Adabiyot o‘qituvchisining kreativ kompitentlik faoliyati
G. N. Eshchanova
Nizomiy nomidagi TDPU
“Maktabgacha ta’lim pedagogikasi
va psixologiyasi kafedrasi,dotsenti,p.f.n
Jamiyatimizning ijtimoiy taraqqiyoti va uni harakatga keltiruvchi shaxs tarbiyasi, uning yo‘nalishi va mazmuni, jamiyat – shaxs vobastalagi pedagogika fanining asosiy masalasidir. Zero, jamiyatning iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va madaniy barqarorligi bevosita jamiyat fuqarolarining ma’naviy-axloqiy, intellektual va kasbiy salohiyatiga bog’liqdir. Chunki, yuksak ma’naviyaqtga ega, axloqiy barkamol va kasbiy kompitentlikka ega shaxsda vatanparvarlik, millatparvarlik tuyg‘ulari bilan birga, o‘z kasbi bilan g‘uriurlanish tuyg’usi yuqori bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti 2016 yil 13 maydagi “Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universtitetini tashkil etish to‘g‘risida”gi farmoni ta’lim tizimida faoliyat olib borayotgan professor–o‘qituvchilar, metodistlar, soha vakillari oldiga “Zamonaviy ta’lim texnologiyalarini chuqur o‘zlashtirgan, davr talabiga javob beradigan yuksak malakali ilmiy va pedagogik kadrlarni tayyorlash, umumta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida o‘zbek tili va adabiyoti fanini o‘qitishning yangi va samarali metodlari bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borish, ilg‘or pedagogik texnologiyalarni keng joriy etish” borasida yanada ulkan vazifalarni qo‘ydi.
Anashu ulkan vazifalarni bajarish uchun pedagog - o‘qituvchilarning kreativ kompitentligini oshirish orqali erishish mumkin.
Bugungi globallashuv va integratsiya jarayoni kuchayib borayotgan davrda chetdan kutilayotgan mafkuraviy tahdid hamda ma’naviy inqirozlardan millatimiz ertasi bo‘lmish yosh avlodni himoya eta olishimiz uchun avvalo ta’lim tizimida yuksak professional mahoratga ega bo‘lgan intellektual, ijodkor kadrlar avlodini shakllantirish, mutaxassislarning shaxsiy va kasbiy tayyorgarligini takomillashtirish, ta’lim tizimida kreativ kompetentlikni takomillashtirish texnologiyalarini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish zarur.
Keling buni yaxshisi adabiy ta’lim misolida tadqiq qilishga harakat qilib ko‘ramiz. Ma’lumki, o‘quvchilarda badiiy asarni anglash va tushunish kompetentligini takomillashtirish texnologiyalari va ularni amaliyotga tatbiq etish mexanizmlarini ishlab chiqishni ilmiy-nazariy, pedagogik asoslari soha pedagoglari tomonidan to‘plangan ilmiy tajribalar bilan birga bevosita ajdodlarimizdan meros qolgan madaniy, ma’naviy obidalar, jumladan, adabiy asarlar biz murojaat etadigan, faoliyatimizda suyanadigan asosiy manba bo‘lib xizmat qiladi va yosh avlodni milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida munosib tarbiyalash, ta’lim-tarbiya tizimini rivojlantirish, uzluksiz ta’lim tizimida yuqori malakali kadrlarni tayyorlash muammolarini tadqiq etishda tayanch manba vazifasini o‘taydi.
Adabiy ta’limga innovatsion yondashuv o‘quvchini o‘qitish kerak emas, uni o‘zi o‘qiydigan holatga olib kelish lozimligini ta’minlaydi. Toki, o‘quvchining o‘zi badiiy asarni o‘qib tahlil qilmas, asar voqealariga o‘z munosabatini bildira olmas ekan, adabiy ta’limda yutuqqa erishib bo‘lmaydi. Bunga erishish uchun esa, adabiy ta’limda faoliyat yuritayotgan pedagoglar kreativ kompitentligini yanada rivojlantirish; didaktik vositalar jumboqli xarakterga ega bo‘lgan, o‘quvchilarni o‘ylanishga, izlanishga, sinab ko‘rishga da’vat qiladigan tarzda tuzilgan bo‘lishi maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Kundan-kunga axborotlar oqimi ortib borayotgan zamoda adabiyot fani o‘qituvchisi faqatgina adabiy bilimlar bilangina qurollanib qolmay, anashu bilimlarini o‘quvchilar ongiga qanday singdirish, ularning olgan bilimlarini shaxsiy e’tiqodlariga o‘sib o‘tishiga erishmog‘i uchun innovatsion ta’lim texnologiyalaridan mohirlik bilan foydalana olmog‘i lozim. Aks holda ta’lim harakatsiz tarzda qolib ketishi mumkin.
Shuni unutmaslik kerakki, “maqsad va vazifalarni amalga oshirish uchun adabiy manba va materiallarning o‘zi kamlik qiladi. Bu yerdagi eng asosiy holat o‘qituvchi va o‘quvchi hamkorligiga bog‘liq. Har qanday asarning badiiy tahlili eng zamonaviy texnologiya va usullarga tayansa, shuningdek, pedagogik jarayondagi barcha qatnashchilarning to‘la faolligi ta’minlansagina tegishli samara beradi. Aks holda hech qanday ijobiy natijaga erishish mumkin bo‘lmaydi”[1].
Adabiyot darslarida kreativ ta’lim texnologiyalaridan foydalanishda uning tizimliligi, ilmiyligi, qayta tiklanuvchanligi, qo‘shiluvchanligi, samaradorligi va motivlashganligi, algoritmliligi, axborotliligi kabi jihatlariga e’tibor qaratiladi, bu jihatlar adabiy ta’limning samaradorligini ta’minlash bilan birga o‘quvchilarda mustaqil fikr yuritidh, ijodkorlik, o‘z faoliyatiga tanqidiy yondashish ko‘nikmalarini tarbiyalaydi. Albatta buning uvhun avvalo to‘qituvchining o‘zi mustaqil fikr egasi va ijodkor bo‘lmog‘i talab etiladi. Dars jarayoniga innovatsion yondashuvni, ijodkorlikni talab etadi. Ammo o‘qituvchilarda bu ikki holatni birdek rivojlanmaganligi tufayli “uzluksiz ta’lim tizimida shakllantirilayotgan bilim va ko‘nikmalar hamda jamiyatning ijtimoiy, fan va texnologiyalar taraqqiyoti darajasi qo‘yadigan talablar o‘rtasidagi nomutanosiblik”[2] yuzaga kelmoqda.
Bu hol ayniqsa haligacha darsliklar yetishmayotgan, yoki mukammal bo‘lmagan akademik litseylardagi adabiy ta’lim jarayonida yanada yaqqollroq sezilmoqda. Bu kamchilikni to‘ldirish akademik litsey o‘qituvchilaridan chuqur bilim bilan birga ta’limga ijodiy yondashishni talab etadi.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda shuni alohida ta’kidlash kerakki, agar o‘quvchi badiiy asarni idrok etishi uchun badiiy matnni o‘qishi, unga nisbatan o‘z munosabatini bildirishi zarur, aks holda o‘qituvchi tomonidan qo‘yilgan vazifalarni tushunmaydi hamda qabul qilolmaydi. Bunday paytlarda o‘quvchining majburiyati qiziqish asosida bo‘lmay, balki majburiy, sun’iy tarzda, qolaversa tazyiq ostida sodir bo‘ladi. Natijada o‘quvchi darslik mazmunidagi mavzularni shunchaki ko‘r-ko‘rona o‘rganib, ayrim munosabatlarni o‘rtoqlarining fikrlari yoki, internet ma’lumotlari asopsida bayon etishga majbur bo‘ladi. Bularning oldini olish uchun ta’limda “o‘qituvchi-o‘quvchi ” munosabati “subyekt-subyekt” munosabatlari darajasiga ko‘tarilishi lozim, shundagina o‘quvchida ta’lim jarayoniga va bilim, ko‘nikma va malakalarini egallashga nisbatan befarqlik barham topadi. Zamonaviy ta’lablardan kelib chiqqan holda o‘quvchining shaxsiy, subyektiv tafakkuri rivojiga asoslangan mustaqil, ijodiy fikrini shakllantirish uchun adabiyot fani o‘qituvchisining kasbiy faoliyatini takomillashtirish, uning o‘z sohasiga nisbatan kreativ kompitentligini rivojlantirish dolzarb muammo ekanligini sir emas. Shu o‘rinda kreativlik kategoriyasiga alohida to‘xtalib o‘tishni lozim deb bildik.
Kreativlik - shaxsni rivojlantiruvchi kategoriya sifatida inson ma’naviyatining
ajralmas qismi bo‘ib, shaxsni o‘z-o‘zini rivojlantirish omili, shaxsiy jonbozlikning
asosi, shaxs ega bo‘lgan bilimlarning ko‘pqirrali ekanligida emas, balki yangi
g‘oyalarga intilishda va o‘rnatilgan stereotiplarni yangilik yaratish jarayonini isloh
qilish va o‘zgartirishda, hayotiy muammolarni yechish jarayonida kutilmagan va
noodatiy qarorlar chiqarishda namoyon bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim konsepsiyasida mutaxassis vazifalariquyidagicha belgilangan: “mutaxassis o‘z faoliyati, sohasidan qat`i nazar, ijodiy jamoalarda ishlay olish qobiliyatiga, menejment va marketing sohalarida tayyorgarlikka ega bo‘ishi, yangi texnologiyalarni joriy etishning xo‘jalik, ijtimoiy va madaniy jihatlarini aniq tasavvur qmla olishi kerak”. Ushbu fikrlar o‘qituvchilarga ham bevosita ta’aluqli. O‘zining pedagogik faoliyatiga bolalarni har tomonlama kamol toptirishga doir ijodkorona (kreativ) foydalana bilishni taqozo qilmoqda. Bu o‘rinda adabiyot fani o‘qituvchisi xususida alohida to‘xtalmoq zarur. Chunki adabiyot fani o‘qituvchilari o‘quvchilarningining yosh, individual hamda psixologik xususiyatlarini inobatga olgan holda o‘zlarining pedagogik faoliyatlarini olib borishi talab etiladi. Vaholanki, bola shaxsning shakllanishida muhit, tarbiya, faoliyat bilan bir qatorda insonning ishki kechinmalarini o‘zida mujassam etgan badiiy adabiyotning ham o‘rni beqiyos. Shu nuqtay nazardan aytish joizki, bola shaxsiga ta`sir etauvchi turli xil omillar, albatta, badiiy asar qahramoni ruhiyati, sezgilari, his-hayajonlari, fikr-mulohazalari chizgisida namoyon bo‘ladi. Adabiyot o‘qituvchilarining kreativligi bolalarning psixologik xususiyatlarini bilishda ko‘zga tashlanadi.
Har bir inson o‘ziga xos xilqat, o‘zigagina xos bo‘lgan qiziqish, havas, qobiliyat va istedod, temperamentga eaga. Adabiyot fani esa bevosita anashunday hissiyotlar va tuyg‘ularga ta’sir ko‘rdatishga qodirligi bilan ajralib turadi. Ayrim paytlarda o‘quvchilarda hayotiy tajribaning yetishmasligi, asar tahlilida o‘zining ta’sirini ko‘rsatadi.
Ta`lim jarayonida va kattalarning yordami bilan turmush tajribasining ortishi tufayli o‘quvchilarda badiiy asarni tadqiq qilish, asar voqealari va qahramonlariga munosabat bildirish va badiiy asarni idrok qilish ko‘nikmalari takomillashib, vujudga kelgan savollarga javob topa boradilar. Bundan tashqari, ularning nazariy bilimlari amaliy faoliyatda sinab ko‘rish orqali ham bo‘ib boradi. Endilikda uzoqni ko‘zlagan holda badiiy voqelik va reallikni farqlay boradi. Badiiy tasvirlardagi aniqlik, bo‘rtiqlik, yorqinlik, jozibadorlik o‘quvchida beixtiyor xis-tuyg`ularni junbushga keltiradi natijada hech qanday irodaviy zo‘riqishsiz osongina asarni idrok etadi bunda asar voqealari tasviridagi aniqlik, voqealardagi hayotiylik ixtiyorsiz diqqatning to‘planishi, markazlashuvi va barqarorlashuviga ijobiy ta’sir etadi. Adabiy ta’limda innovatsion texnologiyalardan o‘rinli foydalanish o‘quvchilar faolligini oshirib, materialni mantiqiy jihatdan o‘zlashtirishga, uni tahlil etish va umumiylashtirishlariga imkon yaratadi.
Adabiy ta’limga innovatsion yondashuv ta’lim jarayonida o‘quvchilarining ixtiyoriy, barqaror, mustahkam, kuchli, to‘planuvchan, taqsimlanuvchan, faol, ongli diqqatni rivojlantirishga qulay shart-sharoit yaratadi. Bilim olish uchun mustaqil aqliy mehnat qilish,mustaqil fikr bildiridh asar voqealari tahlilga ijodiy (kreativ) yondashish singari ko‘nikmalarni tarkib toptiradi.
Adabiy ta’lim mohiyatini aks ettiruvchi innovatsiyon texnologiyalarning samarali turlaridan biri muammoli o‘qitish texnologiyasi hisoblanadi. Adaviy ta’lim amaliyotida bu texnologiyadan foydalanish ta’lim oluvchilarda ijodiy izlanish, kichik tadqiqotlarni amalga oshirish, muayyan farazlarni ilgari surish, natijalarni asoslash va ma’lum xulosalarga kelish kabi ko‘nikma va malakalarni shakllantirishga xizmat qiladi. Badiiy asar tahlili jarayonida o‘quvchilarga mumammoli topshiriqlar va mustaqil ishlarni tavsiya etish orqali ularda bilish faolligi va ijodiy layoqat (kompitentlilik) shakllantiriladi.
Muammoli o‘qitishda muammoli vaziyatlarni hal qilish metodi faol qo‘llaniladi. Asar tahlili jarayonida mazkur metoddan foydalanish o‘quvchilarda ruhiy rivojlanishni, ko‘nikma va malakalarini shakllantirishga, ta’minlashiga erishish uchun uning samarali shakl, metod, vosita va yo‘llarini to‘g‘ri tanlay bilish lozim.
Mazkur texnologiyani qo‘llash orqali o‘quvchilarlar badiiy asar mavzusi bilan bog‘liq muammolarni hal qilishda har xil qarashlarni ilgari surish, ularning badiiy-ilmiy asoslanganligini baholash, ilgari surilgan muqobil variantlar orasidan eng maqbulini tanlash malakalarini o‘zlashtiradilar.
Tanlangan muammoning hal qilinishidagi turlicha qarajalardan shu narsa ayon bo‘ladiki, o‘quvchi muammoni hal qilish maqsadida asar matni, uning sujeti, kompozitsiyasi badiiy qimmati yuzasidan o‘zining mustaqil fikrini bayon qiladi, shubhasiz, o‘z qarashlarini bayon qilish va o‘rtoqlari oldida himoya qila olish uchun asar matni bilan tanishadi, asar yuzasidan e’lon qilingan tadqiqotlarni OAB va internetdan izlaydi. Bularning bari o‘quvchini faolllashtirib, unda izlanuvchanlik, tadqiqotchilik, ijodkorlik ko‘nikmalarini kamol toptiradi. Yuqoridagilardan ko‘rinadiki, muammoli ta’lim tenologiyasi adabiy ta’lim jarayonida samarali qo‘llanilishini zаrur bo‘lgan texnologiyalardan biri hisoblanar ekan. Biz yuqorida adabiyot fani o‘qituvchilari kreativ kompitentga ega bo‘lishi lozimligini alohida ta’kidlab o‘tganimiz bejiz emas. Adabiyot o‘qituvchisi asar bilan tanidhib chiqqandan so‘ng uni o‘quvchilar to‘la qonli idrok etishiga erishish maqsadaida badiiy asar voqealari va qahramonlari xarakteriga va hayotiga ta’siri ko‘rsatuvchi aniq tarixiy voqealarni aniqlashi shu ma’lumotlar asosida muammoni o‘rtaga tashlashi lozim. Shunda o‘quvchilarga taqdim etilayotgan muammolar tarixiy-hayotiy voqealar asosiga qurilganligi anglashiladi va muammo yechimini topishga imkon yaratib, kutilgan natijalarni beradi.
Metodist olima Q.Husanboyeva “Adabiyot darslarida o‘quvchilar o‘zlashtirishlari lozim bo‘lgan bilimlarni o‘zlarining kuchi, tafakkuri bilimi, va mehnati bilan o‘zlashtirishlarini ta’minlash maqsadida bolalar oldiga muammo shaklida qo‘yish yo‘li bilan amalga oshiriladigan o‘qitish jarayonini muammoli adabiy ta’lim deb atash mumkin”– deydi.[3]
Badiiy asar tahlil jarayonida muammoli ta’limning samaradorligini ta’minlovchi vosita o‘qituvchining ijodkorligi, ta’lim jarayonida innovatsion texnologiyalarni o‘rinli qo‘llash orqli o‘quvchilarning o‘zaro fikr almashishlarini ta’minlash, nazariy-badiiy bilimlarini boyitish hamda ularni adabiy asarlarni o‘qib-o‘rganish jarayonida qo‘lga kiritayotgan yutuqlar va izlanishlari bilan yaqindan tanishtirish imkoniyatini yaratadi va o‘qituvchining innovatsion faoliyati ta’sirida o‘quvchilarda ham kreativ kompitentlikni kamol toptiradi.
Скачано с www.znanio.ru
[1]Б.Тўхлиев, Б.Саримсоқов. Адабиёт. Академик лицейлар учун ўқув дастури. -Т., 2000, 4- б.
[2] Шарипов Ш. “Ўқувчилар касбий ижодкорлиги узвийлигини таъминлашнинг назарияси ва амалиёти” Педагогика фанлари доктори илмий даражасини олиш учун ёзилган диссертация
автореферати . Т:, 2012. 17-бет
[3] Ҳусанбоева Қ. Адабиёт–маънавият ва мустақил фикр шакллантириш омили.Тошкент. Алишер Навоий номидаги Ўзбекистон Миллий кутубхонаси. 2009.172-бет.
© ООО «Знанио»
С вами с 2009 года.