Internet texnologiyalari rivojlanishining analitik tahlili 5
Оценка 4.7

Internet texnologiyalari rivojlanishining analitik tahlili 5

Оценка 4.7
Домашнее обучение +1
docx
информатика
5 кл—11 кл +1
29.08.2018
Internet  texnologiyalari rivojlanishining analitik tahlili 5
Internetning texnik tarkibiy qismi har xil turdagi kompyuterlar, aloqa kanallari (telefon, sputnik, shisha tolali va boshqa turdagi tarmoq kanallari) hamda tarmoq texnik vositalaridan tashkil topgandir. Internetning ushbu texnik vositalarining barchasi doimiy va vaqtinchalik asosda faoliyat ko'rsatishi mumkin. Ulardan ixtiyoriy birining vaqtinchalik ishdan chiqishi Internet tarmog'ining umumiy faoliyatiga aslo ta'sir etmaydi.
Internet texnologiyalari rivojlanishining analitik tahlili №5.docx
8.  Keyingi oynada Internet­provayder tomonidan beriladigan foydalanuvchi nomi (login) va parol ikki marta kiritiladi va Dalee (Oldinga) tugmasi bosiladi.    9.  Natijada yordamchi usta dasturining oxirgi oynasi hosil bo'ladi. U yerda Gotovo (Tayyor) tugmasini bosamiz. Agarda ulanishni tashkil etuvchi yorliq ish stolida hosil   bo'lishini   istasangiz,   Dobavit   yarlik   na   rabochiy   stol   (Ish   stolida   yorliq yaratish) dagi bayroqchani o'rnatish kerak. Endi Internetga ulanish uchun biz ish stolida hosil bo'lgan yangi yorliqni tanlaymiz va hosil bo'lgan oynada Vizov (Chaqiriq) tugmasini bosib ulanamiz.   11.4. Kompyuterda Web­sahifalarni ko'zdan kechirish. Internet Explorer dasturi   Kompyuterni Internet tarmog'iga ulaganimizdan keyin albatta internetda biz biron­ bir axborotni ko'rishga urinib ko'ramiz. Internet tarmog'ida ma'lumot asosan web­ sahifa (sayt) shaklida tasvirlanadi.   Bunday web­sahifalarni ko'rish uchun maxsus dasturlar brauzerlar (browser so'zi browse ­ ko'rish dan olingan) ishlab chiqilgan. Ular web­sahifani ko'rish, saqlash, chop   etish   va   boshqa   bir   qator   imkoniyatlarga   ega.   Hozirgi   kunda   bunday dasturlarni turlari juda ham ko'p. Ular, asosan, bitta yoki bir nechta web­sahifani ochish, undagi ma'lumotni tasvirlash kabi amallarni bajaradi.   Web­sahifani ochish uchun biz uning URL­manzilini kiritishimiz kerak bo'ladi. URL­manzil odatda quyidagidek shaklga ega bo'ladi: www.gov.uz ; www.mail.ru ; www.yahoo.com . Bu yerda WWW ­ World Wide Web mashhur xizmat nomi; gov, mail, yahoo ­ server (sahifa) nomlari; uz, ru, com ­ domen (hudud) nomlari. Windows   95   (OSR   2.1)   operasion   sistemasidan   boshlab,   operasion   sistema tarkibiga Microsoft Internet Explorer 3.0 internet brauzer dasturi kiritila boshladi. Hozirgi   kunda   qo'llaniladigan   Windows   98SE,   Windows   ME,   Windows   2000, Windows   XP   operasion   sistemalari   tarkibida   uning   4.0,   5.0   va   6.0   versiyalari kiritilgan.   Bundan   tashqari,   u   Microsoft   Office   2000,   Microsoft   Office   XP dasturlar majmuasi tarkibiga ham kiritilgan.   Windows   operasion   sistemasida   Internet   Explorer   (IE)   dasturiga   kirishning   bir nechta usuli mavjud:             Pusk (Boshla) menyusiga kirib, dasturni tanlash kerak;             Ish stolida joylashgan yorliqqa sichqon bilan 2 marta chertish;              Tez   yuklanish   satridan   tanlash   (u   odatda   Pusk   (Boshla)   menyusining yonida joylashadi). Dasturga   kirib,   Adres   (manzil)   satriga   biron­bir   manzilni   kiritamiz,   masalan www.gov.uz va klaviaturadagi Enter tugmasini bosamiz. Shuni ta'kidlash joizki, mazkur dasturga kirishdan oldin Internet tarmog'iga ulanishni tashkil etish kerak. Aks holda biz Internet­sahifalarini ocha olmaymiz. Natijada taxminan quyidagidek oyna hosil bo'ladi: Internet Explorer dasturining asosiy ish vositasi va uskunalar panelida joylashgan uskunalar quyidagilardir: ­ oldingi web­sahifaga o'tish;  ­ keyingi web­sahifaga o'tish;  ­ web­sahifa ochilishini (yuklanishini) bekor qilish;  ­ web­sahifa mazmunini yangilash;  ­ boshlang'ich web­sahifaga o'tish;  ­ ochilgan web­sahifada zarur ma'lumot, so'z yoki jumlani izlash;  ­ elektron pochta dasturiga o'tish (kirish);  ­ joriy web­sahifadagi ma'lumotlarni chop etish;  ­ holat satrida joylashgan bo'lib, oxirgi web­sahifani yuklanish darajasini namoyon etadi.   Internet Explorer dasturida veb­sahifalarni saqlash va chop etish IE   dasturida   nafaqat   veb­ sahifani ochish, balki kerak   bo'lgan ma'lumotlarni veb­sahifadagi kompyuterdagi   disklarning biriga   saqlash   mumkin. Ma'lumotni   biz   ikki   xil kompyuterda usulda   saqlashimiz mumkin: 1) veb   sahifadagi ma'lumotlarni qisman saqlash; 2) veb sahifani butunlay, alohida fayl shaklida saqlash. Birinchi usulni amalda bajarish uchun quyidagilardan birini bajaramiz:              Kerak bo'lgan matn va (yoki) rasmni tanlab (ajratib), sichqonning o'ng tugmasini   chertamiz   va   hosil   bo'lgan   kontekst   menyudan   Kopirovat   (nusxa ko'chirish) farmoishini tanlaymiz va manzil bo'luvchi katalogga kirib, sichqonning o'ng tugmasini bosganimizda hosil bo'ladigan kontekst menyudan Vstavit (joylash) farmoishini tanlaymiz.              Kerak bo'lgan matn va (yoki) rasmni tanlab (ajratib), sichqon yordamida Pravka (Tahrir) menyusiga kiramiz va menyudan kopirovat (Nusxa olish) buyrug'ini tanlaymiz va manzil   bo'luvchi   katalogga   kirib   Pravka   (tahrir)   menyusidan   vstavit   (joylash) farmoishini tanlaymiz. Ikkinchi   uslubni   amalda   bajarish   uchun   biror   bir   veb   sahifani   to'liq   ochib quyidagini bajarmoq lozim:             Fayl menyusiga kiring;             U yerdan Soxranit kak... (kabi saqlash) buyrug'ini tanlang;              Hosil   bo'lgan   muloqat   oynasida   fayl   nomini   va   manzilni   ko'rsating   va Soxranit (Saqlash) tugmasini bosing. Bundan keyin biz off­line (Internetga ulanmagan holda) rejimida ham saqlangan veb sahifani ochish va boshqa bir qator amallarni bajarishimiz mumkin. Saqlangan veb­sahifa  fayli   htm   yoki   html   kengaytmasiga   ega   bo'lib,  uni   nafaqat   Internet Explorer   dasturida,   balki   MS   Office   tarkibiga   kiruvchi   Word,   Excel   kabi dasturlarida ham ochish mumkin.   Topshiriq:              Internet   tarmog'iga   ulaning   va   Microsoft   (www.microsoft.com) koorporasiyasining   saytiga   kirib,   Windows   XP   to'g'risida   qisqacha   ma'lumotni saqlang;             Internet tarmog'iga ulaning va O'zbekiston (www.gov.uz) saytiga kirib gerb va bayroq rasmlarini Word dasturi hujjatiga saqlang. Internet xizmat turlari Interaktivlik deganda biz, faqatgina, biz o‘rganayotgan fan kesimida texnik  vositalar, kompyuter, ularning dasturlari hamda foydalanuvchilar orasidagi  o‘rnatilgan muloqatni tashkil etish tushuniladi. Demak, Kompyuter dasturlari  shunday yaratilganki, Biz u yordamida kompyuter bilan muloqat o‘rnatamiz. Umuman olganda interaktivlik bu muloqat tizimini tashkil etish bilan bog‘liq.  Ya’ni, maqsadga ko‘ra tizim elementlari orasidagi axboriy ma’lumotlar  almashinuvi.Ushbu tushuncha axborot nazariyasi, informatika va dasturlash,  telekommunikatsiya tizimlari, sotsiologiya va boshqa sohalarda qo‘llaniladi.  Interaktiv xizmatlar tushunchasi. Interaktivlik orqali foydalanuvchi moddiy,  ma’naviy, ijtimoiy, iqtisodiy, axboriy va ishlab chiqarishning turli manbalaridan  ko‘riladigan manfaat mavjud bo‘lsa, unga interaktiv xizmat qilingan deb  tushuniladi. Ya’ni, kompyuter dasturlari orqali foydalanuvchiga interaktiv xizmat  tashkil etilgan deb tushuniladi. Internet tarmog‘i orqali ko‘rsatiladigan interaktiv xizmat turlari. Hozirgi  vaqtda, Hukumatimiz tomonidan interaktiv xizmatlarni shakllantirish, tashkil etish  va ularni boshqarishga katta e’tibor berilmoqda. Interaktiv xizmatlarni tashkil  etishning eng tez va yaxshi yo‘li, bu, ularni internet tarmoqlari orqali amalga  oshirish hisoblanadi. Internet tarmog‘i orqali ko‘rsatiladigan interaktiv xizmat turlariga quyidagilar  kiradi: Transport vositalarning harakatlanish jadvali. Respublikadagi transport  vositalarini harakatlarini ifodalash jadvali bir nechta saytlarda berilgan.  Foydalanuvchi saytdan o‘ziga maqul transport vositalarini qatnovi jadvallari  haqidagi ma’lumotlarni topadi. Quyida ushbu veb sahifalarni keltirilgan: http://www.orexca.com – sayyohlar uchun mo‘ljallangan veb sahifa; http://www.tgpt.uz – toshkent shahridagi transport vositalari haqidagi veb sahifa; http://www.goldenpages.uz/ ­ O‘zbekiston transport qatnovi reys jadvallari  sahifasi. Avia reyslar jadvali. Avia reyslari bo‘yicha ma’lumotlar jadvalini aniqlash,  ulardan foydalanish uchun http://uzairways.com ­ O‘zbekiston havo yo‘llari avia  kompaniya veb sahifasiga murojat qilinadi. Saytda xalqaro va O‘zbekiston  miqyosidagi avia qatnov jadvallari keltirilgan. Temir yo‘l transporti qatnovi jadvali. Respublika ichki va tashqi temir yo‘l  qatnovlari jadvallari va ular haqidagi ma’lumotlarni quyidagi veb sahifalardan  topish mumkin. 1. uzrailpass.uz ­ temir yo‘l transport qatnovi jadvali. 2. www.roxanatour.com ­ Bu sayoxlik firmasi sayti bo‘lib, bunda siz xalqaro va  O‘zbekiston ichidagi temir yo‘l qantovlari va havo yo‘llari qatnovi jadvalllari va u  erda joylashgan mexmonxonalar xaqida ma’lumot va buyurtmalar majmualarini  aniqlashingiz mumkin. Bank xizmati ma’lumotlari va valyuta kurslari. O‘zbekistondagi barcha banklar xaqidagi ma’lumotlar va yangiliklar, kunlik valyuta miqdorlari haqidagi  ma’lumotlarini quyidagi saytlardan olish mumkin: www.bank.uz ;  www.mikrokreditbank.uz; www.agrobank.uz; www.asakabank.com; www.new.nbu.com; www.uzpsb.uz; www.infinbank.com; www.xb.uz;  www.ipotekabank.uz; www.csb.uz va hakoza banklar. Ob havo ma’lumotlari. Respublika barcha viloyatlari va Toshkent shahri hamda  xalqaro miqyosda ob ­ havo haqidagi ma’lumotlarni quyidagi, O‘zbekistonda  yaratilgan veb sahifalardan aniqlash mumkin. ob­havo.uz;  www.pogoda.uz ; www.meteoprog.uz. Ob­havo prognozi bo‘yicha eng to‘liq  ma’lumotlarni www.meteoprog.uz veb sahifasidan olish mumkin. Sahifa dizayni  ham foydalanuvchilar uchun juda qulay. Yangiliklar. O‘zbekiston Respublikasida faoliyatlari dorasida olib borilayotgan  asosiy yangiliklar majmuasini uza.uz, gov.uz hamda  desk.uz veb saytlari orqali  topish mumkin. Ushbu veb sahifalarda Davlat boshqaruv va xo‘jalik yurituvchi  organlar veb sahifalari orqali ko‘rsatiladigan interaktiv xizmatlari, ular faoliyati  haqidagi yangiliklar, xabarlar mavjud.  Tele va radioeshittirish dasturlari.          O‘zbekiston milliy teleradio  kompaniyasi ma’lumotlari va teledasturlar jadvalini hamda ularning faoliyati bilan  bog‘liq bo‘lgan ma’lumotlarni quyidagi veb sahifalardan olishingiz  mumkin. www.mtrk.uz; Ish o‘rinlar birjalari. Respublika doirasida bo‘sh ish o‘rinlarini topish, aniqlash  va muloqat o‘rnatish quyidagi veb sahifalar orqali amalga oshirilishi mumkin.  www.myjob.uz,www.vakansi.uz bu saytlardan siz ish o‘rinlari haqidagi  ma’lumotlarni va Siz, o‘zingiz haqingizdagi ma’lumotlarni to‘ldirib jo‘natishingiz  va javob olishingiz mumkin. Sport yangiliklari. Respublika va xalqaro sport musobaqalari, ularning o‘tkazilish jadvallari va holatlari haqidagi ma’lumotlarni quyidagi veb sahifalardan qidirish  mumkin: www.uff.uz; www.the­uff.com; www.paxtakor.uz;  www.bunyodkor.uz; www.fifa.com. Bu saytlardan O‘zbekiston futboli va jaxon  futboli yangiliklarini olishingiz mumkin. www.allsportsites.net bu saytdan esa  sport turlari reytingi yangiliklari haqidagi ma’lumot olishingiz mumkin.  Sportal.uz sport yangiliklari Davlat boshqaruv va xo‘jalik yurituvchi organlar veb sahifalari orqali  ko‘rsatiladigan interaktiv xizmatlar.  Interaktiv davlat xizmati – idoralar tomonidan idoralarning axborot tizimlari  vositasida telekommunikatsiyalar tarmog‘i orqali jismoniy va yuridik shaxslarga  axborot­kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda ko‘rsatiladigan  xizmatlar. Interaktiv davlat xizmati quyidagi shakllarda ko‘rsatiladi:  umumiy foydalaniladigan axborotni e’lon qilish (tarqatish) ­ tegishli axborot tizimlari, shu jumladan Internet orqali davlat axborot resurslaridan  foydalanish bo‘yicha xizmatlarni realizatsiya qilish;  bir tomonlama o‘zaro hamkorlik ­ elektron shakldagi hujjatlarning har xil  formularlaridan foydalanish imkoniyatini berish;  ikki tomonlama axborot ayirboshlash ­ so‘rov bo‘yicha qabul qilish, tahlil  (ko‘rib chiqish) va javob yuborishni o‘z ichiga oladigan idora xizmatlari (buyurtmanomalar va murojaatlarni taqdim etish, ularni qayta ishlash  natijalarini taqdim etish va/yoki berish);  elektron shakldagi ma’lumotlar to‘liq ayirboshlanishini amalga oshirish, shu  jumladan xizmatlar ko‘rsatish va ularga haq to‘lash shaklida ko‘rsatilishi  mumkin. Bugungi kunda davlat organlarining veb­saytlari orqali aholiga interaktiv davlat  xizmatlari asosida 384 turdagi interaktiv xizmatlar ko‘rsatiladi. Quyidagi veb sahifalardan Davlat boshqaruv va xo‘jalik yurituvchi organlar veb  sahifalari orqali  ko‘rsatiladigan interaktiv xizmatlari, ular faoliyati haqidagi yangiliklar, xabarlarni  topish mumkin. Web hujjatlar Internetning WWW xizmati, asosan, web­sayt yoki web­sahifalarga bog’liq ekan, «Web­sahifalar qanday tayyorlanadi?» degan savol tug’ilishi tabiiy. Web­sahifalar maxsus dasturlar asosida tayyorlanadi. Masalan, Microsoft FrontPage, Macromedia HomeSite, Adobe Dreamweaver kabi muharrirlar, PHP, ASP, javascript kabi server skriptlari (ssenariylar tili), XML, HTML va boshqalar. Bu dasturlaming barchasi HTML (Hypertext Markup Language —   Gipermatnli   markerlash   tili)   tiliga   asoslanadi.   HTML   dasturlash   tili hisoblanmaydi. Bu tilda hujjat (web­sahifa) tayyorlash uchun Windowsning «Bloknot» kabi oddiy matn muharriri yetarli. HTML   tilining   buyruqlari   «»   belgilari   orasiga   yoziladi   va   deskriptor   (ing. tavsiflovchi) yoki teg (ing. tag ­ yorliq,  belgi,   alomat)   deb   ataladi.   Masalan,   yozuvi   HTML   tilidagi   hujjatning boshlanishini   anglatadi.   Teglar   lotin   alifbosi   harflari   yordamida   yoziladi, bunda harflar yuqori yoki quyi registrda yozilishi farqlanmaydi, ya’ni va bir xil   tegdir.   Umuman,   teglar   ikki   turga   bo’linadi: 1.   Juft   teglar   (yoki   konteyner­teglar): tegi   uchun tegi   mavjud   bo’lib, birinchisi   biror   amal   boshlanishini   bildirsa,   ikkinchisi   shu   amal yakunlanganini   bildiradi. 2.   Juftmas   teglar: ko’rinishdagi   teg   ochiladi,   yopilishi   shart   emas,   masalan, o’tkazuvchi  o'zidan kabi. tegi   matnni keyingi satrga yangi           HTML­hujjat «html» yoki «htm» kengaytmali matnli fayl bo’lib, u oddiy matn muharririda teglar qo’shib yozilgan matn. HTML­hujjat va teglari orasida yozilgan bo’ladi. HTML­ hujjat xotiraga yuklansa, u ekranda web­brauzer yordamida web­ etadi. sahifa ko’rinishida aks       HTML­hujjat, odatda, ikkita bo’limdan iborat bo’ladi. Birinchisi HEAD (ing. bosh qism yoki sarlavha) bo’limi bo’lib u va teglari orasida joylashadi. Ikkinchi BODY (tana) bo’limida hujjatni mazmuni aks etadi va u va teglari orasida joylashadi. Agar   HTML­hujjat   freym­strukturani   ifodalashi   (   ma’lumotlar   web­brauzer oynasida alohida sohalarda aks etishi) lozim bo’lsa, u holda BODY bodimi o‘rniga FRAMESET (FRAME SET) strukturalar (ramkalar) tizilmasi (to’plami), juft tegi yordamida) bo’limi ishlatiladi. Odatda, HTML­hujjatda va juft teglarini yozish emas. tavsiya majburiy etiladi, lekin         Web­sahifaga kiritilishi lozim bo’lgan yana bir element – web ­ sahifa nomi bo’lib, nom kiritish uchun juft tegi qo’llaniladi. Web­sahifada bu teg bir marta ishlatiladi. Web­sahifa nomi web­brauzerning sarlavha satrida aks etib, web­sahifaning ichida ko’rinmaydi. Shu sababli uni web­sahifaning istalgan joyiga (odatda,  HEAD bo’limida) yoziladi. Web­sahifaga istalgan nom, masalan, o’z ismingizni  berishingiz mumkin. HTML tili muttasil rivojlanib bormoqda. 0’z navbatida web­ brauzerlar ham  yangilanib turibdi. Hozirgi kunda web­sahifa tayyorlash uchun asosan HTML­4 tilidan foydalaniladi. Uning ba’zi buyruqlarini «eski» web­brauzerlar (Internet Explorer­4 yoki Internet  Explorer­6) bajara olmaydi. Ma’lumki, turli web­brauzerlar, masalan, Internet Explorer, Opera, FireFox,  Mozilla va Netscape bir biridan farq qiladi.

Internet texnologiyalari rivojlanishining analitik tahlili 5

Internet  texnologiyalari rivojlanishining analitik tahlili 5

Internet texnologiyalari rivojlanishining analitik tahlili 5

Internet  texnologiyalari rivojlanishining analitik tahlili 5

Internet texnologiyalari rivojlanishining analitik tahlili 5

Internet  texnologiyalari rivojlanishining analitik tahlili 5

Internet texnologiyalari rivojlanishining analitik tahlili 5

Internet  texnologiyalari rivojlanishining analitik tahlili 5

Internet texnologiyalari rivojlanishining analitik tahlili 5

Internet  texnologiyalari rivojlanishining analitik tahlili 5

Internet texnologiyalari rivojlanishining analitik tahlili 5

Internet  texnologiyalari rivojlanishining analitik tahlili 5

Internet texnologiyalari rivojlanishining analitik tahlili 5

Internet  texnologiyalari rivojlanishining analitik tahlili 5

Internet texnologiyalari rivojlanishining analitik tahlili 5

Internet  texnologiyalari rivojlanishining analitik tahlili 5

Internet texnologiyalari rivojlanishining analitik tahlili 5

Internet  texnologiyalari rivojlanishining analitik tahlili 5

Internet texnologiyalari rivojlanishining analitik tahlili 5

Internet  texnologiyalari rivojlanishining analitik tahlili 5

Internet texnologiyalari rivojlanishining analitik tahlili 5

Internet  texnologiyalari rivojlanishining analitik tahlili 5

Internet texnologiyalari rivojlanishining analitik tahlili 5

Internet  texnologiyalari rivojlanishining analitik tahlili 5
Материалы на данной страницы взяты из открытых истончиков либо размещены пользователем в соответствии с договором-офертой сайта. Вы можете сообщить о нарушении.
29.08.2018