Научная статья на тему "Музыкальное наследие интерактивных методов обучения"
Оценка 4.7
Научно-исследовательская работа
doc
музыка
Взрослым
05.05.2017
В данной статье описаны игровые методы , такие как "Метод вращения Галерея", метод снеговик и другие.На уроках музыки можно использовать эти методы а также придумать названия подгруппам и дать название этим группам. в конце урока обобщаються баллы групп и определяються победителиЗаснеженной метод. Студенты делятся на группы по проблеме, чтобы найти правильные ответы вместе с группой. Каждый правильный ответ округляется видом снеговой записи из-за одной и той же группы; Общее количество очков, набранных на основе исследуемых групп.
MUSIQIY MEROS.doc
MUSIQIY MEROSNI O'RGATISHDA INTERFAOL USULLARDAN
FOYDALANISH.
Buxoro madaniyat kolleji
Rajabov Azamat Sharifovich
Noan'anaviy dars turlarini ish faoliyatining asosiy shakliga aylantirish
xamda ularni maqsadsiz qo'llash mumkin emas. Jahon psixologpedagoglarining
tadqiqotlarida XXI asr metodlari sifatida ko'rilayotgan interfaol metodlar nafaqat
zamonaviy maktablar uchun yuksak malakali o'qituvchilarni tayyorlash vazifasini
bajarishda, balki ushbu jarayonni tezlashtirib ta'lim sifatini oshirishga ham sharoit
yaratadi. Quyida shu xususda so'z boradi.
«Galeriyani aylanish» metodi. Kichik guruhlarning barcha a'zolariga bitta
muammo taklif etiladi. Har bir guruh o'zlariga berilgan muammoga belgilangan
vaqt ichida fikrlarini yozib, javoblari yozilgan varaqlarini boshqa guruh bilan
almashtiradi. Javoblarni olgan ularni baholaydi va tugal bo'lmasa o'z variantlari
bilan to'ldiradi. So'ngra guruhlar fikrlari umulashtirilib, eng yuqori ballga
arziydigan to'g'ri va mukammal javoblar tanlab olinadi.
«Qor bо'гоn» metodi. Ikkiga ajratilgan guruh talabalari bir muammo
yuzasidan eng ko'p to'g'ri javoblar topish maqsadida birgalikda muhokama
yuritishadi. Har bir to'g'ri javob yumaloqlangan qor ko'rinishida o'sha guruh
hisobiga yozib qo'yiladi; to'plangan umumiy ballar miqdori asosida guruhlar
baholanadi.
«Asalari galasi» metodi. Muammo bitta guruhda yoki ikki kichik guruhlarda
muhokama qilinadi. Bunda topshiriqlar har xil yoki butun guruhga bitta bo'lishi
mumkin. Guruhlar qo'yilgan muammoni ma'lum muddat muhokama etib, natijani
boshqalarga ma'lum qilishadi. Muammo echimining eng yaxshi varianti tanlab
olinadi.
«Dumalovchi qor uyumi» metodi. Dumalovchi qor uyumi metodi o'quv
mashg'uloti o'tkazish metodining ramziy nomisi bo'lib, ish qo'yilgan muammo
ustida mulohaza yuritib ko'rish uchun talabalarga vaqt, tegishli manbaalar,
tarqatma materiallar berishdan boshlanadi. Bu metod guruhning xar bir a'zosiga butun guruhning bilimlari va tajribalaridan foydalanib, o'zining keng qamrovli
nuqtai nazarini bayon etishni nazarda tutadi.
Buning uchun talabalar 4 ta kichik guruhlarga ajratiladi. Muhokama qilib
chiqish uchun barcha guruhlarga bitta topshiriq beriladi. Har bir kichik guruh
topshiriq ustida alohida ishlaydi. So'ngra birinchi bilan ikkinchi va uchunchi bilan
to'rtinchi guruhlar muammo ustida birgalikda muhokama yuritishadi. Oxir
oqibatda barcha kichik guruhlar birlashib, butun yaxlit guruh bo'lib qo'yilgan
muammo echimini hal etishning turli yo'llarini, variantlarini muhokama qilishadi.
Bunday muhokama jarayonida talabalarning qo'yilgan muammo yuzasidan
bilimlari chuqurlashib, boyib, keng qamrovli bo'lib boradi.
«Akvarium» metodi. Guruhdan uch talaba ajratib olinib ularga xona
o'rtasidagi stol atrofiga o'tirishlari va qo'yilgan muammoni o'n minut atrofida
birgalikda muhokama qilishib, fikr bildirishlari so'raladi. Bu uch talaba
akvariumdagi baliqlarga qiyos.
Atrofda o'tirgan kuzatuvchilar o'ratasidagi talabalarning fikrlarini diqqat
bilan tinglab, javoblarni to'g'ri va noto'g'riga ajratib yozib borishadi hamda
muhokama paytida o'zlarining qarashlarini bayon etishadi. Yetarli darajada fikr
bildira olmagan o'rtadagi talabalar o'z o'rinlarini kuchli fikr bildirgan kuzatuvchi
talabalarga bo'shatib berishadi. Har bir muammo yuzasidan bildirilgan fikrlar
talabalar ishtirokida o'qituvchi tomonidan umumlashtiriladi.
«Raqamli» metodlar. Guruhlardagi talabalarning umumiy sonidan kelib
chiqqan holda 4x4x4, 5x5x5, 6x6x6 metodlarining biridan foydalaniladi. Masalan,
5x5x5 metodida har biri 5 ta talabadan iborat 5 ta kichik guruhchalar tashkil etilib,
ularning 5 nafar sardorlari to'plashib ko'yilgan muammoni hamkorlikda muhokama
etishadi, so'ngra o'zlarining guruhlariga qaytishib sheriklariga masalaning
yechimini o'rgatishadi.
Научная статья на тему "Музыкальное наследие интерактивных методов обучения"
Научная статья на тему "Музыкальное наследие интерактивных методов обучения"
Материалы на данной страницы взяты из открытых истончиков либо размещены пользователем в соответствии с договором-офертой сайта. Вы можете сообщить о нарушении.