ADU fizika matematika fakulteti kasb- ta’limi (Informatika o’qitish metodikasi) yo‘nalishi bakalavr akademik darajasini oluvchi Raximova Kumushoyning “Axborot resurslarini antivirus dasturlari yordamida himoyalash usullari” mavzusidagi bitiruv malakaviy ishiga
Taqriz
Bugungi kunda personal kompyuterlarni ommaviy qo‘llanishi, afsuski ularga bog‘liq ravishda o‘z-o‘zini ishlab chiquvchi, ko‘paytiruvchi virus-dasturlar paydo bo‘lmoqda. Ular kompyuter xotirasidagi axborotlarga ziyon yetkazadigan, disk fayllar strukturasini buzadigan, ishlayotgan kompyuterlarga to‘sqinlik qiladigan xolatlarga keltirib qo‘ymoqdalar.
Ommaviy axborot vositalarida kompyuter bezorilarining turli tuman qaroqchilik xiyla-nayranglari to‘g‘risida, o‘ta zamonaviy o‘zini-o‘zi ko‘paytiradigan dasturlar paydo bo‘layotgani to‘g‘risidagi xabarlar tez tez paydo bo‘lib bormoqda. Ko‘plab davlatlarda kompyuter jinoyatlari bilan kurash va viruslardan ximoyalovchi dasturiy vositalar ishlab chiqish to‘g‘risidagi qonunlar qabul qilinishiga qaramay yangidan yangi kompyuter virus dasturlari doimiy ravishda o‘sib bormoqda.
Bugungi kunda barcha ishlar kompyuter texnologiyalarida olib borilgani uchun unga oid muammolar va topshiriqlar ko‘payib, kengayib bormoqda. Shulardan eng muhim va jiddiy tus olgan soha bu axborotlarni ximoyalashdir. Bu ximoyalash asosan viruslardan ximoyalanish va qanday chora tadbirlar ko‘rish mumkinligidir.
Ushbu bitiruv tadqiqot ishi kompyuter virus tushunchasi, kompyuter virus turlari, zararlash oqibatlariga ko‘ra tiplarga bo‘linishi va ulardan ximoyalanish uchun yaratilgan antivirus dasturlari to‘g‘risida tadqiqot ishlari olib borilgan.
Tadqiqot ishining kirish qismida mavzuning dolzarbligi, maqsadi va vazifalari, metodlari, amaliy ahamiyati, tarkibi to‘g‘risida bayon etilgan.
Kompyuter virusi maxsus yozilgan dastur bo‘lib, turli buzg‘unchilik, mablag‘ topish maqsadlarida yaratiladi. Virus tushgan fayllar zararlangan fayllar sifatida e’tirof etiladi.
Tadqiqot ishida virus turlari, zararlash usuliga ko‘ra tiplari to‘g‘risida batafsil bayon etilgan. Shuningdek bugungi kunda ommaviy bo‘lgan ESET NOD32 Smart Security dasturini o‘rnatish, uni qaysi manbadan ko‘chirib olish, qanday parametrlarni sozlash to‘g‘risida ilmiy bayon etib bergan.
Raximova Kumushoy tadqiqot ishida belgilangan vazifalarni amalga oshira olgan. Men ish bilan tanishib chiqqan holda ushbu ishni tugallangan tadqiqot deb hisoblayman. Bajarilgan va tadqiq etilgan ishlarni e’tiborga olib bu ishga ijobiy taqriz bera olaman.
Ushbu “Axborot resurslarini antivirus dasturlari yordamida himoyalash usullari” nomli tadqiqot ishini bakalavr bitiruv malakaviy ish talablariga mos kelishini hisobga olgan holda, Davlat Attestatsiya xay’ati muhokamasiga qo‘yishga loyiq deb hisoblayman.
AndMI f.m.n. dotsyent M.Mirzayeva
© ООО «Знанио»
С вами с 2009 года.