Kesim tomonlarini yasash usuli.
Bu usul ikki tekislikning kesishish chizig‘ini yasash algoritmini bir necha marta takrorlash asosida bajariladi. Bu usuldan proyeksiyalovchi vaziyatdagi prizmaning tekislik bilan kesishish chizig‘ini yasashda foydalanish juda qulaydir. 188-rasmda uch yoqlik to‘g‘ri prizmaning umumiy vaziyatdagi P(PH,PV) tekislik bilan kesishuvidan hosil bo‘lgan kesimining proyeksiyalari yasalgan.
Bunda prizmaning yon yoqlari orqali M1(MIH, MIV) va M2(M2H, M2V) gorizontal proyeksiyalovchi tekisliklar o‘tkazilgan. Bu tekisliklarni berilgan P tekislik bilan kesishgan chiziqlari yordamida kesim yuzasining 12(1ʹ2ʹ, 1ʹʹ,2ʹʹ), 13(1ʹ,3ʹ, 1ʹʹ3ʹʹ) tomonlari aniqlangan.
188-rasm 199-rasm
Aynan shu prizmani, o‘zaro kesishuvchi h(hʹ,hʹʹ) va f(fʹ,fʹʹ) to‘g‘ri chiziqlar orqali berilgan P(Pʹ,Pʹʹ) tekislik bilan kesishuv chizig‘ini yasash 199-rasmda ko‘rsatilgan. Bunda kesishish chiziqlari prizma yoqlari orqali o‘tkazilgan M1(M1H) va M2(M2H) gorizontal proyeksiyalovchi tekisliklar vositasida kesim yuzasining ∆123(1ʹ2ʹ3ʹ,1ʹʹ2ʹʹ3ʹʹ) proyeksiyalari yasalgan.
Материалы на данной страницы взяты из открытых источников либо размещены пользователем в соответствии с договором-офертой сайта. Вы можете сообщить о нарушении.