OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
XALQ TA`LIMI VAZIRLIGI
NAMANGAN VILOYAT XALQ
TA`LIMI BOSHQARMASI
KOSONSOY TUMAN XALQ TALIMI
MUASSASALARI FAOLIYATINI METODIK
TA’MINLASH VA TASHKIL ETISH BOʻLIMI
Kosonsoy tuman 18-sonli umumiy oʻrta ta’lim
maktabi tarix fani oʻqituvchisi
MAMAJONOVA ZULFIYANING
5-sinf Tarixdan hikoyalar fanidan
QADIMGI DUNYONING YETTI MO‘JIZASI
mavzusidagi
![]() |
NAMANGAN
– 2014-2015
Ushbu dars ishlanmasi umumiy oʻrta ta’lim maktablari tarix fani oʻqituvchilari uchun moʻljallangan boʻlib, unda muallifning yangi innovatsion usullar asosida dars oʻtish tajribasi aniq yoʻl – yoʻriqlar va dalillar asosida koʻrsatib berilgan. Undan tarix fani oʻqituvchilari ijodiy foydalanishlari mumkin.
Tuzuvchi: Z.Mamajonova – Kosonsoy tuman 18-umumiy oʻrta ta’lim maktabi tarix fani o`qituvchisi.
Taqrizchi: ___________________________________________________________
___________________________________________________________
___________________________________________________________
___________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________
Mavzu: QADIMGI DUNYONING YETTI MO‘JIZASI
Darsning maqsadi:
a) Ta’limiy maqsad: o‘quvchilarga qadimgi dunyo odamlarini hayratga slogan inshootlardan yettitasi, yeti mo‘jizasi haqida ma’lumot berish.
b) Tarbiyaviy maqsad: O‘quvchilarga tarixiy obidalar, ularni tarbiyaviy ahamiyatini anglatish, ularga nisbatan chuqur hurmatda bo‘lishni o‘rgatish
c) Rivojlantiruvchi maqsad: Qadimgi dunyoda insonlarning mehnati, yaratuvchanligi, mo‘jizalar yaratganligini tushuntirib berish.
Dars turi: Yangi bilimlarni o‘rganish
Dars usuli: Noan’anaviy, savol-javob
Dars jihozi: Darslik, bolalar ensiklopediyasi, darsga oid rasmlar, testlar
Darsninng borishi
1. Tashkiliy qism
2. Takrorlash
3. Yangi mavzu bayoni
4. Mavzuni mustahkamlash
5. Baholash
6. Uyga vazifa
1. Tashkiliy qism.
Salomlashib, davomat aniqlanadi
2. Takrorlash.
O‘quvchilar bilan o‘tilgan mavzu yuzasidan savol-javob o‘tkaziladi.
1. Davomat nima?
2. Jamiyatni nima uchun qonunsiz boshqarib bo‘lmaydi?
3. Fir’avnlar kim?
4. Xitoyda nimalar yaratilgan?
5. Hindistonda nimalar kashf etilgan?
3. Yangi mavzu bayoni.
Mavzu: Qadimgi dunyoning yetti mo‘jizasi
Reja:
1. Yetti mo‘jiza haqida
2. Misr ehromlari
3. Semiramida osma bog‘lari
4. Olimp xudosi Zevs haykali
5. Mabuda artemida ibodatxonasi
6. Quyosh xudosi Gelios haykali
7. Aleksandr mayog‘i
8. Galikarnas maqbarasi
Qadimgi Misrliklar O’rta dengiz atrofidagi mamlakatlarda bunyod etilgan va o’z salobati, go’zalligi bilan o’sha zamon odamlarini xayratga slogan inshoatlardan yettitasini “Qadimgi dunyoning yeti mo’jizasi deb ataganlar”. Ular haqida yozma malumotlar ham qoldirganlar.
Misr ehromlari.
Qadimgi Misrda vafot etgan firavn jasadi uchun avval
mahsus “uy”- tobut yasalgan bunday uy sarkofag deb atalgan. Firavnning
mumyolangan jasadi unga solingan. Keyin bu sarkofag doimiy
turar joyga – toshdan qo’yilgan maqbaraga qo’yilgan. Ana shunday maqbaralar
ehromlar deb atalgan. Misr firavnlari hayotligi paytlaridayoq o’zlariga katta
toshlardan piramida shaklida ehromlar qurdirib qo’yganlar. Dastlabki ehromni
memor Imonhateb loyihalashtirgan.
Kitoblarda yozilishicha ehromlarning eng ulkanini firavn Xeopis qurdirgan uning balandligi 146.5 m., poydevorining to’rt tomoni esa 233 m bo’lgan. Xeops ehromini qurish uchun 2 million 300 mingta tosh sarflangan eng kichik toshning og’irligi 2.5 tonna bo’lgan. Ehrom toshlariga shunday ishlov berilganki birining ustiga ikkinchisi qo’yilganda ular juda ham zij yopishib turgan.
Semiramida osma bog’lari.
Mil.avvalgi VII
asrda yashab o’tgan yangi Bobil davlati hukumdori - malika Semiramida Bobil
shahrida tarixga “Semiramida osma bog’lari” nomi bilan kirgan bog’ bunyod
ettirgan. Bog’ to’rt qavatli saroy shaklida bunyod etilgan. “Osma bog’” supaga
o’xshash qilib qurilgan. Bu supalarni ustunlar ko’tarib turgan. Supalar ustiga
tuproqlar tashlanib unga rang – barang gullar har-xil ko’chatlar o’tqazilgan.
Har bir qavatdagi bog’ga zinopoyalar orqali chiqilgan. Tepadan pastga oqayotgan
oqayotgan suv salqini haqiqiy mo’jiza edi.
Olimp
xudosi Zevs haykali.
Qadimgi greklarning dini ko’p xudolik bo’lgan. Afsonalarga ko’ra xudolar olimp tog’ida yashaganlar. Zevs xudolarning oliysi, xudolar va odamlarning “otasi” hisoblangan. Uning nomi “Yorug’ osmon” degan manoni anglatgan. Qudratli Zevs sharafiga greklar yilda bir marotaba mashhur sport musobaqalari –olipiyada o’yinlarini o’tkazganlar.
Greklar Zevsga atab ibodatxona va haykal bunyod etganlar. Xudolar podshosi Zevs tahtga o’tirgan holda tasvirlangan. O’ng qo’lida-mabuda Nikaning haykali, chap qo’lida hokimiyat ramzi hisoblangan muqaddas burgut o’rnatilgan podisholik hassasi, oltin libosga burkangan, tanasi fil suyagidan tarashlangan, ko’zlari qimmatbaho toshlardan yasalgan. Zevs haykalining balandligi 12 m bo’lgan.
Haykal shu darajada mahorat bilan ishlanganki uni tomosha qilgan kishining turmush tashvishlari g’am-g’ussalari tarqalib ketgan. Taxtga o’tirgan Zevs haykalini mashhur haykaltarosh Fidiy yaratgan.
Mabuda Artemida ibodatxonasi.
Mabuda Artemida sharafiga Efes shahrida ko’rganlarni lol qoldiradigan ibodatxona qurilgan afsonalarga ko’ra artemida Zevsning qizi bo’lgan. U hosildorlik, ov va oy mabudasi edi. Ayni paytda hayvonlar homiysi shuninmgdek ayollar madadkori ham hisoblangan. Artemida ibodatxonasining tomini qoyatoshlardan ishlangan 18 m ustunlar suyab turgan. Ibodatxona ichiga grek rassomlarining ajoyib asarlari joylashtirilgan.
Quyosh
xudosi Gelios haykali.
Milloddan avvalgi 304-yilda Rodos aholisi shaharning bir yillik qamaldan halos bo’lganligi sharafiga shahar homiysi quyosh xudosi Geliosning haykalini yaratishga qaror qilgan. Haykalning bo’yi 35 m bo’lgan. Uni haykaltarosh Xeres 12-yil davomida bunyod etgan. Haykalda quyosh xudosi Geliosning boshi quyoshga tegib turgandek tasvirlangan.
Aleksandr mayog’i.
Miloddan
avvalgi 283-yilda Misr sohillaridan uzoq bo’lmagan Foros orolida o’sha
zamonning ajoyib mo’jizasi Aleksandr mayog’i bunyod etilgan.
Mayoq kemalarning Aleksandriya shahri bandargohiga kirish havfsizligini taminlashga xizmat qilgan. Mayoqning balandligi 120 m bo’lgan. Uning eng yuqori qismi gumbaz bilan qoplangan. Gumbazning ustiga “dengiz xudosi Poseydonning yetti metrli haykali” o’rnatilgan. Gumbazni sayqallangan granit ustunlar ushlab turgan.
Uning ustki qismida mayoq olovi yonib turgan va kechalari dengizchilarga uzoqdan ko’rinib turgan. Mayoq atrofni kuzatish nuqtasi vazifasini ham bajargan.
Mayoq 1500 yildan
ortiq vaqt hizmat qilgan.
Galikarnas maqbarasi.
Qadimgi Gretsiyada Kariy podisholigi bo’lgan. Uning poytaxti Galikarnas shahri edi. U nihoyatda boy va go’zal shahar bo’lgan. Galikarnas maqbarasini mil.av. 353-yilda vafot etgan podisho Mavsol qurdirgan. Bu bino ham maqbara ham ibodatxona vazifasini bajargan .
Maqbaraning kengligi 66 m uzunligi 77 m, balandligi esa 46 m bo’lgan.
Hozigi kunda faqat Misr ehromlarigina saqlanib qolgan.
4. Mavzuni mustahkamlash
O‘qituvchi sinf o‘quvchilarini 7 guruhga bo‘lib, har bir guruhga bittadan mo‘jiza haqida ma’lumot berishni vazifa qilib beradi.
Tayyor bo‘lgan guruh ma’lumotlarini aytib berish kerak.
Guruhlar ichida eng to‘liq ma’lumot bergan guruh g‘olib bo‘ladi. Yakka holda eng ko‘p ma’lumot bera olgan o‘quvchilar baholanadi.
Shundan so‘ng yangi mavzuga oid kichik test olinadi.
Quyidagi testdan foydalanish mumkin?
1. Qadimgi Misrda eng katta ehromni kim qurdirgan?
A) Memfis B) Xufu C) Xeops D) Menkaura
2. Semiramida osma bog‘lar qaysi shaharda bunyod etilgan?
A) Rodos B) Aleksandr C) Misr D) Bobil
3. Afsonalarga ko‘ra Artemida qaysi xudoning qizi bo‘lgan?
A) Poseydon B) Zevs C) Afina D) Gipnoz
4. Zevs haykalining balandligi qancha?
A) 12 m B) 13 m C) 14 m D) 15 m
5. Qadimgi dunyoning yeti mo‘jizasidan bizgacha qaysi biri yetib kelgan?
A) Galikarnas maqbarasi B) Misr ehromlari
C) Aleksandr mayog‘i D) Gelios haykali
5. Baholash.
O‘qituvchi o‘quvchilarni darsda qatnashgan ishtirokiga qarab baholaydi.
6. Uyga vazifa.
Mavzuni o‘qish va beshtadan test tuzish
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Karimov I.A. “Oʻzbekiston mustaqillikka erishish ostonasida”. – T., “Oʻzbekiston”, 2011.
2. Karimov I.A.“Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch”. – T.: “Ma’naviyat”, 2008.
3. Tarixdan hikoyalar, 5-sinf darsligi. – T.: Oʻqituvchi, 2011.
4. XTVning “Dars Muqaddas” metodik tavsiyasi, - T.: 2011 yil 15 oktabr.
5. Mavlonov H., Uluqov N., Boynazarov F. Yangi pedagogik texnologiya asoslari (Interfaol darslar). – T.: Falsafa va huquq instituti nashriyoti, 2007.
6. Talim texnologiyalari. Ilmiy-uslubiy jurnal, 1-son, 2013 yil.
![]() |
Материалы на данной страницы взяты из открытых источников либо размещены пользователем в соответствии с договором-офертой сайта. Вы можете сообщить о нарушении.