qonun bilan belgilangan soliqlar va mahalliy yig‘imlarni to‘lashga majburdirlar.

https://lex.uz/image/favicon.gif LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 612 va 23-moddalari.

52-modda.

O‘zbekiston Respublikasini himoya qilish — O‘zbekiston Respublikasi har bir fuqarosining burchidir. Fuqarolar qonunda belgilangan tartibda harbiy yoki muqobil xizmatni o‘tashga majburdirlar.


 

Скачано с www.znanio.ru

X bob. Inson huquqlari va erkinliklarining kafolatlari 43-modda

X bob. Inson huquqlari va erkinliklarining kafolatlari 43-modda

O‘zbekiston Respublikasini himoya qilish —

O‘zbekiston Respublikasini himoya qilish —
Материалы на данной страницы взяты из открытых истончиков либо размещены пользователем в соответствии с договором-офертой сайта. Вы можете сообщить о нарушении.
06.06.2021