Inrtanet xaqida
Оценка 4.6

Inrtanet xaqida

Оценка 4.6
Домашнее обучение
ppt
информатика
Взрослым
06.02.2022
Inrtanet xaqida
Intranet
INTRANET.ppt

INTRANET ASOSLARI

INTRANET ASOSLARI

INTRANET  ASOSLARI

Intranetning afzalliklari. 2. Intranetni yaratish

Intranetning afzalliklari. 2. Intranetni yaratish

1. Intranetning afzalliklari.
2. Intranetni yaratish
Tashkiliy masalalar.
Texnologiyaviy masalalar.
3. Mavjud kompyuter tarmog'i asosida Intranet yaratish
4. Intranetni yangidan yaratish.
4.1. Aloqa qismi.
Intranet sxemasi.
LAN texnologiyasi
Tarmoq texnologiyasi
Yulduz topologiyasi
Yo’lak topologiyasi
halqa topologiyasi
Uzatish tizimi
Uzatish muhiti
Bog‘lanib olish tizimi
Axborot xavfsizligi

Copyright © 2000 IATP Site design by Makhmud Botirov

EN GRANT IATP II&IS UZ IATP GRANTI II va AH

M u n d a r i j a

4.2. Serverlar qismi.
Tarmoq amal tizimi
Windows NT Server 4.0 tarkibi
Web-serverni o‘rnatish.
Axborot mazmuni.
Web-server tuzilmasi.
Ketma-ket sxema
Ko'p konturli sxema
Daraxt sxemasi
Web-serverning ishchanligi.
Serverning apparat platformasi
4.3.Mijozlar qismi.
Mijoz ish joyi.
standart brouzer
Mijozning minimal ta’minoti
TCP/IP tarmog'i.
5. Intranetning ko’pqatlamli modeli.

Intranet - biror yuridik shaxs(vazirlik, kompaniya, tashkilot, korxona, ta'lim muassasasi va sh

Intranet - biror yuridik shaxs(vazirlik, kompaniya, tashkilot, korxona, ta'lim muassasasi va sh

Intranet - biror yuridik shaxs(vazirlik, kompaniya, tashkilot, korxona, ta'lim muassasasi va sh.o‘.)ga tegishli kompyuter tarmog‘i bo‘lib, u Internetda sinovlardan yaxshi o‘tgan axborot texnologiyalari asosida yaratiladi.
"Intranet" tushunchasi 1994 yildan boshlab, Internetda Web texnologiyalari muvaffaqiyatli sinovlardan o‘tib zo‘r e'tibor qozongandan so‘ng paydo bo‘ldi. Zero Intranetni Web texnologiyasisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi.
Intranet texnologiyasining asosida web texnologiyasining asosiy tarkibiy qismlari- HTML, HTTP va brouzer hamda Internetning asosiy protokoli TCP/IP yotadi.
Intranet an'anaviy kompyuter tarmoqlaridan farqli qator sifatlarga ega. Bular:
Boshqaruv va yuridik shaxs faoliyati yo‘nalishlarini avtomatlashtirishda Intranet texnologiyasi o‘zida odatda bir-biriga zid bo‘lgan markazlashtirish (nazorat va boshqaruvga nisbatan) va taqsimlanganlik (aloqa va ijroga nisbatan) tamoyillarini birlashtirishga imkon beradi;
Axborot resurslaridan foydalanish va ularni yaratib saqlash tamoyili ko'proq undan foydalanuvchilar manfaatiga mos keladi, axborot foydalanuvchilar uchun zarur va qulay shaklda beriladi;
Axborotga kirish universal va sodda, asosan bir xil brauzer vositasida amalga oshiriladi. Bu xizmatchilarga qo‘shimcha qulayliklar tug‘diradi.
Resurslar ish joylarida yaratilib markazlashgan holda, Web-serverlarda saqlanadi, unga kirish intizomi aniq belgilab qo‘yiladi, axborot himoyasi osonlashadi;
Intranet o‘ziga xos taqsimlangan dasturiy, axborot va aloqa muhitini o‘zida mujassamlantirgan;
Axborot oqimi matn, tasvir, audio, video ko‘rinishida bo'lgani uchun guruhiy faoliyatlar tele-, video-konferentsiyalar asosida yo‘lga qo‘yilishi oson;
Intranet avvalgi tarmoq turlariga nisbatan iqtisodiy samarali, uni mavjud turli-tuman vositalar, aloqa kanallari asosida ham tez yo‘lga qo‘yish mumkin. Bu investitsiyalarni iqtisod qilishga imkon beradi. Intranetning har bir ish o‘rni taxminan 50 AQSH dollariga tushadi.

Copyright © 2000 IATP Site design by Makhmud Botirov

EN GRANT IATP II&IS UZ IATP GRANTI II va AH

1. Intranetning afzalliklari.

Yuridik shaxs hujjatlarini elektron nashr qilib turish

Yuridik shaxs hujjatlarini elektron nashr qilib turish

Yuridik shaxs hujjatlarini elektron nashr qilib turish. Intranet serverlarida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar, aktsiyalar ro‘yxati, ichki ma'lumotnomalar, standartlar, qoidalar va umuman yuridik shaxsning e'lon qilinadigan har qanday hujjati Web - sahifalar tarzida chiqarib turiladi. SHunday qilib yuridik shaxsning barcha xodimlari va mexmonlar uchun zarur axborot Web-sahifalarda yoritilib boriladi.
Yuridik shaxsning ma'lumotlar bazasi(jamg'armasi)dan foydalanish. Intranetdan foydalanuvchi brauzer vositasida serverdagi ma'lumotlar bazasi bilan to‘la ishlay oladi: server bazasidagi ma'lumotlarni o‘zgartish, ulardan foydalanish uchun uning HTML shaklini olib ishlab, so‘ngra serverga qaytarish kifoya. Server tegishli o‘zgarishlarni ma'lumotlar bazasiga o‘zi kiritib qo‘yadi.
Xat-xabar, hujjatlar bilan almashish. Buning uchun E-mail va UseNet xizmatlarini ishga tushirib qo‘yish kifoya.
Interaktiv (o‘zaro faol) ishlash. Buning uchun interaktiv munosabatlarni amalga oshiruvchi Web-sahifalarni tegishli dasturlar bilan ta'minlab qo‘yish kifoya.
Yuridik shaxsni avtomatlashtirish tizimi. Hozirgi kunda hujjatlar oqimini Intranet asosida yo‘lga qo‘yishda marketing, buxgalteriya, reja bo‘limi, moliya bo‘limi omborxona ishlari va boshqa bo‘limlar ishini avtomatlashtirishda Intranet texnologiyalari keng qo‘llanilmoqda.
Ta'lim va malaka oshirish. Yuridik shaxsni ta'lim va ilmiy-texnik axborot bilan ta'minlashda Intranetga muqobil yechim topish qiyin. Universitet, kollej, ilmiy muassasalarning student, professor - o‘qituvchi va boshqa xodimlari uchun Intranet muhitining qulayliklari haqida ortiqcha so‘zga xojat ham yo‘q.

Intranet texnologiyasi yuridik shaxsning mavjud mahalliy(lokal) yo mintaqaviy(keng makonli - global) kompyuter tarmog‘i negizida tez va eng kam sarf-xarajatlar evaziga Intranet hosil qilish imkonini beradi.

Copyright © 2000 IATP Site design by Makhmud Botirov

EN GRANT IATP II&IS UZ IATP GRANTI II va AH

Intranetdan yuridik shaxslar quyidagi yo‘nalishlarda foydalanadilar:

Intranetni yaratish uchun qator tashkiliy va texnologiyaviy masalalarni rejalashtirib, ularni amalga oshirish lozim

Intranetni yaratish uchun qator tashkiliy va texnologiyaviy masalalarni rejalashtirib, ularni amalga oshirish lozim

Intranetni yaratish uchun qator tashkiliy va texnologiyaviy masalalarni rejalashtirib, ularni amalga oshirish lozim.
Tashkiliy masalalar.
Avvalo, Intranet strategiyasini belgilovchi qarorlar qabul qiluvchi mas'ul shaxs - Intranet rahbari tanlanadi va uning ixtiyoriga maslahatchilar, va ishchi guruh biriktiriiladi. Maslahatchilar sifatida Intranet yaratish tajribasiga ega mutaxassis-ekspertlar tanlanadi. Ishchi guruhga tarmoq tizimi ma'muri, Web-masterlar, tarmoq xavfsizligi bo‘yicha mutaxassis, axborot ta'minoti bo‘yicha mutaxassis, dasturlovchilar va foydalanuvchilar vakillari kiritiladi. Intranetdan foydalanuvchilar vakillari uchun qisqa muddatli o‘qish tashkil etiladi.
Texnologiyaviy masallar.
Intranet yaratishda quyidagi tamoyillar asos qilib olinadi:
Mavjud komputer tarmog'i (agar u mavjud bo'lsa) yoki unga tegishli qismlardan imkoni boricha to'la foydalanish;
Sinovdan o‘tgan mavjud texnologiyalarni qo‘llash;
Tayyor dastur ta'minotlarini qo‘llash;
Internetning ochiq standartlaridan foydalanish.
Intranetning bosh texnologiyasi - Web texnologiyasidir. CHunki, u axborotni nashr qilish va undan birgalikda foydalanish uchun juda qulay bo‘lib, tarmoqning asosiy tuguni Web-server hosil qilish uchun katta mablag‘ talab qilmaydi.
Yuridik shaxs hududida Intranet yaratilishi oldidan ishlab turgan kompyuter tarmog'i bor - yo'qligi Intranet yaratish bo'yicha bajariladigan ishlar ko'lami va tartibiga, yechimlar mazmuniga va ish muddatlariga juda katta ta'sir ko'rsatadi.

Copyright © 2000 IATP Site design by Makhmud Botirov

EN GRANT IATP II&IS UZ IATP GRANTI II va AH

2. Intranetni yaratish.

Mavjud kompyuter tarmog'ida Intranet yaratishda uni quyidagi tarkibiy qismlardan tashkil topgan deb qarash mumkin:

Kompyuter tarmog'i;
Tarmoq amal tizimi; u TCP/IP protokolini qo'llab-quvvatlaydigan bo'lishi lozim;
Kompyuter-server; bu kompyuter tarmog'idagi mavjud yo unga qo'shimch kompyuter bo'lishi mumkin;
Serverning dasturiy ta'minoti;u Web-tarmoq yaratishga, shu jumladan, mijozlardagi brouzerlarning HTTP formatidagi so'rovlarini qo'llab quvvatlaydigan bo'lishi lozim;
Kompyuter-mijozlar; bular kompyuter tarmog'ida mavjud yo unga qo'shimcha kompyuterlar bo'lib, ularda TCP/IP protokolini qo'llab-quvvatlovchi brouzer o'rnatilib, tarmoq dasturiy ta'minoti sozlab qo'yilgan bo'lishi lozim;
Axborot xavfsizligi tizimi; mavjud ximoya tizimi boshqatdan qayta qurishni talab qiladi.
Intranetning asosiy qismi Web-tarmoqni yaratish uchun odatda quyidagi amallarni bajarish kifoya:
Kompyuterlarni TCP/IP tarmog‘iga birlashtirish;
Tarmoq serverlaridan biri asosida Web-server hosil qilish;
Web-serverda barcha zarur hujjatlarni, audio-, video-fayllarni, ma'lumotlar jamg‘armalarini joylashtirish;
Har bir mijoz kompyuterda Web-brauzer o‘rnatish.

Copyright © 2000 IATP Site design by Makhmud Botirov

EN GRANT IATP II&IS UZ IATP GRANTI II va AH

3. Mavjud kompyuter tarmog'i asosida Intranet yaratish

Agar fayl serveri sifatida kompyuter tarmog'ida

Agar fayl serveri sifatida kompyuter tarmog'ida

Agar fayl serveri sifatida kompyuter tarmog'ida Windows NT Server amal tizimi ishlatilayotgan bo‘lsa Web-server o‘rnatish juda oson ko'chadi. Buning uchun Microsoft Book Officeli kompakt-diskdan Microsoft Internet Information Server (MIIS)ni unga yuklash kifoya. Uni www.Microsoft.com dan yuklab olish ham mumkin. MIIS o‘rnatish ustasi o‘z-o‘zicha indalmasa(ruscha, по умолчанию) uchta axborot serverini kompyuterga o‘rnatib qo‘yadi. Bular:
Web-server - axborot nashr etish uchun;
FTR-server - fayl uzatib olish uchun;
Gopher-server - serverdan fayllarni izlab olish uchun.

Web-texnologiyasiga qo‘shimcha suratda Internet texnologiyalaridan boshqalarini ham qo‘llash lozimligini aniqlab ularni amalga oshiruvchi dasturlarni o‘rnatish lozim. Bular elektron pochta (POP 3/SMTP), teleanjuman (NNTP - network news transfer protocol) xizmatlarini yo‘lga qo‘yish uchun mo‘ljallangan dasturlar - protokollar bo‘lishi mumkin. Shuningdek, mavjud kompyuter tarmog'idagi axborot himoyasi vositalarini boshqatdan qayta qurish lozim.

Copyright © 2000 IATP Site design by Makhmud Botirov

EN GRANT IATP II&IS UZ IATP GRANTI II va AH

3. Mavjud kompyuter tarmog'i asosida Intranet yaratish

Intranetni yangidan yaratish. Intranet o‘z tuzilishiga ko‘ra 4 asosiy qismdan tarkib topgan: aloqa, server, mijoz va himoya qismlari

Intranetni yangidan yaratish. Intranet o‘z tuzilishiga ko‘ra 4 asosiy qismdan tarkib topgan: aloqa, server, mijoz va himoya qismlari

4. Intranetni yangidan yaratish.

Intranet o‘z tuzilishiga ko‘ra 4 asosiy qismdan tarkib topgan: aloqa, server, mijoz va himoya qismlari. SHularning tuzilishi intranetning turlarini belgilaydi. Intranetning tugunlari bo‘lmish server qismi serverlar soni, ularning jug‘rofiy joylashishi va xizmat turlari bilan xarakterlanadi. Eng sodda Intranet tuzilmasi yagona serverga (bitta tugunga) ega bo‘lib, unda Intranetda ko‘rsatiladigan barcha xizmat dasturlari mujassamlanadi. Murakkab Intranet tuzilmasida bir necha server (ko‘p tugun) bo‘lib, ular bir-biriga yaqin – mahalliy tarmoqda, yoki serverlar guruhlariga birlashib, bir-biridan olisda, turli mahalliy tarmoqlar tarkibida bo‘ladi.

4.1. Aloqa qismi.

Intranetning aloqa qismi mahalliy kompyuter tarmog’i(LAN – Local Area Net)ning kompyuterlarsiz qismi yoki joylardagi kompyuterlar va LANlarni bir-biriga bog’lovchi mintaqaviy (yo hududiy) aloqa(kommunikatsiya) tarmog’i (WAN – Wide Area Net) tarzida tarkib topgan bo‘ladi. Intranetning aloqa qismi LAN yo/va WAN texnologiyasining aynan o’zidir.

Copyright © 2000 IATP Site design by Makhmud Botirov

EN GRANT IATP II&IS UZ IATP GRANTI II va AH

4. Intranetni yangidan yaratish.

Intranet sxemasi. Intranet sxemasi yuridik shaxs tarkibiy qismlarining jo‘g‘rofiy joylashishiga bog‘liq

Intranet sxemasi. Intranet sxemasi yuridik shaxs tarkibiy qismlarining jo‘g‘rofiy joylashishiga bog‘liq

Intranet sxemasi.
Intranet sxemasi yuridik shaxs tarkibiy qismlarining jo‘g‘rofiy joylashishiga bog‘liq. Intranet sxemasi turlari ko‘p. Quyidagi sxema turlari ko‘p uchraydi:
Mahalliy kompyuter tarmog‘iga Intranet-texnologiyasini tadbiq etish asosida hosil etilgan yagona serverli Intranet

Copyright © 2000 IATP Site design by Makhmud Botirov

EN GRANT IATP II&IS UZ IATP GRANTI II va AH

4.1. Aloqa qismi.

Yuridik shaxsning turli mintaqalar va hududlardagi mahalliy kompyuter tarmoqlarini birlashtirgan intranet

Yuqorida keltirilgan mahalliy kompyuter tarmoqlari –

Yuqorida keltirilgan mahalliy kompyuter tarmoqlari –

Yuqorida keltirilgan mahalliy kompyuter tarmoqlari – LANlar shartli suratda yo'lak topologiyasida keltirilgan. Ularning ayrimlari yulduz yo halqa topologiyasida ham bo'lishi mumkin. Shuningdek mijozlar va serverlar o'zaro quyida keltirilgani kabi mavjud paket uzib ulash tizimi asosida ham hosil qilinishi mumkin.

Copyright © 2000 IATP Site design by Makhmud Botirov

EN GRANT IATP II&IS UZ IATP GRANTI II va AH

4.1. Aloqa qismi.

Quyida har qanday Intranetning aloqa qismi tarkibiga kiruvchi mahalliy kompyuter tarmog'i -

Quyida har qanday Intranetning aloqa qismi tarkibiga kiruvchi mahalliy kompyuter tarmog'i -

Quyida har qanday Intranetning aloqa qismi tarkibiga kiruvchi mahalliy kompyuter tarmog'i - LAN xaqida to'xtab o'tamiz.
LAN atamasi dastlab Mr. Clark tomonidan 1978 yilda qo‘llanilgan. LAN – yuridik shaxs idorasi, kolledj, zavod, laboratoriya, institut kabi kichik bir hudud doirasida tarqalgan axborot texnikasi vositalari (kompyuter, bosgich, terminal, shlyuz va sh.o‘.)ni bir-biri bilan aloqa vositalari orqali bog‘lab beruvchi kompyuter tarmog‘idir.
LAN texnologiyasi tarmoq texnologiyasi, uzatish muhiti, uzatish tizimi va bog‘lanib olish (kirish) tizimi bilan belgilanadi. Hozirgi kunda LAN texnologiyalari ichida Ethernet, Microsoft Token Ring ko’proq qo’llaniladi.
Tarmoq texnologiyasi aloqa kanallarining barcha terminallar bilan ulanish sxemasi. Ulanish sxemasining yulduz, yo‘lak (inglizcha-bus, ruscha-shina, magistral) va halqa topologiyalari farqlanadi.

Copyright © 2000 IATP Site design by Makhmud Botirov

EN GRANT IATP II&IS UZ IATP GRANTI II va AH

4.1. Aloqa qismi.

Yulduz topologiyasi Yulduz topologiyasiga ketadigan sarf-xarajatlar va uning iloji boricha kattaroq hududga qo’llanilish imkoniyatlari hamda tugunning o’tkazaoluvchanlik qobiliyati o’rtacha ko’rsatkichlarga ega bo’lib, puxtaligi(ruscha-nadyojnost) bo’yicha a’lo…

Yulduz topologiyasiga ketadigan sarf-xarajatlar va uning iloji boricha kattaroq hududga qo’llanilish imkoniyatlari hamda tugunning o’tkazaoluvchanlik qobiliyati o’rtacha ko’rsatkichlarga ega bo’lib, puxtaligi(ruscha-nadyojnost) bo’yicha a’lo sanaladi.

Copyright © 2000 IATP Site design by Makhmud Botirov

EN GRANT IATP II&IS UZ IATP GRANTI II va AH

4.1. Aloqa qismi.

Материалы на данной страницы взяты из открытых истончиков либо размещены пользователем в соответствии с договором-офертой сайта. Вы можете сообщить о нарушении.
06.02.2022