Kesim uchlarini yasash usuli.
Bu usul 1-usulga nisbatan umumiyroq hisoblanib, to‘g‘ri chiziq bilan tekislikning kesishish nuqtasini yasash algoritmi asosida bajariladi. 200, 201-rasmlarda asosi H proyeksiyalar tekisligida bo‘lgan SABC (SʹAʹBʹCʹ, SʺAʺBʺCʺ) piramidani, izlari orqali berilgan R(PV,PH) tekislik va kesishuvchi chiziqlar (h va f) proyeksiyalari orqali berilgan umumiy vaziyatdagi P(Pʹ,Pʺ) tekislik bilan kesishishdan hosil bo‘lgan kesimini yasash ko‘rsatilgan.
200-rasm 201-rasm
Bunda kesim proyeksiyalari D1ʹ2ʹ3ʹ va D1ʹʹ2ʹʹ3ʹʹ ni yasash algoritmi quyidagicha bo‘ladi:
· SA, SB, SC qirralar orqali yordamchi N1, N2, N3 frontal proyeksiyalovchi tekisliklar o‘tkaziladi;
· bu tekisliklarning P tekislik bilan kesishgan chiziqlari E1F1, E2F2, E3F3 ning proyeksiyalari yasaladi;
· kesishuv chiziqlari E1F1, E2F2, E3F3 bilan piramida qirralari SA, SB, SC ning mos ravishda kesishuv nuqtalari 1, 2, 3 larni proyeksiyalari aniqlanadi;
· hosil qilingan 1, 2, 3 nuqtalar o‘zaro birlashtirilib, kesim yuzasining proyeksiyalari D1ʹ2ʹ3ʹ va D1ʹʹ2ʹʹ3ʹʹ yasaladi.
202-rasmda aynan shu usul bilan og‘ma prizmaning umumiy holatdagi P(PV,PH) tekislik bilan kesishish chizig‘ini proyeksiyalarini yasash prizma qirralari orqali V1, V2 va V3 yordamchi frontal tekisliklar o‘tkazish bilan aniqlash ko‘rsatilgan. Kesim yuzasi △123 ning haqiqiy kattaligi P ni PH izi atrofida aylantirib H ga jipslashtirish usuli bilan aniqlangan.
203-rasmda to‘g‘ri prizmaning umumiy vaziyatdagi R(PV,PH) tekislik bilan kesishish chizig‘ining proyeksiyalarini yasash ko‘rsatilgan. Kesimning 1(1ʹ,1ʹʹ) va 2(2ʹ,2ʹʹ) nuqtalari bevosita prizma asosi bilan R tekislikning Pn izi kesishgan nuqtalarida yotadi. C va D qirralar orqali o‘tkazilgan yordamchi kesuvchi V1(V1H), V2(V2H) frontal tekisliklar vositasida 3,4 nuqtalar proyeksiyalari aniqlangan. Kesim yuzasining haqiqiy kattaligi R tekislikni uning PN izi atrofida aylantirib N ga jipslashtirish usulida yasalgan.
202-rasm 203-rasm
Agar ko‘pyoqliklar proyeksiyalovchi tekisliklar bilan kesishsa, ularning kesim yuzasini proyeksiyalarini yasash yanada osonlashadi, chunki bunda kesim yuzaning bir proyeksiyasi proyeksiyalovchi tekislik izida bo‘ladi 204-rasmda og‘ma piramidaning frontal proyeksiyalovchi N(NH ,NV) tekislik bilan kesishgan va kesim yuzasini va uning haqiqiy kattaligini yasash ko‘rsatilgan.205-rasmda uchyoqli piramidani N1(N1V) va N1(N2V) frontal proyeksiyalovchi tekisliklar bilan kesib, kesimda hosil bo‘lgan o‘yiq qismining gorizontal proyeksiyasini yasash ko‘rsatilgan. Kesim yuzasi proyeksiyalarini yasash yo‘llarini chizmadan tushunib olish qiyin emas.[1]
204-rasm 205-rasm
To‘g‘ri tekis kesish tekislik va bir egri kesish tekislik uchun egri chiziqlar tomonidan to‘g‘ri chiziq bilan ketma-ket tsiklik tartibda ishtirok etdi. Aforizmlari Piramidaning chekkalarida nuqtalarda hosil qilish ruxsat etiladi. Taxmin va rivojlantirish, barcha mavjud qirralarning va sirt chegaralari uchun to‘g‘ri an’anaviy chiziqlar chizib tomonidan bajarildi. |
Скачано с www.znanio.ru
[1] Sh.Murodov va boshqalar “Chizma geometriya” darslik “Iqtisod-moliya”.2006 yil, 117-119 betlar
Материалы на данной страницы взяты из открытых источников либо размещены пользователем в соответствии с договором-офертой сайта. Вы можете сообщить о нарушении.