Farg`ona vodiysida sovet hokimiyatining o`rnatilishi
Kadirova Zamira Saydiraimovna
Farg`ona ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati tarix fani o`qituvchisi
Dehqonova Dildora Ne`matovna
O`zbekiston tumani 23-umumta`lim maktabi tarix fani o`qituvchisi
Annotatsiya
Ushbu maqolada Farg`ona viloyatida sovet hokimiyatining o`rnatilishi haqida tarixiy ma`lumotlar berilgan .Shuningdek yoritilmay kelgan ayrim voqea hodisalar ham bayon etilgan.
Kalit so`zlar: sovet hokimiyati, Farg`ona vodiysi,bolsheviklar,Turkkomissiya, Skobelev shahri,yer-suv islohoti
O’zbekiston mustaqillikka erishgan kundan boshlab tariximizga bo’lgan munosabat tubdan o’zgarib, sovet davrida noto’g’ri baho berilgan yoki yuzaki ko’rib chiqilgan masalalarga jiddiy ilmiy yondashuv kuchaydi. Ayniqsa, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 27 iyuldadagi “O’z RFA tarix instituni faoliyatini takomillashtirish haqidagi qaroridan so’ng haqqoniy tarixni yaratish, bu jarayonda birlamchi manbalarga asosiy e’tibor berish, qo’yilgan muammoni soha mutahassislari tamonidan hal etilishi, mavjud muammolar yechimini kutayotgan muammolar talayginaligi” ana shunday masalalardan biri.
Ko`plab ilmiy maqolalar va adabiyotlarda asosan Turkiston o`lkasida sovet hokimiyatining o`rnatilishi haqida so`z yuritiladi,lekin bevosita Farg`ona vodiyida bo`lib o`tgan voqealar kam yoritilgan.
1917 yilning may oyidayoq Farg`ona vodiysida sovetlarning faoliyati kuchayganligini ko`rish mumkin edi.Bunga o`sha davrda mahalliy aholi bilan birga markaziy Rossiya hududidan Farg`ona vodiysiga ko`chib kelgan rus millati vakillarining bo`lganligi ham o`z ta`sirini ko`rsatgan .Ma`lumotlarga ko`ra birgina temir yo`l sohasida 200 ga yaqin rossiyalik ishchilar faoliyat olib borgan.Ular orasida birinchi jahon urushi ishtirokchilari ham bo`lgan.Aynan shulardan sovetlar o`z maqsadlariga erishish uchun tashviqot ishlarida foydalangan. 1917 yil iyun oyida chop etilgan “Ozodlik bayrog`i”(hozirgi“Farg`ona haqiqati”)gazetasida aytilishicha,Skobelev shahrida RSDRP a`zolari bo`lgan Kabirov,Konovalov,Xoliqov,Yusupovlar tomonidan ko`plab soha vakillarining kasaba uyushmalari 1916 yildayoq tuzilganligi aytib o`tiladi.Ishchi daputatlar Soveti tarafdorlari tomonidan Farg`onanig barcha shahar va qishloqlarida mitinglar,yig`ilishlar va suhbatlar o`tkazib,soldatlar orasida “Pravda”, “Soldatskaya Pravda “ gazetalarini tarqatib tashviqot ishlarini olib borishgan,
Bolsheviklar tomonidan Petrogradda amalga oshirilgan oktabr oyidagi davlat to‘ntarishi Turkiston xalqlarining, shu jumladan, Farg‘ona vodiysi aholisining ozodlik va mustaqillikka erishish to‘g‘risidagi umidlarini oqlamadi.
Skobelevda (Farg'ona) 1917 yil 6 (19) noyabrda Sovet hokimiyati o'rnatildi va 1917 yil 22 dekabrda (1918 yil 4 yanvar) Farg'ona Kommunistik partiyasi shakllandi.1917 yil dekabrda Skobelevda Farg'ona vodiysi ishchi, askar va dehqon deputatlari Sovetlarining qurultoyi bo'lib o'tdi . Qurultoyda mahalliy delegatlardan iborat 62 delegat ishtirok etdi. Qurultoy tarkibi: bolsheviklar-24, eserlar-13, partiyasizlar -15 kishi. Qurultoyda vodiyda sovet hokimiyatini kuchaytirishga qaror qildi va
10 kishidan iborat viloyat kengashining ijroiya qo'mitasini sayladi. Viloyat kengashining birinchi raisi etib bolshevik P. Krutikov, rais o'rinbosari esa Sh.Xolbotirov saylandi . Sovet tuzumini qo'llab-quvvatlash uchun ko'plab qishloq mehnatkashlari “Qo`shchi” ittifoqini tashkil etishda qatnashdilar.Marg'ilon "Qoshchi" kasaba uyushmasi raisi Yo`ldash Oxunboboyev, keyinchalik O`zSSR MIQ raisi etib saylangan . 1918 yil oxiri va 1919 yil boshida, butun mamlakat kabi, Farg'ona viloyatida ham vaziyat yanada murakkablashadi.Farg'ona viloyatida Toshkentda qo'zg'olon bostirilgandan keyin “aksil-inqilobiy unsurlar” kuchaydi. 1919 yil yozida Farg'ona frontini yanada kuchaytirish choralari ko'rildi, shu bilan birga Farg'ona viloyati Ijroiya qo'mitasi Farg'ona viloyati inqilobiy qo'mitaga aylantirildi. 1920 yil may oyida Farg'ona vodiysidagi vujudga kelgan og`ir vaziyatni hisobga olib Mixail Frunze Turkdivisiyaga tashrif buyuradi.O`sha vaqtda avj olgan milliy ozodlik kurashchilari( “bosmachilar”)ga qarshi kurashish maqsadida Farg'ona qo`shin guruhlarini kuchaytirish bo'yicha qat'iy choralarni ko'radi.1919 yilning may oyida Turk Komissiyasining rahbarlari: fuqarolar urushi va harbiy intervensiya davridagi eng katta harbiy qo`mondoni M. Frunze va Turkkomissiya raisi Sh. Eliava Skobelev shahriga yetib kelishadi hamda Farg'onada sovet hokimiyatini mustahkamlash va Farg'ona vodiysidagi “bosmachi”(istiqlolhi)larni mag'lub etishda asosiy rol o'ynaganlar.
Yer-suv islohoti oqibatida Farg`ona viloyatida 40 desyatina sug`oriladigan yerlari bor katta rer egalarining xo`jaliklari butunlay tugatilishi ,ularning yerlari yer fondiga o`tkazilishi va dehqonlarga bo`lib berilishi kerak edi.1334 ta qishloq xo`jalik artellari tashkil etildi. Umuman olganda,yer –suv islohoti boy-quloq xo`jaliklarini tugatish,yerlarni yersiz va kam yerli dehqonlar,batraklar,chorikorlar orasida taqsimlashga qaratilgan edi.Hatto vaqf yerlari ham islohot jarayonida tortib olindi.Sovet hokimiyati yirik boylar va zamindorlardan tortib olingan yerlar hisobiga dastlabki qishloq xo`jalik shirkatlari,kommunalar,sovxozlar tashkil etishga kirishdi. Ayrim ma`lumotlarga ko`ra, Farg`onada birinchi kolxozlar 1932 yilda paydo bo`lgan.
Shunday qilib, sovet hokimiyati va kommunistik partiya qishloqda jamoalashtirish siyosatini olib bordi va bu yo`lda qishloq ahliga nisbatan nechog‘lik zulm va zug‘um o‘tkazib ,xalqning boshiga ko`plab sinovlarni solsi
Adabiyotlar:
1. Eshov B. “O’zbekistonda davlat va boshqaruv tarixi” “Yangi avlod”, 2012 yil 2. O’rta Osiyo komunistik tashkilotlarining tarixi.-T.: “O’zbekiston”-1969.
© ООО «Знанио»
С вами с 2009 года.