3-Adobe Flash vositasida kompyuter
Оценка 5

3-Adobe Flash vositasida kompyuter

Оценка 5
docx
16.12.2021
3-Adobe Flash vositasida kompyuter
3-Adobe Flash vositasida kompyuter.docx

ADU fizika matematika fakulteti kasb- ta’limi (Informatika o’qitish metodikasi) yo‘nalishi bakalavr akademik darajasini oluvchi Muminova Muazzamrning Adobe Flash vositasida kompyuter multimediyali animatsiyalar yaratish texnologiyasi mavzusidagi bitiruv malakaviy ishiga 

 

 

Taqriz

 

Muminova Muazzamrning “Adobe Flash vositasida kompyuter multimediyali animatsiyalar yaratish texnologiyasi” mavzusida  tayyorlangan bitiruv malakaviy ishi dolzarbligi, muammolari ishning kirish qismida atroflicha asoslab berilgan.

Bugungi kunda ta’lim tizimida AKT vositalarisiz o‘qitishni tasavvur etish qiyin bo‘lib qoldi. Buning sabablaridan biri o‘quv materiallar xajmi kattaligi, ularni ko‘rib, eshitib bajarish orqaligina tushunish mumkinligidir. Bu kabi o‘quv materiallar tayyorlash, animatsion effektlar, animatsiya elementlarini yaratish bugungi kunda ommaviylashib bormoqda. Shu maqsadni amalga oshirish uchun turli dasturiy vositalardan foydalanilmoqda. Shulardan biri animatsion elementlar yaratish vositasi bo‘lgan Adobe Flash  dasturidir. Ushbu tadqiqot ishi Adobe Flash   dasturi yordamida animatsion elementlar va interaktiv vositalar yaratishga bag‘ishlangan.

Tadqiqotning birinchi bobida multimediya tushunchasi, interfoallikda ularning ahamiyati, multimediya mahsuloti, ta’lim tizimida multimediya vositalarining paydo bo‘lish tarixlari, ularni ta’lim sohasiga olish kirish orqali qanday afzalliklarga erishish mumkinligi to‘g‘risida ilmiy bayon etib berilgan. Shuningdek ushbu bobda  multimediyali mahsulotlarga ishlov berishda interaktiv texnologiyalar, nointeraktiv texnologiyalar tushunchalari keltirib o‘tilgan. Distant tizimda o‘qitishni tashkil etish uchun interaktiv, multimediyali, animatsion effektlar, vizual o‘quv materiallar tayyorlash juda muhim hisoblanadi. Shuning uchun bu elementlarni amalga oshirish uchun dasturiy vositalar imkoniyatlarini o‘zlashtirish, amaliy tadbiq etish juda ham zarurdir.

Yuqoridagi ishlarni amalga oshirish uchun ADOBE FLASH  CS4  dasturi tadqiqotning asosiy maqsadi qilib olingan. Maqsad va vazifalarni amalga oshirish 2 bobda ilmiy ishlar olib borilgan. Ikkinchi bob dasturning eng muhim elementlaridan biri bo‘lgan vaqt shkalasi to‘g‘risidagi bilimlarni bayon etish bilan boshlangan. Keyingi jarayonlarda kadrli animatsiya, ko‘psloyli rejim, bir nechta kadrlarni teng taxrirlash, turli geometirik figuralarga animatsion effektlar berish, animatsion yo‘l yaratish, forma animatsiya kabia asosiy tushunchalar amaliy misollar bilan yoritib berilgan.

Adibe Flash dasturida eng muhim elementlardan biri bo‘lgan simvol tushunchasidir. Ular uch xil turda bo‘lib, Grafika, Fragment rolika, Knopka deb nomlanadi. Tadqiqot ishida bu simvollar to‘g‘risida ishlar, ular ekzempyalrini ssenada nomlangan xolda ishlatilishi, skrip kod yozishda ushbu nomlar ishlatilishi bayon etib berilgan. Dasturdagi har bir instrument misollar yordamida tushuntirib berilgan.

Action Script 3.0 asoslari paragrafida ushbu kodlar qanday yozilishi,  o‘zgaruvchilar, funksiyalar, xodisalar (sobitie) keng va tushunarli qilib bayon etib berilgan. ADOBE FLASH  CS4 dasturi yordamida interaktiv elementlar yaratish, veb sayt yaratish, qanday skript kodlar yozilishi ilmiy tadqiq etilgan.

Men Muminova Muazzamrning “Adobe Flash vositasida kompyuter multimediyali animatsiyalar yaratish texnologiyasi” mavzusidagi ishni tugallangan hisoblab, ijobiy taqriz bera olaman, va davlat attestatsiya ximoyasiga loyiq deb hisoblayman.

AndMI f.m.n. dotsyent                                       M.Mirzayeva


 

ADU fizika matematika fakulteti kasb- ta’limi (Informatika o’qitish metodikasi) yo‘nalishi bakalavr akademik darajasini oluvchi

ADU fizika matematika fakulteti kasb- ta’limi (Informatika o’qitish metodikasi) yo‘nalishi bakalavr akademik darajasini oluvchi

Yuqoridagi ishlarni amalga oshirish uchun

Yuqoridagi ishlarni amalga oshirish uchun
Материалы на данной страницы взяты из открытых истончиков либо размещены пользователем в соответствии с договором-офертой сайта. Вы можете сообщить о нарушении.
16.12.2021