HARBIY OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA YANGI SO‘ZLARNI O‘QITISHNING TURLI USULLARI
Оценка 4.8

HARBIY OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA YANGI SO‘ZLARNI O‘QITISHNING TURLI USULLARI

Оценка 4.8
pdf
30.11.2022
HARBIY OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA YANGI SO‘ZLARNI O‘QITISHNING TURLI USULLARI
HARBIY OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA YANGI SO‘ZLARNI O‘QITISHNING TURLI USULLARI.pdf

HARBIY OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA YANGI SO‘ZLARNI O‘QITISHNING TURLI USULLARI

 

Erkinova Saboxatxon Karimjon qizi

Chirchiq Oliy tank qo‘mondonlik muhandislik bilim yurti  ingliz tili o'qituvchisi

 

Annotatsiya. Ushbu maqolada harbiy sohaga doir atamalar, terminlar va neologizmlarni yoddan chiqmaydigan qilib esda saqlab qolish usullari va buni boshqalarga qanday o‘rgatish haqida fikrlar bayon qilingan.

Kalit so‘zlar: mnemonika, metod, usul, atama, termin, neolagizm., xotira saroyi.

 

Annotation: This article provides ideas on how to memorize military terms, terms, and neologisms and how to teach them to others.

Key words: mnemonics, method, method, term, term, neologism, memory palace.

 

Harbiy Oliy ta`lim muassasalaridagi ta`lim berish jarayoni boshqa oliy ta`lim muassasalaridagi ta`lim jarayonlari bilan bevosita bog‘liqdir. Harbiy Oliy ta`lim ham to‘rt yoki besh yillik o‘qish muddatini tashkil etadi, bu holat boshqa oliy o‘quv yurtlariga ham taalluqli. Bundan boshqa o‘xshash tomonlari ham anchagina. Farqli tomonlari esa o‘quv rejasi, tartib-intizomi, dars mashg‘ulotlarining tartibi va beriladigan imtiyozlar va hakozalarni tashkil qiladi. Umuman olganda barcha ta`lim dargohlarini birlashtirib turadigan bitta obyekt bor, bu ta`lim oluvchi ya`ni talabadir. Talabalarning salohiyati bir xil bo‘ladi, ularning farqli tomoni esa qanday yo‘nalishga yo‘naltirilgani va qay yo‘sinda o‘qitilganida. 

Harbiy sohaga doir ilmiy atamalar va terminlarni yod olish, ularning izohli ma`nolari bilan eslab qolish ko‘pchilikka muammo tug‘diradi. Bu ish shu soha vakillariga oson bo‘ladi, ular shu sohaning egalarigiku axir deyishingiz mumkin albatta, biroq ozgina adashgan bo‘lasiz. Sababi, shunday atama va terminlar borki, ularni eslab qolish shu kasb egalariga ham muammo bo‘ladi. Nega shunaqa, nega inson yangi so‘z yoki atamalarni eslab qolishda qiyinchiliklarga duch keladi, degan savollarga javob qidiramiz.  Bu holatga miyamizning ish faoliyati va boshqa ko‘plab omillar sabab bo‘ladi. Xotiramizdagilar juda qisqa fursatda esdan chiqib ketadi, shuning uchun olingan bilim vaqt o‘tgan sayin yoddan ko‘tariladi. Yoki siz kechagina o‘qigan adabiy asar qahramonlarini eslay olmaysiz. Ertalab maqola o‘qigan bo‘lishingiz mumkin, ammo sarlavhasi esingizda yo‘q. Bunday holatlar ko‘p uchraydi va ular xotiramiz qisqa muddatli bo‘lishini tasdiqlaydi. Qisqa muddatli xotiradagi axborot uzoq muddatli xotiraga o‘tmay qoladi, oqibatda biz ma`lumotlarni yo‘qotaveramiz. Xotiramizning qisqaligini ilk bor nemis olimi Ebbinghaus kashf qilgan, qisqacha aytganda, siz hozir o‘qiyotgan maqolaning 90% ini 30 kun ichida sekin-asta unutasiz. Xotiramiz vaqt o‘tgan sayin yo‘qoladi. Buni tan olamizmi-yo‘qmi, xotiramiz shunday yaratilgan. Faqatgina xotirangizdagi ma`lumotni uzoq muddatli xotiraga olib o‘tsangiz, esingizda qolishi mumkin. Demak, har qanday so‘z yoki terminni, atamani uning ma`nosiyu kelib chiqish tarixini eslab qolishni imkoni bor, faqat qanday eslab qolishning yo‘lini bilish kifoya ekan. Odatda o‘qituvchilar tomonidan vazifa, aytaylik, yod olish yoki o‘rganish aytiladi, lekin qanday bajarish kerakli aytilmaydi. Har qanday sohaning, har qanday bilim olishning sir-sinoati bo‘lganidek yod olish, yillarni eslab qolish, atamalarni izohini unutmaslikning o‘zini sir-asrorlari ya`ni usullari bor. Shunday usullardan bir nechtasini sanab o‘tamiz. Bu metodlarni yaxshiroq tushunish uchun bizga mnemonika haqida bilimlar kerak. Mnemonika – (yunoncha, eslab qolish san`ati. Sun`iy assotsiatsiyalar hosil qilish yo‘li bilan esda olib qolishni osonlashtiruvchi usullar). Bu sohada mnemonikaga doir adabiyotlarni o‘qish bizga faqatgina foyda keltiradi. Shunday kitoblardan biri “Mukammal xotira” Shohruh-Mirzo Rahmonov muallifligida chop etilgan. Biz bu kitobni harbiy sohadagi atama va terminlarni o‘rganish, eslab qolishda qanchalik qo‘l kelishini isbotlashga harakat qilamiz. Bu asarni o‘qigan talaba mnemonika nima ekanligi haqida tushunchaga ega bo‘ladi va yodlash metodlari qanday ishlashi va qanday tuzilganlik mohiyatini tushinib yetadi. Atamalar, sohadagi yangi neologizimlar, terminlarni va ularni izohini eslab qolishda “xotira saroyi” uslubi qo‘l keladi. Bu uslub ishlash mohiyati shundaki; ma`nosi bilan yod olishimiz kerak bo‘lgan 10 atamani olamiz va ularni tartib bilan o‘zimizga tanish bo‘lgan birorta makonga joylashtirib chiqamiz. U makon sizning uyingiz yoki ishxonangiz umaman olganda har yer bo‘lishi mumkin. Muhimi siz yaxshi biladigan joy bo‘lishi kerak. Uyimizni eshigi, telivizor, mebellar joylashuvi, xonalar ketma-ketligi bularning har biri xotiramiz saroyidagi makonchalarni tashkil qiladi. Atamalarni tartib bilan joylashtirib chiqqanimizdan so‘ng, ularni endi har birini izohi bilan assotsiatsiyalaymiz ya`ni bog‘lab chiqamiz. Bu ish boshlanishiga ko‘p vaqtimizni olishi mumkin, lekin takrorlayversak vaqt o‘tishi bilan tezlashib boradi. Natijada siz uchun 10 ta atamani izohi bilan yodlab qolish 5 daqiqa vaqtingizni olishi mumkin. Bu usulni o‘zlashtirish har qanday kasb egasiga juda qo‘l keladi. Ayniqsa harbiylarimiz uchun vaqt, intizom birinchi o‘rinda turadi, demak qisqa vaqtda ko‘p narsaga erishish kerak. Bundan tashqari bu metodni takrorlash tartibi kishidan qatiyatni talab qiladi va shakllantiradi, bu esa harbiy soha eng kerakli narsadir. Qo‘yilgan maqsadga erishish kerak, tamom ! Ikkinchi metod neologizmlarni ya`ni sohaga doir yangi tushunchalarni yodlash usuli. Bu usul huddi boshqa tildagi so‘zlarni tarjimasi bilan yodlashga o‘xshab ketadi. Demak usul quyidagicha ishlaydi; neologizmlar ro‘yxat qilinadi masalan 20 ta, ularni talaffuz qilish jarayonini o‘zimiz kun davomida talaffuz qiladigan birorta so‘z bilan solishtiramiz, o‘xshash tomonlarinin qidiramiz. Misol uchun “simsiz local tarmoq”, bunda local so‘zi (mahalliy, tabiy ravishta) degan ma`noni anglatadi. Local so‘zi tilimizdagi bakal yoki vokal so‘zlari bilan juda o‘xshash. Biz localni esga olish uchun uni bakal so‘zi bilan bog‘lab olamiz “bakaldagi  suv to‘kilib local tarmoq ishlamay qoldi” shunga o‘xshash assotsatsiyalash keyinchalik o‘sha so‘zni eslashimizda juda qo‘l keladi. Sohaga kirib kelgan yangi terminlarni, neologizimlarni shu yo‘sin yodlab qolishimiz ham mumkin. Bu metodlardan oliy ta`lim muassasalaridan kamdan kam foydalanishadi, sababi ular an`anaviy takrorlab yodlash, tuhsunmasdan yoshlash tamoyiliga o‘rganib qolishgan va yangilik qilishdan cho‘chishadi. Bunga o‘xshash metodlar, usullar ko‘pdan ko‘pdir. Faqatgina bu metodlar haqida ko‘proq qiziqib izlanish, kitoblar o‘qish hamda ko‘proq amaliyotda sinash kerak. Shunda bu usullar o‘z samarasini beradi. Faqatgina nazariya bilan ish bitmaydi, tajriba o‘rgangan narsalarni mustahkamlashga katta yordam beradi. Mening fikrimcha birorda kitobni o‘qishdan oldin, birorta kasb yoki hunarni o‘rganishdan oldin shu ish qanday qilinishi ya`ni o‘qilishi, o‘rganilishi kerakli haqida bilimga ega bo‘lsa bu ishlarni bajarish osonlashadi. Har qanday bilimni egallashda layoqati bor ilmi tolib va unga chin dildan ilm bermagan ustoz birgalikda kata natijalarga erishishi mumkin. Bu hoh oliy ta`limb o‘lsin, hoh ustoz-shogird an`anasi. Biz sanab o‘tgan metod va usullar esa bizga bu yo‘lda yelkadosh bo‘ladi.

 

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1.  Shohruh-Mirzo Rahmonov “Mukammal xotira” Toshkent“Akademnashr”. 2021. 129-245-betlar.

2.  Ashirbaeva, A. (2020). Effectual methods of teaching literature. Academic research in educational sciences,(3)

3.  Tom Hutchinson & Alan Waters. English for Specific Purposes. – Cambridge University Press, 2006. – Р. 9–15.

4.  O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori,

22.10.2021 yildagi 655-son.

5.  Kun.uz

6.  uz.denemetr.com

 

 

HARBIY OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA

HARBIY OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA

Bu holatga miyamizning ish faoliyati va boshqa ko‘plab omillar sabab bo‘ladi

Bu holatga miyamizning ish faoliyati va boshqa ko‘plab omillar sabab bo‘ladi

U makon sizning uyingiz yoki ishxonangiz umaman olganda har yer bo‘lishi mumkin

U makon sizning uyingiz yoki ishxonangiz umaman olganda har yer bo‘lishi mumkin

Mening fikrimcha birorda kitobni o‘qishdan oldin, birorta kasb yoki hunarni o‘rganishdan oldin shu ish qanday qilinishi ya`ni o‘qilishi, o‘rganilishi kerakli haqida bilimga ega bo‘lsa bu…

Mening fikrimcha birorda kitobni o‘qishdan oldin, birorta kasb yoki hunarni o‘rganishdan oldin shu ish qanday qilinishi ya`ni o‘qilishi, o‘rganilishi kerakli haqida bilimga ega bo‘lsa bu…
Материалы на данной страницы взяты из открытых истончиков либо размещены пользователем в соответствии с договором-офертой сайта. Вы можете сообщить о нарушении.
30.11.2022