Axborot tizimlari:
Tizm-bu yagona maqsad yo’lida bir vaqtning o;zida ham yaxlit, ham o’zaro bog’langan tarzda faoliyat ko’rsatuvchi tizm osti majmuidir.
Ichki omillar- bu axborotni poydo bo’lish turlari, xosalari, axborot lar bilan turli amallarni bajarish, uni jamlash uzatish, saqlash va h.k.
Tashqi omillar – bu axborot texnologiyasining texnika – uskunaviy vositalari orqali axborot bilan turli vazifalarni amalga oshirishni bildiradi.
Axborot texnologiyalari jamiyat axborot resurslaridan oqilona foydalanishning yeng muhim omillaridan biri bo’lib, hozirgi vaqtga qadar bir necha bosqichlarni bosib o’tdi.
1 – bosqich. XIX asirning 2 – yarmigacha davom yetgan. Bu bosqichda «qo’llik» axborot texnologiyalari taraqqiy yetgan. Uning vositasi pero,siyoxdon, kitob. Kommunikatsiya ya’ni aloqa odamdan – odamga yoki pochta orqali xat vositasida amalga oshirilgan.
2 - bosqich. XIX asirning oxiri, unda «mexanik» texnologiya rivoj topgan. Uning asosiy vositasi yozuv mashinkasi, arifmometr kabilardan iborat.
3 – bosqich. XX asirning boshlariga mansub bo’lib, «yelektromexanik» texnologiyalar bilan farq qiladi. Uning asosiy vositasi sifatida telegraf va telefonlardan foydalanilgan. Bu bosqichda axborot texnologiyasining maqsadi ham o’zgardi. Unda asosiy urg’u axborotni tasvirlash shaklidan uning mazmunini shakllantirishga ko’chiliriladi.
4 – bosqich. XX asir o’rtalariga to’g’ri kelib, «yelektron» texnologiyalar qo’llanilishi bilan belgilanadi. Bu texnologiyaning asosiy vositasi YEXM lar va ularning asosida tashkil yetiladigan avtomatlashtirilgan boshqarish tizimlari va axborot izlash tizimlaridir.
5 – bosqich. XX asirning oxiriga to’g’ri keladi. Bu bosqichda kompyuter texnologiyalari taraqqiy yetdi. Ularning asosiy vositasi turli maqsadlarga mo’ljallangan turli dasturiy vositalarga yega bo’lgan shaxsiy kompyuterlardir. Bu bosqichda kundalik turmush, madaniyat va boshqa sohalarga mo’ljallangan texnik vositalarning o’zgarishi ro’y berdi. Lokal va global kompyuter tarmoqlari ishlatila boshlandi.
XULOSA
Axborot texnologiyalari maʼlumotlarni boshqarish va qayta ishlash texnologiyalaridir. Odatda bu atama ostida kompyuter texnologiyalari tushuniladi. Axborot texnologiyalari sohasida turli axborotni EHM va kompyuter tarmoqlari orqali yigʻish, saqlash, himoyalash, qayta ishlash, uzatish kabi amallar ustida ishlar olib boriladi.
Axborot texnologiyasi asosiy texnik vositalari sifatida hisoblash- tashkiliy texnikadan tashqari aloqa vositalari – telefon, teletayp, telefaks va boshqalar qo’llaniladi.
Axborot texnologiyasi insoniyat taraqqiyotining turli bosqichlarida ham mavjud bo’lgan bo'lsa-da, xozirgi zamon axborotlashgan jamiyatining o'ziga xos xususiyati shundaki, sivilizatsiya tarixida birinchi marta bilimlarga erishish va ishlab chiqarishga sarflanadigan kuch energiya, xomashyo, materiallar va moddiy iste’mol buyumlariga sarflanadigan xarajatlardan ustunlik qilmoqda, ya’ni axborot texnologiyalari mavjud yangi texnologiyalar orasida yetakchi o'rinni egallamoqda.
Bugungi kunda axborot texnologiyasini shartli ravishda "saqlovchi, ratsionallashtiruvchi, yaratuvchi" turlarga ajratish mumkin. Birinchi turdagi texnologiyalar mehnatni, moddiy resurslarni, vaqtni tejaydi. Ratsionallashtiruvchi axborot texnologiyalariga chiptalar buyurtma qilish, mexmonxona xisob-kitoblari tizimlari misol bo’ladi.
© ООО «Знанио»
С вами с 2009 года.