Баракхон
Оценка 4.9

Баракхон

Оценка 4.9
docx
24.07.2020
Баракхон
баракхон мадрасаси.docx

Baroqxon madrasasi

Bir necha davrda qurilgan imoratlardan tarkib topgan (XVI asr). Dastlab binoning sharqiy sharqiy burchagidagi mo'jaz maqbara (kimga mansubligi noma'lum) qurilgan. So'ng 1530 yil Shayboniylar sulolasining Toshkentdagi vakili Suyunchixo'jaxon (1525 yil vafot etgan) maqbarasi qad ko'targan. Bu maqbara madrasa hovlisi to'ridagi peshtoqli xonaqohdan iborat.
Madrasaning uchinchi bosqichini XVI asr o'rtalarida Baroqxon qurdirgan. U ilgari qurilgan ikki maqbarani ham o'z ichiga olgan. Bugungi kunda Baroqxon madrasasi XVI asr Toshkent arxitektura yodgorliklarining eng chiroyli va serviqorlaridan biri hisoblanadi. 

Baroqxonning haqiqiy ismi Navro'z Ahmadxon (tug'ilgan yili 1556 yil). Shayboniylar sulolasidan bo'lgan xon, Abulxayrxonning nabirasi, Toshkent xoni Suyunchxo'jaxonning kichik o'g'li. Otasining vafotidan keyin Toshkent (1525-51) so'ngra, Movarounnahr (1551-56) xoni. Baroqxon yoshligida Vosifiydan she'riyat, musiqa, ashula, vazn, va nazmdan ta'lim olgan. Ayni vaqtda chavandozlik va harbiy mashqlar bilan ko'proq mashg'ul bo'lgan. Abdullatifxon vafotidan so'ng (1551 yil) Samarqand taxtiga o'tirgan va Navro'z Ahmadxon nomi bilan Movarounnahrni boshqargan. Baroqxon obodonchilik ishlariga e'tibor bergan, madrasalar qurdirgan. Hofiz Tanish Buxoriyning «Abdullanoma» asarida qayd etilishicha, Baroqxon 1556 yilda Zarafshon vodiysidan boshlangan Darg'on kanalining bosh inshooti Ravotxo'ja to'g'onini tuzatti rish uchun kelgan va u yerda to'satdan vafot etgan (Samarqand shahrida dafn etilgan). Baroqxon davrida Yaqin va O'rta sharq mamlakatlari o'rtasida savdo-sotiq va elchilik munosabatlari yaxshilangan.

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, ajdodlarimizdan qolgan boy merosning muayyan qismini betakror tarixiy-me'moriy inshootlar, o'xshashi yo'q madaniy yodgorliklar, aziz avliyo va shayxlarning sha'niga qurilgan islomiy obidalar tashkil qiladi. Bizning burchimiz esa, ushbu tabarruk merosni chuqur o'rganish va ana shunday buyuk ajdodlarga munosib avlod bo'lishdir.


 

Baroqxon madrasasi Bir necha davrda qurilgan imoratlardan tarkib topgan (XVI asr)

Baroqxon madrasasi Bir necha davrda qurilgan imoratlardan tarkib topgan (XVI asr)
Материалы на данной страницы взяты из открытых истончиков либо размещены пользователем в соответствии с договором-офертой сайта. Вы можете сообщить о нарушении.
24.07.2020