2-Adobe After Effects bo‘limini o‘qitish
Оценка 4.6

2-Adobe After Effects bo‘limini o‘qitish

Оценка 4.6
docx
16.12.2021
2-Adobe After Effects bo‘limini o‘qitish
2-Adobe After Effects bo‘limini o‘qitish.docx

ADU fizika matematika fakulteti kasb- ta’limi (Informatika o’qitish metodikasi) yo‘nalishi bakalavr akademik darajasini oluvchi Madaminova Muattarning Adobe After Effects bo‘limini o‘qitishda tajriba mashg‘ulotlar uchun o‘quv metodik resurslar tayyorlash metodikasimavzusidagi bitiruv malakaviy ishiga 

 

 

Taqriz

 

Zamonaviy ta’lim tizimini rivojlanishi ta’lim jarayoniga yangi axborot texnologiyalarini tadbiq etilishidir. Axborot texnologiyalarini tadbiq etilishi shubxasiz ta’lim jarayonini sifatli va samarali olib borilishi uchun katta imkoniyatlarni ochib beradi. YAngi axborot texnologiyalari deganda elektron darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar, elektron spravochniklar, zamonaviy AKT qo‘llangan o‘quv materiallarni yaratish va tadbiq etish tushuniladi. YUqoridagi fikrlardan ma’lum bo‘ladiki, ta’lim muassasalari mutaxassislari bu sohaga diqqatini jalb qiladilar va e’tibor bilan bu jarayonni kuzatadilar.

Bizning O‘zbekistonimiz ta’lim tizimida ham video o‘quv materiallar tayyorlash va yetkazib berishga qiziqish ortib borishi kuzatilmoqda. Ayniqsa bu sohada o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, o‘zbek tilida manbalar yetarli emas. Bu esa ushbu sohani rivojlantirish yo‘lidagi muammolardan biriga aylangan.

Ushbu bitiruv tadqiqot ishi ta’lim sifatini yaxshilash, dars samaradorligini oshirishda “Elektron darsliklar yaratish texnologiyasi” o‘quv kursini bo‘limlarini o‘qitish usullari, elektron video ilovalardan foydalanish, video materiallarga ishlov berishda turli dasturiy vositalardan foydalanish samarasi to‘g‘risida tadqiqot ishlari olib borilgan.

Xozirgi kunga kelib elektron o‘quv materiallarga ishlov berish, video materiallar tayyorlash ishlari me’yoriy xolatga keldi. Bu soha juda tez rivojlanib, ommaviylashib bormoqda.

Adobe After Effects dasturida zamonaviy videomontaj ishlari, turli chiroyli effektlar yaratish, elektron darsliklar elementlarini yaratish bugungi kunda juda ommalashib bormoqda. Tadqiqot ishida Adobe After Effects imkoniyatlari, uning interfeysi, instrumentlar paneli, palitralar oynasi batafsil bayon etilgan.

Tadqiqotning asosiy maqsad va vazifalarini amalga oshirish uchun amaliy mashg‘ulotlar tayyorlangan va tayyorlanish ketma-ketligi algoritmik tarzda keltirilgan. “Olovli qag‘oz”,  “Qulayotgan xarflar”, “Oppoq qor” effektlari dasturning standart imkoniyatlaridan foydalanib yaratilgan.

Madaminova Muattarning tadqiqot ishida belgilangan vazifalarni amalga oshira olgan. Men ish bilan tanishib chiqqan holda ushbu ishni tugallangan tadqiqot deb hisoblayman. Bajarilgan va tadqiq etilgan ishlarni e’tiborga olib bu ishga ijobiy taqriz bera olaman.

Ushbu “Adobe After Effects bo‘limini o‘qitishda tajriba mashg‘ulotlar uchun o‘quv metodik resurslar tayyorlash metodikasi” nomli tadqiqot ishini bakalavr bitiruv malakaviy ish talablariga mos kelishini hisobga olgan holda, Davlat Attestatsiya xay’ati muhokamasiga qo‘yishga loyiq deb hisoblayman.

 

AndMI f.m.n. dotsyent                                       M.Mirzayeva


 

ADU fizika matematika fakulteti kasb- ta’limi (Informatika o’qitish metodikasi) yo‘nalishi bakalavr akademik darajasini oluvchi

ADU fizika matematika fakulteti kasb- ta’limi (Informatika o’qitish metodikasi) yo‘nalishi bakalavr akademik darajasini oluvchi

Adobe After Effects dasturida zamonaviy videomontaj ishlari, turli chiroyli effektlar yaratish, elektron darsliklar elementlarini yaratish bugungi kunda juda ommalashib bormoqda

Adobe After Effects dasturida zamonaviy videomontaj ishlari, turli chiroyli effektlar yaratish, elektron darsliklar elementlarini yaratish bugungi kunda juda ommalashib bormoqda
Материалы на данной страницы взяты из открытых истончиков либо размещены пользователем в соответствии с договором-офертой сайта. Вы можете сообщить о нарушении.
16.12.2021