Медреса Улугбека

  • doc
  • 24.07.2020
Публикация в СМИ для учителей

Публикация в СМИ для учителей

Бесплатное участие. Свидетельство СМИ сразу.
Мгновенные 10 документов в портфолио.

Иконка файла материала 5-синф ulug'bek akademiyasi.doc

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI

 

NAMANGAN VILOYAT

XALQ TA’LIMI BOSHQARMASI

 

NORIN TUMAN XALQ TA’LIMI MUASSASALARI FAOLIYATINI METODIK TA’MINLASH VA TASHKIL ETISH BOʻLIMI

 

38 -sonli umumiy oʻrta ta’lim maktabi

Tarix  fani  oʻqituvchisi

Siddiqova Hurshidaning

 

5-sinf “Tarixdan hikoyalar” fanidan

“MIRZO ULUGʻBEK VA UNING AKADEMIYASI”

mavzusida yozgan bir soatlik

DARS
ISHLANMASI
 

 

 

 

 


                               

 

 

Namangan – 2014

Mazkur dars ishlanma umumiy oʻrta ta’lim maktablarining 5-sinf “Tarixdan hikoyalar” fanidan Davlat ta’lim standartlari va oʻquv mavzu rejasi asosida  tayyorlangan. Undan dars mashgʻulotlarida, “Yosh tarixchi” toʻgaragida hamda  iqtidorli oʻquvchilarni bilimlar sinoviga tayyorlashda foydalanish tavsiya etiladi.

 

 

 

 

 

Tuzuvchi:                                H.Siddiqova – Norin tuman 38-sonli umumiy oʻrta ta’lim maktabining tarix fani oʻqituvchisi.

 

 

 

 

 

 

Taqrizchi:                               _____________________________________ _____________________________________ _____________________________________

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

____________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________

Oʻz tarixini bilmaydigan, kechagi kunini unutgan millatning kelajagi yoʻq.

I.A. Karimov.

 

MAVZU: MIRZO ULUGʻBEK VA UNING AKADEMIYASI

 

Darsning texnologik xaritasi.

 

Mavzu

Mirzo Ulugʻbek va uning akademiyasi.

Maqsad va vazifalar

       Maqsad: Mirzo Ulugʻbek va uning akademiyasi

       Vazifalar: Oʻquvchilarning tarix faniga qiziqishlarini kuchaytirish, mavzu boʻyicha oʻzlashtirishi lozim boʻlgan bilim, koʻnikma, malaka va kompetensiyalarga ega boʻlish. Oʻquvchilar mavzuning  mazmun-mohiyatini oʻzlashtiradilar. Mavzuga oid topshiriqlarni yakka va guruh holatida oʻrganib, oʻzlashtirishga erishadilar. Oʻquvchilarning yangi mavzuni qay darajada oʻzlashtirganligi nazorat qilinadi, ularning bilimi baholanadi.

Oʻquv jarayonining mazmuni

        Ta’limiy maqsad: Oʻquvchilarga Mirzo Ulugʻbekning hayoti va davlat arbobi sifatidagi faoliyati, u tomonidan asos solingan akademiya hamda mustaqillik yillarida uning tavalludini keng koʻlamda nishonlanishi haqida ma’lumotlar berish.

       Tarbiyaviy maqsad: Mirzo Ulugʻbekning faoliyati, qoldirib ketgan merosi oʻquvchilarda faxrlanish hissini uygʻotadi.

       Rivojlantiruvchi maqsad: Ilm-fan sohasidagi serqirra faoliyati bilan tanishib, oʻquvchilarda ilm-fan sirlarini oʻrganishga boʻlgan qiziqishlarni ortirish.

       Kutilayotgan maqsad: Oʻquvchilarda Mirzo Ulugʻbek hayoti va ijodiy faoliyati, uning akademiyasi va unda faoliyat olib borgan allomalar haqida bilim va koʻnikmalar hosil qilish, ularni qoldirib ketgan meroslarini asrab-avaylash hissini yanada rivojlantirish. Matn ustida mustaqil ishlashni oʻrgatish.

Oʻquv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi

Uslub: Ogʻzaki bilimlar berish, aqliy hujum, boshqotirma yechish

       Shakl: Aralash.

      Vosita: Savol va topshiriqlar, xarita va qoʻshimcha adabiyotlar, tarqatma materiallar.

        Usul: Savol-javob, “Bingo mashqi”, guruhlarda ishlash.

        Nazorat: Ogʻzaki nazorat, savol-javoblar, kuzatish.

        Baholash: Ragʻbatlantirish, 5 balli tizimda baholash.

Kutilayotgan natijalar

        Oʻqituvchi:  Mirzo Ulugʻbekning astronomiya, matematika, tarix, musiqa sohasidagi kashfiyotlari bilan tanishtirish va shu asosda oʻquvchilarning ilm-fanni oʻzlashtirishga boʻlgan intilishini yanada kuchaytirishga harakat qiladi.

     Bunda oʻquvchilarning faolligini oshiradi, darsga nisbatan qiziqishini paydo qiladi. Bir dars davomida barcha oʻquvchilarni baholaydi. Oʻquvchilar tomonidan axborotlarni mustaqil oʻrganish, ularni xotirada saqlash, boshqalarga yetkazish, savol berish va savollarga javob berishga oʻrgatadi.

        Oʻquvchi: Yangi bilimlarni egallaydi. Yakka holda va guruh boʻlib ishlashni oʻrganadi. Nutqi rivojlanadi va eslab qolish qobiliyati kuchayadi. Oʻzini-oʻzi nazorat qilishni oʻrganadi. Qisqa vaqt ichida koʻp ma’lumotga ega boʻladi va baholanadi.

Kelgusi rejalar (tahlil, oʻzgarishlar)

        Oʻqituvchi: Yangi pedagogik texnologiyalarni oʻzlashtiradi va darsga tadbiq etadi, takomillashtirishga erishadi. Oʻz ustida ishlaydi. Pedagogik mahoratini oshiradi.

        Oʻquvchi: Mirzo Ulugʻbekning hayoti va davlat arbobi sifatidagi faoliyati, u tomonidan asos solingan akademiya hamda mustaqillik yillarida uning tavalludini keng koʻlamda nishonlanishi haqida darslik matni yoki oʻqituvchining ma’ruzasiga asoslangan holda mustaqil ishlay olish qobiliyati oʻsadi, oʻz fikrini va guruh fikrini tahlil qilib, bir yechimga kelish malakasini hosil qiladi.

Dars uchun kerak boʻladigan jihozlar

1.     5-sinf “Tarixdan hikoyalar” darsligi.

2.     Mavzuga oid xarita.

3.     Vatman qogʻoz va flomasterlar.

4.     Tarqatma materiallar.

5.     Qoʻshimcha adabiyotlar.

6.     Mavzuga doir rasm va fotolar


DARSNING BORISHI:

1

Tashkiliy qism

2 daqiqa

2

Ma’naviyat daqiqasi

3 daqiqa

3

Uy vazifasini soʻrash va oʻtgan mavzuni mustahkamlash

11 daqiqa

4

Yangi mavzuni tushuntirish

10 daqiqa

5

Yangi mavzuni mustahkamlash

14 daqiqa

6

Dars yakuni va oʻquvchilarni baholash

3 daqiqa

7

Uyga vazifa berish

2 daqiqa

 

I. TASHKILIY QISM:     

1. Salomlashish.

         2. Davomatni aniqlash.

3. Guruhlarga boʻlish va ularni baholash haqida ma’lumot berish. Guruhlar quyidagicha nomlanishi mumkin:      “Topqirlar”, “Bilimdonlar”, “Zukkolar”

 

II. MA’NAVIYAT DAQIQASI:

         Bunda oʻqituvchi mustaqillik yillarida yubileyi nishonlangan allomalarimiz haqida qisqacha gapiradi.

     Oʻqituvchi:

-         1991-yil Alisher Navoiy tavalludining 550 yilligi nishonlandi.

-         1993-yil sentyabr oyida Bahouddin Naqshbandning 675 yilligi nishonlandi.

-         1994-yil Mirzo Ulugʻbek tavalludining 600 yillik yubileyi nishonlandi.

-         1996-yil Parijda Amir Temur tavalludining 660 yilligi YUNESKO tomonidan tantanali qilib oʻtkazildi.

-         1998-yil oktyabr oyida Imom al-Buxoriyning hijriy taqvim boʻyicha 1225 yilligi nishonlandi.

-         2000-yil noyabr oyida Imom Abu Mansur al-Moturidiyning 1130 yilligi nishonlandi.

 

 

III. UY VAZIFASINI SOʻRASH VA OʻTGAN MAVZUNI MUSTAHKAMLASH:

Oʻtilgan mavzu: Yurtimiz allomalari.

Oʻtilgan mavzu ikki bosqichda mustahkamlanadi.

Birinchi bosqich: Guruhlardan 2 nafar oʻquvchiga tarqatmali material orqali jadval beriladi. Jadvalni toʻldirish uchun 5 daqiqa vaqt berilsa uni tekshirish uchun 2 daqiqada vaqt ajratiladi. Jadvalni toʻldirishga tayyorgarlik koʻrish vaqtida qolgan oʻquvchilar bilan tezkor savol-javob oʻtkaziladi. Tezkor savol-javob oʻtkazilgandan soʻng, oʻqituvchi toʻgʻri toʻldirilgan jadvalni doskaga ilib qoʻyadi va guruhlar bir-birlarining ishlarini tekshirib, baholaydilar.

Guruhlarga quyidagi tarqatmali jadval beriladi

Buyuk allomalar

Tugʻilgan joyi va yili

Ijod qilgan joylari

Yozib qoldirgan mashhur asarlari

Vafot etgan yili va joyi

Tavallud topganligi nishonlangan yillar

1.       

Al-Xorazmiy

 

 

 

 

 

2.       

Ahmad al-Fargʻoniy

 

 

 

 

 

3.       

Beruniy

 

 

 

 

 

4.       

Ibn-Sino

 

 

 

 

 

 

Jadval toʻgʻri toʻldirilsa quyidagi koʻrinishga keladi:

Buyuk allomalar

Tugʻilgan joyi va yili

Ijod qilgan joylari

Yozib qoldirgan mashhur asarlari

Vafot etgan yili va joyi

Tavallud topganligi nishonlangan yillar

1.

Al-Xorazmiy

783-yilda Xivada

Marv, Bagʻdod

“Al-jabr”

850-yil Bagʻdod

 

2.

Ahmad al-Fargʻoniy

797-yilda Quva

Marv, Bagʻdod, Misr

“Astronomiya asoslari haqida kitob”

865-yil Misr

Oʻzbekistonda 1998-yil 1200 yilligi, 2007-yil Misrda haykal

3.

Beruniy

973-yil Kat shahrida

Xorazm

Ma’mun akademiyasi

“Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar”, “Hindiston”

1048-yilda

 

4.

Ibn-Sino

980-yil Buxoro yaqinidagi Af­sho­na qishlogʻi

Xorazm

Ma’mun akademiyasi

“Tib qonunlari”

1037-yil

2007-yil Belgiya

I guruh uchun tezkor savollar

1. 783-yilda Xivada tugʻilgan alloma? (Muhammad Muso al-Xorazmiy)

2. Ahmad al-Fargʻoniy Yevropada qanday nom bilan mashhur? (Alfraganus)

3. Beruniy qaysi asarida ummon ortida qit’a borligi haqida tahmin qilgan? (Hindiston)

4. Ibn Sinoning mashhur asari? (Tib qonunlari)

II guruh uchun tezkor savollar.

1. Xorazmiyning mashhur asari? (al-jabr)

2. Beruniy qaysi akademiyada ijod qilgan?(Xorazm Ma’mun akademiyasida)

3. Oʻz zamonasida “Olimlar raisi” deb atalgan alloma qachon va qayerda tugʻilgan? (Abu Ali ibn Sino)

4. Fargʻoniy qachon va qayerda tugʻilgan? (797-yilda Fargʻonaning Quva shahrida)

III guruh uchun tezkor savollar.

1. Al-Xorazmiy qachon vafot etgan?  (850-yil)

2. 1998-yil 1200 yilligi nishonlangan, 865-yilda vafot etgan bobokalonimiz kim? (Ahmad al-Fargʻoniy)

3. Ibn Sino xotirasiga bagʻishlab qaysi davlatda haykal oʻrnatilgan?(Belgiyada)

4. 973-1048-yillarda yashagan alloma. (Abu Rayxon Beruniy)

 

         Ikkinchi bosqich: Bu bosqichda har bir guruhga test topshirigʻi beriladi. Test topshirigʻi uchchala guruh uchun ham bir xil variantda boʻladi. Ikkinchi bosqich topshiriqlarini bajarish uchun jami 4 daqiqa vaqt beriladi.

Test topshirigʻi quyidagicha boʻlishi mumkin:

1. Qaysi alloma tomonidan matematik toʻrt amal qoidalari yaratilgan?

A) al-Fargʻoniy             B) Beruniy            C) ibn Sino          D) al-Xorazmiy

2. Abu Ali Ibn Sino ijodi davomida qanchadan ortiq asar yozgan?

A) 150 dan ziyod           B) 300 ga yaqin    C) 400 ga yaqin    D) 450 dan ortiq

         3. “Astronomiya asoslari haqida kitob” asarini muallifi kim?

A) al-Fargʻoniy             B) Beruniy            C) ibn Sino          D) al-Xorazmiy

         4. 2007-yilda Ahmad al-Fargʻoniy nomini abadiylashtirish maqsadida qaysi shaharda haykal oʻrnatildi?

A) Turkiyaning Istanbul shahrida              B) Iroqning Bagʻdod  shahrida

C) Misrning Qohira shahrida                      D) Eronning Tehron shahrida

5. Muhammad al-Xorazmiyning nomi hozirda qaysi nom bilan dunyoga mashhur?

A) “Algoritm”       B) “Avitsenna”       C) “Shayx ur-rais”       D) muallimi soniy

 

Oʻqituvchi tomonidan guruh a’zolarini har bir topshiriqqa bergan javoblarini ragʻbat kartochkalari orqali baholab boriladi. Oʻqituvchi oʻtilgan mavzuni yakunlab, xulosa chiqaradi.

 

IV. YANGI MAVZUNI TUSHUNTIRISH

Oʻqituvchi yangi mavzuni rejalar asosida kichik ma’ruza usulida bayon etadi.

 

MAVZU: MIRZO ULUGʻBEK VA UNING AKADEMIYASI

Reja:

1.     Mirzo Ulugʻbekning yoshlik yillari.

2.     Ulugʻbek – buyuk alloma.

3.     Ulugʻbek akademiyasi.

4.     Ulugʻbek ilm-fan homiysi.

5.     Ulugʻbek tavalludining nishonlanishi.

 

XIV-XV asrlarda vatanimiz ilm-fani va madaniyati taraqqiyotida oltin asr hisoblanadi. Bu davrda yashab ijod etgan buyuk bobokalonimiz ilm-fan va madaniyat taraqqiyotini yanada yuksaklikka koʻtarganlar. Bu yuksaklik oʻz navbatida yevropa ilm-fanining yuksalishiga turtki boʻlgan. Bu hodisa buyuk bobomiz va sarkarda Amir Temur va uning nabirasi Mirzo Ulugʻbekning ilm-fan va madaniyat taraqqiyotiga ulkan e’tibor qaratganligi va homiyligi natijasi edi.

         Mirzo Ulugʻbekning otasi Amir Temurning toʻrtinchi oʻgʻli Shohruh Mirzodir. Ulugʻbek 1394-yilda tugʻilgan Amir Temur bu hushxabarni eshitgach nabirasiga Muhammad Taragʻay deb ism qoʻygan. Munajjimlar uning kelgusida katta olim va buyuk hukumdor boʻlishini bashorat qilganlar. Shu tufayli Amir Temur toʻleyi ulugʻ nabirasini Ulugʻbek ham deb atay boshladi. Oʻz davrining ilm-fani sirlarini oʻrganishida mashhur matematik va astranom allomalar mavlono Ahmad va Qozizoda Rumiylar unga ustozlik qilganlar. Bu esa Ulugʻbekning kelgusida buyuk astranom va matematik boʻlib yetishishini belgilab bergan. Ulugʻbek ilm-fanning koʻp sohalari bilan shugʻullangan alloma. U qator asarlar yozib qoldirgan. Biroq ilm-fanda avvalo buyuk astranom sifatida mashhur boʻlgan. Ulugʻbek osmon jismlarini kuzatish boʻyicha oʻz davrining murakkab rasadxonasini barpo ettirgan.

         Rasadxona ichiga oʻrnatilgan juda katta teleskop yordamida quyosh, oy sayyorolar va yulduzlar holati oʻrganilgan. Rasadxonada olib borilgan kuzatishlar natijasida “Ulugʻbek ziji” deb ataladigan dunyoga mashhur asarni yozgan.  Asarda 1018 ta qoʻzgʻalmas yulduzlarning oʻrni va holati haqida ma’lumot berilgan. Ulugʻbek tarix faniga oid boʻlgan “Toʻrt ulus tarixi” asarini yozib qoldirgan.

Ulugʻbek Samarqandda qurdirgan madrasa rasadxona bilan birgalikda “Ulugʻbek akademiyasi” nomi bilan tarixga kirgan.

         Ulugʻbek oʻsha davrning koʻplab istedodli olimlarini akademiyaga toʻplagan. Ulugʻbek ijod qilishlari uchun barcha sharoitlarni yaratib bergan. Ulugʻbekning ustozi Qozizoda Rumiy  Gʻiyosiddin Jamshid Koshiy va shogirdi Ali Qushchilar akademiyaning eng mashhur olimlari edilar.

Ulugʻbek faqat davlat ishlari va ijod bilan shugʻullanib qolmagan. U ayni paytda ilm-fan ravnaqiga homiylik ham qilgan. Buxoro, Samarqand va Gʻijduvon shaharlarida uchta madrasa qurdirgan. Samarqand madrasasida asosiy ma’ruzalarni Qozizoda Rumiy, Ulugʻbek, Koshiy va Ali Qushchilar oʻqishgan.

         Buxoroda qurilgan madrasa eshigi tabaqalariga bilim olish har bir musulmon erkak va ayol uchun farzdir degan ibora yozib qoʻyilgan edi.

         Ulugʻbek bu madrasaga tashrif buyurgan. Tashrif chogʻida talabalarga inomlar tarqatgan.

1994-yilda yurtimizda va xalqaro miqyosda buyuk alloma Mirzo Ulugʻbek tavalludining 600 yilligi nishonlandi.

 

V. YANGI MAVZUNI MUSTAHKAMLASH:

Yangi mavzuni mustahkamlash uchun oʻqituvchi 2 bosqichdan iborat “Bingo mashqi” va  “Boshqotirma yechish” usullaridan foydalanadi.

“Bingo mashqi”da quyidagi savollar, jadvali bilan har bir guruhga qogʻoz variantda beriladi. Unda har bir savolning raqami jadvalda toʻgʻri deb hisoblangan javobga qoʻyiladi. Bu mashqni bajarish uchun guruhlarga 2 daqiqa, tekshirish uchun 1 daqiqa vaqt beriladi.

“Bingo mashqi” savollari quyidagicha boʻladi:

1394-yil

“Ulugʻbek ziji”

2009-yil

“Toʻrt ulus tarixi”

Volter

Ali Qushchi

1.     “…Amir Temurning oʻrniga taxtga chiqqan mashhur Ulugʻbek Samarqanddaakademiyaga asos soldideb aytib oʻtgan olim. (Volter)

2.     Mirzo Ulugʻbekni tarix faniga oid asari? (“Toʻrt ulus tarixi”)

3.     Mirzo Ulugʻbekni astranomiyaga oid asari? (“Ulugʻbek ziji”)

4.     Mirzo Ulugʻbek qaysi yili tavallud topgan? (1394-yil)

5.     BMT tomonidan qaysi yil “Xalqaro astranomiya yili” deb e’lon qilindi? (2009-yil)

6.     Ulugʻbek akademiyasida faoliyat olib borgan olim? (Ali Qushchi)

“Bingo mashqi” topshirigʻi bajarib boʻlingandan soʻng oʻqituvchi toʻgʻri javoblarni aytib turadi, guruhlar esa bir-birlarining ishlarini tekshirib, baholaydilar.

Ikkinchi bosqichda yangi mavzuni mustahkamlash uchun “Boshqotirma yechish”  usulidan foydalaniladi. Oʻqituvchi har bir guruhga bittadan listda mavzuga oid krossvordlarni beradi. Krosvordlar  “Ulugʻbek”, “Muhammad”, “Taragʻay” deb yozilgan kalit soʻzlardan iborat boʻlib, guruhlar boʻsh kataklarga savollarni javobini yozib chiqadilar. Bu bosqichni oʻtkazishga koʻpi bilan 7 daqiqa, natijalarni tekshirishga 2 daqiqa jami 9 daqiqa vaqt beriladi.

 

Birinchi guruhga “TARAGʻAY” krossvordi

1

 

 

 

 

 

7

 

 

3

4

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

2

 

 

5

6

 

T

A

R

A

A

Y

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

1.     Mirzo Ulugʻbekning bobosi …. (Amir Temur)

2.     Ulugʻbek tomonidan asos solingan rasadxona yana qanday nom bilan ataladi? (Akademiya)

3.     Amir Temurning toʻrtinchi oʻgʻli …. (Shohruh)

4.     Mirzo Ulugʻbekning ustozi mashhur matematik va astronom Mavlono …. (Ahmad)

5.     Mirzo Ulugʻbek tomonidan madrasa qurdirilgan shahar ….. (Gʻijduvon)

6.     Mirzo Ulugʻbekning shogirdi …… Qushchi. (Ali)

7.     Samarqand madrasasida talabalarga ma’ruza oʻqigan Mirzo Ulugʻbekni mashhur matematik va astronom ustozi ….. (Rumiy)

 

Ikkinchi guruhga “ULUGʻBEK” krossvordi

 

 

 

4

 

6

 

 

2

 

 

 

 

 

1

 

 

 

 

 

 

 

 

3

 

5

 

7

U

L

U

B

E

K

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

1.     1394-yilda tavallud topgan allomaning asl ismi …. (Muhammad)

2.     “…Amir Temurning oʻrniga taxtga chiqqan mashhur Ulugʻbek Samarqandda … akademiyaga asos soldi” deb aytib oʻtgan olim. (Volter)

3.     Mirzo Ulugʻbekni tarix faniga oid “Toʻrt ……. tarixi” asari ham bor. (Ulus)

4.     Astronom Yan Geveliy oydagi kraterga Mirzo Ulugʻbekdan tashqari yana qaysi allomani nomini qoʻygan? (Fargʻoniy)

5.     Qaysi shahardagi madrasa eshigi tabaqalariga “Bilim olish har bir musulmon erkak va ayol uchun farzdir” degan ibora yozib qoʻyilgan. (Buxoro)

6.     Yan Geveliy tomonidan 1647-yilda nashr qilingan kitob…. (Selenografiya)

7.     Samarqand madrasasida talabalarga ma’ruza oʻqigan olim. (Koshiy)


Uchinchi guruhga “MUHAMMAD” krossvordi

Bu krossvordda savollar soni sakkizta boʻlganligi uchun oʻqituvchi qolgan guruhlar bilan savol soni teng boʻlishi uchun bitta savolga oʻzi javob berib qoʻyadi.

 

 

 

 

 

 

 

8

 

 

 

 

 

 

 

Q

 

 

 

 

 

 

 

O

 

 

 

 

5

 

 

Z

1

 

 

 

 

 

 

I

 

2

3

4

 

 

7

Z

 

 

 

 

 

6

 

O

M

U

H

A

M

M

A

D

 

 

 

 

 

 

 

A

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

1.     Ulugʻbek tomonidan madrasa qurdirilgan shahar ….. (Samarqand)

2.     Ulugʻbekning shogirdi Ali …… (Qushchi)

3.     Astronom Yan Geveliy oydagi kraterga Mirzo Ulugʻbekdan tashqari yana qaysi allomani nomini qoʻygan? (Ahmad)

4.     Selenografiya kitobini muallifi. (Yan Geveliy)

5.     Ulugʻbek akademiyasidan toʻrt asr avval Xorazmda akademiyaga asos solgan shahs (Ma’mun)

6.     Amir Temurning toʻrtinchi oʻgʻli Shohruh …. . (Mirzo)

7.     Ulugʻbekning ustozi mashhur matematik va astronom …. (Mavlono)

8.     Samarqand madrasasida talabalarga ma’ruza oʻqigan Mirzo Ulugʻbekni mashhur matematik va astronom ustozi ….. (Qozizoda)


VI. DARS YAKUNI VA OʻQUVCHILARNI BAHOLASH:

         Guruhlar javobi tinglanadi. Undan keyin ragʻbat kartochkalari orqali guruhlar toʻplagan ball e’lon qilinadi. Guruhdagi faol qatnashgan oʻquvchilar baholanadi.

 

VII. UYGA VAZIFA:

Mavzu yuzasidan darslikda berilgan savollarga javob topib kelish hamda quyidagi jadvalni toʻldirish.

        

Allomalarimiz faoliyatini solishtiring

 

Al-Xorazmiy

Al-Fargʻoniy

Beruniy

Ibn Sino

Ulugʻbek

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1.     Oʻzbekiston Respubilasi Konstitutsiyasi. –T:. “Oʻzbekiston”, 2012

2.     Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yoʻq. –T:. “Ma’naviyat”, 1998

3.     Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. –T:. “Ma’naviyat”, 2008.

4.     Tarix fanidan uzviylashtirilgan davlat ta’lim standartlari va oʻquv dasturi. –T:. 2010

5.     Joʻrayev U., Usmonov Q., Nurqulov N. Tarixdan hikoyalar 5-sinf uchun darslik. –T:. “Oʻqituvchi”, 2012.