Disklarga xizmat ko'rsatuvchi dasturlar
Оценка 5

Disklarga xizmat ko'rsatuvchi dasturlar

Оценка 5
ppt
26.03.2024
Disklarga xizmat ko'rsatuvchi dasturlar
6_Disklarga xiz.ko'rsatuvchi das..ppt

Disklarga xizmat ko’rsatuvchi dasturlar

Disklarga xizmat ko’rsatuvchi dasturlar

Disklarga xizmat ko’rsatuvchi dasturlar

Kompyuterning tashqi xotirasi haqida avvalroq ma’lumot bergan edik

Kompyuterning tashqi xotirasi haqida avvalroq ma’lumot bergan edik

Kompyuterning tashqi xotirasi haqida avvalroq ma’lumot bergan edik. Ular magnit tasma, egiluvchan magnit disk – disket, optik disk – CD va DVD, flash-xotiralar edi. Bu xotiralar qanday tashkil etilishi va ular bilan ishlashni ushbu mavzuda ko‘rib chiqamiz.
Disket yuzasi temir ikki oksidli (Fe 2 O 3 ) maxsus magnit qatlam bilan qoplangan. Magnit tasmada ham, magnit diskda ham axborot qattiq magnit disk kabi usulda yoziladi. Ya’ni disket formatlanganda konsentrik aylanalar ko‘rinishidagi yo‘llarga ajratiladi hamda yo‘llar sektorlarga bo‘linadi. Axborot disk sektorlarining yo‘llari bo‘ylab yoziladi.
Disketlarda ham fayl sistemasi ish yuritadi va shuning uchun har bir sektorda identifikatsiya qilish uchun joy ajratiladi (adres maydoni), qolgan joylariga esa ma’lumotlar yoziladi. Ma’lumot yozish uchun ishlatiladigan qurilma, ya’ni diskyurituvchi ikkita dvigatel bilan ta’minlangan. Ularning biri himoya g‘ilofi ichidagi plastinkani markaz atrofida, ikkinchisi esa o‘qish-yozish kallagini disk yuzasi radiusi bo‘ylab harakatlantiradi. Himoya g‘ilofida yozishdan himoyalashning maxsus darchasi mavjud. Ishlash vaqtida bu darcha ochiq bo‘lsa, undagi axborotni faqat o‘qish mumkin bo‘lib, u diskdagi axborotni o‘chirish va o‘zgartirishdan saqlaydi.

Disk yurituvchiga joylashtirilgan disketni formatlash quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi: 1

Disk yurituvchiga joylashtirilgan disketni formatlash quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi: 1

Disk yurituvchiga joylashtirilgan disketni formatlash quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi:
1. ”Мой компьютер” sistema katalogi ochiladi.

Disk 3,5 (A:)” disk yurituvchi tanlanib, sichqonchaning o‘ng tugmasi bosiladi

Disk 3,5 (A:)” disk yurituvchi tanlanib, sichqonchaning o‘ng tugmasi bosiladi

2. ”Disk 3,5 (A:)” disk yurituvchi tanlanib, sichqonchaning o‘ng tugmasi bosiladi.
3. Ochilgan kontekst-menyudan “Форматировать...” (Formatlash) amali tanlanadi, natijada quyidagi muloqot oynasi hosil bo‘ladi:

Disketni formatlash uchun “Начать” (Boshlash) tugmasi, aks holda “Закрыть” (Yopish) tugmasi tanlanadi

Disketni formatlash uchun “Начать” (Boshlash) tugmasi, aks holda “Закрыть” (Yopish) tugmasi tanlanadi

4. Disketni formatlash uchun “Начать” (Boshlash) tugmasi, aks holda “Закрыть” (Yopish) tugmasi tanlanadi.
5. Operatsion sistema disketdagi ma’lumotlar bexosdan o‘chib ketishining oldini olish uchun quyidagi ko‘rinishda ogohlantiradi:

Formatlash jarayonini davom ettirish uchun “OK” tugmasi tanlanadi.
Keyingi muloqot oynalarida “OK” va “Закрыть” tugmalarini tanlash bilan formatlash jarayoni tugatiladi.

Flash-xotira va flash-disk sistema blokidagi maxsus portga ulanadi

Flash-xotira va flash-disk sistema blokidagi maxsus portga ulanadi

Flash-xotira va flash-disk sistema blokidagi maxsus portga ulanadi.
Bu port USB (Universal Serial Bus, ya’ni universal ketma-ket sig‘im) deb ataladi. Flash-xotira va flash-disk ustida amallar disketlardagi kabi bajariladi. Hozircha ikki turdagi USB portlar bo‘lib, USB 1.1 standarti ma’lumot almashishning 12 Mbit/sek
tezligini ta’minlaydi, USB 2.0 da esa bu ko‘rsatkich 480 Mbit/sek gacha bo‘ladi, ya’ni 40 marta tezroqdir.
Flash-xotira va flash-disk kompyuterga ulanganda masalalar panelining o‘ng qismida piktogrammasi aks etadi. Ishlash jarayonida flash-xotira va flash-disk energiyani kompyuterdan olgani uchun kompyuterdan uzishdan avval xavfsiz o‘chirilishi kerak.
Buning uchun quyidagi amallar ketma-ketligi bajariladi:
• masalalar panelidagi flash-xotira belgisiga sichqoncha ko‘rsatkichi yo‘naltiriladi va chap tugmasi bosiladi;
“Безопасное извлечение Запоминающее устройство для USB-диск (F:)” lavhasiga sichqoncha ko‘rsatkichini yo‘naltirib chap tugmasi bosiladi;
• ekranda USB qurilmasini xavfsiz uzish mumkinligi haqidagi ma’lumot aks etgachgina flash-xotirani kompyuterdan uzish mumkin bo‘ladi.

Vinchester ham disket kabi tashqi xotira sifatida qaralishi mumkin

Vinchester ham disket kabi tashqi xotira sifatida qaralishi mumkin

Vinchester ham disket kabi tashqi xotira sifatida qaralishi mumkin. Vinchester xotirasidan unumli foydalanish maqsadida uni bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan turli hajmdagi bir necha bo‘laklarga (“mantiqiy” disklarga) ajratish mumkin. Bu bo‘laklar C, D, E va h.k. nomlar bilan belgilanadi. Vinchesterni bo‘laklarga ajratish maxsus dasturlar yordamida amalga oshiriladi. Bu dasturlar ichida keng qo‘llaniladigani FDISK hisoblanadi. FDISK dasturi yordamida vinchester istalgancha bo‘laklarga bo‘linib, har bir bo‘lak alohida formatlanadi. Formatlash jarayonida vinchesterdagi axborotlar o‘chib ketadi.
Kompakt diskdagi ma’lumotlarni o‘qish uchun CD-ROM qurilmasi bo‘lishi yetarli, lekin ma’lumot yozish uchun kompyuterga CD Writer qurilmasi o‘rnatilgan bo‘lishi kerak.
Kompakt diskka ma’lumot yozishni Windows XP operatsion tizimi vositalari yordamida amalga oshirish mumkin. Lekin diskka yozish, nusxa ko‘chirish, o‘chirish va yangilash masalalarini mukammal darajada bajarish uchun maxsus dasturlardan, masalan, Ahead Nero Burning ROM dasturidan foydalanish tavsiya etiladi.
Shaxsiy kompyuterda DVD larni ochish uchun unga DVD-ROM qurilmasi o‘rnatilgan bo‘lishi kerak. DVD-ROM qurilmasi nafaqat DVD, balki CD larni ham ochish imkoniyatini beradi.

Diskdagi sistema xatoligi, ba’zi ma’lumotlar o‘chirilib, boshqasi yozilganda tashqi xotiradagi ma’lumotlar tarqoq joylashishi va buning oqibatida bo‘sh joylarning aniqlanishiga ketayotgan vaqtning ortishi, diskdagi ma’lumotlar hajmining…

Diskdagi sistema xatoligi, ba’zi ma’lumotlar o‘chirilib, boshqasi yozilganda tashqi xotiradagi ma’lumotlar tarqoq joylashishi va buning oqibatida bo‘sh joylarning aniqlanishiga ketayotgan vaqtning ortishi, diskdagi ma’lumotlar hajmining…

Diskdagi sistema xatoligi, ba’zi ma’lumotlar o‘chirilib, boshqasi yozilganda tashqi xotiradagi ma’lumotlar tarqoq joylashishi va buning oqibatida bo‘sh joylarning aniqlanishiga ketayotgan vaqtning ortishi, diskdagi ma’lumotlar hajmining ko‘pligi va boshqalar. Shu sababli NTFS fayl sistemasida disk sohasini to‘liq saqlash uchun maxsus usullar qo‘llanilgan. Lekin bu ham fayllar bo‘laklanishining oldini ololmaydi. Shuning uchun qattiq diskni tez-tez (iloji bo‘lsa xaftada bir marta) defragmentatsiyalab (ing. parcha yoki qismlarni yig‘ish) turish maqsadga muvofiq.
Operatsion sistemalar qattiq disk, flash-xotiralar bilan ishlash uchun quyidagi muloqotli servis xizmatlarini taklif etadi:
diskni tozalash (keraksiz ma’lumotlarni o‘chirish);
diskdagi ba’zi axborotlarni arxivlash;
diskni defragmentatsiyalash.
Masalan, diskni degragmentatsiyalash uchun Windows operatsion sistemasi servis xizmatining “Diskni defragmentatsiyalash” bo‘limidan foydalanish mumkin. Servis xizmatidan foydalanish uchun quyidagi rasmdagi kabi bo‘limlar tartib bilan ochiladi va “Diskni defragmentatsiyalash” xizmati ishga tushiriladi.

Disklarga xizmat ko'rsatuvchi dasturlar

Disklarga xizmat ko'rsatuvchi dasturlar

Bu xizmat ishga tushgach, avval disk sohasida ma’lumotlar qanday joylashganini tahlil etadi

Bu xizmat ishga tushgach, avval disk sohasida ma’lumotlar qanday joylashganini tahlil etadi

Bu xizmat ishga tushgach, avval disk sohasida ma’lumotlar qanday joylashganini tahlil etadi. Quyidagi rasmda disk sohasida ma’lumotlar joylashish tahlili (analizi) ko‘rsatilgan. Bunda oq joylar diskdagi bo‘sh joylar bo‘lib, boshqa ranglar esa fragmentatsiyalangan, fragmentatsiyalanmagan va ko‘chirilmaydigan
fayllarning qanday taqsimlanganini bildiradi.

Материалы на данной страницы взяты из открытых истончиков либо размещены пользователем в соответствии с договором-офертой сайта. Вы можете сообщить о нарушении.
26.03.2024