Компютер тармоклари
Оценка 5

Компютер тармоклари

Оценка 5
docx
20.02.2020
Компютер тармоклари
Kompyuter tarmog.docx

Kompyuter tarmog‘ining  arxitekturasi, topologiyasi, tarmoq sistemasining modeli 

 

Komp’yuter tarmoqlari-kommunikatsion qism tizimlari yordamida yagona tizimga birlashtirilgan ғujlangan komp’yuter tizimlari tŏplamidir. Ғujlangan komp’yuter tizimlariga alohida EHMlar hamda lokal komp’yuter tarmoqlari (LKT) kirishi mumkin. Hozirda amalda tarkibida EHM bŏlgan intelektual’ abonent nuqtalari ishlatiladi va, demak, komp’yuter tarmoqlarining eng kichik strukturaviy qismi EHM desak xato bŏlmaydi. (1 - rasm).

Kommunikatsion qism tizim quyidagilarni ŏz ichiga oladi:

·        kommunikatsion modullar(KM);

·        aloqa kanallari;

·        kontsentratorlar;

·        tarmoqlararo shlyuzlar (kŏpriklar).

 

Kommunikatsion modullarning asosiy vazifasi olingan paketni boshqa kommunikatsion modulga yoki abonent nuqtasiga ma’lum marshrut bŏyicha uzatishdir. Kommunikatsion modul’ paketlarni kommutatsiyalovchi markaz deb ham yuritiladi.

 

Aloqa kanallari tarmoq elementlarini yagona tarmoqqa birlashtiradi.

 

Kontsentratorlar axborotni tezligi katta bŏlgan kanallar orqali uzatilishidan avval zichlashtirish uchun xizmat qiladi.

 

Tarmoqlararo shlyuzlar va kŏpriklar tarmoqni lokal’ komp’yuter tarmoqlari bilan ulashga yoki global’ tarmoq segmentlarini birlashtirishga xizmat qiladi. Kŏpriklar yordamida tarmoq protkollari bir xil bŏlgan tarmoq segmentlari birlashtiriladi. Har qanday tarmoqda quyidagi qism tizimlarini ajratish mumkin:

·        foydalanuvchi qism tizimi;

·        boshqarish qism tizimi;

·        kommunikatsion qism tizimi;

 

Foydalanuvchi yoki abonent qism tizimi foydalanuvchilarning (abonentlarning) komp’yuter tizimlarini ŏz ichiga oladi va foydalanuvchilarning axborotni saqlash, ishlash va olishdagi ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiladi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


1- rasm. Komp’yuter tarmoғi fragmenti.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Boshqarish qism tizimsi komp’yuter tarmoqlarining barcha elementlarini ularning ŏzaro aloqasi yagona qoida bŏyicha amalga oshiriluvchi yagona tizimga birlashtirishga xizmat qiladi. Bu qism tizim butun tarmoq ishlashi uchun optimal’ sharoit yaratish maqsadida xizmatchi axborotni yiғish, taxlil qilish va elementlarga ta’sir etish yŏli bilan tizim elementlarining ŏzaro aloqasini ta’minlaydi.

Kommunikatsion qism tizimsi foydalanuvchilar manfaatlari va tarmoqni boshqarish uchun tarmoqda axborotni uzatishga xizmat qiladi. Boshqacha aytganda, tarmoqning ishlashini uzoqlashtirilgan jarayonlarni kommunikatsion qism tizim orqali ŏzaro aloqasi kabi tasavvur etish mumkin. Uzoqlashtirilgan jarayonlarning ŏzaro aloqasi deganda fayllarni almashish, elektron pochta orqali axborotlarni uzatish, programmani bajarishga buyurtma yuborish va natijani olish, ma’lumotlar bazasiga murojaat va h. tushuniladi.

 


 

Kompyuter tarmog‘ining arxitekturasi, topologiyasi, tarmoq sistemasining modeli

Kompyuter tarmog‘ining arxitekturasi, topologiyasi, tarmoq sistemasining modeli

Komp’yuter tarmoғi fragmenti.

Komp’yuter tarmoғi fragmenti.
Материалы на данной страницы взяты из открытых истончиков либо размещены пользователем в соответствии с договором-офертой сайта. Вы можете сообщить о нарушении.
20.02.2020