CHUQUR KARYERLARNI QIYA STVOLLARDAN FOYDALANGAN HOLDA SHAMOLLATISH
Berdimurodov Sanjar Abdirasul o’g’li, Xursanov G’ayrat Asliddin o’g’li
Navoiy davlat Konchilik instituti, Navoiy, O’zbekiston
(97) 797 97 86, sanjarberdimurodov@mail.ru
Mamlakatning iqtisodiy salohiyatini oshirishda konchilik sanoati yetakchi o’rinni egallaydi. Shuning uchun dunyo davlatlari o’zining tabiiy boyliklarini qazib olish bo’yicha hozirgi kunda juda ko’p texnologiyalarni qo’llagan holda, o’zining tabiiy boyliklarini o’zlashtirmoqdalar. Hozirgi kunda deyarli barcha turdagi foydali qazilmalar yer ustidan turib to’g’ridan to’gri ochiq usulda qazib olinmoqda. Foydali qazilmalarni qazib olish natijasida karyerlar chuqurlashib boradi. Karyerlar chuqurlashib borgan sari, uni shamollatish bir muncha qiyinlashadi. Juda chuqurlashib ketganda esa shamollatishning deyarli imkoni bo’lmasligi mumkin. Ana shunday holatda karer borti tashqarisidan qazib o’tilgan qiya stvollar yordamida karyerni shamollatishni taklif qilish o’rinli bo’ladi. Bitta shunday shamollatish lahimlarining kompleksi karyer atmosferasidagi zaharli chang va gazlarni haydab chiqarish yoki uni bostirish imkonini berishi mumkin. Oltin qazib oluvchi karyerlar O’zbekisonda katta chuqurliklarga ega. Albatta, mana shunday katta chuqurlikga ega karyerlarda havfsizlikni ta’minlash birinchi masala hisoblanadi.
Chuqur karyerlarni shamollatishning samarali usulini yaratish masalasi nafaqat O’zbekistonda, balki butun dunyoda ochiq qolmoqda va puxta o’ylab, afzalliklar va kamchiliklarini taroziga solib ko’rishni talab qilmoqda. Karyerlarni qiya stvollar bilan shamollatish nafaqat karyer atmosferasidagi zararli chang va gazlarni bostirishni ta’minlashni hal qiladi, balki foydali qazilmalarni kombinatsiyalashgan usulda qazib olish usulining rivojlanishini, kondan boyitish fabrikalariga yangi tashish yo’llarini ochadi va eng muhimi – fundamental ilm-fanga yaxshigina turtki bo’ladi.
Karyerlarda chang va gaz bulutlarini hosil qiluvchi asosiy manbalar bo’lib, asosan burg’ilash ishlari, portlatish ishlari, kon massasini qazish-yuklash va tashish ishlari kiradi. Bundan tashqari karyer yo’llari va ag’darmalar ham asosiy chang manbalari hisoblanadi.
Karyerlarda shamollatish tizimini rivojlantirish eng ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi. Chunki karyerda shamollatish tizimi yaratilmasa, u yerda to’plangan zararli chang va gazlar buluti nafaqat ishchi xodimlar, balki karyerda ishlovchi transport vositalariga ham juda katta zarar yetkazadi. Yer osti kon lahimlari bilan karyerlarni shamollatishning istiqbollarini quyidagi ustuvor yo’nalishlarda ko’rish mumkin:
· Uning boshqa shamollatish usullariga nisbatan samaradorligi yuqori;
· Shamol hosil qilish uchun sun’iy vositalardan foydalanmagan holda, changni bostirishga ketadigan harajatlarni kamaytirish. Masalan shamol yo’nalishi bo’yicha o’tilgan kon lahimi tabiiy shamolni karyer ichiga oqib kirishini ta’minlaydi, bunda hech qanday qo’shimcha qurilmalardan foydalanish talab etilmaydi;
· Kon lahimlari orqali kon massasini uzluksiz yuk tashuvchi transport vositalari yordamida to’g’ridan to’g’ri boyitish fabrikasigacha tashish imkoniyatini beradi.
Qiya kon lahimlari orqali karyerni shamollatishda va changni bostirishda kon lahimidan chang va gazlar tashqariga chiqarmasdan bostirish imkonini beradi. Bu esa karyer atrofi hududlariga chang va zaharli gazlarning zararli ta’sirini kamaytirish imkonini beradi.
Скачано с www.znanio.ru
© ООО «Знанио»
С вами с 2009 года.