Ayrim suv inshootlarining geografik va gidrologik xususiyatlarini o’rganish.
Xayitov Yozil Qosimovich
Geografiya fanlari doktori(DSc) professor
Buxoro davlat universiteti,
Yozil1961mail.ru
Kalit so`zlar: Hovuz, Bolo hovuz, Labi hovuz, sardobalar, gidrologik xususiyatlar, geografik xarita, hovuz eni, bo`yi, chuqurligi, toza suv, sun`iy suv havzasi, qadimiy inshootlar, geografik joylashish, tindirgich, ichimlik suvi, qoryomg`ir suvlari.
Annotatsiya. Maqolada ayrim suv inshootlarini geografik va gidrologik asosida o`rganilgan. Bundan tashqari mazkur suv inshootlarining gidrologik jihatlari va xususiyatlari baholangan.Tarixiy kartalar asosida gidrologik ko`rsatkichlari va hududiy geografik joylashishi aniqlangan. Hovuzlar va sardobalardan ichimlik suvi sifatida foydalanganligi yoritib berilgan. Ushbu suv inshootlarining sxematik tuzilishi ya`ni gumbazi sifatli pishiq g`isht va ganchdan ishlanganligi, tepasi tuynukli, atroflarida hovuzga tushadigan teshiklar qilinganligi haqida ma`lumotlar keltirilgan. Ularning tashqi ko`rinishi g`ishtlardan terilgan gumbaz shaklida ekanligi, pastki qismida tirqishlar orqali quduqqa yoki boshqa yer ostidagi sig`imga yog`ingarchilik mavsumida taqirlar suvlarini to`plab beradigan radial ariqchalar o`tkazilganligi bo`yicha batafsil to`xtalib o`tilgan. Bu esa o`z navbatida kishilarni suv ilmiga oid bilimlarini oshirishda ayrim qadimgi suv inshootlarining bugunki kundagi ahamiyati va kelajakda ulardan samarali foydalanish bo`yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan. Maqolani tayyorlash jarayonida tarixiy manbalar ma`lumotlaridan keng samarali foydalanilgan.
Dolzarbligi. Ma`lumki , qadimgi suv inshootlari suv resurslarini manbaasi bo`lish bilan bir qatorda geografik hududning iqlimiy shart-sharoitlarini muvozanatga keltirish uchun ham xizmat qilgan. Ana shunday suv inshootlariga Buxoro shahridagi ayrim hovuzlar va sardobalarni keltirib o`tishimiz mumkin.
Qish kunlaridagi suv tanqisligi oldini olish uchun odamlar sun`iy suv tanqisligi havzalari-hovuzlar qazib, suv yig`ishgan. Hovuzlar barcha mahallalarda qazilgan va aholi ularni toza tutgan. Hovuz qirg`og`i o`pirilib ketmasligi uchun atrofiga daraxt ekib, chetlariga tosh bostirib chiqilgan. Kuzda hovuzlar tozalanib, suv bilan to`ldirilgan. Ayrim mahallalarning nomi hovuzlar nomi bilan atalgan. Kattahovuz, Hovuzbog` va boshqalar. O`z navbatida sardobalar ham yopiq hovuz shaklida qurilib, ichimlik suvi sifatida foydalanilgan. Shu sababli suv inshootlarining geodrafik va gidrologik xususiyatlari o’rganish muhim ahamiyat kasb etadi.
Maqsad va vazifalar.
Ushbu qadimgi suv inshootlarini tadqiq qilishdan maqsad qadimgi suv inshootlaridan Labi hovuz, Bolo hovuz va sardobalarga ilmiy yondashib gidrologik jihatdan o`rganishni o`z oldimizga maqsad qilib qo`ydik. Maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalar amalga oshirildi:
-qadimgi suv inshootlari hovuzlar va sardobalar bo`yicha ma`lumotlar banki yig`ildi va umumlashtirildi;
- mazkur suv inshootlarining gidrologik xususiyatlari baholandi;
-suv inshootlariga bog`liq tarixiy manbalarning ma`lumotlari tahlil etildi; -qadimiy suv inshootlari Labi hovuz, Bolo hovuz va sardobalarning geografik joylashuvi tarixiy kartalar asosida o`rganildi;
-ilmiy taqqiqot natijalari sifatida tavsiya va takliflar ishlab chiqildi.
Hovuz - suv yig`ish va saqlash uchun qazilgan chuqur joy, ichimlik suvi saqlanadigan sun`iy suv havzasi. Hovuzning to`tburchak, aylana, ko`p qirrali ko`rinishga ega turlari mavjud. O`rta Osiyo va yaqin sharqning ayrim mamlakatlarida keng tarqalgan, asosan masjidlar yonida shaharlar maydonlari, bog`lar, chorbog`lar, saroy hovlisi va boshqalarda bunyod etilgan, atrofi toshlar bilan qoplab yoki daraxtlar ekib mustahkamlangan. Hovuzlar favvoralar bilan bog`liq bo`lgan. Bundan tashqari Buxoro shahri aholisi uchun ichimlik suvi sifatida samarali foydalanib kelingan.
Buxoro shahrida 300 dan ortiq hovuz bo`lganligi XIX asr hujjatlarida qayd qilingan. XX asrda esa sanitariya talablari bahonasi bilan aksariyat hovuzlar deyarli ishlatilmagan.
Mazkur hovuzlar geografik gidrologik jihatdan o`rganilib, ularning xaritalari tuzilgan.
1-rasm.XX asr boshlarida Buxoro shahridagi hovuzlar xaritasi. (Buxoro suv ta`minoti muzeyi.)
1.Zindafil 24.Xo`ja Taygun 49.Sho-Arab 72.Mullo-Ashur Posho-Xo`ja
2.Axmed Dardo 25.Baland Machit 50.Eshon-Imlo 74.Xuzcha
3.Kulma Xo`ja 26.Axtachi 51.Qozi Xiyobon 75.Xalfa-Hussayn
4.Oq-machit 27.Baland 52.Shayx Jalol 76.Samat
5.Nar-Kurcha 28.Jiloyxona 53.Hauzi Nav 77.Shayx-Reng`iz
6.Kalmok 29.Boqixoni-Nakib 54.Sho- Malak 79.Qara Kamol
7.Pocho –Ismoil 30.Chorsu-Garan-Kurbaba 55.Tolib-Xo`ja 80.Sharif-Ban-Bini
8.Takiya 32.Jilovxona 56.Chordara 82.Jafar- Xo`ja
9.Durman 33.Abdullo Qushbegi 57.Bobo Niyoz 84.Korxona
10.Bodon 34.Dastarxanchi 58. Shahri Nav 85.Chubas
11.Shishaxona 35.Aspi-Garon 59.Apalib 86.Xo`ja Kalon
12.Hazrat Ayyub 36.Arobob 60.Xo`ja Zayniddin 94.Darvozai - Kalon
13.Urusun 37.Kimson 61.Lisak 95.Ko`cha Bog`
14.Qozi Fayzi 38.Farmonqulbek 62.Qozi Kalon 96.Dilkusho Darum
15.Tabibon 39.Mirzo Keldi 63.G`oziyon 103.Nomlanmagan
16.Bolohauz 40.Sufiyon 64.Garbiya hovuzlar raqami
17.Mirzo G`ofur 41.Saraksjon 65.Kutlyuk tushirilgan.
18.Nazarcha 42.Kosagaron 66.Shayx-Sho
(23,31,45,46,70,73,
19.Shir- Muhammad 43.Morkush 67.Oyo-Binok 78,81,87,88,89,90,
20.Shukuroy –Nau 44.Poykand; Qirg`iz olim; Urda 68.Gavkushon 91,92,93,97,98,104)
21.Mir-Dursun 47.Mirakon Madrasa 69.Nodir Devonbegi
22.Qoplon 48.Mirakon 71.Mullo-Xon
Buxoro shahridagi mavjud hovuzlarning ayrimlari Labi hovuz va Bolo hovuz haqida to`xtalib o`tamiz.
Labi hovuz (“hovuz bo`yida”,”havza bo`yida”)-Buxoroning markaziy maydonlaridan biri. Labi hovuz bilan bog`liq me`moriy ansambl XVI-XVII asrda yaratilgan. Maydoni Ko`kaldosh, Devon Begi honaqohi binolaridan tashkil topgan, atrofi Nodirbegi hovuzi bilan birlashtirilgan. Ansambl o`lchami,taxminan 150x200 metrdir. Hovuz eni 36 metr, bo`yi 45,5 metr, chuqurligi 5 metr. 1920-yillar Buxoroning ko`plab boshqa hovuzlari kabi ko`pchilik tomonidan barpo qilingan hovuz mo`jizaviy tarzda qurishdan to`xtaydi. 1945-yillardan so`ng shaharning ko`plab hovuzlari kabi Labi hovuz ham suvi quritilgan. 1950-yillar oxirida esa hovuz atroflariga quvurlar o`tkazib favvora qurilgan bo`lib u hozirgi kungacha ishlab turmoqda. Labi hovuzning asosiy suv manbayi Shohrud kanalining irmog`i hisoblanadi. Hozirgi kunga kelib Buxorodagi Labi hovuz ansambli yangidan ta`mirdan chiqarilgan hamda shahar ahli va sayyohlarning sevimli go`shasiga aylangan.
2-rasm.labi hovuz.
Bolo hovuz majmuasi-Registon maydonidagi yagona saqlanib qolgan yodgorlikdir. U amir qal`asi arkning to`g`risida joylashgan majmua hovuz, juma masjidi va minoratdan iborat. Majmuaning eng qadimiy qismi Bolohovuz (ma`nosi “bolalar hovuzi”) hisoblanadi. U Buxoroda saqlanib qolgan hovuzlardan bittasi hisoblanadi.
3-rasm.Bolo hovuz majmuasi.
Sardoba so`zi (fors tilidagi sard -sovuq va ob - suv) - suv tanqis hududlarda uni to`plash va saqlash uchun maxsus qurilgan gumbazli hovuz. O`rta Osiyo va Sharqdagi boshqa mamlakatlarda qurilgan. Sardoba - gumbazsimon monumental inshoot shaklida bo`lib, ikki qismga bo`lingan: yer ostidagi qismi suv to`plash va saqlash uchun mo`ljallangan, yer ustidagi qismi esa dumaloq gumbaz ko`rinishida qurilgan.
Sardoba yerga chuqur ko`milgan suv uchun mo`ljallangan gumbazli sisterna. Odatda X asrdan boshlab karvon yo`llarida qurila boshlangan. Bunday sardobalardagi suv yilning eng issiq davrida ham salqin bo`lib turgan. Sardoba gumbazi sifatli pishiq g`isht va ganchdan ishlangan, tepasi tuynukli, atroflarida hovuzga tushadigan teshiklar qilingan. Kirish uchun sardobaga eshik o`rnatilgan, uning oldi suvni toza saqlash maqsadida devor bilan o`ralgan. Sardoba yoniga mollarni sug`oradigan oxur qilinib, unga hovuzdan maxsus tarnov orqali suv oqizilgan. Ba`zi sardobalarda ularni nazorat va tozalab turuvchi miroblar uchun xonalar ham bo`lgan. Sardobalar geografik joylashuvi, joyning tabiati, relyefiga ko`ra, bir necha xil (qoryomg`ir suvlari, anhor ariq suvlari, yer osti suvlari) yig`iladigan sardobalar bo`lgan. Sardobalar o`lchamidan qat`iy nazar diametri 15 metrgacha chuqurligi 10-15 metrgacha bo`lgan.
Sardobalar yomg`ir va erigan qor suvlari bilan, ba`zan esa irmoq va kanal suvlari bilan to`lgan, ular qisman yer osti kanallari - korizlar yo`lida qurilgan. Ko`pchilk sardobalarda suv o`tishi uchun bittadan lyuk bo`lgan. Buxoro sardobalari ikkita lyukligi bilan ajralib turgan, ammo Abdullaxon sardobasi atrofida bir nechta lyuk o`rnatilgan. O`zbekistonda sardoba uchun asosiy qurilish materiali sifatida tekis, to`tburchak shakldagi yuqori sifatli va mustahkam pishiq g`isht ishlatilgan. O`rta Osiyoda asrlar davomida sardobalar chuchuk suvning kafolatlangan manbayi va saqlash joyi sifatida xizmat qilgan. Ularning tashqi ko`rinishi g`ishtlardan terilgan gumbaz shaklida bo`lib, pastki qismida tirqishlarga ega bo`lgan.Ular orqali quduqqa yoki boshqa yer ostidagi sig`imga yog`ingarchilik mavsumida taqirlar suvlarini to`plab beradigan radial ariqchalar o`tkazilgan.
Sayyohlarning qo`lyozma manbalari tufayli sardobalarning mufassal ta`rifi saqlanib qolgan. “Malik va Mirza Rabot o`rtasidagi masofaning yarmida, yo`l bo`yida, baland dumaloq gumbazsimon imorat ko`rinib turibdi. Gumbazning yuqori cho`qqisida dumaloq tirqish qoldirilgan. Cho`qqili darvoza ortidagi pastga tushish yo`li ushbu doirasimon imoratning ichiga olib boradi; ettita cho`qqili tuynuk qalin devor aylanasi bo`ylab simmetrik joylashgan. Imorat naqadar mustahkam qurilganligi bilan hayratga soladi, ayniqsa, uning ajoyib gumbazi ostidan eng yuqori nuqtasigacha sanoqsiz doirasimon qatorlar bo`ylab yapaloq kvadrat shaklidagi g`ishlardan gorizontal yo`nalishida shunday tartibda terilganki, yuqori qatordagi har bir g`isht pastdagi g`ishtga nisbatan gumbaz ichkarisi tomon birmuncha bo`rtib turadi; umuman olganda ushbu gumbaz xuddi to`ntarib qo`yilgan dumaloq amfiteatr zinalariga o`xshaydi. Imorat qurishning bu kabi o`ziga xos usuli, u naqadar ibtidoiy bo`lib ko`rinishiga qaramasdan, o`zining mustahkamligi bilan lol qoldiradi. Bunday cho`l imoratlari “sardoba” nomi bilan ma`lum. Baland,bir necha sarjinga teng keladigan toshdan terilgan gumbaz ostida doimo soya-salqinlik hukmron yoz jaziramasida yo`l yurib toliqqan yo`lovchi bu yerda ajoyib tasalli topadi, qahraton qishda esa qorli bo`ronlardan boshpana sifatida xizmat qiladi. Imorat ichiga tushayotganda uning tuynuklari “tashqi tomondan aynan atrofdagi tuproq sathiga to`g`ri keladi” toshdan terilgan imorat tubidan uch sarjin (1 sarjin=2,134 m) balandlikdan ochib qo`yilganligini ko`rasiz, shunda zalning o`zi yerda qazib qo`yilgandek tuyuladi. Har bir sardoba qoshida ikkiuchta ko`tarma qo`rg`onlar mavjud bo`lishi zarurati shu bilan izohlanadi. Bahorda qor eriy boshlaganda atrofdagi barcha suv sardoba tomon oqib, tuynuklari orqali uning ichiga o`tadi. Shu bois ham bunday havzalarni qiya tovoqsimon yerlarda qurishga harakat qilishgan“. Sardobalar qadimda dasht va cho`llarda chorvani va savdo karvonlarini suv bilan ta`minlashda muhim o`rinda turadi.
Suvloq - chorva mollari suv ichadigan joy. Qashqadaryo viloyatidagi Sangi suvloq nomli sardoba mavjud. Bundan tashqari Sirdaryo viloyatida yog`ochdan barpo qilingan sardoba bor. Bu sardobadan hozirda muzey sifatida foydalanib kelinmoqda.
4-rasm.Sardobalar.
Sardobalarning bunyod etilishi nafaqat tekisliklarda kichik tog`oldi hududlari yonbag`irlarida ham bunyod etilgan. Bu sardobalarda ikkita suv qabul qilish sig`imlari tayyorlangan va ulardan biri tindirgich sifatida xizmat qilgan, uning tubiga loy va boshqa axlatlar cho`kkan. Biroq tindirgich sardobani tozalash zaruratidan ozod etmagan, u faqat tindirilgan suv kelib tushishini ta`minlagan, bu esa asosiy suv qabul qilish sig`imini kamroq tozalashga imkon yaratgan. Balchiq bilan loyqalangan taqir suvlari juda sekin tinadi, shu bois mahalliy aholi sardobadagi suvga osh tuzini qo`shib, muallaq cho`kindilardan tozalagan. Ayrim joylarda suvga osh tuzi, ohaktosh va ko`mirdan iborat aralashma qo`shigan. Bunday ishlov berish natijasida suv uzoq vaqt saqlanib turadi va uning ayniganlik alomatlari sezilmaydi. Bunday noyob me`moriy majmualar ahvolini cho`l aholisi doimiy ravishda kuzatib turgan, zarur bo`lgan gumbazlarni, suv olib keladigan radial ariqchalarni balchiqdan tozalaganlar.
Ayrim sardobalarning vayronalari bugungi kungacha saqlanib qolgan, lekin mahalliy aholi ularni alohida qismlarga ajratib, qurilish materiallari sifatida ham foydalanmoqdalar. Hozirgi kunda ham ko`pgina xonadon va boshqa inshootlar devorlarida sardobalardan olingan o`ziga xos to`trburchak shakldagi g`ishtlarni ko`rish mumkin. Hozirgi vaqtda juda yaxshi saqlanib qolgan bir necha sardobalar mavjud.
Taklif va tavsiyalar.
-suv inshootlarihar bir joy havosining mo`tadil bo`lishi uchun xizmat qiladi.
-kishilarni suv ilmiga bo`lgan munosabatini o`zgartiradi.
-ichki va tashqi turizmni tashkil etishda hovuz atrofida turli serviz xizmatlarini ko`paytirish;
-yoshlarni gidrologik dunyoqarashini shakllantirishda bu maskanlarga ko`proq sayohat uyushtirish;
-yoshlarimizda suvning har bir tomchisi hayot manbai ekanligi haqidagi g`oyani singdirish;
-suv ekologiyasining yaxshilanishi yoshlar qo`lida ekanligini his etish.
Xulosa. Xulosa o`rnida shuni aytish joizki, Labi hovuz, Bolo hovuz sardobalar kabi qadimgi suv inshootlarini geografik va gidrologik xususiyatlarini o’rganilishi kishilik jamiyatida suv madaniyatini yuksalishiga jumladan: talaba yoshlarni suv ilmiga bo’lgan dunyoqarashini rivojlantirishda dasturi-amal bo`lib xizmat qiladi degan umiddamiz. Tarixiy suv inshootlarini kelgusi avlodlar uchun ko`z qorachig`idek asrashimiz lozim.
Foydalanilgan adabiyotlar.
1. A.A.Azimov. O`zbekistonda suvdan foydalanish an`analari va zamonaviy yondashuvlar. “Fan va texnologiya” nashriyoti, Toshkent-2015.
2. Abu Bakr Muhammad ibn Ja`far Narshaxiy. Buxoro tarixi. Toshkent “Sharq mash`ali” jurnaliga ilova “Sharq bayozi” 1993.
3. A.Nizomov, G.Rahimova, N.Rasulova. Toponimika. (o`quv qo`llanma). ”Sharq” nashriyot matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati.
Toshkent, 2013.
4. A.R.Rasulov. F.Q.Hikmatov. “Umumiy gidrologiya “. Toshkent “Universitet” 1996-yi.
5. Buxoro sharq durdonasi. ”Sharq” nashriyot-matbaa konsernining bosh tahririyati. Toshkent-1997.
6. Qorayev Suyun. O`zbekiston viloyatlari toponimlari. ”O`zbekiston milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti, 2005.
7. S.Qudratov., Sardobalar o`lkasi, Toshkent, 2001.
8. Suv O`zbekiston kelajagi uchun muhim hayotiy resurs. O`zbekiston nashriyoti, Toshkent - 2007..
9. V.L.Shuls va R.Mashrapov. O`rta Osiyo gidrografiyasi. ”O`qituvchi” nashriyoti Toshkent 1969-yil.
10. Sayyoh.com internet sahifasi.
11. Aniq.uz telegram kanali.
12. http://www.advantour.com
Материалы на данной страницы взяты из открытых источников либо размещены пользователем в соответствии с договором-офертой сайта. Вы можете сообщить о нарушении.