Farhod Alimov
Kompozitor Farhod Alimov hozirgi zamon o’zbek musiqa san’atining zabardast vakillaridan biridir.
XX asr 80-yillarining ikkinchi yarmida O’zbekiston Bastakorlar uyushmasiga kirib keldi.
Toshkent davlat konservatoriyasi orkestr dirijyorligi kafedrasida dotsent
Alimov Farhod G’ulomjon o’g’li
1947 yil 23 oktyabrida Toshkentda muhandis oilasida dunyoga keldi. 1954 yili Y.Oxunboboyev nomidagi 45-o’rta ta’lim maktabiga o’qishga boradi. Farhodjonning musiqaga qiziqqanini sezgan ota-onasi uni 1959 yili R.Glier nomidagi respublika musiqa maktab-internatiga o’tkazadilar. Bu yerda u g’ijjak chalishni taniqli o’qituvchi O.Xolmuhammedov sinfida o’rgandi. 1965 yili maktabni muvaffaqiyatli tugatib, Toshkent davlat konservatoriyasining o’zbek xalq cholg’ulari fakultetiga imtihonsiz qabul qilinadi.
Konservatoriyani 1970 yilda g’ijjak bo’yicha bitirib, O’zbekiston radiosi qoshidagi o’zbek xalq cholg’ulari orkestriga sozanda bo’lib ishga kirdi. Orkestrda ishlab yurgan paytlarida musiqa bastalashga intilib, qo’shiq va kuylar yoza boshladi. Kompozitorlik malakasiga ega bo’lish uchun 1972 yili konservatoriyaning tayorlov kurslarida, so’ngra asosiy bosqichida B.Gienkoda ta’lim oldi. 1975 yildan boshlab A.Qodiriy nomidagi Toshkent davlat madaniyat institutida katta o’qituvchi, 1993 yildan dotsent lavozimlarida ishladi. 1995 yildan e’tiboran Toshkent davlat konservatoriyasi orkestr dirijyorligi kafedrasida dotsent lavozimida ishlagan. F.Alimov musiqa san’atining deyarli barcha janrlarida samarali ijod qilmoqda
Farhod Alimov musiqa san'atining deyarli barcha janrlarida samarali ijod qilmoqda. Uning bastalagan asarlari simfoniya, ovoz va simfonik orkestr uchun «Maftuningman Toshkent vokal- simfonik poemasi, «Ona sayyorani asrang» kantatasi, «Ibn Sino hayotidan lavhalar» simfonik poemasi, «Shodiyona», «Tabriknoma», «То'уопа» uverturalari, jo'rsiz xor uchun Navoiy ruboiylariga «Muhabbatnoma turkumi», Bobur ruboiyllariga «Dil sadosi» turkumi milliy ruhi va ta'sirchanhgi bilan ajralib turadi. 1990-yillarda «Muhabbatnoma», «Baxshida» nomli baletlami, quyidagi musiqah dramalarni yaratdi: «Yusuf va Zulayxo», «Fotima va Zuhra», «Nodirabegim», «Devona», «Soyibxo'ja operasi», «Super qaynona», «Checha», «Super qaynona — 2», «Na falakman, na malak», «Muhabbat tuyg'usi», «Oq kabutarlar» musiqali komediyalari Muqimiy nomidagi musiqali teatrda sahna yuzini ko'rgan.
F.Alimov «Mehrobdan спауоп» filmiga, «Samarqand obidalari va muzeylari», «Vatan bizniki», «San'at maktabi» hujjatli filmlariga musiqa bastalagan.
© ООО «Знанио»
С вами с 2009 года.