5-Internet saytlari uchun reklama bannerlar
Оценка 4.9

5-Internet saytlari uchun reklama bannerlar

Оценка 4.9
docx
16.12.2021
5-Internet saytlari uchun reklama bannerlar
5-Internet saytlari uchun reklama bannerlar.docx

ADU fizika matematika fakulteti kasb- ta’limi (Informatika o’qitish metodikasi) yo‘nalishi bakalavr akademik darajasini oluvchi Raxmonberdiyeva Dilafruzning “Internet saytlari uchun reklama bannerlari tayyorlashda adobe flash dasturidan foydalanish” mavzusidagi bitiruv malakaviy ishiga 

 

 

Taqriz

 

Barcha tashkilotlar, davlat korxonalari, shaxsiy saytlar kundan kunga ko‘payib bormoqda. Shu bilan birga veb saytlarga oid bilimlar, dasturiy vositalar, undagi elementlar, reklama va reklama bannerlari ham rivojlanib bormoqda. Bugun ko‘plab foydalanuvchilar veb sayt yaratish, bloklar yaratishni juda yaxshi biladilar, biroq undagi elementlar, reklama bannerlar, animatsion reklamalar tayyorlashni esa hamma ham bilmasligi mumkin. Ushbu tadqiqot ishi animatsion reklama bannerlar yaratishga bag‘ishlagan.

Tadqiqotning kirish qismida uning dolzarbligi, maqsadi, vazifalari, amaliy ahamiyati ilmiy bayon etib berilgan. 

Tadqiqot ishining birinchi bobi Internet va flash texnologiyalar deb nomlangan. Internet to‘g‘risida, uning texnik talablari, strukturasi to‘g‘risida qisqa ma’lumotlar berilgan. Flash texnologiya yangi texnologiyalardan bo‘lib deyarli barcha dasturiy mahsulotlarning elementlarini yaratishning asosiy vositasi hisoblanadi. Birinchi paragrafda flesh texnologiyaning yutuqlari, afzalliklari, paydo bo‘lish tarixi, Adobe firmasi to‘g‘risida ma’lumotlar keltirilgan. Adobe Flash dasturida simvol tushunchasi bo‘lib, unda ishlash, uning turlarini bilish zarur bo‘ladi. Tadqiqot ishida simvollarning turlari ularni qanday tayyorlash, nomlash amaliy misollar bilan tushuntirib o‘tilgan.

Bitiruv malaka ishiga qo‘yilgan maqsad va vazifalarni amalga oshirish uchun   ikkinchi bobda asosiy ishlar amalga oshirilgan. Animatsion reklama banner sifatida avtosaytlar uchun animatsion interaktiv reklama banner tayyorlash ko‘rib chiqilgan. Unda birinchi bosqichda reklama chizmalari tayyorlanadi. Keyingi bosqichda esa ssena elementlarini chizish amalga oshiriladi. Undan so‘ng reklama banner uchun logotip tayyorlanadi va ssenaga qo‘yiladi.

Shuningdek ishni davom ettirib “Ishonchli xosting” reklama banneri, Aleo Flash Intro Banner Maker dasturida reklamalar tayyorlangan va tadqiqot ishiga elektron ilova qilingan.

Ushbu Internet saytlari uchun reklama bannerlari tayyorlashda adobe flash dasturidan foydalanish nomli tadqiqot ishini bakalavr bitiruv malakaviy ish talablariga mos kelishini hisobga olgan holda, Davlat Attestatsiya xay’ati muhokamasiga qo‘yishga loyiq deb hisoblayman.

 

AndMI f.m.n. dotsyent                                       M.Mirzayeva


 

ADU fizika matematika fakulteti kasb- ta’limi (Informatika o’qitish metodikasi) yo‘nalishi bakalavr akademik darajasini oluvchi

ADU fizika matematika fakulteti kasb- ta’limi (Informatika o’qitish metodikasi) yo‘nalishi bakalavr akademik darajasini oluvchi

Unda birinchi bosqichda reklama chizmalari tayyorlanadi

Unda birinchi bosqichda reklama chizmalari tayyorlanadi
Материалы на данной страницы взяты из открытых истончиков либо размещены пользователем в соответствии с договором-офертой сайта. Вы можете сообщить о нарушении.
16.12.2021