Ko‘pyoqliklar yoyilmalari

  • docx
  • 09.06.2021
Публикация на сайте для учителей

Публикация педагогических разработок

Бесплатное участие. Свидетельство автора сразу.
Мгновенные 10 документов в портфолио.

Иконка файла материала Ko‘pyoqliklar yoyilmalari.docx

Ko‘pyoqliklar yoyilmalari

Ko‘pyoqliklar to‘la yoyilmasini yasash uchun uning yon yoqlari va asoslarining yoyilmalari yasaladi. Bunday yoqlar (uchburchak yoki ko‘pburchak) ni yoyilmada yasash ularga teng bo‘lgan yoqlarni yasash demakdir. Bunday yoqlarni yoyilmada yasash uchun tomonlari ya’ni qirralarining xaqiqiy uzunliklari bo‘lishi kerak. Agar ularning xaqiqiy uzunliklari chizmada bo‘lmasa, ularni turli usullar orqali yasash mumkin.

1-masala. Asosi H tekislikda yotgan uchburchakli to‘g‘ri prizmaning yoyilmasini yasash talab qilinsin (210 a,b-rasm).

10-02eng

210-rasm

Yechish. Prizmaning yon qirralari frontal proyeksiyada, asosidagi qirralari esa gorizontal proyeksiyada xaqiqiy uzunlikda tasvirlangan. Prizmaning yoyilmasini yasash uchun dastlab uning biror masalan, AA1 qirrasi bo‘ylab xayolan kesish kerak. So‘ngra uchta to‘g‘ri to‘rtburchaklar (yon yoqlar) yonma-yon qo‘yib yasaladi. Bu to‘rburchaklarning balandligi prizmaning balandligi h ga, asoslari esa mos ravishda AB′, BA va CA′kesmalarga teng bo‘ladi. Hosil bo‘lgan yon sirtning yoyilmasiga asoslari qo‘shiladi va prizmaning to‘la yoyilmasi hosil bo‘ladi.

211,a,b-rasmlarda berilgan uch yoqli og‘ma prizmaning yon qirralari frontal vaziyatda bo‘lgani uchun ularning haqiqiy uzunliklari AA­1″,  BB1″ va CC1″ kesmalarga teng bo‘ladi. Asoslari gorizontal vaziyatda bo‘lganligi uchun asos qirralarining haqiqiy qiymati AB′,  BA′ va CA′ kesmalarga teng bo‘ladi. Bunday og‘ma prizmaning yoyilmasini normal kesim usulida yasash qulay hisoblanadi. Buning uchun og‘ma prizmaning yon qirralariga perpendikulyar qilib ixtiyoriy N(NV) tekislik o‘tkaziladi. Normal kesim 123 uchburchakning proyeksiyalari (1′2′3′, 1″2″3″) ni hosil qilinadi. So‘ngra normal kesimning haqiqiy kattaligi Δ102030 aylantirish usulida yasaladi

10-03

211-rasm

Yoyilmani yasash uchun ixtiyoriy (bo‘sh) joyda a0 – yordamchi chiziqni ingichka qilib o‘tkaziladi. Bu chiziqqa normal kesim tomonlarning haqiqiy uzunliklari biror (masalan, 30) nuqtadan boshlab olchab qoyiladi (211 b-rasm). Hosil bolgan 30, 10, 20 va 30 nuqtalardan a0 chiziqqa perpendikulyar vaziyatda chiziq otkaziladi. Bu chiziqlarga qirralarning haqiqiy uzunliklari olchab qoyiladi. Yoyilmada C″3″=C030 va 3″C″=30C0 qirraning olchab qoyilishi korsatilgan. Hosil bolgan qirralarning uchlari ozaro tutashtiriladi. Prizma yon sirti va asosining haqiqiy kattaligi yoyilmasi qoshilib tola yoyilma hosil bo‘ladi.

2-masala. Berilgan yon qirralari umumiy vaziyatda bo‘lgan uch yoqli prizmaning yoyilmasini yasash talab etilsin (212,a-rasm).

Yechish. Mazkur masala yuqorida keltirilgan masala asosida yechiladi. Dastlab prizma qirralari va normal kesimining haqiqiy uzunliklarni yasash kerak bo‘ladi. Buni esa proyeksiyalar tekisliklarini (prizma qirralariga parallel vaziyatda) almashtirish bilan amalga oshirish maqsadga muvofiqdir. Chizmadagi qolgan yasashlar va yoyilmaning hosil qilinishi ortiqcha tushuntirishlarni talab qilmaydi (212,b-rasm).

3-masala. Asosi H tekislikka tegishli bo‘lgan uch yoqli og‘ma piramidaning to‘la yoyilmasi yasalsin (10.5,a-rasm).

Yechish. Piramida kabi sirtlarning yoyilmalarini yasashda uchburchak usulidan foydalaniladi. Buning uchun dastlab piramida yon qirralarining haqiqiy uzunliklari yasaladi. Chizmada ular aylantirish usuli yordamida topilgan. Asos qirralarining haqiqiy uzunliklari AB′, BC′ va CA′ kesmalarga teng bo‘ladi. Piramida yon sirtining yoyilmasini yasash uchun chizmaning ixtiyoriy (bo‘sh) joyida S0 nuqta belgilab olinadi (213,b-rasm). Bu nuqtadan o‘tuvchi to‘g‘ri chiziqqa S0B0=SB″ kesma o‘lchab qo‘yiladi. Chunki piramida SB qirrasi bo‘yicha kesilgan deb faraz qilinadi. So‘ngra markazi B0 nuqtada, radiusi B0A0=BA′ bo‘lgan va markazi S0 nuqtada, radiusi S0A0=SA0″ bo‘lgan ikkita yoy chiziladi. Bu yoylarning kesishuvidan A0 nuqta hosil bo‘ladi. S0B0A0 nuqtalar o‘zaro tutashtirilib ΔABC ning yoyilmadagi o‘rni hosil qilinadi. Qolgan yon yoqlarning yoyilmalari ham shu tarzda yasaladi. Hosil bo‘lgan yon sirtning yoyilmasiga piramida asosining yoyilmadagi o‘rni qo‘shilsa, piramida to‘la sirtining yoyilmasi hosil bo‘ladi.[1]

10-04

a)                                                                                 b)

212-rasm

10-05


 

Скачано с www.znanio.ru



[1] Sh.Murodov va boshqalar “Chizma geometriya” darslik  “Iqtisod-moliya”.2006 yil, 194-196 betlar