Астрономия 11
Оценка 4.9

Астрономия 11

Оценка 4.9
Лекции
pptx
астрономия
10 кл—11 кл
10.04.2022
Астрономия 11
2-kurs 9-mavzu.pptx

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TOSHKENT DAVLAT SHARQSHUNOSLIK UNIVERSITETI AKADEMIK LITSEYI

Astronomiya fanidan
2-kurs o’quvchilari uchun
(Nazariy)
DARS ISHLANMA

O’qituvchi: Jurayeva X.T

Mavzu №9. Yer rusumidagi planetalar

Mavzu №9. Yer rusumidagi planetalar

Mavzu №9. Yer rusumidagi planetalar. Merkuriy va Venera. Gigant planetalar, ularning yo’ldoshlari va halqalari

Reja:
Yer va uning tabiiy yo’ldoshi – Oy.
Mars.
Yupiter va Saturn. Saturn halqalari.

O’tilgan mavzu yuzasidan savollar

O’tilgan mavzu yuzasidan savollar

O’tilgan mavzu yuzasidan savollar

Quyosh atmosferasining qaysi qatlami xromosfera deyiladi?
Protuberaneslarning Quyosh dog‘lari bilan bog‘liqligi bormi?
Xromosfera chaqnashlarining quvvatini qanday tasavvur qilasiz?
Quyoshning radionurlanishi, asosan, atmosferasining qaysi qatlamida ro‘y beradi?

Yer va uning tabiiy yo‘ldoshi oy

Yer va uning tabiiy yo‘ldoshi oy

Yer va uning tabiiy yo‘ldoshi oy

Yer Quyoshdan uzoqligi bo‘yicha uchinchi o‘rinda turuvchi planeta bo‘lib, Yer rusumidagi planetalar ichida eng yirigi hisoblanadi. Yer osmonda juda chiroyli ko‘rinish olishini uning Oy sirtidan olingan rasmi to‘la tasdiqlaydi.
Planetamizning ekvatorial radiusi 6378 kilometr. Yer Quyosh atrofidasekundiga 30 kilometr tezlik bilan harakatlanib, 365,24 kunda uning atrofida bir marta to‘la aylanib chiqadi. Planetamizda bir yilda to‘rt faslning kuzatilishi sababi, Yer o‘qining orbita tekisligiga 66,5° og‘maligi bilan tushuntiriladi.

Yerning Oydan turib olingan surati.

Oy – yerning tabiiy yo‘ldoshi

Oy – yerning tabiiy yo‘ldoshi

Oy – yerning tabiiy yo‘ldoshi.

Yerga eng yaqin osmon jismi Oy bo‘lib, u planetamizning tabiiy yo‘ldoshidir . Oyning Yer atrofidagi orbitasi barcha planetalarning Quyosh atrofida aylanish orbitasi kabi ellips ko‘rinishda. Shu tufayli u Yerga eng yaqin kelganda 363 400 kilometr, eng uzoqlashganda (apogeyda) esa 405 400 kilometr masofada bo‘ladi. Oyning diametri 3476 kilometr bo‘lib, uning hajmi Yer hajmining yuzdan ikki qismini tashkil qiladi. Oy massasi Yer massasidan 81 marta kamdir. Oy sirtida tortishish kuchi Yerdagidan 6 marta kam. Uning sirtida erkin tushish tezlanishi 1,63 m/s2. Oyning o‘rtacha zichligi 3,3 g/cm3, ya’ni Yernikidan 1,5 marta kam. Kunduzi tush paytida Oyning ekvatori atrofida temperatura + 120 C°, yarim kechada esa –150 C° ni tashkil qiladi.

Oyda ham pasttekisliklar (dengizlar deb ataladi), tepaliklar, tog‘lar bor

Oyda ham pasttekisliklar (dengizlar deb ataladi), tepaliklar, tog‘lar bor

Oyda ham pasttekisliklar (dengizlar deb ataladi), tepaliklar, tog‘lar bor . Bu obyektlarni birinchi marta G.Galiley 1610-yili o‘zi yasagan teleskopdan Oyni kuzatayotib topgan.
Oydagi tog‘lardan eng yiriklari Alp, Apennin va Kavkaz tog‘laridir. Tog‘- larning balandligi ba’zan 9 kilometrgacha yetadi. Shuningdek, Oyda halqali tog‘lar ko‘plab uchraydi.
1969-yilning iyul oyida AQSHning «Apollon-11» kosmik kemasida ikki astronavt – Armstrong va Oldrin Oyga ilk bor qadam qo‘ydilar . Ular Oy ustida uzoq sayr qilib, Yerga Oy sirti toshlari, tuprog‘i, kristallari bilan qaytdilar. XX asr- ning 60–70-yillarida «Apollon»lar jami bo‘lib Oyga 12 astronavtni muvaffaqiyatli qo‘ndirib, Yer yo‘ldoshining relyefi, fizik tabiatiga tegishli qimmatli ma’lumotlarni qo‘lga kiritdilar.

Oy kraterlari va «dengizlari».

Apollon» kosmik kemasi ekipajining

Apollon» kosmik kemasi ekipajining

«Apollon» kosmik kemasi ekipajining Oy sirtida sayr qilish payti.

Mars Rim afsonasida urush xudosi

Mars Rim afsonasida urush xudosi

Mars

Rim afsonasida urush xudosi Mars nomi bilan yuritiladigan Yer tipi- dagi to‘rtinchi planetaning orbitasi Yer orbitasidan tashqarida yotadi. Uning Quyoshdan o‘rtacha uzoqligi 227,94 million kilometr.
Mars nisbatan kichik planeta, uning diametri 6779 kilometr, massasi esa 6,39 · 1023 kg (Yer massasining 0,107 qismini tashkil qiladi). O‘rtacha zichligi ham Yernikidan ancha kam – 3,94 g/sm3. Erkin tushish tezlanishi – 3,72 m/s2.
Mars o‘zining fizik tabiati jihatidan Quyosh sistemasining planetalari ichida Yerga «qarindosh»ligi bilan ajralib turadi. Mars sutkasi 24 soat 39,5 minutga teng. Uning aylanish o‘qining orbita tekisligiga og‘maligi ham Yernikidan kam farq qilib, 65°12′ ga teng. Biroq Mars yilining uzunligi 686,98 Yer sutkasiga (yoki 669 Mars sutkasiga) teng. Planetaning 35° kengligida kuz faslida, tush paytiga yaqin temperatura –20 °C, kechqurun –40 °C, kechasi esa –70 °C ga boradi. Qish paytida 40° li kenglikda temperatura –50°C dan, 60° li kenglikda esa –80 °C –90 °C dan ortmaydi. Mars sirtining minimal temperaturasi uning qutblarida kuzatilib, u qishda –125 °C dan pastga tushmaydi.

Marsning 20° dan 55° gacha shimoliy kengliklari orasidan joy olgan va qariyb 2000 kilometrga cho‘zilgan

Marsning 20° dan 55° gacha shimoliy kengliklari orasidan joy olgan va qariyb 2000 kilometrga cho‘zilgan

Marsning 20° dan 55° gacha shimoliy kengliklari orasidan joy olgan va qariyb 2000 kilometrga cho‘zilgan Ellada pasttekisligi kraterlardan xoli. Janubiy yarimshardagi boshqa bir yirik maydonli pasttekislik Argir deb yuritiladi.

Yupiter Quyosh sistemasining planetalari ichida eng yirigi hisoblangan

Yupiter Quyosh sistemasining planetalari ichida eng yirigi hisoblangan

Yupiter

Quyosh sistemasining planetalari ichida eng yirigi hisoblangan Yupiter tabiati va tuzilishiga ko‘ra jumboqlarga boyligi bilan astronomlar diqqatini o‘ziga jalb etadi. Yupiterning o‘rtacha radiusi Yer radiusidan qariyb 11 marta katta. Bu ulkan planeta Quyosh atrofida o‘rtacha 778,5 million kilometrli masofada aylanadi. Planetaning Quyosh atrofida aylanish tezligi sekundiga 13 kilometr bo‘lib, 12 yilda bir marta aylanib chiqadi.
Qizig‘i shundaki, Yupiterning o‘z o‘qi atrofida aylanishi Yer tipidagi planetalarnikidan farq qilib, ekvator qismi tezroq – 9 soat 50 minutli davr bilan, turli kenglamalari esa turlicha burchak tezlik bilan aylanadi. Uning massasi Yer massasidan 318 marta og‘irdir. Shuning uchun ham Yupiterning tortishish kuchi Yerdagidan ikki yarim marta ortiq. Bu ulkan planetaga tabiati haligacha jum- boqligini saqlayotgan obyektlar – eni bir necha ming kilometrgacha boradigan uning ekvatorga parallel qora-qizg‘ish tasmalari xosdir

Yupiterning umumiy ko‘rinishi

Yupiterning umumiy ko‘rinishi

Yupiterning umumiy
ko‘rinishi

Yupiter sirtida kuzatiladigan
Katta Qizil Dog‘.

Saturn Saturn kattaligi jihatidan

Saturn Saturn kattaligi jihatidan

Saturn

Saturn kattaligi jihatidan Yupiterdan keyin turadi, uning diametri 120 ming 800 kilometr. Quyoshdan o‘rtacha uzoqligi 9,5 astronomik birlik, ya’ni Quyoshdan 1 milliard 427 million kilometr narida yotadi. Halqali bu planeta orbitasi bo‘ylab sekundiga 9,6 kilometr tezlik bilan uchib, 29 yil 5 oy 16 kun deganda Quyosh atrofini bir marta aylanib chiqadi. Saturnning o‘z o‘qi atrofida aylanishi Yupiterniki kabi turli kengliklarida turlichadir.
Planetaning ekvator tekisligi uning orbita tekisligi bilan 26°45′ burchak hosil qiladi. Saturn atrofida eni 60 ming kilometrgacha, qalinligi 10–15 kilometrgacha yetadigan halqasi borligi bilan boshqa planetalardan keskin farq qiladi

Saturn va uning halqasi Saturnning yo‘ldoshlari (eng yirigi –

Saturn va uning halqasi Saturnning yo‘ldoshlari (eng yirigi –

Saturn va uning halqasi

Saturnning yo‘ldoshlari (eng yirigi – Titan).

Mavzuni mustahkamlash uchun savollar

Mavzuni mustahkamlash uchun savollar

Mavzuni mustahkamlash uchun savollar

Mars qaysi xususiyatlari bilan Yerga yaqin sanaladi?
Marsda kuzatilgan daryo o‘zanlari haqiqiy daryolarmi?
Saturnning halqasi nimalardan tuzilgan?
Saturn qanday avtomatik stansiyalar yordamida o‘rganilgan? Planeta atrofida uning nechta tabiiy yo‘ldoshi aylanadi?
Saturnning eng yirik yo‘ldoshi Titan haqida nimalar bilasiz?

Kichik guruhlarda ishlash 1-guruh

Kichik guruhlarda ishlash 1-guruh

Kichik guruhlarda ishlash

1-guruh

Planetamiz Yer haqida umumiy ma’lumot bering. Yer qanday ichki qat- lamlardan tuzilgan?
Oyning relyefi haqida nimalar bilasiz?

2-guruh

Marsda kuzatilgan daryo o‘zanlari haqiqiy daryolarmi?
Saturnning halqasi nimalardan tuzilgan?

Uyga vazifa Planetamiz Yer haqida umumiy ma’lumot bering

Uyga vazifa Planetamiz Yer haqida umumiy ma’lumot bering

Uyga vazifa

Planetamiz Yer haqida umumiy ma’lumot bering. Yer qanday ichki qatlamlardan tuzilgan?
Oyning relyefi haqida nimalar bilasiz?
Mars qaysi xususiyatlari bilan Yerga yaqin sanaladi?
Marsda kuzatilgan daryo o‘zanlari haqiqiy daryolarmi?
Saturnning halqasi nimalardan tuzilgan?
Saturn qanday avtomatik stansiyalar yordamida o‘rganilgan? Planeta atrofida uning nechta tabiiy yo‘ldoshi aylanadi?
Saturnning eng yirik yo‘ldoshi Titan haqida nimalar bilasiz?

Материалы на данной страницы взяты из открытых истончиков либо размещены пользователем в соответствии с договором-офертой сайта. Вы можете сообщить о нарушении.
10.04.2022