Milliy urf-odat va an'analar
Оценка 4.9

Milliy urf-odat va an'analar

Оценка 4.9
Домашняя работа +1
doc
религиоведение
5 кл—11 кл +1
29.08.2018
Milliy urf-odat va an'analar
Ozbek oilasining asosiy oziga xos xususiyatlari mehmondostlik va yoshi kattalarga ananaviy hurmat-ehtiromli muomala qilishdir. Ozbeklar odatda bir nechta avlodlardan iborat bolgan katta oilalar tarkibida yashaydi, shuning uchun ular koproq hovlisi bolgan katta uylarni yoqtirishadi. Maishiy hayotida mehmondostlikning bir qismi bolgan choyxorlik marosimi katta ahamiyatga ega boladi. Bunda choy damlash va uni mehmonlarga quyib berish faqat mezbonning mutlaq huquqi boladi. Tushlik yoki kechki ovqatga takliflarni doimo qabul qilish va oz vaqtida kelish qabul qilingan.
milliy_urf_odat_va_ananalar.doc
Bajardi: Qosimov Sarvar O’zbek oilasining asosiy o’ziga xos xususiyatlari mehmondo’stlik va yoshi kattalarga an’anaviy hurmat­ehtiromli muomala qilishdir. O’zbeklar odatda bir nechta avlodlardan iborat bo’lgan katta oilalar tarkibida yashaydi, shuning uchun ular ko’proq hovlisi bo’lgan katta   uylarni   yoqtirishadi.   Maishiy   hayotida   mehmondo’stlikning   bir   qismi   bo’lgan choyxo’rlik   marosimi   katta   ahamiyatga   ega   bo’ladi.   Bunda   choy   damlash   va   uni mehmonlarga quyib berish faqat mezbonning mutlaq huquqi bo’ladi. Tushlik yoki kechki ovqatga takliflarni doimo qabul qilish va o’z vaqtida kelish qabul qilingan. Mehmonga kelayotganda o’zi bilan birga mezbonning bolalari uchun suvenirlar yoki shirinliklarni olgan yaxshi. Odatda faqat erkaklar bilan qo’l berib so’rashishadi. Ayollar hamda uzoqroq o’tirgan   kishilar   bilan   o’ng   qo’lini   yuragiga   qo’yib,   boshini   ohista   egib   salomlashish lozim. Qo’l berib so’rashish paytida an’anaga ko’ra kishining salomatligi, ishda va uydagi ishlari   ahvoli   to’g’risida   so’raydilar.   Qishloq   joylarda   mehmon   kelgan   paytda   ayollar odatda   erkaklarning   suhbatiga   xalal   bermaslik   uchun   ular   bilan   bir   dasturxonga o’qtirmaydilar. Ayollarning go’zalligiga qoyil qolish va ularga jiddiy e’tibor berish qabul qilinmagan. Turar joy xonasiga kirishda poyafzal yechiladi. Mezbon ko’rsatadigan o’ringa o’tirish kerak. Bunda ushbu joy kirishdan qanchalik uzoqda bo’lsa, shunchalik hurmatli bo’ladi. Urf­odatlar O’zbek xalqining urf­odatlari asrlar bo’yi o’zbeklar millatining tashkil etopishida ishtirok etgan   barcha   qabilalar   va   elatlarning   madaniy malakalari va an’analarining uyg’unlashuvidagi murakkab   jarayonlar   oqibatida   tarkib   topgan. Ular   o’ta   o’ziga   xos,   yorqin   va   turli­tuman bo’lib,   urug’chilik   patriarxal   munosabatlaridan kelib chiqadi. Urf­odatlarning ko’pchiligi oilaviy hayotga   oid   bo’lib,   bolaning   tug’ilishi   va tarbiyasi   (beshik   to’yi,   xatna   qilish),   nikoh (fotiha to’yi, to’y) bilan bog’liq bo’ladi. Ko’pincha ular islom urf­odatlarining sehrgarlik amaliyoti bilan bog’liq bo’lgan undan ham qadimiyroq shakllarga uzviy kirib ketishini namoyon etadi. Islom qabul qilinganidan beri ko’pgina oilaviy­maishiy urf­odatlar uning ta’sirida o’zgargan, o’zbeklarning hayotiga musulmon diiy marosimlari kirib kelgan. Juma kuni bayram kuni hisoblanadi va shu kuni barcha yig’iladigan masjidda umumiy namoz (duo) o’qiladi. Patriarxal urf­odatlar masjid, choyxonalar, bozorda o’tadigan hamda faqat erkaklar ishtirok etadigan ijtimoiy hayotda hozirgacha ham yashamoqda. Beshik to’yi Beshik   to’yi   –   chaqaloqni   birinchi   marta   beshikka   solish   bilan   bog’liq   bo’lib, nishonlanadigan   marosimli   bayramdir.   Bu   eng   qakdimgi   va   O’zbekistronda   eng   keng tarqalgan marosimlardan biri. Odatda bu to’y chaqaloq tug’ilishining 7­, 9­, 11­ kuni o’tkaziladi.  Turli  viloyatlarda  marosim  o’zicha  xususiyatlarga  ega  bo’ladi   va  oilaning boyligi darajasiga bog’liq bo’ladi: o’ziga to’q oilalar odatda bu to’yni katta ko’lamda o’tkazadi, kambag’al oilalar esa uni kamtarona nishonlaydilar. Beshik va chaqaloq uchun barcha zarur andomlar chaqaloq onasining qarindoshlari tomonidan beriladi. Dasturxonga non, shirinliklar va o’yinchoqlar o’rab beriladi. Chaqaloqning ota­onasiga, uning bobo­ buvilariga   sovg’alar   tayyorlanadi.   Boy   bezatilgan   beshik,   dasturxonlar   va   sovg’alar transport   vositasiga   qo’yilib,   mehmonlar   bilan   birgalikda,   karnay­surnay   va   nog’ora sadolari ostida chaqaloqning ota­onasi uyiga jo’natiladi. An’anaga ko’ra olib kelingan beshikni   avval   chaqaloqning   bobosi   o’ng   yelkasiga   qo’yadi,   keyin   o’g’lining   o’g’ yelkasiga uzatadi, u esa  beshikni chaqaloqning onasiga beradi. O’tmishda mehmonlarning barcha niyatlari toza va yaxshi bo’lishi uchun ular yuziga oq un surar edilar. Mehmonlar mehmonxonaga   yasatilgan   dasturxonga   taklif   etiladi   va   mehmonlar   ovqatlanib, sozandalarni tinglab, bazm qilib o’tirgan paytda qo’shni xonada kampirlarning ishtirokida bolani yo’rgaklash va beshikka solish marosimi o’tkaziladi. Marosim oxirida mehmonlar bolani   ko’rish   uchun   oldiga   kiradilar,   unga   sovg’alarni   beradi   va   beshikning   ustiga parvarda   yoki   qand   sepadilar.   Shu   bilan   marosim   tugab,   mehmonlar   uy­uylariga qaytadilar. Xatna qilish Xatna qilish to’yi – islom tomonidan muqaddas deb e’zozlangan yana bir qadimiy o’zbek odatidir (sunnat to’yi). Bu marosim o’g’il bolalar uchun 3, 5, 7, 9 yoshga kirganda, kamdan­kam hollarda 11­12 yoshda o’tkaziladi. Sunnat to’yining o’tkazilishi jamoatchilik tomonidan nazorat qilinadi. O’g’il bolaning tug’ilgan paytidan boshlab uning ota­onasi asta­sekinlik bilan kerakli narsalarning hammasini sotib olib, sunnat to’yiga tayyorgarlikni boshlaydilar. Ko’pincha oddiygina «to’y» ham ataladigan marosimning o’tkazilishidan bir necha   oy   avval   unga   bevosita   tayyorgarlik   boshlanadi.   Qarindoshlar   va   qo’shnilar ko’rpalarni tikishda, to’y sovg’alarini tayyorlashda yordam beradilar. Bularning hammasi ko’p   bolali   onalarga   topshiriladi.   To’ydan   avval   mahallada   yashovchi   oqsoqollar, masjidning   imomi   va   qarindoshlarning   huzurida   Qur’on   o’qiladi.   Dasturxon   yoziladi. Shundan keyin Qur’ondan suralar o’qiladi va oqsoqollar o’g’il bolaga duo o’qiydilar. Shundan so’ng katta «to’y» boshlanadi. «To’y» dan avval bolaga qo’shnilar, oqsoqollar, qarindoshlarning   oldida   sovg’alarni,   zar   tikilgan   kiyimlarni   kiydirishadi.   O’tmishda toychoqni sovg’a qilish rasm bo’lgan edi, bolani endilikda u jangchi bo’lganligini bildirib, unga bolani o’tqazar edilar. Hamma o’g’il bolani tabriklab, unga pul va shirinliklar sepadi, keyin bularning hammasi  ichkarida, ayollarning xonalarida davom etadi. Shu kunning o’zida ayollaring davrasida «taxurar» ­ ko’rpalar, yostiqlarni supaga taxlash marosimi o’tkaziladi,   buni   odatda   ko’p   bolali   ona   bajaradi.   Marosimni   mo’l­ko’l   dasturxon, jumladan bayram oshi tamomlaydi. An’anaga ko’ra oshdan keyin kechqurun hovlida katta gulxan yoqiladi va odamlar gulxan atrofida o’ynaydilar, turli o’yinlarni uyushtiradilar. Ertasiga bayram davom etadi. Fotiha to’yi Nikoh ota­onalarning ruxsati va duosi bilan, bir necha bosqich qilib o’tkaziladi. O’g’il   voyaga   yetganda   ota­onasi   unga   mos   keladigan   qizni   izlay   boshlaydilar.   Bu jara1yonga   yaqin   qarindoshlari,   qo’shnilari,   oshnalari   ham   kirishadi.   Qizni   topgandan keyin yigitning xolalari yoki ammalari qizning uyiga uni ko’rish, ota­onalari bilan va ehtimoliy   kelinning   uydagi   ahvoli   bilan   tanishish   uchun   biror   bahona   bilan   kiradilar. Shundan so’ng qo’shnilari va tanishlari tanlangan qizning oilasi haqida surishtiradi. Ijobiy javob olingan holda uyga sovchilar yuboriladi. Sovchilikning asosiy marosimlaridan biri fotiha to’yidir. Sovchilar fotiha qilinadigan kunni belgilaydilar. Shu kuni qizning uyida atrofdagi taniqli oqsoqolar, mahalla oqsoqoli, qizlar yig’iladi. Sovchilar o’zining kelish maqsadini bayon etganlaridan keyin «non sindirish» marosimi boshlanadi. Shu paytdan boshlab yoshlar bir­biri bilan bog’langan, fotiha qilingan deb hisoblanadi. Fotiha to’yi nikoh tuziladigan va to’y o’tkaziladigan kunni tayinlash bilan tugaydi. Sovchilardan har biriga ichita ikkita non, shirinliklar  bo’lgan dasturxon beriladi, shuningdek qiz tomonidan yigitga va unning ota­onalariga sovg’alar berib yuboriladi. Sovchilar kuyovning uyiga qaytganidan keyin ularning qo’lidan sovg’alar qo’yilgan patnislarni olib, «sarpo ko’rar» marosimini boshlaydilar. Dasturxon odatda ko’p bolali ona tomonidan ochiladi. Barcha yig’ilganlar kelining uyidan keltirilgan pishiriqlar, shirinliklardan bahramand bo’ladilar. Fotiha   to’yidan   boshlab   va   to   to’yning   o’zigacha   yoshlarning   ota­onalari   qalin,   sep masalalarini va to’y tantanasi bilan bog’liq tashkiliy masalalarni hal etadilar. To’ydan bir necha kun avval qiznikida «qiz oshi» marosimi o’tkaziladi, unga qiz o’zining yaqinlari va o’rtoqlarini taklif etadi. Nikoh to’yi Nikoh   marosimi   an’anaviy   tarzda   o’zbeklarning   hayotida   nihoyatda   muhim ahamiyatga ega bo’oladi va ayniqsa tantanali nishonlanadi. Umumiy xususiyatlari bo’la turib, u turli viloyatlarda o’zgacha tusda bayram qilinadi. Nikoh marosimining asosiy payti kelinning ota­onasining uyidan kuyovning uyiga o’tishi paytidir. To’y kuni kuyovnikida to’y oshi (palov) tayyorlanadi va kelinnikiga yuboriladi, u yerda u dasturxonga tortiladi. Xuddi shunday osh kuyovning uyida ham o’tkaziladi. To’y kuni masjidning imomi ikki yoshga «Xutbai nikoh» ni o’qiydi, shundan so’ng ular xudo oldida er­xotin deb e’lon qilinadi.   Imom   yoshlarga   er   va   xotinning   huquqlari   va   majburiyatlarini   tushuntiradi. Odatda nikoh o’qilganidan so’ng yoshlar o’zining fuqarolik nikohini qayd etish uchun ZAGS ga boradi. To’y kuni kelinnikida kuyovga sarpo (to’yga sovg’a qilingan kiyimlar va poyafzal)   kiydiriladi,   shundan   so’ng   kuyov   o’z   oshnalari   bilan   kelinning   ota­onasi huzuriga salom berish uchun boradi. Kuyovning oshnalari bilan qaytganidan so’ng kelin ham keladi. Kuyovning uyiga yuborishdan avval kelinnikida ota­ona bilan xayrlashish marosimi bo’lib o’tadi. Kelin bilan birga yaqin o’rtoqlari ham boradi. Ular qo’shiqlarni aytadilar («O’lan» va «Yor­yor» qo’shiqlari). Kelinni kuyovning uyida kutib olishdan haqiqiy to’y boshlanadi. To’y tugaganidan keyin kuyov kelinni ikki yosh uchun ajratilgan xonaning eshigigacha kuzatadi. Xonada kelinni «yanga» (odatda kelinga yaqin bo’lgan bir ayol) kutib oladi, kelin boshqa kiyim kiyadi va chimildiq (go’shanga) ortida turib, kuyovni kutib olishga tayyorlanadi. Bir qancha vaqtdan keyin kuyov oshnalari bilan birga xonaga yaqin   keladi   va   yangia   bilan   birga   uni   kelin   kutib   turgan   gushanga   oldiga   boradi. Kelinning   oldiga   kirish   uchun   u   kelinni   yangadan   ramziy   sotib   olishi   lozim,   ular savdolashadi. Shundan keyin kuyov­kelin tuni bilan birga qoladilar. Ertalab azonda «Kelin salom» marosimi boshlanadi. Marosim boshlanishiga yaqin hovlida kuyovning ota­onasi, barcha yaqin qarindoshlari, kuyovningoshnalari va yaqin qo’shnilari yig’iladi. Ularning hammasi navabti bilan kelinning oldiga kelib, o’zining tilaklari, sovg’alari va duolarini baxshida etadi. Kelin har bir kishiga beligacha egilib salom berishi lozim. Shu tariqa bayram tugab, oilaviy hayot boshlanadi.  Ertalabki osh Ertalabki osh marosimi to’y (sunnat to’yi yoki nikoh to’yi) va aza ma’rakasida (o’limidan   keyin   20   kun   hamda   bir   yildan   keyin)   o’tkaziladi.   To’yni   o’tkazuvchilar ertalabki   oshning   kuni   va   vaqtini   avvaldan   mahalla   yoki   kvartal   qo’mitasining jamoatchiligi bilan kelishgan holda belgilaydilar. Shu kunga qarindoshlar. qo’shnilar va tanishlariga taklifnomalar yuboriladi. Bir kun oldin kechqurun «sabzi to’g’rash» marosimi o’tkaziladi,   unga   odatda   qo’shniar   va   yaqin   qarindoshlar   keladilar.   Sabzi   to’g’rab bo’linganidan   keyin   barcha   ishtirokchilar   dasturxonga   taklif   etiladi.   Odatda   sabzi to’g’rashga artistlar ham chaqiriladi. Ovqatlanish paytida oqsoqollar kelganlar o’rtiasida ishlarni   taqsimlaydilar.   Ertalabki   osh   bomdod   namoziningtugashi   paytigacha   tayyor bo’lishi lozim, chunki namozdan chiqqan kishilar birinchi mehmonlar bo’ladi. Ertalabki namoz tugagan paytda karnay­surnay va nog’ora ovozlari ertalabki osh boshlanganidan xabardor etadi. Mehmonlar dasturxonga o’tirib, fotiha o’qiganlaridan keyin ularga non va choy tortiladi. Shundan keyingina laganlarda ikki kishiga birlagan hisobidan osh olib kelinadi. Ovqatdan keyin laganlar olib quyiladi, mxmonlar yana fotiha o’qib, mezbonga minnatdorchilik   bildirib   ketadilar.   Ular   ketganidan   keyin   dasturxon   tezgina   yangi mehmonlarning tashrifi uchun tuzatiladi. Ertalabki osh odatda ko’pi bilan  bir yarim­ikki soat davom etadi. Shu vaqt mobaynida taklif etilgan artistlar qo’shiq aytadilar. Ertalabki osh tugaganidan keyin faxriy mehmonlarga sovg’alar – odatda choponlar (milliy erkak to’nlari)   beriladi.   Aza   paytidagi   ma’raka   oshi   shu   bilan   farq   qiladiki,   mehmonlar dasturxonga o’tirganlarida Qur’on suralarini o’qiydilar va o’lgan odamni xotirlaydilar. Ovqat tugaganda ham Kur’on suralari o’qiladi. Ma’raka oshida artistlar chaqirilmaydi, dasturxon bayram to’y oshiga qaraganda kamtarroq bezatiladi. Shuni aytib o’tish lozimki, bayram to’y oshi va ma’raka oshida faqat erkaklar xizmat qilib yuradi.                                                Bayramlar Eng muhim davlat bayrami – Mustaqillik kuni 1 sentyabrda tantanali nishonlanadi. Har yili 8 dekabr kuni 1992 yilda mustaqil O’zbekistonning yangi Konstitutsiyasi qabul qilinganligi xotirasiga nishonlanadi. qo’pgina boshqa davlatlardagidek, 9 mayda G’alaba kuni – Xotira va qadrlash kuni nishonlanadi. Ro’za tugashi bilan bog’liq bo’lgan bayram – ramazon   hayit   va   qurbon   hayit   keng   bayram   qilinadi.   Qurbon   hayit   eng   ahamiyatli musulmon   bayramlaridan   biridir.   Shu   kuni   belgilangan   marosimlar   va   urf­odatlarni bajarganlaridan   keyin   musulmonlar   mehmonlarga   boradi   yoki   o’zi   mehmon   kutadi, kasallar, yolg’izlarga yordam beradi, yaqinlariga rahmdillik qiladi. «Ramazon hayit» ­ ma’naviy va ruhiy poklanish bayrami nihoyatda go’zaldir. U islom qonunlariga ko’ra musulmon hijriy yilning 9­oyiga to’g’ri keladigan 30 kunlik ro’za  tugaganda boshlanadi. Bshu bayram kunlari o’lganlarni xotirlash kasallar, qarilarni ziyorat qilish, xayriya va boshqa ezgu ishlarni qilish odat bo’lgan. Navro’z bayrami Eng qadimiy xalq bayrami bo’lgan Navro’z   («Navro’z   bayrami»)   21   mart kuni,   bahor   kunu­tun   tengligi   paytida nishonlanadi.   Bu   tabiatning   uyg’onishi, ekin   ishlarining   boshlanishi   bayrami bo’lib,   marosimlarida   zardushtiylik alomatlari   saqlanib   qolgan.   Qadimgi O’zbekistonning   ziroatchilik   vohalarida har bahor faslida katta sayllar, bayramona bozorlar   tashkil   etilgan.   An’anaga   ko’ra uylarda hozir ham «bo’g’irsoq» pishiriladi va marosim taomi – «sumalak» tayyorlanadi. Bayramdan keyin odatda daladagi ekin ishlari boshlangan, ularning paytida ham o’tmishda turli   urf­odatlar   va   marosimlar   bajarilar   edi:   dalaga   chiqishdan   avval   ho’kizlarning shoxxlari va bo’yinlariga moy surtiladi. Birinchi egatni mahallaning eng e’tiborli va qari a’zosi   o’tkazadi.   Davlat   mustaqilligi   davri   mobaynida   Navro’zni   nishonlash   yangicha ko’lam va teranlikka ega bo’ldi. U do’stlik, barcha xalqlarning birlashuvi, aka­ukaligining umummilliy   bayramiga   aylandi.   Yorqin   rang­barang   teatrlashtirilgan   tomoshalarda Navro’zning falsafiy­shoirona talqini, uning xalq tarixidagi o’rni anglab ko’rsatiladi.  Kiyim Mahalliy xalqlar kiyimlarining o’ziga xosligi azaldan iqlimiy, maishiy sharoitlar va urug’­qabila   an’analari   bilan   belgilanar   edi.   XIX   asrdayoq   kiyim   (to’nlar,   ko’ylaklar, yaktaklar) arxaik xususiyatlarga ega edi: keng, butunligicha bichilgan, uzun kiyim bo’sh tushib turib, inson tanasining shakllarini yashirib turar edi.   Kiyim bir tariqa tikilgan: erkaklar,   ayollar,   bolalarning   kiyimlari,   yozgi   va   qishki   kiyimlar   shakli   va   bichilishi, tikilishi o’xshash bo’lar edi. An’anaviy milliy erkak kiyimi belbog’ bilan bog’langan, qavilgan issiq to’n – chopon, do’ppi nomli bosh kiyimi va nafis charmdan tikilgan etikdan iborat edi. Erkaklar to’g’ri bichilgan yaktaklar, ostki va ustki choponlarni kiyar edilar. Chopon yengil yoki issiq, paxta qo’shib qavilgan bo’lishi mumikn edi. Chopon yonidan yurish va yerda o’tishi oson bo’lishi uchun kesiklar bor edi. Chopon odatda belbog’ ­ qiyiqcha   ro’mollari   bilan   bog’lanar   edi.   Bayramona   milliy   kiyim   har   kungidan foydalangan matolarning go’zalligi va nafisligi, bezaklari va kashtalari kabilar bilan ajralib turar edi. Ayollarning milliy kiyimi chopon, to’g’ri bichilgan va xonatlasdan tikilgan qulay ko’ylakdan, pasti torayib boradigan keng yupqa ishton – lozimdan iborat. Ayolning bosh kiyimi uchta asosiy qismidan tarkib topgan: qalpoqcha, ro’mol va kallapo’sh. bayramona ayol kiyimi tikilgan matolarining nafisligi va chiroyliligi bilan ajralib turadi. Bolalarning kiyimlari kattalar kiyimini takrorlab edi. Umumiy xususiyatlari bilan birga har bir tuman yoki qabiladagi kiyimlar ishlatiladigan matosi, bichish shakli va usuli va shu kabilardan iborat bo’lgan farqli xususiyatlariga ega bo’lgan.  Bosh kiyim (do’ppi) O’zbekiston   xalq   amaliy   san’atining   eng   ommaviy   va   hamma   yerda   tarqalgan turlaridan biri har doim do’ppi – adrasli qattiq yoki yumshoq qalpoqcha bo’lgan edi. Do’ppi   o’zbek   milliy   kiyimining   ajralmas   qismi   bo’lib,   o’zbek   xalqining   hayoti   va an’analariga chuqur kirib borgan. Do’ppi (turkcha tepa so’zidan) nafaqat o’zbeklar, balki boshqa Markaziy Osiyo xalqlarining ham milliy bosh kiyimidir. Do’ppilar turlariga qarab ajratilgan: erkaklar, ayollar, bolalar uchun, qarilar uchun turlari. Keksa ayollar bu bosh kiyimni   kiymaydilar.   Bolalarning   do’ppilari   (kulohcha,   qalpoqcha,   do’ppi,   kallapo’sh) matolarining turli­tumanligi va rang­barangligi bilan, popuk va sharchalarining kattaligi, kashtalari, zarlari va tumorlarining ko’pligi bilan farqlanadi. O’zbek do’ppilarining eng ko’p tarqalgan shakllari ozgina konussimon kabi to’rt qirrali do’ppilardir. Do’ppilar bikki yoki   undan   ortiq   mato   qatlamlaridan   tikilib,   ipak   yoki   odiiy   iplar   bilan   qavilib, mutahkamlanar edi. Tayyor do’ppi ustidan ipak, zar yoki kumush ip bilan kashta tikilar edi.   Do’ppi   tikish   san’atini   avvaldan   ayollar   o’rganar   edi.   Do’ppilardagi   eng   ko’p uchraydigan naqshlarga gul naqshlari, hayot va unumdorlik ramzi bo’lgan bodom naqshi kiradi. Do’ppilarningnaqshida saqlovchi vosita deb hisoblangan ilon izi naqshi ham tez­tez tikilar edi. Geometrik shakllardagi naqshlar  ham juda ommaviy edi. Turli tumanlarda yaratilgan   do’ppilar   o’zining   shakli,   naqshlari   va   tanlangan   ranglari   bilan   farqlanadi. O’zbekistoning   ko’pgina   tumanlarida   chust   do’ppilari   eng   ko’p   uchraydi.   Chust do’ppilarining eng tarqalgan turi qora matodagi to’rt dona qalampir shaklidagi oq naqsh bilan tikilgan bo’lib, pasti qator joylashgan gumbazchalar bilan o’ralgan. Do’ppining uchta turi mavjud – dumaloq, to’rt qirrali dumaloq do’ppilar va cho’zinchoq qalpoqcha. Chust do’ppilari naqshining keskinligi bilan (bodom donasi to’la, mo’ylovchasi kalta va keskin burilgan)va pastki chetining balandligi bilan ajralib turadi. Farg’ona vodiysi do’ppilarining boshqa turlari – «Sandali», «Akka ikki so’m», «Chimboy», «Surkachekma» va boshqalar naqshlarining   soddaligi   bilan   ajralib   turadi.   Samarqand   do’ppilari   «piltado’zlik» uslubiyotida   bajarilgan.   Do’ppilarning   boshqa   turlari   ham   bor   urgutcha   «qalpoq», Buxoroning zar tikilgan do’ppilari, shahrisabzcha «gilam do’ppi», Kitol va Shahrisabz do’ppilari «sanama» va «chizma», «taq’ya», «tayxa», «chumakli», «kush» – Xorazmning erkaklar va ayollar do’ppilari. Do’ppilarda eng ko’p tarqalgan naqshlar qalampirnusxa do’ppi (poklik va barcha foniy narsalardan voz kechish ramzi), xoch, patlar, bulbul, qush naqshlari (oliy donolik ramzi), atirgul shoxi (tinchlik va go’zallik ramzi), muqaddas arab yozuvlari va boshqalar uchrar edi.

Milliy urf-odat va an'analar

Milliy urf-odat va an'analar

Milliy urf-odat va an'analar

Milliy urf-odat va an'analar

Milliy urf-odat va an'analar

Milliy urf-odat va an'analar

Milliy urf-odat va an'analar

Milliy urf-odat va an'analar

Milliy urf-odat va an'analar

Milliy urf-odat va an'analar

Milliy urf-odat va an'analar

Milliy urf-odat va an'analar

Milliy urf-odat va an'analar

Milliy urf-odat va an'analar

Milliy urf-odat va an'analar

Milliy urf-odat va an'analar
Материалы на данной страницы взяты из открытых истончиков либо размещены пользователем в соответствии с договором-офертой сайта. Вы можете сообщить о нарушении.
29.08.2018