Internet texnologiyalari rivojlanishining analitik tahlili 2
Оценка 4.7
Домашнее обучение +1
docx
информатика
5 кл—11 кл +1
29.08.2018
Axborot texnologiyalari va zamonaviy texnika yutuqlari bilan o’zaro almashish extiyoji global kompyuter tarmoqlarini mamlakatlararo xamkorlik dasturini amalga oshirishning ajralmas qismi qilib qo’ydi. Ilmiy va maorif maqsadlari va biznes uchun ko’plab kompyuter tarmoqlari tashkil etilgan. Ko’plab tarmoqlarni birlashtira oluvchi va dunyo xamjamiyatiga kirish imkonini beruvchi tarmoq - bu Internet. Internet foydalanuvchiga cheksiz axborot resurslarini taqdim etadi.
Internet texnologiyalari rivojlanishining analitik tahlili №2.docx
axborotni boshqa shaharga uzatishi, Vashington kongressi kutubxonasidagi
adabiyotlar katalogini ko`rib chiqish, NyuYorkdagi metropoliten muzeyining eng
so`nggi ko`rgazmasining rasmlari bilan tanishib chiqish, tarmoqqa ulangan
abonentlar bilan konferensiyada yoki o`yinda ishtirok etishi mumkin. Internetning
asosiy yacheykasini mahalliy kompyuter tarmoqlari tashkil etadi.
Kompyuterlarni mahalliy tarmoqqa ulashning uch ko`rinishi mavjud:
Halqasimon; Shinali; Yulduzsimon..
Halqasimon bog`lanishda kompyuterlar yopiq chiziq bo`yicha bog`langan bo`ladi.
Tarmoqning kirish qismi chiqish qismi bilan ulangan bo`ladi. Axborot halqa
bo`yicha kompyuterdan kompyuterga o`tadi.
Tarmoqning shinali bog`lanishida ma’lumotlar uzatuvchi kompyuterdan shina
bo`yicha har ikki tomonga uzatiladi.
Yulduzsimon bog`lanishda markaziy kompyuter mavjud bo`lib, unga qolgan
barcha kompyuterlar bog`langan bo`ladi.
Global tarmoqlar
Axborot texnologiyalari va zamonaviy texnika yutuqlari bilan o’zaro almashish
extiyoji global kompyuter tarmoqlarini mamlakatlararo xamkorlik dasturini amalga
oshirishning ajralmas qismi qilib qo’ydi. Ilmiy va maorif maqsadlari va biznes
uchun ko’plab kompyuter tarmoqlari tashkil etilgan. Ko’plab tarmoqlarni
birlashtira oluvchi va dunyo xamjamiyatiga kirish imkonini beruvchi tarmoq bu
Internet. Internet foydalanuvchiga cheksiz axborot resurslarini taqdim etadi. Ushbu
resurslarga kirish uchun mos keluvchi amaliy dasturiy ta'minotdan foydalanish
kerak. Do’stona grafik interfeys Internet xizmatidan xar bir kishining foydalana
olishi uchun imkoniyat yaratadi. Bunday dasturlarning ko’pi foydalanuvchi uchun
qulay bo’lgan Windows OT muxitida ishlaydi. Grafik interfeysli dasturlar muxim
xususiyatlarga ega: ular foydalanuvchidan barcha tizimli arxitekturani bekitadi va xar qanday kompyuter platformasida saqlanadigan ma'lumotlar bilan ishlash
imkonini beradi.
Moliyaviyiqtisodiy faoliyatdagi global kompyuter tarmoqlari.
Zamonaviy axborot texnologiyasiga ega xisoblash texnikasidan va elektron uzatish
tizimidan foydalanmay turib, zamon talabiga javob beruvchi moliyaviy
muassasalarni tashkil etish mumkin emas. Shu bois, bunday muassasalar xam
dasturliapparat kompleksi sifatida, xam elektron shaklda axborot uzatishning
kommunikatsiya vositasi sifatida eng yirik isteomolchilar xisoblanadi.
Tashkilotlarning aloxida avtomatlashtirilgan komlekslarini bog’lovchi global
tarmoqlar milliy va xalqaro darajada xisobkitoblar o’tkazish imkonini beradi.
SrrinNet tarmog’i
SrrinNet ma’lumotlarni uzatish tarmog’i bo’lib, o’nlab mamlakatlarning yuzlab
shaxarlariga kirish uzellariga ega. SrrinNet tarmog’iga keng soxadagi
ma’lumotlarga ega mingta ma'lumot bazasi ulangan. SrrinNet tarmog’i
axborotlarniga katta tezlikda almashish imkonini beradi.
Glasnet tarmog’i.
Oshkoralik kuchaygan paytda tashkil etilgan va uni o’z atamasiga aylantirgan
(Glasnostoshkoralik) Glasnet tarmog’i 1990 yildan boshlab, Rossiya axolisiga va
MDXdagi bir qancha davlatlar uchun jaxon Internet kompyuter tarmog’iga kirish
xizmatini ta’minlaydi. Xususiy mijozlar va tarmoq xizmatidan foydalanuvchi
kichik biznes vakillariga e’tibor berish Glasnetning ajralib turuvchi xususiyati
sanaladi.
Sovam Telerort tarmog’i. Sovam Telerort Xalqaro kompyuter axborot tarmog’i San Francisco/Moscow
Telerort (AKSh), Cable&Wireless (Buyuk Britaniya) kompaniyalari xamda
Avtomatlashtirilgan tizimlar instituti (Rossiya) tomonidan 1990 yilda tashkil
etilgan. Tarmoq avvalo joriy vaqt rejimida teleks va telefaks xalqaro axborot
almashuv uchun mo’ljallangan. Xalqaro tarmoqqa chiqish ijaradagi yo’ldan Іarbiy
yevropaga aloqa qilish kanallari orqali chiqiladi.
Bank tarmoqlari va banklararo xisobkitoblar tizimi
Xo’jalikda to’lovlarning katta qismi naqd pulsiz xisobkitob shaklida amalga
oshiriladi. Naqd pulsiz aylanmaning katta axamiyati iqtisod uchun ko’plab
banklararo pul o’tkazishni o’zaro xisobga olish tizimi yoki kliring bilan
almashtirish zaruriyatini keltirib chiqaradi. Kliringni qo’llashning nisbatan
samarali soxalari quyidagicha: Markaziy Bank tizimida banklararo xisobkitob, pul
mablag’larini o’zaro o’tkazishni doimiy takrorlovchi iqtisodiy jixatdan birbiriga
bog’liq korxonalarga xizmat ko’rsatish, bir xildagi tezkor bitimlarni amalga
oshirish. Kelajakda aksionerlik kliring va xisobkitob tuzilmalarini tashkil etish va
ularni jaxon moliya tizimiga birlashtirish bu Markaziy Bank siyosatining
yo’nalishlaridan biri xisoblanadi.
Endi turli mamlakatlardagi mavjud kliring tizimini ko’rib chiqamiz.
AQSh banklari to’lov xabarlarini uzatish uchun quyidagi asosiy kommunikatsiya
tarmog’idan foydalanadi:
FEDWARE AQSh federal zaxira tizimining kommunikatsiya tizimi;
BANKWARE xususiy banklar va tijorat korxonalari extiyojiga xizmat
qiluvchi kommunikatsiya tizimi;
CHIRS xisobkitob palatalari uchun banklararo to’lov tizimi;
yevropa banklarida quyidagi tizimlar keng qo’llaniladi: CHARS Buyuk Britaniya banklararo kliring xisobkitoblari tizimi. U o’z
ichiga 200ta bank va bir necha xisobkitob markazlarini oladi;
BACS kliring tizimi, Buyuk Britaniyaning yirik va mayda korxonalariga
tijorat usulida naqd pulsiz aylanma qilishiga xizmat qiladi.
SIT Fransiya markaziy banki ko’magida 15 ta yirik banklar asosida tashkil
etilgan tizim.
Loyixa maqsadi banklar, savdo va sanoat firmalarini yagona xisob
kompleksiga birlashtirish. Bu kompleks mablag’ o’tkazish va banklararo o’zaro
xisobkitobni tezkor usulda amalga oshiradi.
Banklararo ma'lumotlarning xalqaro tarmog’i
Xalqaro banklar tarmog’i doimiy o’sib bormoqda. Ma’lumotlar va
telekommunikatsiya xizmatiga nisbatan ortib borayotgan talabni qondirish uchun
xalqaro tarmoq tashkil etilmoqda. U to’lovlarni o’tkazish, aktivlarni boshqarish va
ma’lumotlar bilan ta'minlash bo’yicha kompleks xizmat ko’rsatadi. Ular ichida
HEBS (Hexagon Electronic Banking System) kabi mashxur tarmoqlar mavjud.
Lekin dunyoda eng yirik moliyaviy xabarlar tarmog’i SWIFT xisoblanadi. Bu
tizimga qo’shilgan xar qanday bank o’zini jaxon moliya uyushmasining to’liq
a'zosi deb xisoblashi mumkin.
70yillar boshida xarbiy mamlakatlardagi yirik moliyaviy muassasalar tezda
o’sib ketgan xalqaro to’lov xabarlarini qayta ishlashni avtomatlashtira boshladi.
Tijorat telekommunikatsiya tarmoqlari soni ko’paydi. Ularning xar biri o’z shaxsiy
formatlari, aloqa vositalaridan, ma’lumotlarni qayta ishlash tartibidan, kirishdan
ximoyalash usullaridan foydalandi. 1973 yil yevropa va Amerikaning 250 ta yirik banklari Xalqaro Banklararo
Moliyaviy Telekommunikatsiya SWIFT (Society for Worldwide Interbank
Financial Telecommunications)ga asos soldilar. Jamiyatning vazifasi yagona
bank xabarlari tizimini yo’lga solish va qo’llabquvvatlash edi. U ishtirokchilarga
sutka davomida dunyoning xar qanday nuqtasidagi moliyaviy ma'lumotlarga
standart shaklda kirish imkonini beradi. SWIFT Xalqaro tarmog’i 1977 yildan
boshlab faoliyat ko’rsata boshladi. Ma’lumotlar tarmoq bo’yicha standartga
muvofiq strukturalashtirilgan ma'lumotlar ko’rinishida uzatiladi.
Bank xabarlari standartlarini yaratish va qayta ishlashda SWIFT tizimi firma
mutaxassislarigina emas, shuningdek, Standartlar bo’yicha Xalqaro Qo’mita,
Xalqaro Savdo palatasi (ICC) xam ishtirok etadi. Natijada banklarning moliyaviy
va tijorat operatsiyalari xaqidagi namunaviy xabarlar standartlari ishlab chiqildi.
Ularning ayrimlari xalqaro miqyosda tan olindi. Misol sifatida banklarning
identifikatsiya kodlari BIC kodlarni keltirish mumkin.
SWIFT tarmog’i standartlarida uzatiladigan ma'lumotlarning kategoriyasi,
gurux va tillari aniq belgilangan. Xabarlarni uzatishdan tashqari tizim IFT
(Interbank File Transfer) xizmati darajasida banklararo fayllar bilan almashishni
qo’llabquvvatlaydi. Standartlarni jaxon banklari amaliyotiga kiritish SWIFTning
eng asosiy yutuqlaridan biri. Bu narsa moliyaviy muassasalarga xujjatlar bilan
almashish va nizo xamda xatolardan qochish imkonini beradi. Xozirda tarmoq
asosini uchta kommunikatsiya stansiyalari tashkil etadi. Ular Amsterdamda
(Gollandiya), Bryusselda (Belgiya), Kalpepereda (AQSh) joylashgan. Bundan
tashqari, o’z mamlakatlaridagi mijozlarga xizmat ko’rsatuvchi regional stansiyalar
mavjud. Zamonaviy texnologiya va talabalar SWIFT tarmog’ini zamonaviylashni
muvofiqlashtiradi. Natijada arxitekturasi to’rtta darajadan iborat yangi SWIFTII
yaratildi: Abonentning kirish nuqtasi xisoblanmish foydalanuvchining terminallari (SWIFT
Based Terminal SBT);
•
mintaqaviy protsessor (Regional Processor RP). Uning vazifasi xabarlarni
uzatish, protokollarni boshqarish, keluvchi xabarlar to’g’riligini tekshirish,
abonentlarga ularning ma’lumotlarini qabul qilganlik xaqidagi tasdiqni uzatishdan
iborat. RÐ àáîíåíòlari ularga berilgan kodlar bo’yicha taniydi;
•
marshrutlovchi (guruxli) protsessor (Slice Processor SP) xabarlarni
marshrutlashni boshqaradi, barcha ma’lumotlar va xabarlarni uzatish xaqidagi
xotirani saqlaydi, tizimli xabarlarni ishlab chiqadi, tizimga asoslangan arxivni olib
boradi va ular elektron nusxasining maxsus ma'lumotlar bazasida saqlanishini
boshqaradi;
•
tizimni boshqarish protsessori, faqat barcha tizimni boshqarish va nazorat
qilish vazifasini bajaradi. Tizimda asosiy kompleksda barcha operatsiyalarni
takrorlash uchun zaxira protsessori mo’ljallangan.
SWIFT ma'lumotlarni yuqori darajada ximoyalashni ta'minlaydi.
SWIFTning asosiy talabi terminallarni ulash tartibidir. Tizim xar bir foydalanuvchi
uchun individual yashirin kod bilan qayd etish orqali tizimli xabarlar nazoratini
tashkil etish asosida xar bir ulangan terminalni aniqlashi (tanishi) kerak. Bu xabar
maxsus qurilma yordamida shifrlanadi. Qurilmada modul bo’lib, u tasodifiy sonlar
generatoridan foydalangan xolda shifrlovchi kalitni xosil qiladi.
Foydalanuvchiga keyingi qayd qilish uchun yangi kod beriladi. Bu kalitlar
almashish tartibi deb yuritiladi. Terminal aniqlanganligi tasdiqlangandan so’ng u
tarmoqda qayd etiladi. Barcha kodlar va kalitlar SWIFT terminaliga
mikroprotsessorlar karta (MK) yordamida kiritiladi. MKni xavfsizlik tizimi (User
Security Enhancement USE) ishlab chiqadi. Terminalni tarmoqqa ulash tartiblaridan birortasi buzilgan taqdirda, (shovqin, liniya uzilishi aniqlansa,
uzatishda xato aniqlansa yoki xabar formati tizimiga kiritish tartibi notug’ri bo’lsa
va xokazo) terminal avtomatik ravishda uchadi, maxsus faylda bu xol qayd etiladi.
Shu orqali past sifatli liniya aniqlanadi.
Foydalanuvchining imtiyozini farqlash vositasi axborot xavfsizligini
ta'minlash buyicha qo’shimcha chora xisoblanadi. Bundan tashqari, tizimda teztez
to’xtab qolishdan ximoyalash uchun axborotlarni zaxira nusxalab qo’yish xisobga
olingan. SWIFT tizimining barcha imkoniyatlaridan foydalanish uchun maxsus
dasturiyapparatli interfeys mavjud. Bugungi kunda SWIFT tarmog’i uchun
terminal komplekslarni taklif etuvchi 100 dan ortiq firma mavjud. SWIFT terminal
komplekslari uchun platforma ishlab chiqaruvchilari o’rtasida Digital Equipment
(VAX va Alpha tizimi), IBM (PS/2, S370, RS/6000), Hewlett Pacard (Apollo
9000), Sun Microsystems (SPARC oilasiga mansub protsessorli kompyuterlar)
kabi kompaniyalar mavjud. Bugungi kunda SWIFT terminal komplekslar bozorida
Digital va IBM nisbatan mashxur sanaladi.
SWIFTda ishlatiladigan ba’zi terminal komplekslar ta'rifi 1jadvalda
ko’rsatilgan.
Bugungi kunda SWIFT tizimi bank operatsiyalari, valyuta va pul bozori,
qimmatbaxo kog’ozlar savdosi, savdo operatsiyalariga xizmat ko’rsatish, xalqaro
to’lovlarni amalga oshirish kabi muxim moliyaviy faoliyat soxalarida ma’lumotlar
bilan tezkor almashuvni ta'minlaydi. Vosita va xizmat xaqi yuqori bo’lishiga
qaramasdan SWIFT tarmog’i abonentlari soni ko’payib bormoqda. Bu xol SWIFT
jamiyatiga kelgusida moliya faoliyatining boshqa soxalarini qamrab olgan xolda
tarmoqni yanada kengaytirish imkonini beradi.
Qimmatbaxo qog’ozlar bilan operatsiyalar
o’tkazish uchun kompyuter tarmoqlari. Qimmatbaxo qog’ozlar bozorining samaradorligi ko’p jixatdan uning qanchalik
kompyuterlashtirilganligiga bog’liq. Xozir jaxon moliya bozorida samarali ishlash
uchun kompyuterlash darajasini yaxshi egallash zarur. Global tarmoq kompyuter
tarmog’i SIT (Fransiya) va Taurus (London xalqaro fond birjasi) tizimlarida keng
qo’llaniladi.
Qimmatbaxo qog’ozlar bozorini elektron usulida tashkil etishga va bozor
ishtirokchilarining yagona axborot muxitini qo’llabquvvatlashga keng e’tibor
beriladi. Axborotlarning turli xil oqimini muvofiqlashtirish va tizimga solishga
ixtisoslashgan tashkilotlar paydo bo’lmoqda. Masalan, AQSh qimmatbaxo
qog’ozlar bozorida qimmatbaxo qog’ozlar industriyasini avtomatlashtirish
korporatsiyasi shunday tashkilotlardan sanaladi.
Qimmatbaxo qog’ozlar oldisotdisida buyurtmalar bilan xabarlar formatini
standartlash masalalari ko’pincha xalqaro darajada xal etiladi. (Bu narsa ayniqsa
turli xil milliy va regional kompyuter tarmoqlari orqali ma’lumotlar almashuvida
muxim).
Standartlash bo’yicha Xalqaro Tashkilot tomonidan qabul qilingan
standartlar mavjud bo’lib, ular qimmatbaxo qog’ozlarni olish va yuborish xamda
ular oldisotdisiga egalik qilish, qimmatbaxo qog’ozlarni kodlash va sertifikatlarni
nomerlash xaqidagi ma'lumotlar formatini belgilaydi.
Global tarmoq tuzilmasi.
Umumiy xolatlarda global tarmoq kompyuterlar va terminallar ulangan aloqa
tarmoqchasini ulaydi. Lokal tarmoqqa birlashgan kompyuterlarni ulashga ruxsat
beriladi. Aloqa tarmoqchasi ma’lumotlarni uzatish kanali va kommunikatsiya
uzellaridan iborat. Mijozfoydalanuvchilar ishlaydigan kompyuter ishchi
stansiyalar deb yuritiladi. Foydalanuvchilar taqdim etadigan tarmoq resurslari
manbai serverlar deb yuritiladi. Serverlar tarmoq bo’ylab axborotni tez uzatish uchun, axborotni dasturiy
ta'minot yordamida vazifalarni bajaruvchi kompyuterlardir. Bu uzellar aloqa
tarmog’ining ishlash samaradorligini ta'minlaydi. Ko’rib chiqilgan tarmoq uzelli
xisoblanadi va global tarmoqda qo’llaniladi.
INTERNET global kompyuter tarmog’i
1957 yil ARRA (Advanced Research Rrojects Agency) tashkiloti tuzildi. 60yillar
oxirida DARRA (Defense Advanced Research Rroject Agency) ARRANet tajriba
tarmog’ini tashkil etish xaqida qaror qabul qildi. Ilk bor tarmoq 1972 yilda
namoyish etildi. U 40 ta kompyuterdan iborat bo’lib, asosiy tuzilish prinsipi
tarmoqdagi barcha kompyuterlarning teng xuquqli bo’lishi edi. 1975 yil ARRANet
tajriba tarmog’i maqomini xarakatdagi (amaliy) tarmoq maqomiga o’zgartirdi.
80yillar boshida tarmoqda mashinalarning o’zaro ta'sir protokollari
standartlashtirildi.
Control
Rrotocol/Internet Rrotocol). BBN kompaniyasi bilan shartnoma tuzildi, bu esa
Boshlang’ich variant
TCR/IR
(Transfer
TCR/Irni UNIX OT safiga kiritdi. 1983 yilda Internet tashkil etildi. ARRANet 2
ta qismga bo’lindi: MILNet va ARRANet, ularga NSFNet va boshqa tarmoqlar
ulandi. 1989 yil ARRANet mustaqil almashish imkonini yaratdi. Biroq bir necha
yil ilgari uning resurslariga faqat faylga murojaat qilishga mo’ljallangan dasturiy
ta'minot yordamidagina kirish mumkin edi.
Gipermatnli inqilob: 1965 yil Nelson gipermatn so’zini qo’lladi. Van Dam va
boshqalar 1967 yilda gipermatn taxrirlovchisini tuzib chiqdi. Nelson 1987 yil
ma’lumotlarning gipermatn taxrirlovchisini tuzib chiqdi. Jeneva SeRN (CERN) da
ishlovchi fizik Tim Bernes Li 1990 yil gipermatnli loyixani taklif etdi. Bu loyixa
fizik olimlarga Internet orqali tadqiqot natijalarini o’zaro almashish imkonini berar
edi. Shunday qilib, Xalqaro axborot tarmog’i World Wide Web (WWW) ga
poydevor qo’yildi. 1993 yil Mark Anderson raxbarligida birinchi gipermatnli
Mosaic grafik brauzeri ishlab chiqildi va u Netscape korporatsiyasiga o’tib Netscape brauzerini ishlab chiqdi. 90 yillar o’rtalarida Internet biznesishlovlar
bilan ishlash uchun qo’llanila boshlandi. Biroq, bu borada turli muammolar:
tarmoq kanallarini ortiqcha yuklash va axborotni ximoyalash mavjud edi.
Internetning statistik ma'lumotlari quyidagicha:
•
•
•
•
•
1981 y. Internet ga 213 ta kompyuter ulangan;
1983 y. Internet ga 562 ta kompyuter ulangan;
1986 y. 5089 ta kompyuter ulandi;
1992 y. 727000 kompyuter ulandi;
1995 y. 2040 million kompyuter birlashdi.
Internetga joylangan asosiy g’oyalar
ISÎ (International Standard Organization Standartlash bo’yicha Xalqaro tashkilot)
ochiq tizimlar (ISO/OSI) o’zaro ta'sir standartini ishlab chiqdi, uning asosiy
maqsadi, turli darajadagi tarmoq komponentlarining o’zaro munosabatini tashkil
etuvchi tartiblar va turli xildagi darajalardir. Internet tarmog’i yetti darajali model
asosida tashkil qilingan.
ISO modeliga muvofiq xar bir darajaning vazifasi quyidagi servisni
bajarishdan iborat:
7daraja amaliy. U tarmoqda amaliy va tizimli dasturlarning o’zaro aloqasini
ta’minlaydi (foydalanuvchi va tarmoq o’rtasida interfeysni ta’minlagan xolda). Bu
darajada amaliy xizmatlar bajariladi, ya’ni: fayllarni uzatish, olislashgan xolda
terminalga kirish, elektron pochta va xokazo.
6daraja ma'lumotlarni taqdim etish. Bunda ma’lumotlarni uzatishda kodirovkani
bir xillashtirish ta'minlanadi. Tarmoqqa birlashtirilgan kompyuterlar o’rtasida
ma'lumotlar almashuvi uchun foydalaniladigan shaklni belgilaydi. Ma’lumotlarni
uzatuvchi kompyuterda bu daraja amaliy darajadan olingan formatdan ma'lumotlarni oraliq formatlarga qayta aylantirishni amalga oshiradi.
Ma'lumotlarni qabul qiluvchi kompyuterda bu darajadagi ma'lumotlarni oraliq
daromaddan qabul qiluvchi kompyuterning amaliy darajasini aniqlaydigan
formatga aylantiradi.
5daraja seansli. U ikkita gapni turli kompyuterlarga joylash, foydalanish va
birikishini (seansni) tugallash imkonini beradi. Bu darajada quyidagilar amalga
oshiriladi:
•
•
•
Xavfsizlik vositalarini boshqarish;
ma’lumotlar almashuvini sinxronlash;
uzilish (to’xtab qolish) natijasida seansni qoldirish.
4daraja transportga oid. Ushbu daraja ma’lumotlarni tug’ri tashishni ta'minlaydi,
xatolarni imkon darajasida tug’rilayda. Tashish bo’yicha servis xizmati ko’rsatadi.
3daraja tarmoqli ikki mashina o’rtasidagi aloqani tashkil etadi. Ma’lumotlarni
manzillarga jo’natishga va mantiqiy manzilgoxlar va nomlarning jismoniy
manzillarga o’zgarishiga javob beradi; jo’natuvchi kompyuterdan qabul qiluvchi
kompyutergacha bo’lgan marshrutni belgilaydi; tarmoq shartlariga bog’liq xolda
ma'lumotlarning o’tish yo’lini belgilaydi.
2daraja kanalga oid. Tarmoqqa uzatish va tarmoqdan olish uchun ma'lumotlarni
to’playdi. Ma’lumotlarni uzatishning jismoniy muxitga kirishini boshqaradi.
1daraja xisoblash tarmog’i o’rtasidagi aniq jismoniy aloqani ta'minlaydi.
Ko’pchilik zamonaviy tarmoqlar ISO/OSI etalon modeliga faqat yaqindan mos
keladi. Bir xil nomdagi darajalar tug’ridantug’ri o’zaro ta'sir qila olmaydi. Xar
qanday daraja faqat qo’shni (yuqori yoki pastki) daraja bilangina o’zaro ta'sir
ko’rsatadi. Qo’shni daraja bilan o’zaro ta'sir ko’rsatish interfeys deb yuritiladi.
Protokollar. Protokol qoidani belgilaydi. Bu qoida asosida ikkita dastur yoki ikkita kompyuter
birgalikda xarakatlanadi. Ayrim protokollar ma'lumotlar xarakatini boshqaradi,
ayrimlari xabarlar butunligini tekshiradi, yana birlari esa, ma'lumotlarni bir
formatdan boshqasiga o’tkazadi.
Internet bo’ylab yuborilgan xar bir axborot protokol orqali kamida uch
daraja bo’ylab o’tadi:
Tarmoq daraja bunda xabarni bir joydan ikkinchi joyga yetkazish kuzatib
•
boriladi;
•
•
transport daraja bunda uzatiladigan xabarlar butunligi kuzatiladi;
amaliy darajada xabarlarning kompyuter formati kishining ma'lumotni
qabul qilishi uchun qulay ko’rinishga o’zgaradi.
Internetda ikkita asosiy protokoldan foydalaniladi:
IR (Internet Rrotocol)tarmoqlararo protokol, ma'lumotlarni aloxida
1.
paketlarga ajratadi. U qabul qiluvchining manzili (IR manzil) bo’lgan sarlavxa
(nomlanishini) ta'minlaydi. Ularning belgilangan punktga to’g’ri ketmaketlikda
yetib borishi protokol
Internet texnologiyalari rivojlanishining analitik tahlili 2
Internet texnologiyalari rivojlanishining analitik tahlili 2
Internet texnologiyalari rivojlanishining analitik tahlili 2
Internet texnologiyalari rivojlanishining analitik tahlili 2
Internet texnologiyalari rivojlanishining analitik tahlili 2
Internet texnologiyalari rivojlanishining analitik tahlili 2
Internet texnologiyalari rivojlanishining analitik tahlili 2
Internet texnologiyalari rivojlanishining analitik tahlili 2
Internet texnologiyalari rivojlanishining analitik tahlili 2
Internet texnologiyalari rivojlanishining analitik tahlili 2
Internet texnologiyalari rivojlanishining analitik tahlili 2
Internet texnologiyalari rivojlanishining analitik tahlili 2
Материалы на данной страницы взяты из открытых истончиков либо размещены пользователем в соответствии с договором-офертой сайта. Вы можете сообщить о нарушении.