Ko‘pyoqlikning tekis
chizmada tasvirlanishi. Ko‘pyoqlik chizmada o‘z aniqlovchilarining to‘g‘ri burchakli
proyeksiyalari orqali beriladi. 187–rasmda SABC
piramidaning tekis chizmasi o‘z aniqlovchilari: S(SʹSʹʹ) uchi, asosi ABC(AʹBʹCʹ, AʹʹBʹʹCʹʹ) uchburchakning
proyeksiyalari orqali tasvirlangan. SA, SB, … qirralarning proyeksiyalari
S,A,B,C uchlarining bir nomli proyeksiyalarini birlashtiruvchi SʹAʹ va SʹʹAʹʹ, SʹBʹ va SʹʹBʹʹ va x.k. kesmalar
bo‘ladi.
Yoqlarining proyeksiyalari esa qirralarning proyeksiyalari bilan chegaralangan SʹAʹBʹ va SʹʹAʹʹBʹʹ, SʹAʹCʹ va SʹʹAʹʹCʹʹ,… tekis rasmlardan iborat bo‘ladi. Ko‘pyoqlik sirtidagi ixtiyoriy ye(Eʹʹ) nuqtaning yetishmagan Eʹ proyeksiyasi yon tekislikka tegishli ixtiyoriy ℓ(ℓʹ, ℓʹʹ) to‘g‘ri chiziq vositasida yasaladi (187-rasm).
Материалы на данной страницы взяты из открытых источников либо размещены пользователем в соответствии с договором-офертой сайта. Вы можете сообщить о нарушении.