Maqsadi: Operatsion sistemalar xaqida bilimlari berish, ish stolida amaliy topshiriqlarni bajaria olish ko‘nikmalarini shakllantirish, oyna va nishonlar bilan ishlash olish ko‘nikmalarini berish.
Topshiriqlar:
1. Windows da ishni tamomlash, kompyuterni o‘chirib qayta yoqish (Perezagruzka), kutish rejimiga o‘tish rejimlarini bajaring.
2. Windows da oynani yig‘ish, to‘la - qisman rejimlarga o‘tish, oynani yopish buyruqlarini bajaring.
3. Oynaning nomi qayerda joylashadi?
4. Aktiv va passiv oynalarni tushuntiring va ularni farqlarini ayting.
5. Oynani boshqa joyga ko‘chirish, o‘lchamlarini o‘zgartirish xarakatlarini bajaring.
6. Klaviatura yordamida oynalarni boshqaring (Alt+F4 yopish, Alt + Tab oynalarni almashtirish, Windows+D oynalarni topshiriqlar paneliga yig‘ish).
7. Nima uchun Windows oynasi “Ish stoli” deb nomlanadi.
8. Nishon (yorliq) tushunchasiga ta’rif bering.
9. Ish stolidagi standart nishonlarni ayting va ularning vazifalarni so‘zlab bering.
10. Tez ishga yuklash maydoni ish stolining qayerida joylashgan va foydalanuvchi uchun qanday ahamiyatga ega.
11. Indikatorlar maydoni ish stolining qayerida joylashgan va undagi ro‘yxat kim tomonidan o‘zgartiriladi.
12. Topshiriqlar maydoni ish stolining qayerida joylashgan va unda nima ro‘yxati joylashadi.
13. Oynalarni ochish uchun sichqoncha yordamida qanday ish bajariladi.
14. Oynalarni ochish uchun klaviatura yordamida qanday ish bajariladi.
15. Yangi nishon yarating (master yarlik va sudrash usullarida)
16. Nishon nomini o‘zgartiring.
17. Ish stolidan biror nishonni o‘chiring.
18. O‘chirilgan nishonni “Korzina” nishoni yordamida qayta tiklang.
19. Ish stolidagi biror nishonni “Tez ishga yuklash” maydoniga joylang.
20. “Tez ishga yuklash” maydonidagi keraksiz nishonni olib tashlang.
Скачано с www.znanio.ru
© ООО «Знанио»
С вами с 2009 года.