O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
XALQ TA`LIMI VAZIRLIGI
NAMANGAN VILOYAT XALQ
TA`LIMI BOSHQARMASI
NAMANGAN SHAHAR XALQ TALIMI
MUASSASALARI FAOLIYATINI METODIK
TA’MINLASH VA TASHKIL ETISH BO’LIMI
Namangan shahar 35-umumiy o’rta ta’lim
maktabi tarix fani o’qituvchisi
Botirova Sevaraning
5-sinf “Tarixdan hikoyalar” darsligi bo’yicha
Axborot kommunikatsiya-texnologiyalaridan foydalangan holda internet ma’lumotlari asosida tayyorlangan
bir soatlik
NAMANGAN – 2013
Ushbu dars ishlanma umumiy o’rta ta’lim maktablari tarix fani o’qituvchilari uchun mo’ljallangan bo’lib, unda muallif tomonidan tarix darslarida axborot texnologiyalari va internet ma’lumotlaridan foydalanib dars o’tish tajribasi aniq yo’l – yo’riqlar va dalillar asosida ko’rsatib berilgan. Dars ishlanmadan tarix fani o’qituvchilari ijodiy foydalanishlari mumkin.
Tuzuvchi : S. Botirova – Namangan shahar 35-umumiy o’rta ta’lim maktabi tarix fani o`qituvchisi.
Taqrizchi : Ch. Aliyeva – Namangan shahar 35-umumiy o’rta ta’lim maktabi oliy toifali tarix fani o`qituvchisi.
________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________
MAVZU: O‘ZBEKISTONNING TARIXIY-ME’MORIY OBIDALARI
DARSNING MAQSADI
a) Darsning talimiy maqsadi:
O’quvchilar darsda yurtimizdagi tarixiy obidalar bilan tanishadilar, ular orqali ota-bobolarimizning hayot tarzlari haqida tushunchaga ega bo’ladilar.
b) Darsning tarbiyaviy maqsadi:
Bu darsda o’rganilagan bilimlar o’quvchilarda tarixiy-madaniy yodgorliklarga hurmat ruhini shakllantiradi, bunyodkorlik g’oyalarini singdirib, faxrlanish hissini uyg’otadi. Me’moriy obidalarni asrab-avaylashni o’rganadilar.
c) Darsning rivojlantiruvchi maqsadi:
Dars jarayonida o’quvchilarning ona-yurt tarixiga bo’lgan qiziqishlari ortadi. Yangi bilimlarga ega bo’ladi, fikrlash qobilyati o’sadi.
Kutilayotgan natijalar: O’quvchilar tarixiy obidalarimizni avaylab-asrash har bir o’quvchining burchi ekanligini tushunib oladilar. Chuqur bilimlarga ega bo’ladilar. Ular ona Vatan tarixini o’rganish, hozirgi kunning qadriga yetishga o’rganadilar. Shuningdek, ularda matnlar ustida ishlashda axborot texnologiyasidan unumli foydalanish, mustaqil fikrlash bo’yicha ko’nikma va malakalar hosil bo’ladi.
DARSNING USULI: Noan’anaviy, guruhlararo musobaqa, aralash
DARSNING JIHOZI: O’zbekiston xaritasi, kitoblar va tarixiy obidalarning rasmlari, bukletlar, mavzuning asosiy tushunchalari va atamalari yozilgan tarqatma material, rag’bat kartochkalari, kompyuter va videoproyektor, ekran, kley, A3 formatdagi qog’ozlar.
FANLARARO BOG’LANISH: Dars mavzusi jahon tarixi, davlat va huquq asoslari, milliy g’oya va ma’naviyat asoslari, Vatan tuyg’usi va chet tili fanlari bilan bog’lab o’rganiladi.
DARSNING TUZILISHI:
1. Tashkiliy qism. 2 daqiqa
2. O’tilgan mavzuni tekshirish. 13 daqiqa
3. Yangi mavzuni o’rganish. 12 daqiqa
4. Mavzuni mustahkamlash. 12 daqiqa
5. O’quvchilar bilimini baholash. 4 daqiqa
6. Uyga vazifa berish. 2 daqiqa
TASHKILIY QISM:
O’qituvchi va o’quvchilar bilan salomlashgach, davomatni aniqlaydi. Sinf darsni boshlashga tayyor ekanligiga ishonch hosil qilingach, darsga olib kirilgan jihozlar foydalanish uchun tayyorlab qo’yiladi. Mavzuga oid rasmlar doska yoniga ilinadi. Sinf to’rt guruhga bo’linadi, bunda guruhlar bilimiga ko’ra taxminan teng kuchga ega bo’lishi, har bir guruhning o’z sardori bo’lishi e’tiborga olinishi lozim. Guruhlar o’zlariga nom qo’yadilar, nomlanish dars mavzusiga mos bo’lishi lozim. Masalan, Tuproqqal’a, Afrosiyob, Ismoil Somoniy, Minorayi Kalon, Registon, Oqsaroy, Ichanqal’a kabi nomlardan tanlash mumkin.
O’TILGAN MAVZUNI TEKSHIRISH
O’qituvchi uyga berilgan topshiriqni tekshiruvdan o’tkazib o’quvchilarni ikki bosqichda o’tgan mavzu yuzasidan sinovdan o’tkazadi.
Birinchi bosqich
Birinchi bosqichda o’qituvchi guruhlarni ikki qismga bo’ladi. Ya’ni birinchi guruh ikkinchi guruh bilan, uchinchi guruh to’rtinchi guruh bilan bir-birlariga savol berib musobaqalashadilar. Guruhlar o’tilgan mavzu bo’yicha bir-birlariga 5 tadan savol beradilar. O’qituvchi savollar to’g’ri berilganligiga va takrorlanmasligiga e’tibor qaratib boradi. Bu bosqichga 7 daqiqa vaqt ajratiladi.
Guruhlar taxminan quyidagi savollardan foydalanishi mumkin:
1-guruh
1. Toshkent shahri necha yillik tarixga ega? - 2200 yillik tarixga
2. “Shi” so’zi xitoycha qanday ma’noni anglatadi? - Tosh shahar
3. Toshkentning rabot qismida kimlar yashagan? - Hunarmandlar
4. Toshkentning 2200 yilligi qachon va qaysi tashkiloti qarori bilan keng nishonlandi? - YUNESKO
5. “Madinat ash-shosh” so’zini ma’nosi nima? - Shoshning poytaxti
2-guruh
1. Toshkent shahrining qadimgi o’rni qayerda joylashgan? -Salar kanali sohilida
2. Toshkent Xitoy manbalariga ko’ra nima deb nomlangan? - Shi
3. Shaharning amaldorlar yashaydigan qismi nima deyiladi? - Shahriston
4. Toshkent dunyoda qanday nomlar bilan shuhrat qozongan?
- “Non shahri”, “do’stlik va tinchlik shahri”
5. “Binkat” so’zini ma’nosi nima? - Uzoqdan ko’rinib turuvchi shahar
3-guruh
1. Qaysi shahar tarixga “Ming o’rik”, “Ming o’rik tepa” nomlari bilan kirgan?
- Toshkent
2. Beruniy qaysi asarida “Toshkent atamasini ishlatgan? - Hindiston
3. Toshkent qaysi yildan mustaqil O’zbekistonning poytaxti? - 1991 yildan
4. “O’zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyi qaysi yili qurilgan? - 2009 yil
5. Toshkent shahri O’zbekiston Prezidenti tomonidan qaysi orden bilan mukofotlangan? - “Mustaqillik” ordeni
4-guruh
1. Toshkent shahri xarobasi qanday nom bilan atalgan? - “Ming o’rik”
2. Toshkent qanday nomlar bilan atalgan? - Shosh, Shoshkent, Binkat
3. Toshkent arkida nimalar joylashgan? - hukmdor saroyi va ibodatxona
4. Konstitutsiyaning qaysi moddasi poytaxtimiz Toshkent haqida? - 6-moddasi
5. Prezident Islom Karimov qaysi shaharni “Tarixi boy, buguni go’zal, kelajagi buyuk shahar” deb atagan? - Toshkentni
Savol-javob yakuniga ko’ra g’olib bo’lgan guruhlar ikkinchi bosqichga yo’l oladilar.
Ikkinchi bosqich
Bu bosqichda ikki guruh bir-biri bilan turli boshqotirmalarni yechish bilan baxs olib borishadi. Bunga 6 daqiqa vaqt ajratiladi.
O’qituvchi oq listlarga oldindan kompyuterda turli boshqotirmalardan chizib tayyorlab keladi va guruhlarga tarqatadi.
Bunda o’qituvchi quyidagi boshqotirmalardan foydalanishi mumkin:
1.
N |
E |
O |
T |
T |
K |
Sh |
|
|
|
|
|
|
|
2.
T |
A |
K |
I |
B |
N |
|
|
|
|
|
|
3.
T |
S |
O’ |
K |
I |
B |
N |
E |
Z |
O |
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
4.
L |
A |
Q |
I |
L |
S |
K |
I |
U |
M |
T |
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Boshqotirma to’g’ri yechilsa quyidagicha ko’rinishga keladi
1.
N |
E |
O |
T |
T |
K |
Sh |
T |
O |
Sh |
K |
E |
N |
T |
2.
T |
A |
K |
I |
B |
N |
B |
I |
N |
K |
A |
T |
3.
T |
S |
O’ |
K |
I |
B |
N |
E |
Z |
O |
O’ |
Z |
B |
E |
K |
I |
S |
T |
O |
N |
4.
L |
A |
Q |
I |
L |
S |
K |
I |
U |
M |
T |
M |
U |
S |
T |
A |
Q |
I |
L |
L |
I |
K |
O’tilgan mavzu takrorlab bo’lingach, o’qituvchi yangi mavzuni o’quvchilarga o’tib beradi. Yangi mavzu va reja videoproyektor orqali ekranda aks ettiriladi:
O’ZBEKISTONNING TARIXIY-ME’MORIY OBIDALARI
R E J A:
1.Qo’yqirilganqal’a va Tuproqqal’a.
2. Afrosiyob.
3. Ismoil Somoniy maqbarasi va Minorai Kalon.
4. Registon va Oqsaroy.
5. Ichanqal’a.
Mavzu va uning rejasini o’quvchilar daftarga yozib oladilar.
Mavzu har bir rejaga oid slaydlar yordamida videoproyektorda ko’rsatilgan holda tushuntiriladi.
Qo’yqirilganqal’a. O’zbekiston tarixiy-me’moriy obidalarga boy o’lka. Obidalarning xarobalari o’tmish tariximizni o’rganishda muhim o’rin tutadi. Ularning biri Qo’yqirilganqal’a obidasidir. U qadimgi Xorazm madaniyati obidalaridan biri sanaladi. Arxeologlar topgan bu obidaning joyi hozirgi Qoraqalpog’iston Respublikasi hududida tarkibiga kiradi. Obida zardushtiylik dini ibodatxonasi va qishloq xarobasidan iborat. Ibodatxonada rasadxona ham bo’lgan.
Qo’yqirilganqal’a obidasi mil. av. IV va milodning IV asrlarida, ya’ni qariyb 700-800 yil davomida mavjud bo’lgan. Ibodatxona ikki qavatli bo’lib, aylana shaklda qurilgan. Uning balandligi 9,5 metrni tashkil etgan. Atrofi ikki qator paxsa va xom g’ishtli mudofaa devori bilan o’ralgan.
Tuproqqal’a. Tuproqqal’a ham qadimgi Xorazm tarixiga oid obidadir. Agar Qo’yqirilganqal’a obidasi ibodatxona va qishloq xarobasi bo’lsa, Tuproqqal’a shahar qal’a xarobasidir. Tuproqqal’a milodsning II-III asrlarida qurilgan va VI asrigacha mavjud bo’lgan.
III-IV asrlarda qadimgi Xorazm hukumdorlari – Xorazmshohlarning qarorgohi shu joyda joylashgan.
Saroyda maxsus “Shohlar xonasi”, “G’alaba xonasi” va “Askarlar xonasi” bo’lgan “Shohlar xonasi” ga qo’yilgan haykallar shoh ajdodlarining ilohiylashtirilganligini aks ettirgan. “G’alaba xonasi” dagi baland qilib ishlangan haykallar shohning shon-shavkatini ifodalagan. “Askarlar xonasi”da esa Xorazm shohlarining ulkan, askarlarning esa kichik hajmlardagi tasvirlari aks ettirilgan.
Unga yondosh qilib balandligi 25 metrli Ark bunyod etilgan. Saroydagi podsho arxividan mol terisi va yog’och taxtachalarga yozilgan yuzdan ortiq hujjatlar topilgan. Tuproqqal’a ichida qurol-yarog’ ustaxonasi ham bo’lgan.
Afrosiyob. Afrosiyobga mil. av. VIII asr o’rtalarida asos solingan. U Samarqand shahrining qadimgi xarobasidir.
Arxeologlar Afrosiyob madaniy qatlamini sinchiklab o’rganganlar va shaharning yuksak taraqqiy etganligidan guvohlik beruvchi ashyolarni topganlar. Shahar dastlab makedoniyalik Aleksandr, XIII asrda esa mo’g’ullar tomonidan vayron etilgan.
Mo’g’ullar bosqini natijasida shaharni suv bilan ta’minlash tobora og’irlashib borgan. Oxir-oqibat aholi Afrosiyobni butunlay tashlab ketishga majbur bo’lgan. Natiada Afrosiyob kimsasiz xarobaga aylangan.
Ismoil Somoniy maqbarasi. Maqbara IX—X asrlarga oid. Bu yerga dafn qilingan Ismoil Somoniy Buxoroda Somoniylar davlatiga asos solgan yirik siyosiy arbob hisoblanadi. U 848 yil Buxoro shahrida tug'ilgan. 874 yilda Buxoro hokimiga noib, 888 yildan esa butun Movarounnahrga hokim bo'lgan. Ismoil Somoniy markaziy hokimiyatni mustahkamlash siyosatini olib borib, turli yerlardan ulamolar, adiblar, usta va hunarmandlarni Buxoroga to'plagan. Madaniyat rivojiga katta hissa qo'shgan. Bag'dod xalifalaridan ibrat olib, o'ziga ulkan maqbara qurdirgan.
Minorai Kalon (Katta minora). XII asr. 1127 yil Qoraxoniylar davlati amiri Arslonxon tomonidan qurilgan bo'lib, pishiq g'ishtdan naqshdor shakllar uslubida ishlangan. Balandligi 50 metr, aylanma eni 9 metr. Minoraning salla shaklidagi yuqori qismi g'isht o'ymakorligi bilan bezatilib, karniz holiga keltirilgan. O'qsimon tirgak o'rtasida Arslonxonning nomi xamda binokor ustaning ismi Baqo bitilgan. Minora ichida g'ishtin aylanma zinapoya bo'lib, mezanaga olib chiqadi. Minora azon chaqirish uchun masjid va madrasalar yonida yoki ularga tutash qilib qurilgan. Minorai Kalon mezanasining qubbasi va devorlari muazzin ovozini yanada kuchaytirib berishga xizmat qilgan.
Registon – Sharq mamlakatlarida shaharning markaziy maydoni. XV asrda Mirzo Ulug’bek tomonidan Ulug’bek madrasasi qurdirilgan. Qolgan ikki madrasa XVII asrda qurilgan. Sherdor madrasasi Registon majmuasiga kiradigan obida bo'lib, u Samarqand hokimi Yalangto'sh Bahodir tomonidan 1619 - 1636 yillari Mirzo Ulug'bek xonaqohi o'rniga qurdirilgan. Sherdor madrasasi Ulug'bek madrasasining ro'parasida bir o'q chizig'i bo'ylab joylashgan. O'rta Osiyo me'morligida ko'p uchraydigan qo'sh uslubdan foydalanilgan. Peshtoq ravog'i tepasi diqqatga sazovor: qizg'sh zarhal sher oq ohuni quvmoqda. Quyosh bodomqovoq, qiyiq ko'zli yuz shaklida tasvirlanib, zarhal tusli yog'du bilan hoshiyalangan. Madrasa peshtoqiga Yalangto'sh Bahodirni ulug'lovchi she'r bitilgan. Sherdor so'zi "Sher aksi bor" degan ma'noni anglatadi.
Tillaqori madrasasi Registonda eng keyingi qurilgan nihoyatda xushbichim va o'ziga xos madrasadir. Ulug'bek davrida qurilgan Mirzoyi karvonsaroyi o'rniga 1646 – 1647-yillari Samarqand hokimi Yalangto'sh Bahodir farmoyishiga ko'ra, madrasaga va jome masjidga mo'ljallab qurilgan. Registon majmuidagi Ulug'bek va Sherdor madrasalariga uyg'unlashib ketgan. Tillaqori madrasasining masjidi ichiga boshqa bir katta obida qurishga yetadigan miqdorda oltin sarflangan. Shuning uchun ham madrasa "Tillaqori ", ya'ni, "tilladan ishlov berilgan" deb ataladi. Podshoxlikdan ko'ra binokorlik ishlarini afzal ko'rgan Yalangto'sh Bahodir 1656-yili vafot qildi. Vasiyatiga ko'ra, uni Dahbeddagi Maxdumi A'zam ziyoratgohiga dafn etishadi.
Oqsaroy. Oqsaroy hozirgi Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahrida joylashgan. Oqsaroyni Amir Temur onasi sharafiga qurdirgan. Obida naqshlariga berilgan ranglar oy yorug’ida jilolanib, oqarib turganligi uchun Oqsaroy deb atalgan. Balandligi 50 metr. Oqsaroy devonxonasi peshtoqiga Quyosh, arslon, Amir Temur davlatining uch xalqa shaklidagi tasviri tushirilgan. Uning tomi tepasiga hovuz qurilgan bo’lib, suv dovondan qo’rg’oshin quvurlar orqali keltirilgan. Oqsaroydan peshtoq chekkasidagi minora va poydevorning bir qismi qolgan, xolos.
Ichanqal’a. Ichanqal’a Xiva shahrida joylashgan bo’lib, 54 ta me’moriy obidalardan iborat. Unda Ko’xna Ark(arzxona), madrasa, masjid, maqbara kabi obidalar mavjud. Ichanqa’lani 1961-yildayoq muzey qo’riqxonaga aylantirilgan. Uning maydoni 26 gektar. 1990-yilda YUNESKO tomonidan Ichanqal’a jahon merosi ro’yxatiga kiritilgan.
O’TILGANLARNI MUSTAHKAMLASH
Birinchi topshiriq
O’qituvchi doskaga o’tilgan mavzudagi O’zbekistonning tarixiy obidalari yozilgan varoqlarni yopishtiradi va ularga oid atamalar yozilgan qog’ozlarni stolga teskari qilib yoyib qo’yadi. Guruhlardagi o’quvchilar birma-bir chiqib kartochkalarni tortishadi va doskadagi tegishli kartochka ostiga yopishtirishadi. Bu bosqichga 5 daqiqa vaqt beriladi.
“Registon”: Samarqand, Ulug’bek madrasasi, XVII asr, Yalangto’sh Bahodir, ”mayda tosh to’shalgan joy”, Sherdor.
“Ichan qal’a”: Xiva, 54 ta noyob obidalar, 1961-yildan muzey-qo’riqxona, 26 gektar, 1990-yildan YUNESKO qaramog’ida, Ko’hna ark.
“Minorai Kalon”: Buxoro, katta minora,1127-yilda qurilgan, Arslonxon, balandligi 50 metr, 154 ta aylanma zina.
O’quvchilar topshiriqni bajarib bo’lgach, qizil, sariq, yashil rangdagi kartochkalarga ega bo’ladilar.
Ikkinchi topshiriq
Bu bosqichda guruhlarga o’qituvchi tomonidan oldindan tayyorlangan tarqatma materiallardagi boshqotirmalarni yechish vazifa qilib beriladi. Qaysi guruh birinchi bo’lib boshqotirmani yechsa rag’bat kartochkasini oladi. Bu bosqichda guruhlarga boshqotirmani yechish va tekshirish uchun jami 7 daqiqa vaqt beriladi.
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
3 |
|
|
|
1 |
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
2 |
|
|
|
|
|
|
|
|
4 |
|
5 |
|
|
|
|
|
|
|
6 |
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
7 |
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
8 |
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
9 |
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
10 |
|
|
|
|
|
|
|
|
|
11 |
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
BOSHQOTIRMA SAVOLLARI
BO’YIGA:
1. Balandligi 9,5 metr bo’lib, aylana shaklda qurilgan ikki qavatli ibodatxona.
3. Mayda tosh to’shalgan joy. 4. XVII asrda Samarqand hokimi Yalangto’sh Bahodir qurdirgan madrasalardan biri. 5. IX-X asrlarda Buxoro shahrida qurilgan maqbara. 6. Ichida qurol-yarog’ ustaxonasi bo’lgan shahar qal’a.
ENIGA:
2. Vafot etgan kishining jasadi qo’yiladigan me’moriy inshoot.
7. 1127-yil Buxoro shahrida qurilgan tarixiy obida. 8. Registon maydonida joylashgan madrasalardan biri. 9. Amir Temur onasining sharafiga qurdirgan obida. 10. XIII asrda mo’g’ullar tomonidan vayron etilgan qadimiy shahar. 11. 54 ta noyob tarixiy me’moriy obidalar majmuasidan iborat yodgorlik.
Guruhlar boshqotirmalarni yechib bo’lishgach o’qituvchi boshqotirmani to’g’ri yechilgan variantini doska yoniga ilib qo’yadi va guruhlar bir-birlarini boshqotirmalarini tekshiruvdan o’tkazadilar.
Boshqotirma to’g’ri to’ldirilsa quyidagicha ko’rinishga keladi
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
3 |
|
|
|
1 |
|
|
|
|
|
|
|
|
|
R |
2 |
M |
A |
Q |
B |
A |
R |
A |
|
4 |
|
5 |
|
E |
|
|
|
O’ |
|
6 |
|
|
|
T |
|
I |
|
G |
|
|
|
Y |
|
T |
|
|
|
I |
|
S |
|
I |
|
|
|
Q |
|
U |
|
|
|
L |
|
M |
|
S |
|
|
|
I |
|
P |
|
|
|
L |
|
O |
|
T |
|
|
|
R |
|
R |
|
|
|
A |
|
I |
|
O |
|
7 |
M |
I |
N |
O |
R |
A |
I |
K |
A |
L |
O |
N |
|
|
|
L |
|
Q |
|
|
|
O |
|
S |
|
|
|
|
|
G |
|
Q |
8 |
Sh |
E |
R |
D |
O |
R |
|
|
|
|
A |
|
A |
|
|
|
I |
|
M |
|
|
|
|
|
N |
|
L |
|
|
|
|
|
O |
|
|
|
9 |
O |
Q |
S |
A |
R |
O |
Y |
|
|
N |
|
|
|
|
|
A |
|
|
|
|
|
|
|
I |
|
|
|
|
|
L |
10 |
A |
F |
R |
O |
S |
I |
Y |
O |
B |
11 |
I |
Ch |
A |
N |
Q |
A |
L |
A |
|
|
|
|
|
O’qituvchi mavzuni mustahkamlab olgach o’quvchilarni baholaydi. Darsda faol qatnashganlarga tarixiy-me’moriy obidalarga oid qo’shimcha internet ma’lumotlaridan beradi.
UY VAZIFASI
Uyga vazifa slaydda aks etadi:
1. Har bir obidaga oid ma’lumotlarni yozish va so’zlab berishga tayyorlanish.
2. Mavzu so’ngida berilgan savollarga javob berish va qiziqarli savol tuzish.
3. “O’zbekistonning tarixiy-me’moriy obidalari” mavzusida klaster tayyorlab kelish.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. Karimov I.A. “O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida”. – T., “O’zbekiston”, 2011.
2. Karimov I.A. “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch”. – T.: “Ma’naviyat”, 2008.
3. XTVning “Dars Muqaddas” metodik tavsiyasi, - T.: 2011-yil 15-oktabr.
4. Mavlonov H., Uluqov N., Boynazarov F. Yangi pedagogik texnologiya asoslari (Interfaol darslar). – T.: Falsafa va huquq instituti nashriyoti, 2007.
5. Talim texnologiyalari. Ilmiy-uslubiy jurnal, 1-son, 2013-yil.
6. Tarixdan hikoyalar, 5- sinf darsligi. Toshkent, 2011–yil.
INTERNET SAYTLARI
1. www.xtv.uz
2. www.ziyonet.uz
3. www.e-tarix.uz
4. www.book.uz
5. www.kitob.uz
6. www.edu.uz
7. www.wikipedia.org
8. www.orexca.com
9. www.vokrugsveta.ru
Скачано с www.znanio.ru
© ООО «Знанио»
С вами с 2009 года.