Bolalar bog`chasida sahanalashtirish faoliyatini o‘tkazish vaqti belgilanmagan. Ushbu faoliyat pedagogik faoliyatdan kelib chiqib tashkil etiladi, boshqa mashg`ulotlarga chegaralangan tartibda qo`shilishi (musiqa, tasviriy san`at va x.k.), shuningdek haftalik o‘quv jadvalining badiiy adabiyot va atrof olam bilan tanishish mashg`ulotlarida rejalashtiriladi.Tashkil etilgan teatrlashtirilgan o`yinlar shakli kichik guruhlarga bo`lingan holda o`tkazilgani ma‘qul, shunda har bir bolaga alohida yondashish ta`minlanadi. Mashg`ulotlarning mazmuniga ko`ra har gal kichik guruhlar turlicha shakllanishi kerak. Sahnalashtirish faoliyatining shakillari quyidagi faoliyatlarni o‘z ichiga oladi: mashg‘ulotlar, ko‘ngil ochar o‘yinlar, bayramlar, to‘garak ishlari va x.k…. Mashg`ulotlar bir vaqtning o`zida bilim olish, tarbiyaviy va rivojlanish vazifalarini bajarishi darkor, faqatgina tomoshaga tayyorgarlik ko`rish bo`lmasligi kerak. Ularning mazmuni, shakli va metodi uch maqsadga erishishi uchun qaratilgan:
nutq va teatr-ijrochilik faoliyati ko`nikmalarini rivojlanishiga;
ijodkorlik muhitini yaratishga;
bolalarning ijtimoiy-emotsional rivojlanishiga. Bunday mashg`ulotlar mazmuni nafaqat badiiy adabiyot asari yoki ertak teksti, balki undagi qahramonlarning imo-ishorasi, mimikasi, xarakati, kostyumi, mizanstsenasi(spektaklning ayrim paytlarida dekoratsiya va aktyorlarning joylanishi)bilan tanishib boradilar.
Sahna asarini tanlash, uni bolalar bilan muhokama qilish
P`esani epizodlarga bo'lish va ularning bolalar tomonidan so'zlab berilishi
Etyud ko'rinishidagi alohida epizodlar bilan ishlash
Sahna sharoitida nutqning ifodaliligi va o'zini tabiiy tutish ustida ishlash
Alohida ko'rinish, dekoratsiya va musiqa jo'rligida butun p`esani repetitsiya qilish
Spektakl`ning ilk taqdimoti (prem`erasi)
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida “Jonli qo’g’irchoqlar teatr”
Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida katta spektakllarni qo`yish mumkin emas. Kichik sahnali, kichik ertak asosida o`zlarining o`yinchoqlari yordamida qo`yishlari mumkin. Bu kichik ko`rinishlarining har biri ham bolalarda katta taasurot uyg‘otadi va bayram ert aqlariga ko`tarinki ruh bahsh etadi. Har qanday badiiy asarni qo`g‘irchoq teatri orqali ko`rsatilsa, bolalar uchun yanada tushunarli bo`ladi qo`g‘irchoq qo`lqop teatrini aytib bu teatrlarga murojaat qilishimiz lozim. Chunki bunday ertaklar olami bolalarning sevimli tomoshasi hisoblanadi.
Teatr faoliyati- Bu bolalar ijodiyotining eng keng tarqalgan turi. Bu bolaga yaqin va tushunarli, uning tabiatida chuqur yotadi va o'z-o'zidan aks etadi, chunki u o'yin bilan bog'liq. Bola o'zining har qanday ixtirosini, atrofidagi hayotdan olingan taassurotlarni jonli tasvir va harakatlarga tarjima qilishni xohlaydi. Qahramonga kirib, u har qanday rolni o'ynaydi, ko'rgan va uni qiziqtirgan narsaga taqlid qilishga harakat qiladi va katta hissiy zavq oladi. Teatr faoliyati bolaning qiziqishlari va qobiliyatlarini rivojlantirishga yordam beradi; umumiy rivojlanishga hissa qo'shish; qiziquvchanlikning namoyon bo'lishi, yangi bilimga intilish, yangi ma'lumotlarni va yangi harakat usullarini o'zlashtirish, assotsiativ fikrlashni rivojlantirish; qat'iyatlilik, qat'iyatlilik, umumiy aqlning namoyon bo'lishi, rollarni o'ynashda hissiyotlar. Bundan tashqari, teatr faoliyati boladan qat'iyatli, ishda tizimli, mehnatsevar bo'lishni talab qiladi, bu esa kuchli irodali xarakter xususiyatlarini shakllantirishga yordam beradi. Bolada tasvirlarni uyg'unlashtirish, sezgi, zukkolik va zukkolik, improvizatsiya qilish qobiliyati rivojlanadi. Teatr faoliyati va tomoshabinlar oldida sahnada tez-tez chiqishlar bolaning ijodiy kuchlari va ma'naviy ehtiyojlarini ro'yobga chiqarishga, emansipatsiyaga va o'zini o'zi qadrlashga yordam beradi.
Soyali qo’g’irchoq teatri
“Qora” teatr uchun qora rangli shirmatanlanadi. Qо‘g‘irchoq teatri qahramonlari chо‘pga qoqiladi ular qora rangda bо‘ladi orqadan chiroq yoqib turiladi.
“Oq” teatr uchun qora doskaga gazlamalar tortilgan bо‘ladi. Orqasiga lipuchka yoki najdachniy qog‘oz yopishtiriladi.
© ООО «Знанио»
С вами с 2009 года.