Ko‘pyoqlikning to‘g‘ri chiziq bilan kesishishi

  • docx
  • 09.06.2021
Публикация в СМИ для учителей

Публикация в СМИ для учителей

Бесплатное участие. Свидетельство СМИ сразу.
Мгновенные 10 документов в портфолио.

Иконка файла материала Ko‘pyoqlikning to‘g‘ri chiziq bilan kesishishi.docx

Ko‘pyoqlikning to‘g‘ri chiziq bilan kesishishi

To‘g‘ri chiziq kavariq ko‘pyoqlikning yoqlari bilan ikki nuqtada kesishadi. Bu nuqtalarning biri kirish ikkinchisi chiqish nuqtalari deb yuritiladi. To‘g‘ri chiziq bilan ko‘pyoqlik sirtining kesishish nuqtalarini yasashda quyidagi usullardan foydalaniladi:

·        to‘g‘ri chiziq orqali xususiy vaziyatdagi tekislik o‘tkazish usuli;

·        to‘g‘ri chiziq orqali umumiy vaziyatdagi tekislik o‘tkazish usuli.

Quyida to‘g‘ri chiziq bilan ko‘pyoqlikning kesishish nuqtalarini yasashga oid bir necha misollarni ko‘rib chiqamiz.

1-usul: To‘g‘ri chiziq bilan ko‘pyoqlik sirtining o‘zaro kesishish nuqtalarini xususiy vaziyatdagi tekislik vositasida yasash, qo‘yidagi yasash algoritm asosida bajariladi:

·        berilgan to‘g‘ri chiziq orqali xususiy vaziyatdagi tekislik o‘tkaziladi;

·        xususiy vaziyatdagi tekislik bilan berilgan ko‘pyoqlikning o‘zaro kesishuvidagi kesim yuza chizig‘i aniqlanadi;

·        kesim yuza chizig‘i bilan berilgan to‘g‘ri chiziqning kesishish nuqtalari belgilanadi.

206–rasmda (ʹ,ʹʹ) to‘g‘ri chiziqning uch yoqli (ʹ,ʹʹ) prizma sirti bilan kesishish nuqtalarini yasash tasvirlangan.

Yasash algoritmi qo‘yidagicha:

·        to‘g‘ri chiziq orqali frontal proyeksiyalovchi N(NH,NV) tekislik o‘tkaziladi; ʹʹÌNV va NH^Ox;

·        N tekislik bilan prizmaning kesishishidagi kesim yuza chizig‘i proyeksiyalari 1ʹ2ʹ3ʹ va 1ʹʹ2ʹʹ3ʹʹ yasaladi. N∩Þ=23;

·        Kesim yuza chizig‘i D123 bilan to‘g‘ri chizig‘ining uchrashish nuqtalari E1 va E2 belgilanadi. 12∩ℓ=E1 va 23∩ℓ=E2. Bunda avvalo 1ʹ2ʹ3∩ʹ=Eʹ1 va Eʹ2 lar aniqlanib, so‘ngra proyeksion bog‘lanish chizig‘i orqali E"1 va E"2 lar holati aniqlanadi.

F_05-19                                              F_05-20

 

206-rasm.                                                                                       207-rasm

 

 

Agar ko‘pyoqlikning yon yoqlari proyeksiyalovchi tekisliklar bo‘lsa, to‘g‘ri chiziq bilan bunday sirtning kesishish nuqtalarini yasash juda soddalashadi.

207–rasmda to‘rt yoqlik to‘g‘ri prizma sirti bilan ℓ(ℓʹ,ℓʹʹ) to‘g‘ri chiziqning o‘zaro kesishish E1(Eʹ1,Eʹʹ1), E2(Eʹ2,Eʹʹ2) nuqtalarini yasash tasvirlangan.

Bunda prizmaning yon yoqlari proyeksiyalovchi tekisliklardan iborat bo‘lgani uchun orqali M(MN) gorizontal proyeksiyalovchi tekislik o‘tkaziladi, kesishuv nuqtalari proyeksiyalari Eʹ1 va Eʹ2 belgilanadi. So‘ngra ularning Eʹʹ1 va Eʹʹ2 proyeksiyalari yasaladi.

2-usul: To‘g‘ri chiziq bilan ko‘pyoqlik sirtining o‘zaro kesishish nuqtalarini, umumiy vaziyatdagi yordamchi tekislik vositasida yasash. Bunda umumiy vaziyatdagi tekislik o‘tkazish uchun markaziy yoki qiyshiq burchakli  parallel proyeksiyalash usullarining biridan foydalaniladi. Bunda to‘g‘ri chiziqni ko‘pyoqlik sirtiga kirish va chiqish nuqtalarini yasash algoritmi quyidagicha:

·        berilgan to‘g‘ri chiziq orqali sirtning asosini kesuvchi umumiy vaziyatdagi yordamchi tekislik o‘tkaziladi;

·        yordamchi tekislik bilan sirt asosi tomonlarining kesishish nuqtalari belgilanadi;

·        bu nuqtalar orqali yordamchi tekislik bilan sirt yon yoqlarining kesishish chiziqlari aniqlanadi;

·        bu chiziqlar berilgan to‘g‘ri chiziq bilan kesishib sirtga tegishli kirish va chiqish nuqtalarni hosil qiladi.

208a,b–rasmda (ʹ,ʹʹ) to‘g‘ri chiziq bilan (ʹʹʹ) piramidaning o‘zaro kesishish nuqtasini yasash tasvirlangan. Bunda piramidaning S uchi va to‘g‘ri chiziq orqali o‘tuvchi umumiy vaziyatdagi P tekislikning RN izini o‘tkazish uchun:

·        berilgan to‘g‘ri chiziqning gorizontal ʹH izi yasaladi;

·        piramidaning S uchidan to‘g‘ri chiziqni ixtiyoriy S(Cʹ,Cʹʹ) nuqtada kesib o‘tuvchi SC(SʹCʹ,SʹʹCʹʹ) to‘g‘ri chiziq o‘tkazib uning ham gorizontal F1 izi yasaladi;

·        ℓ'H va F'1 izlar orqali piramidani asosini kesuvchi umumiy vaziyatdagi P tekislikning gorizontal PH izini o‘tkazamiz. PH bilan piramida asosining kesishish nuqtalari 1ʹ va 2ʹ ni belgilanadi.

·        Sʹ nuqtani 1ʹ va 2ʹ nuqtalar bilan birlashtirib, P tekislik bilan piramidaning kesishish chizig‘i D Sʹ1ʹ2ʹ ni yasaladi;

·        DSʹ1ʹ2ʹ bilan ʹ to‘g‘ri chiziqning o‘zaro uchrashish Eʹ1 va yeʹ2 nuqtalarini belgilanadi. Bu nuqtalardan foydalanib ularning frontal Eʹʹ1 va yeʹʹ2 proyeksiyalari aniqlanadi. Hosil bo‘lgan E1 va ye2 nuqtalar to‘g‘ri chiziq bilan piramida sirtining kesishishidagi kirish va chiqish nuqtalari bo‘ladi.

F_05-21a                                   F_05-21

a)                                                                                                                                                                                                                      b)

208-rasm

 

 

 

 

Yuqorida bayon etilgan usulni yordamchi markaziy proyeksiyalash usuli deb ham ataladi. Bu usuldan to‘g‘ri chiziq bilan konus sirtining kesishish nuqtalarini yasashda ham foydalaniladi. Prizma yoki silindr sirtlari bilan to‘g‘ri chiziqning kesishuv nuqtalarini yasashda ham umumiy vaziyatdagi tekisliklaridan foydalangan qulay. Bunda berilgan to‘g‘ri chiziq bilan ko‘pyoqlik sirtining o‘zaro kesishish nuqtalari berilgan to‘g‘ri chiziq orqali ko‘pyoqlikning yon qirralariga parallel qilib o‘tkazilgan umumiy vaziyatdagi tekislik vositasida aniqlanadi.

 
209-расм
Proyeksiyalash yo‘nalishi ko‘pyoqlik qirralariga parallel bo‘lgani uchun uni qiyshiq burchakli yordamchi parallel proyeksiyalash usuli deb ham ataladi.

209-rasmda og‘ma vaziyatdagi (ʹ,ʺ) prizma sirti bilan b(bʹ,bʺ) to‘g‘ri chiziqning o‘zaro kesishish nuqtalarini yasash tasvirlangan. Bu misolni chizmada yechish algoritmi quyidagicha:

·        berilgan b to‘g‘ri chiziqning gorizontal bh(bʹh,bʺh) izi yasaladi;

·        b to‘g‘ri chiziqning ixtiyoriy D(Dʹ,Dʺ) nuqtasidan prizmaning yon qirralariga parallel qilib to‘g‘ri chiziq o‘tkaziladi va uning ham gorizontal F1(Fʹ1,Fʺ1) izi aniqlanadi.

·        bʹh va Fʹ1 izlar orqali, prizmaning qirralariga parallel kesuvchi umumiy vaziyatdagi Q tekislikning QH izi o‘tkaziladi. Bu tekislik prizmaning asosini 1ʹ va 2ʹ nuqtalarda kesadi. Ushbu nuqtalaridan prizma qirralariga parallel o‘tkazilgan kesim chiziqlari lʹ to‘g‘ri chiziqni E1 va ye2 nuqtalarida kesadi. Bu nuqtalarning frontal proyeksiyalari E″1 va ye″2 nuqtalar, lʺ to‘g‘ri chiziqda aniqlanadi. Natijada, to‘g‘ri chiziqni prizma sirti bilan kesishishidagi kirish va chiqish nuqtalari hosil bo‘ladi.[1]


 

Скачано с www.znanio.ru



[1] Sh.Murodov va boshqalar “Chizma geometriya” darslik  “Iqtisod-moliya”.2006 yil, 120-122 betlar