ONA TILI TA’LIMIDA INTENSIV TA’LIM TEXNOLOGIYALARINI QOʻLLASHNING NAZARIY METODOLOGIK ASOSLARI
Оценка 5

ONA TILI TA’LIMIDA INTENSIV TA’LIM TEXNOLOGIYALARINI QOʻLLASHNING NAZARIY METODOLOGIK ASOSLARI

Оценка 5
pdf
03.07.2021
ONA TILI TA’LIMIDA INTENSIV TA’LIM TEXNOLOGIYALARINI QOʻLLASHNING NAZARIY METODOLOGIK ASOSLARI
Oʻgʻiljon OLLOQOVA.pdf

PEDAGOGIK ISSN 2181-6833 MAHORAT


 

 

ISSN 2181-6883

 

 

 

 

 

 

 

 

 

PEDAGOGIK MAHORAT

 

Ilmiy-nazariy va metodik jurnal

 

1-son (2021-yil, fevral)

 

 

 

 

 

 

 

Jurnal 2001-yildan chiqa boshlagan

 

 

 

 

 

 

Buxoro – 2021

 

        

 

                                                                                                                    1

 

PEDAGOGIK MAHORAT

 

Ilmiy-nazariy va metodik jurnal  

2021, № 1

 

 Jurnal Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi OAK Rayosatining 2016-yil 29-dekabrdagi qarori bilan   pedagogika va psixologiya fanlari boʻyicha dissertatsiya ishlari natijalari yuzasidan  ilmiy maqolalar  chop etilishi lozim boʻlgan zaruruiynashrlar roʻyxatiga kiritilgan. 

 

Jurnal  2001-yilda tashkil etilgan.

 

Jurnal 1 yilda 6 marta chiqadi. 

 

Jurnal Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi Buxoro viloyat matbuot va axborot boshqarmasi  tomonidan 

2016-yil 22-fevral № 05-072-sonli guvohnoma bilan roʻyxatga olingan. 

 

Muassis:  Buxoro davlat universiteti 

Tahririyat manzili:  Oʻzbekiston Respublikasi,Buxoro shahri Muhammad Iqbol koʻchasi, 11-uy  Elektron manzil: ped_mahorat@umail.uz

TAHRIR HAY’ATI:

Bosh muharrir: Adizov Baxtiyor Rahmonovich– pedagogika fanlari doktori, professor

Bosh muharrir oʻrinbosari: Navroʻz-zoda Baxtiyor Nigmatovich – iqtisodiyot fanlari doktori, professor Mas’ul kotib: Hamroyev Alijon Roʻziqulovich – pedagogika fanlari doktori, dotsent 

 

Xamidov Obidjon Xafizovich,  iqtisodiyot  fanlari doktori 

Begimqulov Uzoqboy Shoyimqulovich, pedagogika fanlari doktori, professor 

Mahmudov Mels Hasanovich, pedagogika fanlari doktori, professor 

Ibragimov Xolboy Ibragimovich, pedagogika fanlari doktori, professor 

Yanakiyeva Yelka Kirilova, pedagogika fanlari doktori, professor (N. Rilski nomidagi Janubiy-Gʻarbiy Universitet, Bolgariya) 

Qahhorov Siddiq Qahhorovich, pedagogika fanlari doktori, professor 

Mahmudova Muyassar, pedagogika fanlari doktori, professor

Barotov Sharif  Ramazonovich, psixologiya fanlari doktori, professor 

Jabborov Azim Meyliqulovich, psixologiya fanlari doktori, professor 

Kozlov Vladimir Vasilyevich, psixologiya fanlari doktori, professor (Yaroslavl davlat universiteti, Rossiya)

Morogin Vladimir  Grigoryevich, psixologiya fanlari doktori, professor (Xakassiya davlat universiteti, Rossiya)

Belobrikina Olga Alfonsasovna, psixologiya fanlari nomzodi,professor (Novosibirsk davlat pedagogika universiteti,

Rossiya)

Chudakova Vera Petrovna, psixologiya fanlari nomzodi (Ukraina pedagogika fanlari milliy akademiyasi, Ukraina)

Tadjixodjayev Zokirxoʻja Abdusattorovich, texnika fanlari doktori, professor 

Amonov Muxtor Raxmatovich, texnika fanlari doktori, professor 

Oʻrayeva Darmonoy Saidjonovna, filologiya fanlari doktori, professor 

Axmedova Shoira Neʻmatovna, filologiya fanlari doktori, professor 

Durdiyev Durdimurod Qalandarovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor

Hayitov Shodmon Axmadovich, tarix fanlari doktori, professor 

Toʻrayev Halim Hojiyevich, tarix fanlari doktori, professor 

Mirzayev Shavkat Mustaqimovich, texnika fanlari doktori, professor 

Mahmudov Nosir Mahmudovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor

Boʻtaboyev Muhammadjon Toʻychiyevich, iqtisod fanlari doktori, professor

Boʻriyev Sulaymon Boʻriyevich, biologiya fanlari doktori, professor

Olimov Shirinboy Sharopovich, pedagogika fanlari doktori, professor

Qiyamov Nishon Sodiqovich, pedagogika fanlari doktori, professor 

Qahhorov Otabek Siddiqovich, iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD), dotsent Qosimov Fayzullo Muhammedovich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent

Bafayev Muhiddin Muxammatovich, psixologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD)

Jumayev Ulugʻbek Sattorovich, psixologiya  fanlari nomzodi, dotsent

Umarov Baxshullo Joʻrayevich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent

Inoyatov Abdullo Shodiyevich,  pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD), dotsent

                                                                                                                    2

 

MUNDARIJA

 

PEDAGOGIKA VA PSIXOLOGIYA ................................................................................................... 7

Шахло ДАВРОНОВА. Олий таълим сифатини таъминлашда электрон ресурслардан фойдаланишнинг

методик модели .............................................................................................................................................. 7

Гулбахар Абылова. Применение педагогического колеса каррингтона в педагогической  

деятельности ................................................................................................................................................. 14

Шаҳло НУРУЛЛАЕВА. Педaгогик маҳорат ва компетентлик: мазмуни, шакллантириш методикаси,

ривожлантириш йўллари ............................................................................................................................. 19

Жеткербай ОТЕПБЕРГЕНОВ. Талабаларнинг мураккаб ўқув материалларини ўзлаштиришда чизма-

тасвирий моделлардан фойдаланиш маҳорати .......................................................................................... 23

Мурод ЭГАМНАЗАРОВ. Коммуникатив қобилият-ўқитувчи педагогик маҳоратининг таркибий

қисми сифатида ............................................................................................................................................ 27

Алишер ИБРАГИМОВ. Ўқувчиларда соғлом турмуш тарзини шакллантиришнинг методик    

асослари ........................................................................................................................................................ 30

Мухайя ДЖУМАНИЯЗОВА. Талаба ёшларнинг диний дунёқараши ва мулоқотдаги йўналганлиги 

ўртасидаги  ўзаро муносабатларнинг психологик хусусиятлари ............................................................. 34 Oybеk ORTIQOV. Boʻlajak oʻqituvchilarda mafkuraviy immunitetni rivojlantirish jarayonlarini

takomillashtirishda umuminsoniy tarbiyaning oʻrni ....................................................................................... 38

Shaxlo XALILOVA. Jahon pedagogikasida zamonaviy pedagogik muloqot va milliy pedagogik muloqot

uslublariga transformatsiyasi .......................................................................................................................... 43

Dildora TOSHEVA. Boshlangʻich sinf oʻquvchilarini ekologik tarbiyalashda xalq ogʻzaki ijodining oʻrni va

pedagogik ahamiyati ...................................................................................................................................... 49

Наргиз ДЖУМАЕВА. Шахсни миллий қадриятлар асосида тарбиялаш масалалари ............................. 54

Jahongir SHODIEV. Socio-political life and the development of science in the period of Umar Khayam .... 57 Muattar ABDULLAXOʻJAYEVA. Malaka oshirish tizimida maktab oʻqituvchilarining axborot

kommunikatsiya texnologiyalari boʻyicha kompetentligini rivojlantirish ...................................................... 61 Гулноз ТОШОВА. Баркамол шахсни тарбиялашда дидактик лойиҳанинг ўрни .................................... 64 Бахтиёр АДИЗОВ, Анвар НУСРАТОВ. Абдуллахон II даврида Бухоро хонлигида ижтимоий-маданий

ҳаёт ва педагогик фикр  ривожи .................................................................................................................. 67

Madamin ASLONOV. “Buxoro maorif uyi”ning ma’naviy-madaniyatini rivojlanishidagi oʻrni ................... 71

Розанна АБДУЛЛАЕВА. Принципы обучения русской медицинской терминологии посредством

сетевых технологий ...................................................................................................................................... 74

Ширинбой ОЛИМОВ. Алишер Навоийнинг педагогик мероси ва уни ўрганиш йўналишлари ............ 80

Зайниддин БОЗОРОВ. Фуқаролик маданиятини ривожлантиришда таълим интеграциясининг

аҳамияти ........................................................................................................................................................ 84

Бахшулло УМАРОВ. Ижтимоий фанларни ўқитиш жараёнида талабаларда ватан тараққиёти ғоясини

шакллантириш .............................................................................................................................................. 91

Малика УМЕДЖАНОВА. Талабаларни миллий қадриятлар асосида оилавий ҳаётга тайёрлаш

педагогик муаммо сифатида ........................................................................................................................ 95

Шокир ДОНИЁРОВ. Ўқувчилар жамоаси билан ишлашда бошқарув услубларидан фойдаланиш

имкониятлари ............................................................................................................................................... 99

Жаҳонгир РАМАЗОНОВ. Ўзини-ўзи идора қилиш ижтимоий-психологик феномен сифатида ......... 103

MAKTABGACHA VA BOSHLANGʻICH TA’LIM ....................................................................... 107

Алижон ҲАМРОЕВ. Бошланғич синф она тили таълимида ўқувчиларнинг ижодий фаолиятини

лойиҳалаштириш методик муаммо сифатида .......................................................................................... 107

Maftuna HAMROYEVA, Mohinur QUVONDIQOVA. Boshlangʻich ta’limda innovatsion yondashuv ..... 114 Юлдуз ПЎЛОТОВА. Компетенциявий ёндашув асосида ўқиш дарсларини ташкил этиш     

методикаси .................................................................................................................................................. 117

Шахноза НИГМАТУЛЛАЕВА, Болта ХОДЖАЕВ. Воспитание навыков и привычек гражданской

культуры у детей дошкольного возраста .................................................................................................. 129

Oʻgʻiljon OLLOQOVA. Ona tili ta’limida intensiv ta’lim texnologiyalarini qoʻllashning nazariy metodologik asoslari ......................................................................................................................................................... 134

FILOLOGIYA VA TILLARNI OʻRGANISH ................................................................................. 138

Нигина ҲОЖИЕВА. Анор лексемасига доир баъзи мулоҳазалар .......................................................... 138

Озода ЯДГАРОВА. Бўлажак инглиз тили ўқитувчиларини тайёрлаш жараёнида педагогик ва

психологик билимлар интеграциясининг аҳамияти ................................................................................ 141

                                                                                                                         5


Oʻgʻiljon OLLOQOVA

Buxoro davlat universiteti boshlangʻich ta’lim metodikasi kafedrasi oʻqituvchisi

 

ONA TILI TA’LIMIDA INTENSIV TA’LIM TEXNOLOGIYALARINI QOʻLLASHNING NAZARIY METODOLOGIK ASOSLARI

 

Maqolada intensiv ta’lim texnologiyalarining mazmun-mohiyati haqida soz boradi. Shuningdek, ona tili ta’limida intensiv ta’lim texnologiyalarini qoʻllashning nazariy metodologik asoslari ochib berilgan.

Kalit soʻzlar: zamonaviy ta’lim, ta’lim texnologiyalari, intensiv ta’lim, intensiv oʻqish, intensiv faoliyat, ona tili ta’limi, ta’limni intensivlashtirish, faollik, mustaqillik, ijodiylik.

В статье будет рассказано о сущности технологий интенсивного обучения. Раскрыты также теоретико-методологические основы применения интенсивных образовательных технологий в обучении родному языку.

Ключевые слова: современное образование, образовательные технологии, интенсивное обучение, интенсивное обучение, интенсивная деятельность, обучение родному языку, интенсификация обучения, активность, самостоятельность, творчество.

The article talks about the essence and significance of intensive education technologies. Also, theoretical methodological basis of application of intensive educational technologies in mother tongue education is revealed.

Key words: modern education, educational technology, intensive education, intensive reading, intensive activity, native language education, intensification of Education, Activity, independence, creativity.

 

Kirish. Zamonaviy ta’lim tushunchasi keng qamrovli tushuncha boʻlib, u yangi pedagogik texnologiyalar, ta’limga innovatsion yondashuv, fanlararo integratsiyani oʻzida ifoda etadi. Yosh avlodni bilimli, mustaqil fikr-mulohaza yuritadigan, zamon talablariga toʻla javob bera oladigan kadr qilib tarbiyalaydigan zamonaviy ta’lim tizimini yaratish, ta’lim muhitining shaffofligini ta’minlash davlatning itimoiy rivojlanish sohasidagi eng asosiy masaladir. Ta’limni rivojlantirish eskirgan tizimdan voz kechish, zamonaviy ta’lim texnologiyalarini oʻquv-tarbiya jarayoniga tatbiq qilish, mavjudlarini yanada takomillashtrish bilan amalga oshiriladi. Ta’lim tizimini tubdan isloh qilish, xalqaro standartlarga mos oʻquv-tarbiya jarayonini tashkil qilishda ta’lim texnologiyalarining oʻrni beqiyos. Har bir pedagog ta’lim texnologiyalarining mazmun-mohiyatini toʻla anglasagina uni oʻquv-tarbiya jarayoniga tatbiq qila oladi. 

Asosiy qism. Ta’lim texnologiyasi deb oʻquv-tarbiya jarayonida oʻquvchi maqomini oʻzgartirish, yangilash yoʻli bilan ma’lumot mazmunini va uni moddiylashtirish darajalari – oʻquv materiali oʻquv predmetiga pedagogik ishlov berish, oʻrganiladigan mavzuni oʻquvchilarning real bilish imkoniyatlariga moslashtirish, ta’lim natijasini qabul qilingan etalon darajasiga koʻtarish va baholashga oid tamoyillar, usullar, vositalar, ta’limning tashkiliy shakllarini tushunamiz [7, 285].

Gʻarb va Sharq adabiyotlarida ta’lim texnologiyalarining mazmun-mohiyatini ochib beruvchi bir qancha mukammal ta’riflar keltirilgan. Xusussan, pedagog N. Surtayeva ta’lim texnologiyasiga didaktik tushuncha sifatida qaraydi. U “Ta’lim texnologiyasining vazifasi didaktikada ishlab chiqilgan qonunlar va prinsiplarni samarali va optimal oʻqitish va oʻqitish usullariga aylantirish, shuningdek, ularni keng qoʻllash uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga imkon beradi” deb ta’kidlaydi [6]. 

G. K. Selevko esa ishlab chiqarishning kontseptuallik, tizimlilik, boshqarish, samaradorlik, takrorlanuvchanlik kabi bir qancha mezonlariga asoslangan holda zamonaviy pedagogik texnologiyalarni tasniflaydi. Ular quyidagicha:

-dastur darajasiga koʻra (umumiy pedagogika, xususiy predmet); 

-falsafiy asosda (materialistik, idealistik, dialektik, metafizik, gumanistik, antigumanistik va boshqalar);  

-aqliy rivojlanishning yetakchi omili (biogen, sotsiogen, psixogen, idealist) boʻyicha; 

-       assimilyatsiya tushunchasi (assotsiativ-refleksiv, rivojlanish va boshqalar);

-       shaxsiy tuzilmalarga yoʻnaltirilgan (axborot, operatsion, oʻz-oʻzini rivojlantirish, shakllantirish); 

-kontent va strukturaning tabiati (ta’lim-tarbiya, umumiy ta’lim, professional ta’lim va boshqalar); 

-       tashkiliy shakllar boʻyicha (sinf-dars, muqobil, individual, guruh va boshqalar); 

-       kognitiv faoliyatni boshqarish turiga koʻra (klassik, kompyuter va boshqalar yordamida);

-       talabaga (avtoritar, shaxsiy-yoʻnaltirilgan, insoniy-shaxsiy, hamkorlik texnologiyalari va boshqalar);

-       mavjud an’anaviy tizimni modernizatsiya qilish yoʻnalishi boʻyicha (tashkilot va boshqaruv samaradorligi asosida talabalar faoliyatini faollashtirish va intensivlashtirish asosida va boshqalar);

-       talabalar toifasiga koʻra (ommaviy texnologiya, iqtidorlilar va boshqalar bilan ishlash) [6].

Bugungi kungacha bir qancha pedagogik texnologiyalar ilmiy jihatdan tadqiq etilgan boʻlib, ular hozirda zamonaviy ta’lim tizimini rivojlantirish vositasi boʻlib xizmat qilmoqda. Hozirda muammoli ta’lim texnologiyalari, oʻyin faoliyati texnologiyasi, kommunikativ ta’lim texnologiyasi, hamkorlikda oʻqitish texnologiyalari bilan bir qatorda intensiv ta’lim texnologiyalari qoʻllanilmoqda. 

“Intensiv” tushunchasi keng qamrovli boʻlib, nafaqat ta’limda, balki qishloq xoʻjalik ishlab chiqarish tizimida ham keng qoʻllanilmoqda: intensiv bogʻ, intensiv nav, intensiv yetishtirish, intensiv parvarish va boshqalar. 

Intensiv ta’lim texnologiyalari vositasida oʻqitishga oʻtgan asrning 60-yillarida asos solingan boʻlsada, uning keng tatbiqi axborot texnologiyalarining rivojlangan davrga toʻgri keladi. Intensiv ta’lim texnologiyalari dastlab chet tillarini oʻrgatishda samarali texnologiya sifatida keng qoʻllanilgan. 

“Intensiv ta’lim” (lotinchadan – kuchlanish, kuchaytirish, jadal deb tarjima qilinadi) tushunchasi pedagogik ensiklopediyalarda oʻquvchilarning qisqa vaqt ichida eng maksimal darajada harakatlanishi va oʻquv materialini oʻzlashtirishni ta’minlovchi texnologiya sifatida ta’riflanadi. 

Oʻtgan asrning 90-yillarida intensiv ta’lim texnologilaridan foydalangan holda xorijiy tillarni oʻrgatish tizimi yoʻlga qoʻyildi. Xususan, G.A.Kitaygorodiskaya intensiv ta’lim texnologiyalari asosida chet tilini oʻqitishni ilmiy jihatdan tadqiq qilgan. U oʻz tadqiqotida intensiv ta’limning mazmun va maqsadini aniq koʻrsatib berdi. Uning fikricha, intensiv ta’limning maqsadi - xorijiy muloqot qobiliyatlarini eng qisqa vaqt ichida egallash. Intensiv ta’limning mazmuni esa muayyan sohadagi faoliyatni samarali amalga oshirish uchun yetarli va zarur boʻlgan bilim va koʻnikmalar majmuasini oʻzlashtirish, shuningdek, ushbu koʻnikma va qobiliyatlarni shakllantirish, rivojlantirish va ulardan foydalanishni ta’minlaydigan til materiallarini oʻzlashtirishdir [3, 5]. Shuningdek, bir qancha chet el pedagoglari intensiv ta’lim texnologiyalarni tatbiq qilgan holda oʻquv-tarbiya jarayonini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish masalalarini oʻrganganlar. 

L.P.Ovchinnikova ilmiy izlanishlarida sirtqi ta’lim talabalariga ta’lim berish uchun turli xil intensiv texnologiyalar (loyiha, modul, multimedia, oʻyin, case study), ularning didaktik imkoniyatlari va kamchiliklari hamda ulardan samarali foydalanish usullarini oʻrgangan.

K.O.Maskevich oʻrta maktabning yuqori sinfida intensiv ta’lim texnologiyalari asosida chet tillarini oʻqitishning sifat va samaradorligini oʻrgangan. 

I.U.Odinayev esa oliy ta’lim tizimida rus tilini oʻqitishda intensiv ta’lim texnologiyalaridan foydalanishning samaradorligini nazariy va amaliy jihatdan asoslab bergan.

M.A. Bondarenko “Intensiv oʻqitish didaktik tizimning moduli sifatida” nomli nomzodlik dissertatsiyasida intensiv ta’lim nazariyasi, fransuz tili oʻqitish moduli asosida intensiv ta’lim metodikasi va texnologiyasini ochib bergan [2].

I.V.Shestitko, I.A.Turchenko, Y.S.Shilova, S.V.Marshinalarning “Intensiv ta’lim: oʻquv jarayonini tashkil etish texnologiyalari” nomli oʻquv qoʻllanmasida intensiv ta’lim texnologilarini quyidagicha tasniflaydilar:

-  loyihalash texnologiya asosida oʻrganish;

-  muammoli ta’lim texnologiyasi;

-  jamoaviy oʻrganish texnologiyasi;

-  modulli oʻqitish texnologiyasi;

-  tanqidiy fikrlashni rivojlantirish texnologiyasi;

-  kase-texnologiyasi (case study);

-  ta’limiy oʻyin texnologiyasi;

-  refleks faoliyatini tashkil etish texnologiyasi; - vaqtinchalik oʻquv guruhini yaratish texnologiyasi [9].

N.P.Ogareva “Matematika oʻqitish jarayonini intensivlashtirish usullari”, V.T.Petrova “Oliy oʻquv yurtlarida matematika fanlarini oʻqitishni intensivlashtirishning ilmiy-metodik asoslari” muammolarini oʻrganganlar va bir qancha tavsiyalarni ishlab chiqqanlar. 

Bundan tashqari G.L.Radchenko, T.L.Chepel, O.A.Mokrousova, T.L.Jarkova va boshqalarning ilmiy izlanishlarida intensiv ta’lim texnologiyalarini koʻrish mumkin.

Dastlab intensiv ta’limda chet tillarini oʻqitish asosiy planda qaralgan boʻlsa, endilikda barcha ta’lim sohasi uning markaziy yoʻnalishi boʻlishi mumkin. Intensiv ta’lim texnologiyalarini turli ta’lim sohalarida qoʻllash ta’lim sifatini va samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. 

Intensiv ta’lim bilan bir qatorda intensiv oʻqish, intensiv kurs, ta’limni intensivlashtirish, mehnatni intensivlashtirish kabi tushunchalar ham paydo boʻldi. 

Intensiv oʻqish - matnning mazmunini toʻliq va aniq tushunish, matndan kerakli ma’lumotlarni olishdagi qiyinchiliklarni bartaraf etish, agar kerak boʻlsa, oʻqituvchi va lugʻat yordamiga murojaat qilish qobiliyatini oʻz ichiga olgan oʻqish turi. 

Intensiv kurs - intensiv oʻqitish usullaridan foydalangan holda xorijiy tillarni oʻqitish kursi. 

Ta’limni intensivlashtirish - mehnat unumdorligini va ish sifatini oshirish yoʻllaridan biri; ta’lim nazariyasi, shu jumladan, xorijiy tillarning markaziy tushunchasi [1].

Mehnatni intensivlashtirish - bu koʻproq ish, yanada samarali ishlash, mavjud ish vaqti uchun koʻproq ish qilish, ya’ni qoʻshimcha vaqt hisobidan emas, balki muammolarni hal qilish uchun malakaga ega boʻlgan mahorat [6].

Yuqoridagi ta’riflarni inobatga olgan holda biz intensiv ta’limni texnologiyalarini belgilangan vaqt ichida maksimal darajadagi bilimlarni ongli oʻzlashtirilishiga yordam beradigan, subyekt-subyekt munosabatini shakllantiradigan pedagogik tizim deb ta’riflashimiz mumkin. 

Ta’limni intensivlashtirish jarayonida asosiy vazifa pedagog zimmasiga tushadi. U professional faoliyat koʻrsatishi, uzluksiz ravishda malakasini oshirib borishi, oʻquv materialining mazmun-mohiyatini aniq belgilab olishi, vaqtni chegaralay olishi, belgilangan vaqtda katta hajmdagi axborotni yetkazib berish va oʻquvchilar tomonidan oʻzlashtirilishini ta’minlovchi yoʻllarni izlab topishi, oʻquvchilarning hissiyemotsional xususiyatlariga ta’sir qilish orqali ularda oʻqish va oʻrganishga nisbatan motivatsiya uygʻotishi va samarali ta’lim muhitini yaratishi lozim. 

Oʻqituvchi shunday yoʻlni tanlashi kerakki, unda ham oʻzi, ham oʻquvchilar jismoniy va ruhiy jihatdan toliqmasligi hamda har ikkala tomon ham oʻzining ijodiy qobiliyatini erkin namoyish qila olishi kerak. Bunda ta’limni optimallashtirish keng yordam beradi. 

Ta’limni optimallashtirish ma’lum sharoit uchun eng samarali variantni tanlash jarayonidir. Ta’limni optimallashtirish tushunchasini fanga Y.K.Babanskiy kiritgan boʻlib, u “…oʻqituvchi va oʻquvchining vaqt byudjetidan unumli foydalanishni ta’minlaydigan aynan olingan sharoitga eng mos keladigan, ta’limning ilmiy asoslangan variantini tanlashdir” – deb ta’rif beradi [7, 273]. 

Oʻqituvchi ta’limning optimal variantini tanlashda oʻquvchilarning tayyorgarlik darajasi va real bilish imkoniyatlarini inobatga olishi zarur. Shunga koʻra u mavzu oʻquv materialining mazmun-mohiyatini keng ochib beruvchi oʻquvchilar jamoasining uyushqoqligini ta’minlovchi, ta’lim sifatini kafolotlovchi ta’lim texnologiyasini tanlashi zarur. Shuni ham unutmaslik kerakki, tanlangan texnologiya doimiy va uzoq muddat davomida samarali natijani kafolatlamaydi. Vaqt oʻtib, zamon oʻzgargan sari talim texnologiyalarni yanada takomillashrishni taqozo qiladi. Bunda samarasiz texnologiyalardan voz kechiladi, samarali deb hisoblanganlari mukammallashtiriladi yoki boshqasi bilan almashtiriladi. 

Bugungi kunda ham intensiv ta’lim texnologiyalarini takomillashtirish, ta’lim-tarbiya jarayoniga qoʻllash, uning sifat va samaradorligini oshirishga qaratilgan ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. I.U.Odinayev oʻzining nomzodlik dissertatsiyasida intensiv ta’lim texnologiyalarining asosiy mezoni sifatida oʻquv-tarbiya jarayonining samaradorligini oshirish, ratsionalizatsiya qilish va optimallashtirishni koʻrsatadi. U faoliyat, mustaqillik va ijodkorlikni intensiv ta’limning tamoyillari deb ta’kidlaydi. 

I.U.Odinayev koʻrsatgan tamoyillar nafaqat chet tillarini, balki umumiy oʻrta ta’limda ona tilini oʻqitishga ham mos keladi. Ona tili darslarida oʻquvchilarning faolligini oshirish, mustaqil harakatlanishlari va ijodkorliklarini namoyish qilish uchun sharoit va muhit yaratish, ularning faoliyatini intensivlashtirish orqali oʻquv dasturida koʻrsatilgan maqsadga erishish mumkin. Har qanday tilni oʻrganish oʻquvchilarning intellektual sahiyatini oshirishga, ularda kommunikativ kompetensiyaning shakllanishiga, ijtimoiy faol harakat qilishiga yordam beradi. 

Intensiv ta’limning faollik, mustaqillik va ijodkorlik tamoyillari oʻzaro bogʻlangan boʻlib, biri ikkinchisidan alohida namoyon boʻlmaydi. Oʻquvchilarning faolligi ularning mustaqil harakatlanishiga undaydi. Bola mustaqil harakatlanar ekan, u oʻz oldiga muammoni qoʻya oladi va uni qanday hal qilish kerakligini biladi. Bunda u muammoning yechimiga ijodiy yondashadi. “Mustaqil boʻlish - bu oʻz vazifasini belgilash, uni hal qilish rejasini tuzish va keyin uni amalga oshirish imkoniyatiga ega boʻlish demakdir. Mustaqillik har doim ijodkorlik elementlarini oʻz ichiga oladi yoki uning namoyon boʻlishini talab qiladi”

[6]. Ona tili darslarida oʻquvchining asosiy vazifasi ham oʻquvchilar faolligini oshirish, ularni mustaqil fikrlashga oʻrgatish orqali ijodkorligini namoyon qilishdir. 

Muhokamalar va natijalar. Axborot kommunikatsion texnologiyalarining rivojlanishi oʻquv-tarbiya jarayonida intensiv ta’lim texnologiyalarini qoʻllash imkoniyatini yanada oshirdi. Endi oʻquvchi topshiriqlarni oʻqish bilan chegaralanib qolmay, monitorda koʻrish va eshitish orqali bajarish imkoniyatiga ham ega boʻldi. Bunday rang-baranglik bolani ijodiy fikrlashga oʻrgatadi. U ma’lumotlarni turli xil koʻrinishlarda qabul qilayotganligi sababli unda yangi fikrlar, gʻoyalar paydo boʻladi. Darsliklar uchun yaratilgan multimedia ilovalari, taqdimotlar bolaning qiziqishini orttiradi, mustaqilligini va ijododkorligini oshiradi. 

Biz oʻz izlanishlarimiz jarayonida koʻplab pedagoglarning faoliyatini oʻrganib tahlil qildik. Natijada shunga amin boʻldikki, ona tili ta’limi jarayonida intensiv ta’lim texnologiyalarini qoʻllash muammosi hozirgacha toʻliq oʻrganilmagan va yetarli darjada ilmiy asosga ega emas. Ona tili ta’limida loyihalash, muammoli ta’lim, modulli oʻqitish, didaktik oʻyin texnologiyalarini qoʻllash muammolari oʻrganilgan boʻlsada, lekin yaxlit umumiy holda intensiv ta’lim texnologiyalari sifatida tizimlashtirilmagan. Bu esa oʻz oʻrnida boshlangʻich sinf ona tili ta’limida intensiv ta’lim texnologiyalarini qoʻllashning nazariy va amaliy asoslarini chuqurroq oʻrganish, qoʻllash metodikasini ishlab chiqish uchun asos boʻladi. Zero boshqa fanlar kabi boshlangʻich sinf oʻquvchilariga ona tilini oʻrgatishda intensiv ta’lim texnologiyalarini qoʻllash imkoniyati yuqori. 

Xususan, 2-sinf ona tili darsligida berilgan 196-mashqni oʻquvchilar faol bajaradilar [8, 95]. Mashq shartiga koʻra oʻquvchilar berilgan rasmlarni kuzatishlari kerak. Rasmlar monitor orqali koʻrsatiladi va mustaqil ravishda kuzatish topshirigʻi beriladi. Tasvirning kattalashuvi oʻquvchilarning rasmlarni yaxshiroq kuzatishga, ularni toʻlaroq idrok etishga yordam beradi. Chunki ular orqa planda turgan mayda narsalarni ham kengroq kuzatishlariga imkon yaratiladi. Bu esa ularga keyingi bosqichda ijodiy matn tuzishga yordam beradi. Rasmlar seriyasi uch qismdan iborat boʻlib, har bir qismda ma’lum voqea-hodisa tasvirlangan. Har bir rasmdagi tasvir yuzasidan suhbat oʻtkaziladi. Oʻquvchilar oʻz fikrlarini bayon qilishadi. Mashqni bajarishda kichik guruhlar bilan ishlash, didaktik oʻyin topshiriqlarini berish mumkin. Yoki boʻlmasa, mashqni mustaqil bajarish topshirigʻi beriladi. Yuqoridagi fikrimiz isboti sifatida shuni aytishimiz mumkinki, mashqni bajarish jarayonida oʻquvchilar faollik, mustaqillik va ijodkorlik tamoyillariga amal qiladilar. Ekrandagi tasvirni oʻquvchilar faol ravishda kuzatishadi, rasmlar seriyasidagi voqea-hodisalarni idrok etishadi. Kuzatishni har bir oʻquvchi mustaqil amalga ishiradi. Oʻz oldiga muammo qoʻyadi. Muammo berilgan rasmlarga nisbatan oʻz fikrini bildirish. Endi unga yechim izlaydi. Yechimni bolalarga ism qoʻyishdan boshlaydi, ularning birgalikdagi faoliyatini tahlil qiladi. Voqea-hodisalarni oʻz fikr-mulohazalari va ijodiyligi bilan ketma-ket tasvirlaydi. Oʻquvchilarning mustaqilligi ularning ijodiy fikrlashiga asos boʻladi. 

Xulosa. Intensiv ta’lim texnologiyalari murakkab tuzilma boʻlib, u bir qancha tarkibiy qismga ega. Tuzilmaning har bir qismi oʻquv jarayonida muayyan tarzda namoyon boʻladi. Dars jarayonida ularning uygʻunligini ta’minlash, yaxlit birlik sifatida qoʻllash imkoniyati mavjud boʻlib, uning metodik tizimini ishlab chiqish, takomillashtirish, nazariy-amaliy jihatdan tahlil qilish muammosiga yechim topilsa ta’lim tizimining rivojlanishiga yana bitta yoʻl ochiladi. 

 

Adabiyotlar

 

1.                       Азимов Э. Г. Щукин А. Н. Новый словарь методических терминов и понятий (теория и практика обучения языкам). – М.: Издательство ИКАР, 2009. – 448 с

2.                       Бондаренко М.А. Интенсивное обучение как модуль дидактической системы. Автореферат диссертации на соискание ученой степени кандидата педагогических наук. –Тула, 2003.

3.                       Китайгородская Г. А. Методика интенсивного обучения иностранным языкам. Учеб.

пособие. - М.: “Высшая  школа”, 1986. – 103 с.

4.                       Мацкевич К. О. Технологии интенсивного обучения иностранным языкам в старших классах средней школы. Lingua mobilis № 6 (32), 2011

5.                       Овжинникова Л.П. Технологии интенсивного обучения и самообучения студентовжаочников Известия Самарского наужного еентра Российской академии наук, т. 15, №2, 2013

6.                       Одинаев И. У. Интенсивные технологии обучения русскому языку в системе высшего образования. Автореферат диссертации на соискание ученой степени кандидата педагогических наук. –Душанбе, 2013.

7.                       Olloqova M. O. Intensive education and linguistic competence in mother tongue //ACADEMICIA:

AN INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL. – 2021. – Т. 11. – №. 1. – С.

580-587.

8.                       Roziqov O., Adizov B., Najmiddinova G. Umumiy didaktika. –Buxoro: “Durdona”, 2012. -172 bet.  

9.                       Qosimova K., Fuzailov S., Ne’matova A. Ona tili (2-sinf darsligi). –Toshkent: “Choʻlpon”, 2018. 144 bet. 

10.                   Шеститко И.В., Турченко И.А., Шилова Е.С., Маршина С.В. Интенсивное обучение:технологии организацииобразовательного процесса. - Светлая Роща: ИППК, 2014. - 136 с.


 

 

 

 

 

 

 

 

Buxoro davlat universiteti muassisligidagi

“PEDAGOGIK MAHORAT” 

ilmiy-nazariy va metodik jurnali  barcha ta’lim muassasalarini  hamkorlikka chorlaydi. 

 

Pedagoglarning sevimli nashriga aylanib ulgurgan “Pedagogik mahorat” jurnali maktab, kollej, institut va universitet pedagogik jamoasiga muhim qoʻllanma sifatida xizmat qilishi shubhasiz.

 

 

 

Mualliflar uchun eslatib oʻtamiz,  maqola qoʻlyozmalari universitet  tahririy-nashriyot boʻlimida qabul qilinadi. 

 

Manzilimiz: Buxoro shahri, M.Iqbol koʻchasi 11-uy

Buxoro davlat universiteti, 1-bino 2-qavat, 208-xona

 

Tahririyat rekvizitlari: 

Moliya vazirligi gʻaznachiligi

23402000000100001010

MB BB XKKM  Toshkent sh. MFO 00014  INN 201504275

BuxDU 400110860064017950100079002 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Pedagogik mahorat: rivojlanamiz va rivojlantiramiz!

 

                                                 

                                                                            Buxoro davlat universiteti nashri  sahifalandi. Chop etish siJurnal tahririyat kompyuterida fati uchun                          

                      PEDAGOGIK                                                           

MAHORAT Jurnal oliy oʻquv yurtlarining professor-              bosmaxona javobgar.                            oʻqituvchilari, ilmiy tadqiqotchilar, ilmiy                                xodimlar, magistrantlar, talabalar, akademik        Bosishga ruxsat etildi 05.04.2021  

             Ilmiy-nazariy va metodik         litsey va kasb-hunar kollejlari hamda maktab              Bosmaxonaga topshirish vaqti                       

                             jurnal                             oʻqituvchilari, shuningdek, keng ommaga                             08.04.2021

          moʻljallangan.        Qogʻoz bichimi: 60x84. 1/8    2021-yil 1-son (77)                              Tezkor bosma usulda bosildi.

          Jurnalda nazariy, ilmiy-metodik,          Shartli bosma tabogʻi – 20,6                  muammoli maqolalar, fan va texnikaga oid   Adadi – 100 nusxa                 yangiliklar, turli xabarlar chop etiladi. Buyurtma №90.

2001-yil iyul oyidan                        Bahosi kelishilgan narxda. chiqa boshlagan.                       

                                                                                       Nashr uchun mas’ul:                                “Sadriddin Salim Buxoriy”

                                                                                       Alijon HAMROYEV.                                            MCHJ

OBUNA INDEKSI:     Musahhih: Muhiddin BAFAYEV.      bosmaxonasida chop etildi.  3070        Мuharrir: Oʻgʻiljon Olloqova                Bosmaxona manzili: Buxoro shahri M.Iqbol koʻchasi 11-uy.

 

262

ONA TILI TA’LIMIDA INTENSIV TA’LIM TEXNOLOGIYALARINI QOʻLLASHNING NAZARIY METODOLOGIK ASOSLARI

ONA TILI TA’LIMIDA INTENSIV TA’LIM TEXNOLOGIYALARINI QOʻLLASHNING NAZARIY METODOLOGIK ASOSLARI

P EDAGOGIK ISSN 2181-6833

P EDAGOGIK ISSN 2181-6833

M AHORAT

M AHORAT

ISSN 2181-6883

ISSN 2181-6883

PEDAGOGIK MAHORAT Ilmiy-nazariy va metodik jurnal 2021, № 1

PEDAGOGIK MAHORAT Ilmiy-nazariy va metodik jurnal 2021, № 1

Bafayev Muhiddin Muxammatovich, psixologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD)

Bafayev Muhiddin Muxammatovich, psixologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD)

MAKTABGACHA VA BOSHLANGʻICH TA’LIM

MAKTABGACHA VA BOSHLANGʻICH TA’LIM

Oʻgʻiljon OLLOQOVA Buxoro davlat universiteti boshlangʻich ta’lim metodikasi kafedrasi oʻqituvchisi

Oʻgʻiljon OLLOQOVA Buxoro davlat universiteti boshlangʻich ta’lim metodikasi kafedrasi oʻqituvchisi

Bugungi kungacha bir qancha pedagogik texnologiyalar ilmiy jihatdan tadqiq etilgan boʻlib, ular hozirda zamonaviy ta’lim tizimini rivojlantirish vositasi boʻlib xizmat qilmoqda

Bugungi kungacha bir qancha pedagogik texnologiyalar ilmiy jihatdan tadqiq etilgan boʻlib, ular hozirda zamonaviy ta’lim tizimini rivojlantirish vositasi boʻlib xizmat qilmoqda

N.P.Ogareva “Matematika oʻqitish jarayonini intensivlashtirish usullari”,

N.P.Ogareva “Matematika oʻqitish jarayonini intensivlashtirish usullari”,

Har qanday tilni oʻrganish oʻquvchilarning intellektual sahiyatini oshirishga, ularda kommunikativ kompetensiyaning shakllanishiga, ijtimoiy faol harakat qilishiga yordam beradi

Har qanday tilni oʻrganish oʻquvchilarning intellektual sahiyatini oshirishga, ularda kommunikativ kompetensiyaning shakllanishiga, ijtimoiy faol harakat qilishiga yordam beradi

Азимов Э. Г. Щукин А. Н. Новый словарь методических терминов и понятий (теория и практика обучения языкам)

Азимов Э. Г. Щукин А. Н. Новый словарь методических терминов и понятий (теория и практика обучения языкам)

Buxoro davlat universiteti muassisligidagi “PEDAGOGIK

Buxoro davlat universiteti muassisligidagi “PEDAGOGIK

Ilmiy-nazariy va metodik litsey va kasb-hunar kollejlari hamda maktab

Ilmiy-nazariy va metodik litsey va kasb-hunar kollejlari hamda maktab
Материалы на данной страницы взяты из открытых истончиков либо размещены пользователем в соответствии с договором-офертой сайта. Вы можете сообщить о нарушении.
03.07.2021