Биохимия сельской продукции
Оценка 4.8

Биохимия сельской продукции

Оценка 4.8
docx
14.09.2022
Биохимия сельской продукции
Биохимия-1.docx

O‘ZBEKISTON  RESPUBLIKASI

OLIY VA O‘RTA  MAXSUS  TA’LIM  VAZIRLIGI

 

TOSHKENT DAVLAT AGRAR UNIVERSITETI

 

 

 

 

 

“Tasdiqlayman

O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor

professor __________ S.Islamov

202_ yil “ ____” ________

 

 

                                                                                   

 

QISHLOQ XO‘JALIK MAHSULOTLARINING

BIOKIMYOSI

 

FAN SILLABUSI

 

 

 

Bilim sohasi:

400000   

Qishloq va suv xo‘jaligi

Ta’lim sohasi:

410000   

Qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi

Ta’lim  yo‘nalishi:

5411500

Osimliklar va qishloq xojaligi mahsulotlari karantini

 

 

 

Kafedra mudiri                                                ________Buxorov K.X.

Fan o‘qituvchilari                                            ________Xonkeldiyeva M.T.

                                                                          

 

 

Toshkent – 2022

Fan Sillabusi

Toshkent Davlat Agrar Universiteti

 

Fan to‘g‘risida ma’lumot

Fan shifri: QXMB-3306

Fan nomi:  Qishloq xo‘jalik mahsulotlarining biokimyosi

Semestr/Yil: 5-6-semestr/ 2021-2022 o‘quv yili

Kafedra: Qishloq xo‘jaligida ekologik xavfsizlik va  botanika kafedrasi

Soatlar/kreditlar miqdori:  5 ECTS

 

Ma’ruza

Amaliy mashg‘ulot

Laboratoriya

Nazorat baholash

Mustaqil ta’lim

Jami

32

32

16

20

100

200

 

Fan bo‘yicha mashg‘ulotlarning joylashuvi:

Auditoriya vaqti: Dars jadvaliga asosan

Talablar:

Fan uchun mas’ul kafedra: Qishloq xo‘jaligida ekologik xavfsizlik va  botanika kafedrasi

Instruktor to‘g‘risida ma’lumot

Instruktor: Xonkeldiyeva M.T

Kafedra joylashgan joyi: TDAU,  MSU binosi, Blok-

Telefon:                               ish telefoni

Mobil:

E-mail: muhabbat.honkeldieva@gmail.com

 

I.Fan tavsifi

Fanni o‘qitishdan maqsad – talabalarga qishloq xo‘jalik ekinlari va hayvonlari mahsulotlarini biokimyoviy tarkibi, ularni qayta ishlash hamda saqlash davridagi biokimyoviy jarayonlarning borishi, asosiy moddalarning o‘zgarishi haqida bilim va  zamonaviy tushunchalarni shakllantirish yo‘llari va ularni amaliyotda tatbiq etish ko‘nikmasini hosil qilishdan iborat.

Ushbu maqsadga erishish uchun fan talabalarni nazariy bilimlar, amaliy ko‘nikmalar, asosiy organik moddalarni qayta ishlash va saqlash davrida yuz beradigan biokimyoviy jarayonlar, qishloq xo‘jalik maxsulotlarining biokimyoviy ko‘rsatkichlariga asoslanib, sifati va texnologik xususiyatlarini baholash hamda ularni ishlab chiqarish texnologiyasida asoslab qo‘llay bilish to‘g‘risidagi ilmiy dunyoqarashini shakllantirish vazifalarini bajaradi.

II. Fanning maqsadi

Fanni o‘qitishdan maqsado‘simliklardagi biokimyoviy jarayonlarni boshqargan holda qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi va sifatini oshirish yo‘llarini nazariy hamda amaliy asoslarini o‘rgatishdan iboratdir.

Ushbu maqsadga erishish uchun fan talabalarni nazariy bilimlar, amaliy ko‘nikmalar, iqtisodiy hodisa va jarayonlarga uslubiy yondashuv hamda ilmiy dunyoqarashini shakllantirish vazifalarini bajaradi.

 

III. Ta’lim berish natijalari 
 

Bilish va tushunish jihatidan:

Talabalar quyidagi imkoniyatlarga ega bo‘lishlari kerak:

biokimyoviy tushunchalar, nazariyalarni bilishi va tushunishini namoyish etish;

• glossariydan foydalanish.

Tahlil jihatidan:

Talabalar quyidagi imkoniyatlarga ega bo‘lishlari kerak:

• ma’lumotlarni taxlil qilish, tartibga solish va sharhlash;

• nazariy va amaliy ma’lumotlardan foydalanish;

• olingan natijalarni raqamli, diagramma va grafik ma’lumotlarda qo‘llash;

•fan sohasidagi muammolar va vaziyatlarni tahlil qilish va rivojlantirish.

Baholay olish jihatidan:

Talabalar quyidagi imkoniyatlarga ega bo‘lishlari kerak:

• olingan natijalar va ko‘rsatkichlarni baholash;

• tahlil va asossiz ko‘rsatkichlarni farqlash;

•hosil bo‘dgan tafakkurni mantiqiy tarzda etkazish.

 

IV. Ta’lim berish usullari

 

• Amaliy ta’lim;

• Jarayonga yo‘naltirilgan ta’lim

• Munozara

• Loyihaviy ishlar

• Mustaqil o‘rganish

• Taqdimot

• YOzuv portfolio kiritish

So‘rov o‘tkazish

 

V. Fanning tarkibiy tuzilishi:

Dars

Mavzular

 

Ma’ruza va laboratoriya mashg‘ulotlari rejasi

Soat

Ma’ruza mashg‘u-lotlari

Amaliy mash-g‘ulotlar

Laboratoriya mash-g‘ulotlari

1.                 

Qishloq xo‘jalik mahsulotlari biokimyosi faniga kirish.

 

Qishloq xo‘jalik mahsulotlari biokimyosi fanining rivojlanish tarixi va ahamiyati. Fanning predmeti va vazifalari.

1.Sharbat va ichimliklar tarkibidagi C vitamini (askorbin kislotasi) miqdorini aniqlash.

2

 

 

 

 

2

2.                 

Vitaminlar va ularning ahamiyati.

        

         Vitaminlarning xillari, ularning tuzilishi, xususiyatlari va vazifalari. Vitaminlar saqlovchi  ekinlarning guruhlari. Vitaminlarni ajratib  olish.

2. Alkaloidlarni aniqlash usullari (laboratoriya)

2

 

 

 

 

2

3.                 

Fenolli  birikmalar va ularning ahamiyati. Terpenoidli birikmalar va ularning ahamiyati.

          

 

 

         Fenol birikmalarning tuzilishi va kimyoviy tarkiblari. O‘simlik fenollari va ularni stimulyatorlik va ingibitorlik xususiyatlari. Oddiy fenollar va polifenollar.

         Monoterpenlar guruhi vakillari. Izoprenlar sinfiga kiruvchi birikmalar.  Politerpenlar va ularning o‘simlik dunyosida tarqalishi.

3.Glikozidlarni  aniqlash (laboratoriya)

2

 

 

 

 

 

 

2

4.                 

Alkaloidlar, ularning o‘simliklardagi vakillari va ahamiyati.

        

         Alkaloidlarning klassifikatsiyasi va funksiyalari. Haqiqiy alkaloidlar va ularning o‘simliklarda tarqalishi. Protoalkaloidlar va ularning tarqalishi. Xaqiqiy alkaloidlar  vakillari.  Psevdoalkoloidlar va ularning  tuzilishi.  Glikozidlar tuzilishi, tarkibi, vazifalari va xossalari. Sianogen glikozidlar va ularning ahamiyati. Yurak glikozidlari va ularning  qo‘llanilishi. O‘simliklarda uchraydigan boshqa glikozidlar. O‘simliklar aminlari. Ularning ahamiyati va sintezlanishi.

4.O‘simlik va hayvon oqsillarining eruvchanligiga kislotali muhitning ta’siri. (amaliy)

2

4

 

5.                 

Glikozidlar.

 

Glikozidlar tuzilishi, tarkibi, vazifalari va xossalari. Sianogen glikozidlar va ularning ahamiyati. Yurak glikozidlari va ularning  qo‘llanishi. O‘simliklarda uchraydigan boshqa glikozidlar. O‘simliklar aminlari. Ularning ahamiyati va sintezlanishi.

5. Yog‘ va moylarni saqlash davrida kislotali sonining o‘zgarishini aniqlash. (laboratoriya)

2

 

 

 

 

 

 

2

6.                 

Organik kislotalar. Fitonsidlar  va fitoaleksinlar.

 

 

Organik kislotalarning tarkibi, tuzilishi, xususiyati, vazifalari va klassifikatsiyasi. O‘simliklarda keng tarqalgan organik kislotalar.

Fitonsidlar vakillari va o‘simliklarda tarqalishi. Fitoaleksinlar va ularning o‘simliklardagi funksiyalari.

          6.pH muhitiga bog‘liq ravishda amilazaning faolligini aniqlash (amaliy)

2

4

 

7.                 

Atsetilen xosilalari va mumlar.

 

 

Atsetilenning tuzilishi, vakillari va tarqalishi. Tabiiy va poliatsetilenlarning  tiplari. Tiofenning atsetilen hosilalari, ularning ahamiyati.  O‘simlik mumlarning tuzilishi va xususiyatlari. Ulardagi uglevodorod  zanjirlari.  Alkanlar strukturasi.

7. O‘simlik mahsulotlaridagi nitratlar miqdorini ionometrik usulda aniqlash. (amaliy)

2

4

 

8.                 

Fermentlar va ularning qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlashdagi o‘rni.

 

Ishlab chiqarishda fermentlarning o‘rni va ahamiyati. Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlashda fermentlarning qo‘llanilishi; oziq-ovqat va sut mahsulotlari ishlab chiqarish, vinochilik texnologiyalarida fermentlarni qo‘llash istiqbollari.

8. O‘simlik tarkibidagi moy miqdorini Sokslet usulida aniqlash (laboratoriya)

2

 

 

 

 

 

 

 

2

9.                 

G‘alla ekinlari biokimyosi.

 

Donning kimyoviy tarkibi, g‘alla donlilarda mineral moddalarning tarkibi. Oqsillarning tarkibi va biologik qiymati. Kleykovinaning kimyoviy tarkibi va uni donning sifatiga bog‘liqligi. Bug‘doy donining rangsizlanishini yuzaga keltiruvchi omillar. Don pishishida moddalar tarkibining o‘zgaruvchanligi. Ekinlarni oziqlantirish rejimi va etishtirish sharoitining don sifatiga ta’siri.

9. O‘simliklar tarkibidagi pektin moddalarni aniqlash (amaliy)

2

4

 

10.             

Don-dukkakli mahsulotlar biokimyosi.

 

Dukkakli ekinlar donining kimyoviy tarkibi. Don-dukkakli ekinlar urug‘larida oqsillar, uglevodlar, vitaminlar va mineral moddalar tarkibining xususiyatlari. Don-dukkakli ekinlar pishishi davomida biokimyoviy tarkibining o‘zgarishi. Don-dukkakli ekin mahsulotlarini qayta ishlashda biokimyoviy tarkibining o‘zgarishi.

10.O‘simliklar organlarida oqsillar miqdorini aniqlash (laboratoriya)

2

 

 

 

 

2

11.             

Moyli ekinlar biokimyosi.

 

Respublikamizdagi asosiy moyli ekinlar. O‘simlik moylari va yog‘ mahsulotlari olinuvchi o‘simliklarning tavsifi. Moyli ekin urug‘larining tuzilishi va kimyoviy tarkibi. O‘simliklarda moy hosil bo‘lishi va ularni saqlash davomidagi sifat o‘zgarishlari.

11. Meva va ildizmevalarda glyukoza va saxarozaning miqdorini yodometrik usulda aniqlash. (laboratoriya)

2

 

 

 

 

 

 

 

2

12.             

Kartoshka mahsulotlari biokimyosi.

Kartoshka tuganagining kimyoviy tarkibi. Tuganak va ildizmevalar turli qismlarida kimyoviy moddalarning taqsimlanishi. Kartoshka tuganaklarida qand va erkin aminokislotalarning hosil bo‘lishini kamaytiruvchi omillar. Kartoshka tuganaklarini saqlashda biokimyoviy tarkibining o‘zgarishi. Tuganaklarni qayta ishlashdagi sifat o‘zgarishlari.

2

4

 

 

 

 

 

 

 

13.             

Ildizmevalar va em-xashak ekinlari biokimyosi.

 

Respublikamizdagi asosiy ildizmevali va em-xashak ekinlari. Qand lavlagi ildizmevalarida qand hosil bo‘lishini ta’minlovchi sharoit. Em-xashak o‘simliklarining kimyoviy tarkibi. Ular tarkibining turli omillarga bog‘liq holda o‘zgarishi.

2

4

 

14.             

Poliz ekinlari biokimyosi.

 

Poliz ekinlarining kimyoviy tarkibi, tuzilishi va ularda asosiy kimyoviy moddalarning taqsimlanishi. Poliz ekinlari pishish davridagi biokimyoviy jarayonlar. Tabiiy iqlim omillari, sug‘orish rejimi, qo‘llaniladigan o‘g‘itlarning poliz mevalari mazasi hamda xushta’mligi shakllanishiga ta’siri. Poliz ekinlari mevalarida nitratlar to‘planishini va ularni kamaytiruvchi omillar. Saqlash davrida mevalarda ro‘y beradigan biokimyoviy o‘zgarishlar.

2

4

 

15.             

Ho‘l va rezavor meva mahsulotlari biokimyosi.

 

Ho‘l va rezavor mevalar, ularning kimyoviy tarkibi. Mevalarning tuzilish xususiyati va ularda kimyoviy moddalarning taqsimlanishi. Pishayotgan ho‘l va rezavor mevalarda kechadigan biokimyoviy jarayonlar. Tabiiy-iqlim sharoiti, sug‘orish ishlari, o‘g‘itlar qo‘llanilishi ta’sirida mevalarda oziqa moddalari, ta’m va xushta’mlikning shakllanishi. Saqlash va qayta ishlash davrida ho‘l va rezavor mevalarda yuz beradigan o‘zgarishlar.

2

4

 

16.             

Sut va sut mahsulotlari biokimyosi.

 

 

Sutning kimyoviy tarkibi. Sutning fizik-kimyoviy xususiyatlari. Achitqilar, sutning bakteriotsidlik xususiyatlari. Molozivo (og‘iz, palla suti) mahsulotining kimyoviy tarkibi. Birlamchi ishlov berish, qayta ishlash va saqlashda, sovutish, qizdirish va mexanik ta’sirlar natijasida sut mahsulotlarining tarkibi va xususiyati o‘zgarishi.

Sut  va sut mahsulotlarida laktozaning miqdorini yodometrik usulda aniqlash  (laboratoriya)

2

 

 

 

 

 

2

 

 

 

32

32

16

 

VI. Mustaqil ta’lim va mustaqil ishlar

Mustaqil ta’lim uchun tavsiya etiladigan mavzular:

1.       Oziq-ovqat sanoatida biologik faol qo‘shimchalarning ahamiyati va qo‘llanilishi.

2.        Oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda innovatsion usullardan foydalanish.

3.   Vitaminlashtirilgan qishloq xo‘jalik mahsulotlari.

4.  Pektin moddalarning ahamiyati va ularni oziq-ovqat sanoatida qo‘llanilishi.

5.  Parranda tuxumlarining biokimyoviy tarkibi.

6.  Oshlovchi moddalar bo‘lgan o‘simliklar va ularning mahsulotlari.

7.  Gibberelinlar va sitokininlarni qo‘llash.

8.  Ingibitorlar va ularni qishloq xo‘jaligida qo‘llanilishi.

9.  Auksinlar va ularning sun’iy analoglarini qo‘llash.

10.   O‘simliklar tarkibida ikkilamchi moddalar va ularning ahamiyati.

 

Mustaqil o‘zlashtiriladigan mavzular bo‘yicha talabalar tomonidan referatlar tayyorlash va uni taqdimot qilish tavsiya etiladi.

 

VII. АДАБИЁТЛАР

Asosiy adabiyotlar

1.Alimova R.A., Sagdiev M.T., Adilov B.A. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari biokimyosi. O‘quv qo‘llanma. – Toshkent, 2018. – 180 b.

2. Alimova R.A., Sagdiev M.T. O‘simliklar fiziologiyasi va biokimyosi. O‘quv qo‘llanma. – Toshkent, 2013. – 320 b.

3. Rogojin V.V., Rogojina T.V. Bioximiya selskoxozyaystvennoy produksii. – Sankt-Peterburg: GIORD, 2014. 543 s.

4. Oxrimenko O.V. Osnovы bioximii selskoxozyaystvennoy produksii. – Sankt-Peterburg: Lan, 2016. 447 s.

5. Michael Eskin N.A. and Fereidoon Shahidi. Biochemistry of foods. USA 2013. 585 p.

 

   Qo‘shimcha adabiyotlar

6. Mirziyoev Sh.M. Erkin va farovon demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. Toshkent, “O‘zbekiston” NMIU, 2017. - 56 b.

7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha xarakatlar strategiyasi to‘g‘risida” gi PF-4947-sonli Farmoni. O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017 y., 6-son, 70-modda

8. Alimova R.A. Qishloq xo‘jalik o‘simliklari biokimyosi fanidan laboratoriya mashg‘ulotlari: o‘quv qo‘llanma. – Toshkent: ToshDAU, 2000.–95 b.

9. Bo‘riev X.Ch., Sagdiev M.T., Alimova R.A., Enileev N.Sh. Sabzavot-poliz ekinlari fiziologiyasi va biokimyosi: o‘quv qo‘llanma. – Toshkent: “Navro‘z”, 2015. – 179 b.

10. Zikiryoev A. O‘simliklar biokimyosidan amaliy mashg‘ulotlar: o‘quv qo‘llanma. –Toshkent: “Mehnat”, 2001. – 243 b.

11. Benjamin K.Simpson. Food Biochemistry and Food Frocessing. 2th. Willey-Blackwell,  2012. 900 p.

 

   Axborot manbalari 

12. www. ziyonet.uz

13.www. uforum.uz

14. www. fizrast.ucoz.ru

15.  www. twirpx.com

16. www. biokhimiya.ru

17. www. biohimiya.narod.ru

18. www. interchopen.com

 
VIII. Baholash
    Fanning yakuniy bahosi uchta yo‘nalishdagi baholarga asoslanadi:
(1) Dars mashg‘ulotlariga tayyorgarlik va faol ishtirok etish (15%).

Dars jarayonida muntazam ishtirok etishdan tashqari, talabalar darslar boshlanishidan oldin onlayn o‘quv materiallari bilan tanishgan bo‘lishlari talab etiladi. Har bir talabadan ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarda faol ishtirok etish talab qilinadi.

(2) Auditoriyadagi mashg‘ulotlar (15%)

Har bir ma’ruza va amaliyot mashg‘ulot bo‘yicha topshiriqlar keyingi dars mashg‘ulotiga qadar bajarilib topshirilishi lozim. Ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarida berilgan topshiriqlarni bajarish (30%).

(3) Yakuniy baholash (40%) (Baholash turi, vaqti, baholash mezonlari)

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Oliy va o‘rta maxsus, professional ta’limi yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv-uslubiy birlashmalari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Kengashining 202__ yil “___”______ dagi “___” – sonli yig‘ilishida ma’qullangan.

 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 202__ yil “____” _________dagi “____”-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan.

 

Mazkur fanning Sillabusi Toshkent davlat agrar universiteti Ilmiy Kengashining 202__ yil “___”______ dagi “___” – sonli majlis bayoni bilan ma’qullangan.

 

Fanning Sillabusi Toshkent davlat agrar universitetida ishlab chiqildi.

 

 

 

                                                                                                                         

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


 


Скачано с www.znanio.ru

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY

Fan Sillabusi Toshkent Davlat

Fan Sillabusi Toshkent Davlat

II. Fanning maqsadi Fanni o‘qitishdan maqsad – o‘simliklardagi biokimyoviy jarayonlarni boshqargan holda qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi va sifatini oshirish yo‘llarini nazariy hamda amaliy asoslarini o‘rgatishdan…

II. Fanning maqsadi Fanni o‘qitishdan maqsad – o‘simliklardagi biokimyoviy jarayonlarni boshqargan holda qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi va sifatini oshirish yo‘llarini nazariy hamda amaliy asoslarini o‘rgatishdan…

DarsMavzular Ma’ruza va laboratoriya mash g‘ ulotlar i rejasi

DarsMavzular Ma’ruza va laboratoriya mash g‘ ulotlar i rejasi

Sianogen glikozidlar va ularning ahamiyati

Sianogen glikozidlar va ularning ahamiyati

Ulardagi uglevodorod zanjirlari

Ulardagi uglevodorod zanjirlari

Don-dukkakli ekin mahsulotlarini qayta ishlashda biokimyoviy tarkibining o‘zgarishi

Don-dukkakli ekin mahsulotlarini qayta ishlashda biokimyoviy tarkibining o‘zgarishi

Poliz ekinlari biokimyosi. Poliz ekinlarining kimyoviy tarkibi, tuzilishi va ularda asosiy kimyoviy moddalarning taqsimlanishi

Poliz ekinlari biokimyosi. Poliz ekinlarining kimyoviy tarkibi, tuzilishi va ularda asosiy kimyoviy moddalarning taqsimlanishi

Sut va sut mahsulotlari biokimyosi

Sut va sut mahsulotlari biokimyosi

Qo‘shimcha adabiyotlar 6. Mirziyoev

Qo‘shimcha adabiyotlar 6. Mirziyoev

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi

Биохимия сельской продукции

Биохимия сельской продукции
Материалы на данной страницы взяты из открытых истончиков либо размещены пользователем в соответствии с договором-офертой сайта. Вы можете сообщить о нарушении.
14.09.2022