Tarixiy obidalar
XIVA XONLIGI:
Me’moriy inshoot nomi Qurilgan sanasi
Amirto‘ra 1870
Arab Muhammadxon madrasasi 1616
Ark darvozasi ?
Juma masjidi XVIII asr oxiri
Islomxo‘ja minorasi 1908
Kalta minor ?
Qozi-kalon madrasasi 1905
Qozi Kolon madrasasi XIX asr oxiri – XX asr boshi
Qoroqum Eshon madrasasi XIX asr
Qumbosgan qal’a (qadimgi Xorazm) mill.avv. III-II asrlar
Qutlug‘ murod inoq madrasasi 1809
Qutlug‘ Inoq madrasasi 1812
Musa To‘ra madrasasi 1840
Muhammad amin inoq madrasasi 1805
Muhammad Aminxon madrasasi 1851-1852
Muhammad Amin madrasasi 1765
Muhammad Rahimxon madrasasi 1871
Nurillaboy saroyi (Rahimxon - II) 1904-1912
Olloqulixon karvonsaroyi va bozor 1835
Olloqulixon madrasasi 1834
Otajonboy 1884
Pahlavon Mahmud maqbarasi 1810, 1835
Polvon ota maqbarasi 1810-1913
Salim Oxun madrasalari 1905
Sayidboy madrasasi 1842
Solihboy Masjidi 1842
Toshhovli saroyi 1838
Tosh darvoza (Xivada) XIX asr
Faxriddin Roziy, Sulton Takash, N.Kubro maqbaralari (Ko‘hna Urganch) XIII-XIV asr
Hazoraspdagi Rahmonquli inoq saroyi 1832-1841
Sherg‘ozixon madrasasi 1728
Xiva butun XIX asr va XX asrning boshlari ichida qurildi. Shaharsozlik Muhammad Rahimxon hukmronligi zamonida boshlanib (1806-1825), uning o‘g‘li Ollohqulixon(1826-1842) davrida davom ettirildi. 1990-yilda Ichan qal’a Butun jahon yodgorliklari ro‘yxatiga kiritilgan. Shahardan o‘zaro ko‘ndalang kesishgan 2 ta katta ko‘cha va 4 darvoza (Ota darvoza, Polvon darvoza, Bog‘cha darvoza va Tosh darvoza) orqali Dishan qal’aga chiqiladi. Ichan qal’a devorining uzunligi 2200 metr, balandligi 6-8 metr, tag zaminining qalinligi 5-6 metr. Qal’a to‘g‘ri to‘rtburchak shaklida qurilgan bo‘lib, uzunligi 650 metr, eni 400 metr, jami 26 ga. maydonga ega. Xiva Muhammad Amin Inoq hukmronligi davrida, 1782-yil qayta tiklandi.
© ООО «Знанио»
С вами с 2009 года.