Ko‘pyoqliklarning tekislik bilan kesishishi

  • docx
  • 09.06.2021
Публикация на сайте для учителей

Публикация педагогических разработок

Бесплатное участие. Свидетельство автора сразу.
Мгновенные 10 документов в портфолио.

Иконка файла материала Ko‘pyoqliklarning tekislik bilan kesishishi.docx

Ko‘pyoqliklarning tekislik bilan kesishishi

Ko‘pyoqliklarni tekislik bilan kesilganda kesimda ko‘pburchak hosil bo‘ladi. Hosil bo‘lgan ko‘pburchakning uchlari, ko‘pyoqlik qirralarining kesuvchi tekislik bilan kesishgan nuqtalari bo‘ladi.

Kesimning tomonlari esa ko‘pyoqlik yoqlarining kesuvchi tekislik bilan kesishish chiziqlari bo‘ladi. Ko‘pyoqlikning tekislik bilan kesilgan qismini quyidagi uch usul bilan yasash mumkin:

·        kesim tomonlarini, ya’ni ko‘pyoqlik yoqlarining kesuvchi tekislik bilan kesishish chizig‘ini, yasash usuli.

·        kesim uchlarini, ya’ni ko‘pyoqlik qirralarining kesuvchi tekislik bilan kesishgan nuqtasini yasash usuli.

·        aralash usul, bunda yuqoridagi ikkala usuldan foydalaniladi.

Bu usullardan qaysi birini qo‘llash ko‘pyoqlik va tekislikni tekis chizmada berilishiga qarab tanlanadi.