ADU fizika matematika fakulteti kasb- ta’limi (Informatika o’qitish metodikasi) yo‘nalishi bakalavr akademik darajasini oluvchi Valiyeva Azizaning “Ta’lim jarayonida elektron darsliklarni qo‘llash va tayyorlash metodikasi” mavzusidagi bitiruv malakaviy ishiga
Taqriz
O‘quv kurslarini tashkil qilish va yaratish, elektron o‘quv vositalarini qo‘llash bilan Internet bazasi asosida amalga oshirilmoqda. Internet texnologiya shunchaki oddiy va sodda texnologiya emas, balki alohida metodik vazifa hisoblanadi. Shunga qaramasdan kompyuterli o‘quv-metodik materiallar industriyasi ijtimoiy ahamiyati va ularga talab kuchliligi asosida kengayib bormoqda. Masalan, kompyuter vositasida o‘qitish individual ishlashda, mustaqil o‘rganishda juda foydali bo‘lish bilan birga ular shaxs rivojlanishida juda muhim ahamiyat kasb etadi.
Tadqiqot ishida e’tirof etilicha ta’lim tizimida elektron darsliklarni qo‘llash mustaqil o‘rganish manbasi sifatida ekanligi uqtiriladi. BMIning birinichi paragrafida ta’lim jarayonida elektron darsliklarni qo‘llash asoslari, qanday qilib loyihalash usullari bayon etib berilgan. Mustaqil ta’lim olish va ta’lim berish bugungi kunda ommalashib bormoqda. Shu vositalardan biri elektron darsliklarni qo‘llashdir. Shuning uchun elektron darslik yaratishdan oldin uning maqsadi aniq va ravshan qilib olinadi. Shular to‘g‘risida tadqiqot ishida ilmiy asoslab berilgan.
Tadqiqotning ikkinchi bobida elektron darsliklarni tayyorlash, qanday tayyorlanishi va sodda, qulay bo‘lgan TurboSite dasturiga bag‘ishlangan. TurboSite dasturining qulayliklari, afzalliklari, bloklar va sahifalar yaratish jarayonlari sodda va rasmlar bilan bayon etilgan. Shuningdek web sahifaga rasm, videolar qo‘yish, giperssыlkalar qo‘yish, testlar qo‘shish, teskari aloqani tashkil etish kabilar keltirilgan.
Tadqiqot ishi maqsad va vazifalarini bajarish nuqtai nazaridan tadqiqot ishida TurboSite dasturida elektron darslik qilishga erishilgan. Bu elektron darslik tadqiqot ishida elektron variantda ilova qilingan.
Valiyeva Aziza tadqiqot ishida belgilangan vazifalarni amalga oshira olgan. Ish bilan tanishib chiqqan holda ushbu “Ta’lim jarayonida elektron darsliklarni qo‘llash va tayyorlash metodikasi” bitiruv malaka ishni tugallangan tadqiqot deb hisoblayman. Bajarilgan va tadqiq etilgan ishlarni e’tiborga olib bu ishga ijobiy taqriz bera olaman.
Ushbu “Ta’lim jarayonida elektron darsliklarni qo‘llash va tayyorlash metodikasi” nomli tadqiqot ishini bakalavr bitiruv malakaviy ish talablariga mos kelishini hisobga olgan holda, Davlat Attestatsiya xay’ati muhokamasiga qo‘yishga loyiq deb hisoblayman.
AndMI f.m.n. dotsyent M.Mirzayeva
© ООО «Знанио»
С вами с 2009 года.