Internet texnologiyalari rivojlanishining analitik tahlili №4
Оценка 4.8
Домашнее обучение +1
docx
информатика
5 кл—11 кл +1
29.08.2018
Internetning texnik tarkibiy qismi har xil turdagi kompyuterlar, aloqa kanallari (telefon, sputnik, shisha tolali va boshqa turdagi tarmoq kanallari) hamda tarmoq texnik vositalaridan tashkil topgandir. Internetning ushbu texnik vositalarining barchasi doimiy va vaqtinchalik asosda faoliyat ko'rsatishi mumkin. Ulardan ixtiyoriy birining vaqtinchalik ishdan chiqishi Internet tarmog'ining umumiy faoliyatiga aslo ta'sir etmaydi.
Internet texnologiyalari rivojlanishining analitik tahlili №4.docx
Internet o'zini o'zi shakllantiruvchi va boshqaruvchi murakkab tizim bo'lib, asosan
uchta tarkibiy qismdan tashkil topgandir:
texnik;
dasturiy;
axborot.
Internetning texnik tarkibiy qismi har xil turdagi kompyuterlar, aloqa kanallari
(telefon, sputnik, shisha tolali va boshqa turdagi tarmoq kanallari) hamda tarmoq
texnik vositalaridan tashkil topgandir. Internetning ushbu texnik vositalarining
barchasi doimiy va vaqtinchalik asosda faoliyat ko'rsatishi mumkin. Ulardan
ixtiyoriy birining vaqtinchalik ishdan chiqishi Internet tarmog'ining umumiy
faoliyatiga aslo ta'sir etmaydi.
Internetning dasturiy ta'minoti (tarkibiy qismi) tarmoqqa ulangan xilmaxil
kompyuterlar va tarmoq vositalarini yagona standart asosida (yagona tilda)
muloqot qilish, ma'lumotlarni ixtiyoriy aloqa kanali yordamida uzatish darajasida
qayta ishlash, axborotlarni qidirib topish va saqlash hamda tarmoqda axborot
xavfsizlikni ta'minlash kabi muhim vazifalarni amalga oshiruvchi dasturlar
majmuasidan iboratdir.
Internetning axborot tarkibiy qismi Internet tarmog'ida mavjud bo'lgan turli
elektron hujjat, grafik rasm, audio yozuv, video tasvir va hokazo ko'rinishdagi
axborotlar majmuasidan tashkil topgandir. Ushbu tarkibiy qismning muhim
xususiyatlaridan biri, u butun tarmoq bo'ylab taqsimlanishi mumkin. Masalan,
kompyuteringizda o'qiyotgan elektron darsligingizning matni bir manbadan,
rasmlari va tovushi ikkinchi manbadan, videotasvir va izohlari esa uchinchi
manbadan olinishi mumkin. Shunday qilib, tarmoqdagi elektron hujjatni o'zaro
moslashuvchan "giperbog'lanishlar" orqali bir necha manbalar majmuasi
ko'rinishida tashkil etish mumkin ekan. Natijada millionlab o'zaro borlangan elektron hujjatlar majmuasidan tashkil topgan
axborot muhiti hosil bo'ladi.
IP va URL manzillar tushunchasi
Bir qarashda internetning texnik tarkibiy qismi bilan axborot tarkibi o'zaro
o'xshashdek tuyuladi. Chunki ikkala holda ham biz "birni ko'plikka" usulda tashkil
etilgan ob'ektlar bog'lanishiga duch kelamiz. Aslida bunday emas. Texnik nuqtai
nazardan internetda mavjud bo'lgan ixtiyoriy kompyuter ko'plab (millionlab)
kompyuterlar bilan bog'langan bo'ladi. Bunday bog'lanish tarmoq (Net) deb ataladi.
Axborot nuqtainazardan internetda e'lon qilingan har bir elektron hujjat,
tarmoqdagi bir nechta hujjatlar bilan o'zaro bog'lanishda bo'lishi mumkin. Bu
holdagi axborot bog’lanishi to'r (Web) nomini olgan.
Shunday qilib, tarmoq (Net) haqida so'z yuritilganda o'zaro bog’langan
kompyuterlar majmuasi tushunilsa, to'r (Web) haqida so'z yuritilganda esa yagona
axborot muhitini tashkil etuvchi elektron hujjatlar majmuasi tushuniladi.
Amaliyotda internetning real, fizik bog’lanishlar orqali tashkil topgan tarmog'idagi
kompyuterlar bilan virtual axborot fazosini tashkil etuvchi elektron hujjatlari har
xil manzillar yordamida ifodalaniladi. Internet tarkibiga kirgan har bir kompyuter
to'rt qismdan tashkil topgan o'z manziliga ega, masalan: 142.26.137.07. Ushbu
manzil IP (Internet Protocol) manzil deb ataladi. Internetga doimiy ulangan
kompyuterlar o'zgarmas IPmanzilga ega bo'ladi. Agar kompyuter foydalanuvchisi
internetga faqat vaqtinchalik ishlash uchun ulanadigan bo'lsa, u holda ushbu
kompyuter vaqtinchalik IPmanzilga ega bo'ladi. Bunday IPmanzil dinamik IP
manzil deb ataladi. Tarmoqda mavjud bo'lgan ixtiyoriy kompyuter IRmanzilini bilgan holda, unga har
xil ko'rinishdagi so'rovlar bilan murojaat qilishi mumkin bo'ladi. Bu so'rovlar o'sha
kompyuterda saqlanayotgan elektron hujjatlar, ma'lumotlar bazasi yoki bo'lmasa
undagi biror bir dasturni ishlatishga, o'sha kompyuter tarkibiga kirgan texnik
resurslar imkoniyatidan foydalanishga oid bo'lishi mumkin va hokazo.
Internet axborot muhitini tashkil etuvchi elektron hujjatlarning har biri
kompyuterlarning IRmanzillaridan boshqa o'zlarining takrorlanmas, unikal
manzillariga ega. Bu manzil URL (Uniform Resource Locator) manzil deb
ataladi. Masalan, O'zbekiston Respublikasi hukumatining pacmiy axborotlari, Oliy
majlis qarorlari haqida ma'lumot 6eruvchi elektron sahifa manzili www.gov.uz.
Agar Internet tarmog'ida biror bir hujjat e'lon qilingan bo'lsa, u yagona
takrorlanmas URL manzilga ega. Kompyuterda bir nom bilan diskning bir joyida
ikkita fayl mavjud bo'lmaganidek, internetda ham ikki elektron hujjat bir xil URL
manzilga ega bo'la olmaydi.
11.2. Internet tarmog'ining mashhur va ommabop xizmatlari
Internet xizmat turlari
Internet, avvalambor, uning foydalanuvchilariga axborot xizmati ko'rsatish uchun
yaratilgandir.
Umuman olganda, internet xizmat turlari nihoyatda ko'p va xilmaxil bo'lib (yangi
xizmat turlari kun sayin paydo bo'lib, ba'zilari yo'qolmoqda), ularni quyidagi
guruhlarga ajratish mumkin:
WWW elektron sahifa xizmati;
elektron pochta xizmati;
telekonferensiya (Usenet);
fayllarni uzatish (FTP); slujba imen domen (DNS) (tarmoq hududlariga nom berish xizmati);
Telnet xizmati;
IRC xizmati yoki Chat konferesiya;
Ma'lumotlarni izlash xizmati.
WORLD WIDE WEB (Jahon axborot tarmog'i)
WWW Internetning eng ommalashgan axborot xizmatlaridan biri sanaladi. Hozirgi
vaqtda internet xizmatining 90% ga yaqinini WWW xizmati tashkil etadi.
Internetga acoc solingandan boshlab (1969 yil) WWW xizmati tashkil etilgunga
qadar, internet sekin rivojlandi va 25 yil davomida boryug'i 2 millionga yaqin
foydalanuvchiga ega edi, xolos. WWW xizmati tashkil etilgandan so'ng esa (1996
yil) hap yarim yilda internet foydalanuvchilarining soni 1,5 barobarga ortib bordi.
Bugungi kunda internet tarmog’ining foydalanuvchilari soni 300 milliondan ortiq.
WWW xizmatining asosiy tushunchalari:
HTML formati;
"Gipermatn" bog’lanish;
HTTP "gipermatn" uzatish protokoli;
Web hujjatlar;
Web uzel va saytlar;
Web sahifalarning faol qismlari.
HTML formati tushunchasi
Kompyuterda formatlashtirilgan elektron hujjat WYSIWYG (What You See Is
What You Get) "Nimani ko'rayotgan bo'lsang, o'shani olasan" qabilida
ishlaydigan matn muharrirlari yordamida yaratiladi.
Masalan, MS Word, Wordpad, Bloknot va boshqalar. Bunday dasturlar yordamida biz elektron hujjatni xohlagan shriftda, o'lchamda,
chap yoki o'ng tomondan tekislangan holda, (ya'ni o'zimizga ma'qul bo'lgan
formatda) yaratishimiz mumkin. Ammo biz ushbu elektron hujjatni internet
yordamida e'lon qila olmaymiz. Sababi, uni o'qimoqchi bo'lgan boshqa bir internet
mijozining kompyuterida biz foydalangan matn muharriri yoki hujjatdagi shriftlar
o'rnatilmagan bo'lishi mumkin. Buni oldindan aytib bo'lmaydi. Undan tashqari,
ushbu matnni ochishga mo'ljallangan oynaning o'lchamlari haqida hech qanday
ma'lumotlarga ega emasmiz. Shuning uchun ham, kompyuterda foydalaniladigan
matn muharrirlari va ularning "format"lash usullaridan internetda foydalanib
bo'lmaydi.
Bunday noqulayliklarning oldini olish maqsadida yangi HTML (Hypertext Mark
Up Language) gipermatnlarni belgilash tili (standarti) yaratildi. Bir qancha
maxsus operatorlar majmuasidan iborat bo'lgan HTML dasturlash tili bo'lib, uning
yordamida elektron hujjatlarni internetda bevosita e'lon qilish mumkin.
HTTP gipermatn uzatish protokoli
HTTP (Hypertext Transfer Protocol) gipermatnlarni uzatish protokoli tarmoq
protokollari ichida eng sodda va qulay protokollardan hisoblanadi. Uning asosiy
vazifasi giperbog'lanishdan hosil bo'lgan URL manzilli elektron hujjatlarni
o'qishga oid so'rov (zapros) ni serverga jo'natish (xuddi shu vaqtda so'ralayotgan
hujjat joylashgan server bilan aloqa o'rnatiladi) va so'ralayotgan hujjat olib
bo'lingandan so'ng server bilan aloqani uzishdan iborat.
Web hujjatlar
HTML formatida tayyorlangan elektron hujjat HTML hujjat, Web hujjat yoki Web
sahifa deb atalishi mumkin. Agar elektron hujjatni tayyorlash haqida gap borsa, u holda hujjat HTML hujjat
deb ataladi, va ushbu elektron hujjatni internetda e'lon qilish yoki tarqatish haqida
borsa, holda bu hujjat Web hujjat deb ataladi. Bordiyu, ushbu hujjatdan
foydalanish haqida borsa, u holda bunday elektron hujjat Web sahifa deb ataladi.
Web uzel yoki saytlar
Bitta muallif yoki tashkilotga tegishli bo'lgan bir guruh o'zaro giperbog'lanishlar
bilan birlashtirilgan Web cahifalar majmuasi Web uzel (tugun) yoki sayt deb
ataladi.
Web server
Web server tushunchasini ikki xil ma'noda ishlatish mumkin. Agap WWW
xizmatini ko'rsatish haqida borsa, u holda Web server tarmoq mijozlariga Web
sahifa va saytlardan foydalanish imkoniyatini yaratib beruvchi dastur ma'nosini
anglatadi.
Agar so'z internetning texnik ta'minoti haqida borsa, u holda Web server Web
resurslari saqlanayotgan va uning dasturiy ta'minoti ishlab turgan kompyuter
ma'nosini anglatadi.
Internet tarmog'ining ixtiyoriy bir kompyuterida bir nechta server dasturlar ishlab
turishi mumkin.
Masalan, Web server dasturi, FTP servis elektron pochta serveri dasturiy
ta'minotlari va hokazo.
Bitta Web serverda (kompyuterda) bir qancha tashkilot yoki korxonalarning Web
saytlari (uzellari) Web sahifalari joylashishi mumkin.
Web sahifaning faol komponentlari Ma'lumki, Web sahifa tarkibiga HTTP protokoli orqali amalga oshirib
bo'lmaydigan alohida ob'ektlarni joylashtirish mumkin. Agar xuddi shu Web
sahifa tarkibiga biriktirilgan ob'ektlar HTTP protokoli kodlaridan farqli dastur
bo'lsa, u holda bunday ob'ekt Web sahifalarning faol komponentlari (ob'ektlari)
deb ataladi.
Ushbu faol ob'ektlar yordamida Web sahifalarga turlituman axborotlarni
joylashtirish mumkin.
Masalan animasiya, multiplikasiya va video fragmentlarni joylashtirish yoki mijoz
bilan interfaol muloqotni tashkil etish, fizika, ximiya yoki texnikaga oid har xil
tajribalarni namoyish etish va hokazo.
Webserver bilan ishlash mobaynida Telnetga chetdan ulanishni bajarish, tarmoq
mijozlariga elektron pochta yuborish, FTPanonim yordamida fayllarni olish va
Internetning boshqa bir qator ilovalarida (amaliy dasturlar) ish bajarish mumkin.
Bu WWW ni internetning integral xizmati deb hisoblashga imkon beradi.
Elektron pochta
Elektron pochta (email electronic mail) oddiy pochta kabi vazifani bajaradi. U
bir manzildan ikkinchisiga ma'lumotlarni jo'natilishini ta'minlaydi. Uning asosiy
afzalligi, vaqtga bog’liq emasligida. Elektron xatlar jo'natilgan zahotiyoq manzilga
boradi va egasi olgunga qadar uning pochta qutisida saqlanadi. Matnli xat, grafikli
va tovushli fayllarni, dastur fayllarini o'z ichiga olishi mumkin.
Elektron xatlar bir vaqtning o'zida bir necha manzillar bo'yicha jo'natilishi
mumkin. Internet foydalanuvchisi elektron pochta orqali tarmoqning turli
xizmatlaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo'ladi, chunki Internetning asosiy
xizmat dasturlari bilan umumiy interfeysga ega. Bunday yondoshuvning mohiyati
shundaki, xost kompyuterga talab elektron xat ko'rinishida jo'natiladi. Xat matni zarur funksiyalarga kirishni ta'minlovchi standart yozuvlar to'plamidan tuziladi.
Bunday axborotni kompyuter farmoish sifatida qabul qiladi va bajaradi.
Elektron pochta bilan ishlash uchun bir qator dasturlar yaratilgan, ularni mail
umumlashgan nom bilan birlashtirish mumkin. Windows operasion sistemasida
elektron pochta bilan ishlashni Microsoft Outlook Express ilovasi ta'minlaydi. Bu
dasturlar quyidagi vazifalarni bajaradi:
matnni yaratish;
xatxabarlarni (korrespondensiyalarni) o'qish va saqlash;
xatxabarlarni o'chirish;
manzilni kiritish;
xatxabarlarni qabul qilish va jo'natish;
turli hujjatlarni, jadvallarni, rasmlarni va boshqa fayllarni import qilish
(qabul qilish va kerakli formatga o'zgartirish), xatga ilova qilish;
xatlarni mavzusiga qarab ajratish.
11.3. Internetga ulanishni tashkil etish
Internet tarmog'ining xizmatlaridan foydalanish uchun albatta unga ulanishni
tashkil etish kerak. Ko'pincha operasion sistemalar avtomatik tarzda ulanishni
tashkil etadi, lekin ayrim hollarda u yoki bu sabablarga ko'ra bog’lanish
o'rnatilmasligi mumkin. Hozirgi kunda eng zamonaviy operasion sistema
Microsoft Windows XP hisoblanadi. Biz ushbu operasion sistemada Internetga
ulanishning tashkil etilishini ko'rib chiqamiz:
1. Ish stolida Setevoe okrujenie (tarmoq muhiti)ni tanlang. Natijada quyidagidek
oyna hosil bo'ladi: 2. Yuqorida ko'rsatilgan oynada kompyuterda mavjud (joriy va joriy bo'lmagan)
tarmoq
ulanishlarini boshqarish va hosil qilish mumkin. Biz bu yerda Sozdanie novogo
podklyucheniya (Yangi ulanishni yaratish) buyrug'ini tanlaymiz. Natijada Master
novix podklyucheniy (yangi ulanishlar ustasi) yordamchi dasturi yuklanadi.
3. Ushbu usta ulanishni tashkil etishda atroflicha yordam ma'lumot beradi va bu
yerda biz ulanish tashkil etilishini boshlash uchun Dalee (Oldinga) tugmasini bosamiz. Keyingi oynada birinchi uslubni tanlab, Dalee (Oldinga) tugmasini
bosamiz.
4. Keyingi oynada "Ustanovit podklyuchenie vruchnuyu" (Ulanishni qo'lda
tanlash) ni tanlab, Dalee (Oldinga) tugmasini bosamiz.
5. Undan keyingi oynada ulanishda qo'llaniladigan qurilma tanlanadi. U yerda biz
oddiy modemligini ko'rsatamiz. 6. Bundan keyin Internet provayder nomini kiritamiz va albatta Dalee (Oldinga)
tugmasini bosamiz.
7. Internet provayder tomonidan berilgan telefon raqami kiritiladi. Agarda Siz
ulangan telefon analogli telefon stansiyasiga tegishli bo'lsa, telefon raqamidan
oldin r harfini kiritish shart. Masalan: r1619900
Internet texnologiyalari rivojlanishining analitik tahlili №4
Internet texnologiyalari rivojlanishining analitik tahlili №4
Internet texnologiyalari rivojlanishining analitik tahlili №4
Internet texnologiyalari rivojlanishining analitik tahlili №4
Internet texnologiyalari rivojlanishining analitik tahlili №4
Internet texnologiyalari rivojlanishining analitik tahlili №4
Internet texnologiyalari rivojlanishining analitik tahlili №4
Internet texnologiyalari rivojlanishining analitik tahlili №4
Internet texnologiyalari rivojlanishining analitik tahlili №4
Internet texnologiyalari rivojlanishining analitik tahlili №4
Internet texnologiyalari rivojlanishining analitik tahlili №4
Материалы на данной страницы взяты из открытых истончиков либо размещены пользователем в соответствии с договором-офертой сайта. Вы можете сообщить о нарушении.